Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan,
ilgari davlat boshqaruvi sohasida juda katta va hal qiluvchi masalalar 
Ittifoq idoralari vakolatida edi. Mustaqillik sharoitida bu vakolatlar to„liq ravishda 
O„zbekiston Respublikasi tegishli markaziy idoralariga – Prezident, Vazirlar 
Mahkamasi, vazirliklar va boshqa mahkamalarga o„tdi.
Avval respublika hukumati, vazirliklari va davlat qo„mitalarining 80-90 foizi 
markazning tegishli idoralariga itoat etgan bo„lsa, endilikda ular mustaqil davlat 
idoralariga aylandi. Demak, respublikada markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi 
vazifasi nihoyatda kengaydi.
Ikkinchidan,
bozor iqtisodiyotiga o„tilayotgan hozirgi sharoitda O„zbekistonda 
jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlar sodir bo„lishida Prezident, Vazirlar Mahkamasi 
olib borayotgan ishlar ko„lami tobora kengayib boryapti, ular faoliyatida avvalgi 
ma‟muriyatchilik uslublari kamayib, yangi sharoit talablariga ko„ra ishlash ustun 
kelayapti. Ilgari vazirliklar, davlat qo„mitalari va boshqa markaziy mahkamalar faqat 
davlat korxonalari va tashkilotlariga rahbarlik qilgan bo„lsa, endilikda ular o„rniga 
barpo etilayotgan konsern, assotsiatsiya, kompaniya, uyushma va korporatsiyalar ham 
davlat, ham mulkchilikning boshqa shakllari asosida faoliyat ko„rsatuvchi korxona va 
tashkilotlarga rahbarlik qilyapti, yoki ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turyapti. 
Shunday qilib, O„zbekiston mustaqil davlat sifatida bozor iqtisodiyotiga o„tish 
jarayonida iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning yangi shakli vujudga kelgan 
paytda dadillik bilan boshqaruv tizimini o„z milliy taraqqiyotiga mos tarzda o„zgartira 
bordi. 
Umuman olganda 1991–1996-yillar yosh Mustaqil mamlakatimizda davlat tizimini 
takomillashtirish va uni butunlay yangi shaklda barpo etish borasida qator ishlar 
amalga oshirildi. Ayrim tashkilot va muassasalar nomi ikki-uch yil orasida bir necha 
marta o„zgartirildi. Ba‟zi turdosh tarmoqlar birlashtirildi, bir qismi bo„lib yuborilib, 
yangitdan tuzildi. Bir qator sohalar, ayniqsa, bank, pul-kredit, tashqi iqtisodiy 
faoliyat, sobiq SSSR markaziy organlari va qator idoralar bilan bog„liq bo„lgan 
sohalarda butunlay yangi vazirliklar va boshqa shakldagi muassasalar tashkil etildi. 
Tarixan juda qisqa davrda tub islohotlarni amalga oshiradigan, aholi ongi va 
dunyoqarashini butunlay o„zgartira oladigan davlat tizimini mustahkamlash, keng 
tarmoqli xalq xo„jaligini boshqarishga qodir bo„lgan, eng samarali va eng zamonaviy 
usullarni qidirib topish zarur edi. Mamlakatimiz hukumati aholi turmush darajasi va 
iqtisodiy-ijtimoiy hayotida barqarorlikni saqlab turish, o„tish davrida jiddiy 
qiyinchiliklarga yo„l qo„ymaslik, ma‟naviy-ruhiy ozurdalik, tushkunlik va 
qashshoqlikning oldini olish 
maqsadida 
eng 
avvalo 
boshqaruv 
tizimini 


106 
takomillashtirish, davlat apparatining har qanday tanglik sharoitida ham barqaror 
ishlashini ta‟minlash ishiga jiddiy e‟tibor berdi. 
Milliy davlatchilikda yangicha boshqaruv usullari haqida gap ketganda 
O„zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning ikki muhim 
yo„nalishi haqida fikr yuritish joiz. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish