Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 


121 
5-§. Kadrlar siyosatida yangicha yo„l tutilishi 
Jamiyatni modernizatsiyalash, ijtimoiy hayotni tubdan yangilash bevosita yangicha 
tafakkurga ega kadrlarni tayyorlash siyosati bilan bog„liq. Shuning uchun ham 
mustaqillikning dastlabki odimlaridanoq «nomenklatura» so„zi va shu so„z bilan 
bog„liq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo„yishning ma‟muriy-buyruqbozlik 
usullaridan voz kechildi. Darhaqiqat, yangi sharoitda kadrlar siyosatida yangicha yo„l 
tutilishini taqozo qilgan muhim omillardan biri davlatni boshqarishda mamlakatda 
yuqoridan pastga qarab milliy-davlatchilik tizimiga xos yangi boshqaruv tizimi 
vujudga kelganligi edi. Bu, albatta, hayotiy zaruriyat sifatida namoyon bo„lgan hol. 
Zotan, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, mamlakat Konstitutsiyasida 
ko„rsatilganidek, uning o„z tabiatiga mos bo„lmog„i lozim. Bu – boshqaruv tizimining 
milliy xususiyati. Uning umumjahon tamoyillari ham bor. Taraqqiy etgan 
mamlakatlar tajribasi shuni ko„rsatadiki, har bir mamlakatda kuchli davlat hokimiyati, 
yuqoridan quyiga qadar mustahkam boshqaruv bo„lmasa tinchlik ham, osoyishtalik 
ham, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik ham, taraqqiyot va rivojlanish ham 
bo„lmaydi. 
Ana shu qoidalardan kelib chiqib, O„zbekistonda mustaqillikning birinchi 
kunlaridanoq sobiq boshqaruv tizimlarini milliy-davlat hokimiyati idoralari bilan 
almashtirish, ularni zamonaviy kadrlar bilan ta‟minlash chora-tadbirlari ko„rildi. Bu – 
birinchidan.
Ikkinchidan,
mustaqillikni mustahkamlash tabiiy ravishda kadrlar siyosatida 
avvalda yo„l qo„yilgan kamchiliklardan saboq chiqarmoqni, kadrlar tayyorlash va 
tarbiyalashni mustaqillik talablari asosida amalga oshirishni taqozo qilar edi. Chunki, 
mustaqillikka erishilgunga qadar kadrlar siyosatida nazariya bilan amaliyot o„rtasida 
nomutanosiblik mavjud edi. Bir tomondan rasmiy yig„ilishlarda mahalliy kadrlar 
tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo„yilsa-da, ikkinchi tomondan, 
amalda uning teskarisi bo„ldi. Mahalliy kadrlarga ishonmaslikka, ularni badnom 
qilishga harakat qilindi va bunga ma‟lum darajada erishildi ham. 
Qariyb 74 yil davomida jamiyat boshqaruvida shunday uslub qaror topdiki, 
mamlakatda siyosiy hokimiyat tepasiga yangi rahbar kelishi bilan o„z faoliyatini, 
albatta, avvalgisini tanqid qilishdan boshlardi. Shu asosda begunoh, halol, vijdonan 
mehnat qilgan, siyosat bilan shug„ullanish uchun vaqti bo„lmagan mehnatkash xalq 
aziyat chekardi. Hokimiyat tepasiga kelgan kishi xoh partiya, xoh davlat rahbari 
bo„lsin, uning aytgani davlat va partiya siyosatida asosiy yo„l-yo„riq sifatida qabul 
qilinar edi. Bu oqibatda hamma darajada boshliq gapini asoslashga xizmat qiluvchi 
mafkuraning vujudga kelishiga olib keldiki, bu holat jamiyatdagi demokratik 
jarayonlarning rivojiga to„siq bo„ldi. Oqibatda ma‟naviy qashshoqlik, ba‟zan siyosiy 
madaniyatsizlik, hatto g„oyaviy beburdlik yuz berdi, bir qolipdagi yagona mafkura
hukmronligi qaror topdi. Bunday salbiy hodisa ayniqsa 50-yillarning ikkinchi 
yarmidan keyin an‟anaga aylanib ketgan edi. 1956-yili KPSS XX syezdida shaxsga 
sig„inish va uning salbiy oqibatlarini tugatish haqida maxsus qaror qabul qilindi. 


122 
Shaxsga sig„inishga qarshi kurasha turib, amalda shaxsga sig„inish hollari kelib 
chiqdi. 
1985-yili bo„lib o„tgan KPSSning aprel Plenumida qariyb avvalgi 30 yillik tarix 
«turg„unlik yillari» deb tanqid ostiga olindi. Butun tarixiy davr ana shu tamg„a bilan 
ommaviy ravishda inkor qilindi. Achinarlisi shundaki, tuzumga, markaziy 
boshqaruvga xos bo„lgan mana shunday noxush hol O„zbekiston hayotida ham 
takrorlana boshlandi. Masalan, O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasining 
XVI Plenumida (1984-yil 24-iyul) respublikaning sobiq birinchi kotibi Sh. Rashidov 
asossiz tarzda tanqid ostiga olindi. Bunday nomaqbul ish uslubi quyi bo„g„in 
idoralarida ham yuz berdi. 
Joylarda yuz bergan mana shunday bir-birini noxolis tarzda inkor qilish oqibatda 
siyosatda davomiylikning buzilishiga olib keldi. Hamma darajada birinchi shaxs 
faoliyatini tanqid qilish orqali mehnatkash xalqning vijdonan, halol mehnati inkor 
qilindi. Muhimi kadrlar qo„nimsizligini vujudga keltirdi. Bu mutlaqo noto„g„ri yo„l 
edi. 
Avvalgi yillarda kadrlar siyosatida yo„l qo„yilgan ikkinchi xatolik kadrlarning 
nazariy tayyorgarligi, ularning ma‟naviy-axloqiy fazilatlariga yetarli e‟tibor 
berilmaganlikda ko„rindi. Bu partiya tashkilotlari faoliyatida juda jiddiy qusurga 
aylanib ketgan edi. Kadr tanlashda xodimning odamlar bilan ishlash qobiliyati, kasb 
mahorati emas, ko„proq shaxsiy sadoqati birinchi o„ringa qo„yildi. Natijada 
rahbarlarning zamonaviy bilim saviyasi, siyosiy yetukligi, ma‟naviy barkamolligi, 
odamlarni ishontirish va ergashtira olish fazilatlari e‟tibordan chetga surilgan edi.

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish