Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan,
mustaqillikning keyingi yillarida davlat qurilishi va boshqaruvi 
sohasida amalga oshirilgan islohotlardan ko„zlangan asosiy maqsad hokimiyat barcha 
tarmoqlari, xususan ijro hokimiyati bo„lmish hukumat faoliyatining mas‟uliyati va 
samarasini oshirishga qaratildi. 
Ma‟lumki, O„zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi usuli Prezidentlik 
boshqaruv shakliga asoslanadi va bu qoida Konstitutsiyada belgilab berilgan. 
Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Senatining 2005-yil 28-yanvardagi 
Qo„shma Majlisida Prezident ma‟ruzalarida ta‟kidlanganidek, O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o„zgarishlar bo„yicha Prezident zimmasidagi 
ayrim vazifalar nafaqat Senatga, balki hukumatga ham berildi. Shu munosabat bilan 
Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar yanada aniqlashtirildi. 
Jumladan, hamma masalalar, vazifalar soha-soha qilib, ya‟ni komplekslar bo„yicha 
bo„lib berildi. Bundan maqsad ishda qat‟iy, aniq tartib-intizom va natija bo„lishi 
ko„zda tutildi. 
Binobarin, Bosh vazir o„rinbosarlari o„z komplekslari bo„yicha ishni boshqarib, 
javobgarlikni oxirigacha o„z zimmalariga olishi, har qaysi hukumat a‟zosi, har qaysi 
vazir o„z sohasiga mas‟ul bo„lib Prezident oldida javob berishi, Parlament oldida 
hisob berishi belgilandi. 
Ikkinchidan,
mamlakatimiz davlat mustaqilligining keyingi yillarida ma‟muriy 
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tufayli bir-birini takrorlovchi 
vazirliklar, idoralar va davlat tashkilotlarini, resurslarini taqsimlash vazifalari hamda 
xo„jalik yurituvchi subyektlarga rahbarlik qilishni tugallash orqali davlat va xo„jalik 
boshqaruvining tarkibini optimallashtirish amalga oshirildi. Natijada respublikada 13 
ta vazirlik, 11 ta davlat qo„mitasi, 9 ta agentlik va 3 ta qo„mita saqlanib qolindi, 
ularning vazifalariga umuman iqtisodiyotni va uning sohalarini boshqarishning 
strategik masalalarini ishlab chiqish kiradigan bo„ldi. 
Xo„jalik birlashmalari endilikda ishlab chiqaruvchilar uyushmalari shaklida 
faoliyat ko„rsatadigan bo„ldi. Bu boradagi islohotlar izchil davom ettirildi. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004 yil 5 yanvarda «Hududiy davlat 
boshqaruv organlari tarkibini takomillashtirish to„g„risida» qaror qabul qildi. Unga 
muvofiq barcha hokimliklar yangi boshqaruv tarkibiga o„tadi. Viloyat, shahar, tuman 
hokimlarining o„rinbosarlari qisqartirildi hamda hokimliklar mahkamasidagi shtatlar 
ham qisqartirildi. Beshta shahar, 8 ta shahar ichki tumanlari qisqartirilishi natijasida 
budjet hisobidan moliyalashtiriladigan hududiy boshqaruv organlari xodimlarining 
soni 500 birlikka qisqartirildi. Shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 331 birlikka 
qisqardi va ularni saqlashga ketadigan xarajatlar 312 million so„mga kamaytirish 
imkonini berdi. 


107 
Davlat va xo„jalik boshqaruv organlarida boshqaruv xodimlar sonini 
optimallashtirish natijasida O„zbekistonda ming nafar kishiga amaldorlar soni 6,1 
kishini yoki aholining 1,6 foizini tashkil etdi. Qozog„istonda ushbu ko„rsatkich 
tegishli ravishda 19,2 va 3,4 ni, Ukrainada – 20 va 4,5 ni, Rossiyada 22,1 va 3,9 ni 
tashkil etdi.
Boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari davlat budjetining 1,9 foizini tashkil etdi. 
Bu ko„rsatkich bo„yicha O„zbekiston bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar 
qatoridan o„rin oldi. Masalan AQSHda bu ko„rsatkich 1,1 ni tashkil etadi. 
Bundan tashqari boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirilishi natijasida 
boshqaruv xodimlari soni 40 ming kishiga qisqartirildi, bu esa 40,5 milliard so„mlik 
budjet mablag„larini tejash imkonini berdi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish