Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan,
yangi jamiyatga o„tishda boshqaruv tizimida jiddiy buzilishlarga yo„l 
qo„ymasdan, MDHga a‟zo ayrim mamlakatlarda bo„lganidek, iqtisodiyotni 
boshqarishning real dastaklarini qo„ldan chiqarib yubormaslik kerak edi. Chunki 
yangi tuzilayotgan idoralar tajribaga va bozor sharoitlarida o„zini o„zi boshqarish 
mexanizmiga
ega edi. 
Ikkinchidan,
o„tish davrida yetuk bozor munosabatlari va mexanizmlari ham uzil-
kesil shakllanmagan edi. Shuning uchun bozor munosabatlari tarkib topgan va bu 
yo„nalishda endigina qadamlar tashlayotgan mamlakatlardagi boshqaruvni tashkil 
etishning turli tizimlari o„rganildi. Shu asnoda butun xalq xo„jaligini, tarmoqlar va 
hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi sharoitlarga mos tuzilmalari 
topildi. Buning mohiyati ishlab chiqarishning 
markazlashtirilgan tartibda 
rejalashtirish va tashkil etishdan moliyani, moddiy xomashyo boyliklarini davlat 
tomonidan boshqarish tizimidan voz kechishni bildirar edi. 
Yana shuni aytish kerakki, O„zbekistondagi boshqaruvni izchil, bosqichma-
bosqich tashkil etish modeli keng jamoatchilik tomonidan ma‟qul deb hisoblandi. 
1991-yil 6-sentabrida respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya 
qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko„zlab uning 
tarkibida 1992-yil yanvar oyida O„zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi 
brigadasini ham barpo etish lozim topildi. 1992-yil iyulidan u Mudofaa vazirligiga 
aylantirildi. 
Mudofaa tizimidagi bunday o„zgartirishlarning sababi nimada? 
Buni shunday izohlash mumkin: mamlakat mustaqilligining dastlabki (Farmon 
oltinchi kundayoq e‟lon qilindi) kunlaridanoq uning mudofaasini ta‟minlashga 
kirishish, SSSRning jazavasi tutgan, o„zining so„nggi nafasini olayotgan bir paytida 
uning dunyoni zir titratgan qurolli kuchlari tarkibidan asta-sekinlik bilan, shovqin 
ko„tarmasdan chiqib olish uchun avval Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish zarur 
edi. Chunki, Mudofaa vazirligi iborasida aniq maqsad va qat‟iy harakat mazmuni bor. 
Shuning uchun dastlab shunchaki mudofaa ishlari bilan shug„ullanuvchi mahkama 
tuzilganini ma‟lum qilish, so„ng esa haqiqiy maqsadga bexavotir intilish kerak edi. 


102 
Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilganidan so„ng milliy gvardiya brigadasi tuzildi. 
Bu strategik maqsadga erishish yo„lidagi taktika edi. Bir hovuchgina sanoqli askarlar 
brigadasini tuzishdan hech kim shubhaga bormas va unga monelik qilmas edi. Milliy 
gvardiya, aytish mumkinki, har tomonlama qurollangan, huquqiy, siyosiy va 
ma‟naviy jihatdan mustahkamlangan milliy armiyaning debochasidir. 
Ana shunday murakkab, ziddiyatli va, hatto, tahlikali bir sharoitda O„zbekiston 
Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari tizimi vujudga keldi. 
O„zbekistonda Adliya idoralarining mavqeyi va mas‟uliyatini oshirish, aholiga 
huquqiy xizmatni yaxshilash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi faoliyatini 
takomillashtirish tadbirlari belgilandi. Vazirlik mamlakatda huquqqa doir siyosatni 
o„tkazishda davlat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, boshqa markaziy 
idoralar bilan birgalikda O„zbekiston Respublikasi hamda uning fuqarolari huquqlari 
va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta‟minlaydi. 
O„zbekiston iqtisodiyoti rivoji bilan shug„ullanuvchi davlat idoralari tizimida 
tubdan o„zgarishlar qilindi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo„mitasi 
Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yilda shu komissiya negizida Vazirlar 
Mahkamasi huzurida respublikaning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo„mitasi tashkil 
etildi, uning avvalgi vazifalari yanada kengaytirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu 
qo„mita va statistika davlat qo„mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni 
belgilash va statistika davlat qo„mitasi va joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 
Qo„mita vazifalariga O„zbekistonni taraqqiy ettirishning ustuvor yo„nalishlari va 
tashqi iqtisodiy aloqalar strategiyasini ishlab chiqish, aholi moddiy farovonligini 
oshirish va uni ijtimoiy muhofaza etish, yagona statistika siyosatini o„tkazish kabilar 
kiritildi. 
1997-yildan 
ushbu 
Qo„mita 
Makroiqtisodiyot 
vazirligiga 
aylantirildi. 
O„zbekistonda moliya idoralarini boshqarish tashkiliy tuzilmasini va narx belgilash 
tizimini takomillashtirish tadbirlari belgilandi. Shu boisdan narxlarga doir davlat 
siyosatini o„tkazish vazifalari Moliya vazirligiga topshirilib, u Davlat narxlar 
qo„mitasi bilan birlashtirildi. 
Xalq xo„jaligini xomashyo, yoqilg„i va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan 
ta‟minlashga ham jiddiy e‟tibor berildi. Bu sohaga rahbarlik qiluvchi idoralar 
takomillashtirildi. 
1991-yil 
fevralida xalq xo„jaligining mineral-xomashyo 
zaxiralariga bo„lgan ehtiyojlarini ta‟minlash maqsadida geologiya sohasidagi ilmiy-
tadqiqot, ishlab chiqarish va boshqaruv idoralari negizida O„zbekiston SSR Davlat 
geologiya va meniralogiya qo„mitasi tashkil etilib, uning vakolatlari belgilandi. 
1992-yil may oyida neft va gaz konlarini har tomonlama va samarali o„zlashtirish, 
xalq xo„jaligi va aholini gaz, gaz kondensati, neft hamda ularni qayta ishlash 
mahsulotlari bilan barqaror ta‟minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tuzilmasini 
takomillashtirish maqsadida shu sohada mavjud bo„lgan ishlab chiqarish birlashmalari 
asosida O„zbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni – «O„zbekneftgaz» tashkil 
etildi va uning vazifalari tayin etildi. 


103 
Konsernlar xalq xo„jaligiga davlat rahbarligi tizimidagi yangi shakl edi. U sanoat 
sohasida bundan ilgari ham barpo etilgan edi. Bu O„zbekistonning o„z mustaqilligiga 
erishishi, ittifoq tobeligidagi sanoat tarmoqlarining ham respublikaga berilishi, bozor 
iqtisodiyotiga o„tilishi, ma‟muriy buyruqbozlik usulining cheklana borishi bilan 
bog„liq bo„ldi. Masalan, 1990-yil oktabrida O„zbekiston SSR Vazirlar Kengashi 
sanoat tarmoqlari bo„yicha o„zbek davlat konsernlarini tuzish to„g„risida qaror qabul 
qildi. Qarorga binoan, O„zbekiston Davlat kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, 
mashinasozlik, qishloq xo„jaligi va avtomobil mashinasozligi, radio elektronika 
(elektro- texnika va asbobsozlik bilan birga), paxta tozalash sanoati ilmiy-texnikaviy 
ta‟minlash konsernlari tuzildi. 
Prezidentning 1992-yil 27-oktabrdagi Farmoni bilan ijara kollektiv, hissadorlik 
tashkilotlarini hamda mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan montaj, 
ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlarini sanoat va 
naqliyot korxonalarini ixtiyoriy paychilik asosida birlashtiruvchi «O„zmontaj-
maxsusqurilish» ishlarni xo„jalik assotsiatsiyasi tashkil etilib, shunday vazirlik esa 
tugatildi. 
O„zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi negizida Don mahsulotlari 
(«O„zdonmahsulot») davlat konserni tashkil etilib, uning zimmasiga xalq xo„jaligini 
va aholini ovqatbop don, un va non, qandolat mahsulotlari, omixta yem bilan 
ta‟minlash, nonvoyxona, makaron tegirmonyorma va omixta yem sanoati korxonalari 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazifalari yuklandi. 
Bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida O„zbekistonda dehqonchilik sanoat 
kompleksi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, respublika o„rmon xo„jaligi 
boshqaruv ishini yaxshilash, milliy aviakompaniyani tashkil qilish to„g„risida ham 
Farmonlar qabul qilinib, ularda sanoat, qishloq xo„jaligi va naqliyotga davlat 
rahbarligining navbatdagi muammolari hal etib berildi. Masalan, Prezidentning 1990-
yil 8-dekabrida imzolagan Farmonida shunday deyiladi: «Dehqonchilik-sanoat 
kompleksida davlat va xo„jalik boshqaruv vazifalarini farqlab qo„yishga oid aniq 
tadbirlarni amalga oshirish, jamoa xo„jaliklari, davlat xo„jaliklari va boshqa qishloq 
xo„jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor munosabatlarini 
joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman: 
O„zbekiston SSR qishloq xo„jaligi davlat kooperativ qo„mitasi kengashi va 
hay‟atining O„zbekiston SSR qishloq xo„jaligi davlat kooperativ qo„mitasini 
O„zbekiston SSR qishloq xo„jaligi jumhuriyat vazirligiga aylantirish to„g„risidagi 
taklifi qabul qilinsin». Shuningdek, Paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish 
davlat hissadorlik assotsiatsiyasi ham tashkil etildi. 
Xalq xo„jaligini rivojlantirishda fan va texnikaning ahamiyati katta. Shu sababdan 
ularni ravnaq toptirish, erishilgan natijalarni amaliyotga tatbiq etish sohasidagi 
ishlarga ham jiddiy e‟tibor berildi. Maxsus Farmonlar bilan O„zbekiston Respublikasi 
Fan va texnika davlat qo„mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzurida esa Oliy Attestatsiya 
Komissiyasi (OAK) tashkil qilindi. Mamlakat Fanlar akademiyasiga o„zini o„zi 
boshqaruvchi mustaqil tashkilot sifatidagi maqom berildi. 


104 
Iqtisodiy hayotda bozor munosabatlariga o„tish aholining ijtimoiy himoyalanishini, 
davlat mustaqilligiga erishish esa milliy va madaniy qadriyatlar ahamiyatini oshirishni 
talab etadi. Shunday sharoitda ijtimoiy-madaniy qurilish sohasida davlat rahbarligini 
takomillashtirish ham jiddiy ahamiyatga ega. Chunonchi, 1992-yil 5-mayda aholiga 
savdo xizmatini tubdan yaxshilash, iste‟mol bozorini kengaytirish maqsadida 
respublika savdo vazirligi «O„zbeksavdo» O„zbekiston davlat hissadorlik 
uyushmasiga aylantirildi. 
Aholiga maishiy xizmat ko„rsatishni va bu sohani boshqarishni yaxshilash dolzarb 
masaladir. Ana shu maqsadlarni nazarda tutib, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi aholiga maishiy xizmat ko„rsatish davlat kooperativ markazi 
va uning joylardagi idoralari o„rniga maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari 
O„zbekiston Respublikasi va hududiy uyushmalari tashkil etildi, ularning vazifalari 
aniq belgilab qo„yildi. 
Ommaviy axborot vositalari va targ„ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirish 
maqsadida O„zbekiston Respublikasi televideniye va radio eshittirishlari davlat 
qo„mitasi 1992-yil yanvar oyidan O„zbekiston davlat teleradio eshittirishlar 
kompaniyasiga aylantirildi. Madaniyat va san‟atni rivojlantirish hamda ularning 
ma‟naviy va axloqiy tarbiyadagi mavqeini oshirish maqsadida 1992-yil mart oyida 
qabul etilgan Farmon bilan O„zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 
tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash 
tadbirlari belgilandi. Shu vazirlik negizida O„zbekiston Respublikasi Madaniyat 
ishlari vazirligi va O„zbekiston Respublikasi Davlat kino kompaniyasi tashkil qilindi. 
Xususan, Madaniyat ishlari vazirligi, milliy madaniyat sohasida davlat siyosatini 
amalda ro„yobga chiqarish, xalq boy an‟analarini tiklash va ularni yanada 
takomillashtirish, 
mamlakat 
ijodiy 
uyushmalari 
bilan 
uzviy 
hamkorlikni 
mustahkamlash, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish kabi vazifalarni bajaradigan 
bo„ldi. 
Respublikaning tashqi faoliyati masalalari bo„yicha shug„ullanadigan idoralari 
tizimi ham takomillashtirildi. Jumladan, 1991-yil 7-sentabrida O„zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. 
1992-yil 21-fevralida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi, o„sha yili 10 
avgustda esa O„zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo„mitasi barpo etildi, 
shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag„batlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish 
va himoya qilish choralari belgilandi. O„zbekiston hududida sayohat sohasidagi 
yagona siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirishni ta‟minlaydigan muvofiqlashtiruvchi 
bosh idora sifatida «O„zbekturizm» milliy kompaniyasi ham barpo etildi.
1992-yil oxiri va 1993-yil boshida ham bir necha markaziy boshqaruv idoralari 
tashkil etildi. Ular qatoriga O„zbekiston sanoat va xo„jalik qurilishi davlat 
korporatsiyasi, O„zbekiston avtomobil naqliyoti davlat hissadorlik korporatsiyasi, 
O„zbekiston avtomobil yo„llari qurish va foydalanish davlat hissadorlik konserni 
kabilar kiradi. 


105 
Markaziy boshqaruv idoralari tizimining takomillashuvi va ayrimlarining yangidan 
tashkil etilishi, shuningdek, Prezidentlik lavozimining yuzaga kelishi Vazirlar 
Mahkamasi huquqiy maqomining o„zgarishi, asosan, ikki holat bilan izohlanishi, 
ya‟ni O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi va uning bozor 
iqtisodiga o„ta boshlashi bilan chambarchas bog„liq ekanligidir. 
Xulosa sifatida ikki muhim jihatni alohida ta‟kidlash lozim.

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish