Birinchidan,
yangi jamiyatga o„tishda boshqaruv tizimida jiddiy buzilishlarga yo„l
qo„ymasdan, MDHga a‟zo ayrim mamlakatlarda bo„lganidek, iqtisodiyotni
boshqarishning real dastaklarini qo„ldan chiqarib yubormaslik kerak edi. Chunki
yangi tuzilayotgan idoralar tajribaga va bozor sharoitlarida o„zini o„zi boshqarish
mexanizmiga
ega edi.
Ikkinchidan,
o„tish davrida yetuk bozor munosabatlari va mexanizmlari ham uzil-
kesil shakllanmagan edi. Shuning uchun bozor munosabatlari tarkib topgan va bu
yo„nalishda endigina qadamlar tashlayotgan mamlakatlardagi boshqaruvni tashkil
etishning turli tizimlari o„rganildi. Shu asnoda butun xalq xo„jaligini, tarmoqlar va
hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi sharoitlarga mos tuzilmalari
topildi. Buning mohiyati ishlab chiqarishning
markazlashtirilgan tartibda
rejalashtirish va tashkil etishdan moliyani, moddiy xomashyo boyliklarini davlat
tomonidan boshqarish tizimidan voz kechishni bildirar edi.
Yana shuni aytish kerakki, O„zbekistondagi boshqaruvni izchil, bosqichma-
bosqich tashkil etish modeli keng jamoatchilik tomonidan ma‟qul deb hisoblandi.
1991-yil 6-sentabrida respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya
qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko„zlab uning
tarkibida 1992-yil yanvar oyida O„zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi
brigadasini ham barpo etish lozim topildi. 1992-yil iyulidan u Mudofaa vazirligiga
aylantirildi.
Mudofaa tizimidagi bunday o„zgartirishlarning sababi nimada?
Buni shunday izohlash mumkin: mamlakat mustaqilligining dastlabki (Farmon
oltinchi kundayoq e‟lon qilindi) kunlaridanoq uning mudofaasini ta‟minlashga
kirishish, SSSRning jazavasi tutgan, o„zining so„nggi nafasini olayotgan bir paytida
uning dunyoni zir titratgan qurolli kuchlari tarkibidan asta-sekinlik bilan, shovqin
ko„tarmasdan chiqib olish uchun avval Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish zarur
edi. Chunki, Mudofaa vazirligi iborasida aniq maqsad va qat‟iy harakat mazmuni bor.
Shuning uchun dastlab shunchaki mudofaa ishlari bilan shug„ullanuvchi mahkama
tuzilganini ma‟lum qilish, so„ng esa haqiqiy maqsadga bexavotir intilish kerak edi.
102
Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilganidan so„ng milliy gvardiya brigadasi tuzildi.
Bu strategik maqsadga erishish yo„lidagi taktika edi. Bir hovuchgina sanoqli askarlar
brigadasini tuzishdan hech kim shubhaga bormas va unga monelik qilmas edi. Milliy
gvardiya, aytish mumkinki, har tomonlama qurollangan, huquqiy, siyosiy va
ma‟naviy jihatdan mustahkamlangan milliy armiyaning debochasidir.
Ana shunday murakkab, ziddiyatli va, hatto, tahlikali bir sharoitda O„zbekiston
Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari tizimi vujudga keldi.
O„zbekistonda Adliya idoralarining mavqeyi va mas‟uliyatini oshirish, aholiga
huquqiy xizmatni yaxshilash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi faoliyatini
takomillashtirish tadbirlari belgilandi. Vazirlik mamlakatda huquqqa doir siyosatni
o„tkazishda davlat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, boshqa markaziy
idoralar bilan birgalikda O„zbekiston Respublikasi hamda uning fuqarolari huquqlari
va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta‟minlaydi.
O„zbekiston iqtisodiyoti rivoji bilan shug„ullanuvchi davlat idoralari tizimida
tubdan o„zgarishlar qilindi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo„mitasi
Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yilda shu komissiya negizida Vazirlar
Mahkamasi huzurida respublikaning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo„mitasi tashkil
etildi, uning avvalgi vazifalari yanada kengaytirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu
qo„mita va statistika davlat qo„mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni
belgilash va statistika davlat qo„mitasi va joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi.
Qo„mita vazifalariga O„zbekistonni taraqqiy ettirishning ustuvor yo„nalishlari va
tashqi iqtisodiy aloqalar strategiyasini ishlab chiqish, aholi moddiy farovonligini
oshirish va uni ijtimoiy muhofaza etish, yagona statistika siyosatini o„tkazish kabilar
kiritildi.
1997-yildan
ushbu
Qo„mita
Makroiqtisodiyot
vazirligiga
aylantirildi.
O„zbekistonda moliya idoralarini boshqarish tashkiliy tuzilmasini va narx belgilash
tizimini takomillashtirish tadbirlari belgilandi. Shu boisdan narxlarga doir davlat
siyosatini o„tkazish vazifalari Moliya vazirligiga topshirilib, u Davlat narxlar
qo„mitasi bilan birlashtirildi.
Xalq xo„jaligini xomashyo, yoqilg„i va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan
ta‟minlashga ham jiddiy e‟tibor berildi. Bu sohaga rahbarlik qiluvchi idoralar
takomillashtirildi.
1991-yil
fevralida xalq xo„jaligining mineral-xomashyo
zaxiralariga bo„lgan ehtiyojlarini ta‟minlash maqsadida geologiya sohasidagi ilmiy-
tadqiqot, ishlab chiqarish va boshqaruv idoralari negizida O„zbekiston SSR Davlat
geologiya va meniralogiya qo„mitasi tashkil etilib, uning vakolatlari belgilandi.
1992-yil may oyida neft va gaz konlarini har tomonlama va samarali o„zlashtirish,
xalq xo„jaligi va aholini gaz, gaz kondensati, neft hamda ularni qayta ishlash
mahsulotlari bilan barqaror ta‟minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tuzilmasini
takomillashtirish maqsadida shu sohada mavjud bo„lgan ishlab chiqarish birlashmalari
asosida O„zbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni – «O„zbekneftgaz» tashkil
etildi va uning vazifalari tayin etildi.
103
Konsernlar xalq xo„jaligiga davlat rahbarligi tizimidagi yangi shakl edi. U sanoat
sohasida bundan ilgari ham barpo etilgan edi. Bu O„zbekistonning o„z mustaqilligiga
erishishi, ittifoq tobeligidagi sanoat tarmoqlarining ham respublikaga berilishi, bozor
iqtisodiyotiga o„tilishi, ma‟muriy buyruqbozlik usulining cheklana borishi bilan
bog„liq bo„ldi. Masalan, 1990-yil oktabrida O„zbekiston SSR Vazirlar Kengashi
sanoat tarmoqlari bo„yicha o„zbek davlat konsernlarini tuzish to„g„risida qaror qabul
qildi. Qarorga binoan, O„zbekiston Davlat kimyo sanoati, metallurgiya sanoati,
mashinasozlik, qishloq xo„jaligi va avtomobil mashinasozligi, radio elektronika
(elektro- texnika va asbobsozlik bilan birga), paxta tozalash sanoati ilmiy-texnikaviy
ta‟minlash konsernlari tuzildi.
Prezidentning 1992-yil 27-oktabrdagi Farmoni bilan ijara kollektiv, hissadorlik
tashkilotlarini hamda mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan montaj,
ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlarini sanoat va
naqliyot korxonalarini ixtiyoriy paychilik asosida birlashtiruvchi «O„zmontaj-
maxsusqurilish» ishlarni xo„jalik assotsiatsiyasi tashkil etilib, shunday vazirlik esa
tugatildi.
O„zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi negizida Don mahsulotlari
(«O„zdonmahsulot») davlat konserni tashkil etilib, uning zimmasiga xalq xo„jaligini
va aholini ovqatbop don, un va non, qandolat mahsulotlari, omixta yem bilan
ta‟minlash, nonvoyxona, makaron tegirmonyorma va omixta yem sanoati korxonalari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazifalari yuklandi.
Bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida O„zbekistonda dehqonchilik sanoat
kompleksi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, respublika o„rmon xo„jaligi
boshqaruv ishini yaxshilash, milliy aviakompaniyani tashkil qilish to„g„risida ham
Farmonlar qabul qilinib, ularda sanoat, qishloq xo„jaligi va naqliyotga davlat
rahbarligining navbatdagi muammolari hal etib berildi. Masalan, Prezidentning 1990-
yil 8-dekabrida imzolagan Farmonida shunday deyiladi: «Dehqonchilik-sanoat
kompleksida davlat va xo„jalik boshqaruv vazifalarini farqlab qo„yishga oid aniq
tadbirlarni amalga oshirish, jamoa xo„jaliklari, davlat xo„jaliklari va boshqa qishloq
xo„jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor munosabatlarini
joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:
O„zbekiston SSR qishloq xo„jaligi davlat kooperativ qo„mitasi kengashi va
hay‟atining O„zbekiston SSR qishloq xo„jaligi davlat kooperativ qo„mitasini
O„zbekiston SSR qishloq xo„jaligi jumhuriyat vazirligiga aylantirish to„g„risidagi
taklifi qabul qilinsin». Shuningdek, Paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish
davlat hissadorlik assotsiatsiyasi ham tashkil etildi.
Xalq xo„jaligini rivojlantirishda fan va texnikaning ahamiyati katta. Shu sababdan
ularni ravnaq toptirish, erishilgan natijalarni amaliyotga tatbiq etish sohasidagi
ishlarga ham jiddiy e‟tibor berildi. Maxsus Farmonlar bilan O„zbekiston Respublikasi
Fan va texnika davlat qo„mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzurida esa Oliy Attestatsiya
Komissiyasi (OAK) tashkil qilindi. Mamlakat Fanlar akademiyasiga o„zini o„zi
boshqaruvchi mustaqil tashkilot sifatidagi maqom berildi.
104
Iqtisodiy hayotda bozor munosabatlariga o„tish aholining ijtimoiy himoyalanishini,
davlat mustaqilligiga erishish esa milliy va madaniy qadriyatlar ahamiyatini oshirishni
talab etadi. Shunday sharoitda ijtimoiy-madaniy qurilish sohasida davlat rahbarligini
takomillashtirish ham jiddiy ahamiyatga ega. Chunonchi, 1992-yil 5-mayda aholiga
savdo xizmatini tubdan yaxshilash, iste‟mol bozorini kengaytirish maqsadida
respublika savdo vazirligi «O„zbeksavdo» O„zbekiston davlat hissadorlik
uyushmasiga aylantirildi.
Aholiga maishiy xizmat ko„rsatishni va bu sohani boshqarishni yaxshilash dolzarb
masaladir. Ana shu maqsadlarni nazarda tutib, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi aholiga maishiy xizmat ko„rsatish davlat kooperativ markazi
va uning joylardagi idoralari o„rniga maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari
O„zbekiston Respublikasi va hududiy uyushmalari tashkil etildi, ularning vazifalari
aniq belgilab qo„yildi.
Ommaviy axborot vositalari va targ„ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirish
maqsadida O„zbekiston Respublikasi televideniye va radio eshittirishlari davlat
qo„mitasi 1992-yil yanvar oyidan O„zbekiston davlat teleradio eshittirishlar
kompaniyasiga aylantirildi. Madaniyat va san‟atni rivojlantirish hamda ularning
ma‟naviy va axloqiy tarbiyadagi mavqeini oshirish maqsadida 1992-yil mart oyida
qabul etilgan Farmon bilan O„zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash
tadbirlari belgilandi. Shu vazirlik negizida O„zbekiston Respublikasi Madaniyat
ishlari vazirligi va O„zbekiston Respublikasi Davlat kino kompaniyasi tashkil qilindi.
Xususan, Madaniyat ishlari vazirligi, milliy madaniyat sohasida davlat siyosatini
amalda ro„yobga chiqarish, xalq boy an‟analarini tiklash va ularni yanada
takomillashtirish,
mamlakat
ijodiy
uyushmalari
bilan
uzviy
hamkorlikni
mustahkamlash, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish kabi vazifalarni bajaradigan
bo„ldi.
Respublikaning tashqi faoliyati masalalari bo„yicha shug„ullanadigan idoralari
tizimi ham takomillashtirildi. Jumladan, 1991-yil 7-sentabrida O„zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi.
1992-yil 21-fevralida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi, o„sha yili 10
avgustda esa O„zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo„mitasi barpo etildi,
shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag„batlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish
va himoya qilish choralari belgilandi. O„zbekiston hududida sayohat sohasidagi
yagona siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirishni ta‟minlaydigan muvofiqlashtiruvchi
bosh idora sifatida «O„zbekturizm» milliy kompaniyasi ham barpo etildi.
1992-yil oxiri va 1993-yil boshida ham bir necha markaziy boshqaruv idoralari
tashkil etildi. Ular qatoriga O„zbekiston sanoat va xo„jalik qurilishi davlat
korporatsiyasi, O„zbekiston avtomobil naqliyoti davlat hissadorlik korporatsiyasi,
O„zbekiston avtomobil yo„llari qurish va foydalanish davlat hissadorlik konserni
kabilar kiradi.
105
Markaziy boshqaruv idoralari tizimining takomillashuvi va ayrimlarining yangidan
tashkil etilishi, shuningdek, Prezidentlik lavozimining yuzaga kelishi Vazirlar
Mahkamasi huquqiy maqomining o„zgarishi, asosan, ikki holat bilan izohlanishi,
ya‟ni O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi va uning bozor
iqtisodiga o„ta boshlashi bilan chambarchas bog„liq ekanligidir.
Xulosa sifatida ikki muhim jihatni alohida ta‟kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |