Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Yangilangan 
jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak», 
– deb ko„rsatgan edi. 
Ayni chog„da siyosiy sohada bu
«...Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish
jamiyatning siyosiy tizimini davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, 
respublika hukumati hamda mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini 
aniq belgilab qo„yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirishi 
mumkin»,
– deb ta‟kidlagan edi. Ana shu yo„l-yo„riqlar va ko„rsatmalar asosida 
mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. 
1990-yilning 18-fevralida O„zbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi 
saylandi. U o„z faoliyatini boshlagan paytda sobiq sho„ro tuzumining qonunlari 
amalda edi. Mustaqil O„zbekistonning mustaqil taraqqiyoti endi yangi tipdagi 
qonunchilik tizimini taqozo etar edi. Shuning uchun ham Oliy Kengash O„zbekiston 
mustaqilligini ta‟minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish 


81 
yo„lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. 1990–1994-yillarda Oliy 
Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida 
birinchi marta mamlakat Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul 
qildi, Oliy Kengashning O„zbekiston mustaqilligi haqidagi tarixiy qonunlarni, 
xususan, Asosiy qonun – Konstitutsiyani qabul qilganligi ham yurtimiz tarixidagi 
ulkan hodisalar hisoblanadi. 
Oliy Kengash shu va shu kabi boshqa qonun hujjatlari bilan mamlakatda siyosiy 
islohotlarni yanada chuqurlashtirishning huquqiy asosini yaratib berdi. 
Ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning o„ziga xos rivojlanish yo„lidan qat‟iy borish, 
avvalo, O„zbekistonda Oliy davlat hokimiyatlarini tashkil etishning yangicha 
tamoyillarini ishlab chiqishni taqozo etardi. Ma‟lumki, yangi Konstitutsiyaning V 
bo„limi davlat hokimiyatini tashkil qilish tamoyillarini o„z ichiga oladi. Shu 
bo„limning XVIII bobi O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirishga 
bag„ishlangan va uning 76-moddasida: «O„zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
Oliy davlat vakillik organi bo„lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi», – 
deb mustahkamlandi. 
O„zbekistonda Konstitutsiya talablari asosida izchil ravishda siyosiy islohotlar 
amalga oshirilar ekan, 1993-yil 28-dekabrida bo„lib o„tgan mamlakat Oliy 
Kengashining XIV sessiyasida «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar 
to„g„risida», 1994-yil 22-sentabrda bo„lib o„tgan XVI sessiyada «O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi to„g„risida» qonun qabul qilindi. Bular demokratik 
tamoyillarga asoslangan hokimiyat bo„linishining eng xalqchil va zamonaviy shakllari 
hisoblanadi. Ayni paytda bu sohada tub islohotlarni amalga oshirish zarurati borligini 
ham ko„rsatadi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish