Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchi
farq shundaki, avval ko„rganimizdek, Oliy 
Majlisga saylov ko„ppartiyaviylik asosida o„tkazildi. Har bir saylov okrugida 2-3 
nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilarga amalda ana shu nomzodlardan 
tanlab olish huquqi berildi. Shunday ko„ppartiyaviylik tamoyili Oliy Majlis ishida 
ham joriy etildi.
Ikkinchidan,
Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat vakillik organlariga saylovlarni 
tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. 
Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, 
kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o„rni va soni oldindan belgilab qo„yilar edi. 
Buning ustiga, Parlamentda va Mahalliy Kengashlarda vazifasi bo„yicha, albatta, 
deputat bo„luvchi o„rinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday 
yondashuvdan voz kechildi. 
Oliy Majlis deputatlari turli partiya va harakatlarning vakillaridan iborat 
nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylandi. Respublika fuqarolari saylovlarda, 
eng avvalo, nomzodlarning ijtimoiy kelib chiqishiga emas, aksincha, ularning 
ishchanlik va axloqiy sifatlariga, eng muhim dasturlarining mazmun-mohiyatiga katta 
e‟tibor berdilar. 


89 
Uchinchidan,
Parlamentning kuchi deputatlarning o„z saylovchilari bilan kundalik 
munosabatida, yaqin muloqotida ekanligidan kelib chiqib, Oliy Majlis saylovchilar 
bilan uzviy aloqada bo„ldi. Avvalgi Parlamentda bu masalaga uncha e‟tibor 
berilmagan edi. Hayot shuni ko„rsatdiki, saylovchilar Oliy Majlisda qanday qonunlar 
muhokama qilinayotgani va qabul etilayotganidan xabardor bo„lib turishi, deputat esa 
hayotning eng dolzarb, qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo„lishi kerak. Shuning 
uchun ham muhim davlat ahamiyatiga ega masalalar muhokama qilinayotganda Oliy 
Majlis deputatlari o„z saylovchilari huzurida bo„ldilar. Masalan, 1996-yil 25-mart 
kuni O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi «Rossiya Federatsiyasi Davlat 
Dumasining 1996-yil 15-martidagi qarori to„g„risida»gi masalani ko„rib, unga o„z 
munosabatini bildirdi va: «Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996-yil 15-
martida qabul qilgan sobiq SSSRni qayta tiklashga qaratilgan qarori muhokamaga 
loyiq emas», «Davlatlar ustida turuvchi har qanday tuzilmalar tashkil qilishni nazarda 
tutadigan integratsiya jarayoni O„zbekiston uchun maqbul bo„la olmaydi», – deb 
qaror qabul qildi. 
Mana shunday o„ta dolzarb va muhim ahamiyatga ega bo„lgan O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorini saylovchilarga tushuntirish uchun 
har bir deputat o„z okrugida bo„ldi, mehnatkashlar bilan uchrashdi, ularning fikr-
mulohazalarini o„rgandi. Xalqning Rossiya davlat Dumasi qaroriga munosabati 
shunday bo„ldiki, O„zbekiston o„z mustaqil taraqqiyot yo„lidan, dono Prezidenti 
I.Karimov rahnamoligida dadil, sobitqadamlik bilan bormoqda, uning mustaqillik 
yo„lidagi ishlariga hech kim to„siq bo„lmasligi, biron-bir tashqi yoki boshqa kuch 
xalaqit bermasligi kerak. 
Oliy Majlis faoliyatidagi mana shunday izchillik, yangilik, shubhasiz, xalqning 
huquqiy madaniyatini o„stirish, demokratik ongini yuksaltirish imkonini bera 
boshladi, islohotlarning izchil va sobitqadamlik bilan amalga oshishiga hamda 
jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‟minlashga xizmat qila bordi.
Oliy Majlis faoliyatidagi muhim yo„nalishlardan biri Davlat mukofotlarini ta‟sis 
etish bo„ldi. Ma‟lumki, har bir mustaqil davlatning o„ziga xos davlat ramzlari 
bo„lganidek, uning o„ziga mos mukofotlari ham bo„lishi lozim. Shuning uchun 1995-
yil 22-dekabrida birinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV 
sessiyasida «Davlat mukofotlari to„g„risida» qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko„ra, 
respublika fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali, ijtimoiy va ijodiy 
faoliyatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanadigan bo„ldilar. Ayrim hollarda 
O„zbekiston Respublikasi uchun xizmat ko„rsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo„lmagan shaxslar ham O„zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan 
taqdirlanishlari mumkin. Davlat mukofotlari Oliy Majlis tomonidan ta‟sis etiladi. 
Mukofotlarga doir nizomlar va ularning tavsiflari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlat mukofotlari bilan O„zbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi. Davlat 
mukofotlari guvohnomalarining namunalari, mukofotlarga taqdim etish va ularni 
topshirish tartibi ham Prezident tomonidan tasdiqlanadi. 


90 
Bir shaxs ayni bir orden, medal yoki Faxriy yorliq bilan, qoida tariqasida, bir marta 
taqdirlanadi. Faxriy unvonlar takroran berilmaydi. 
Shaxslarni vafotidan keyin ham davlat mukofotlari bilan taqdirlash mumkin. 
Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin 
kamida 3 yil o„tganidan keyin taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda fuqarolar avval 
taqdirlangan vaqtidan qat‟i nazar navbatdagi mukofotga taqdim etiladi.
Davlat mukofotlarining nishonlarini taqib yurish tartibi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. Mukofotlar bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan 
imtiyozlardan foydalanadilar hamda pul mukofotini oladilar. Jumladan, O„zbekiston 
Respublikasida Oliy darajadagi mukofot sifatida 1994-yil may oyida «O„zbekiston 
Qahramoni» unvoni va «Oltin Yulduz» medali ta‟sis etildi. 
Ayni chog„da O„zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida faollik ko„rsatgan fuqarolar 
«Mustaqillik», «Amur Temur», «Buyuk xizmatlari uchun», «El-yurt hurmati», I-II 
darajali «Sog„lom avlod uchun», «Mehnat shuhrati», I-II darajali «Shon-sharaf» va 
«Do„stlik» ordenlari bilan, «Jasorat» hamda «Shuhrat» medallari bilan 
mukofotlanadigan bo„ldilar.
Shuningdek, quyidagi faxriy unvonlar ham ta‟sis etildi: 
«O„zbekiston Respublikasi san‟at arbobi», 
«O„zbekiston Respublikasi fan arbobi», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq artisti», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq rassomi», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq shoiri», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq o„qituvchisi», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq hofizi», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq baxshisi», 
«O„zbekiston Respublikasi xalq ustasi», 
«O„zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat 
ko„rsatgan xodim», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan aloqa xodimi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan artist», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan yoshlar murabbiysi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan jurnalist», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan irrigator», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan ixtirochi va ratsionalizator», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan iqtisodchi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan madaniyat xodimi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan me‟mor», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan pillachi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sanoat xodimi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sog„liqni saqlash xodimi», 


91 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sport ustozi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan sportchi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan transport xodimi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan xalq ta‟limi xodimi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan chorvador», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan yurist», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan qishloq xo„jalik xodimi», 
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan quruvchi» va boshqalar. 
Bundan tashqari 25 yoshgacha bo„lgan iqtidorli qizlarni rag„batlantirish va qo„llab-
quvvatlash, ularning adabiyot, san‟at, fan, ta‟lim sohalaridagi hamda jamoatchilik 
faoliyatidagi yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi maxsus farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat 
mukofoti ta‟sis etildi. 
O„zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulida qabul qilingan «Bayram kunlari 
haqida»gi Qonunga va O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 21-dekabrida 
qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini 131-moddasiga 
muvofiq, O„zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) 
kunlari deb belgilandi: 
1 yanvar – 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish