51-mavzu. INTELLEKTUAL KAPITAL, INTELLEKTUAL MULKNI SHAKLLANTIRISH VA BOSHQARISH
Reja:
Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish.
CHet elda patentlash. Litsenzion shartnoma haqida tushuncha.
1. Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo’nalishida faollikni ta’minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o’rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
SHunday qilib, ta’kidlash mumkinki, xozirgi paytda mamlakatda investitsion faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:
- qonunchilik tomonidan yakin, o’rta va uzok istikbollarga belgilangan milliy maksadlar va ularga erishish bo’yicha aniq ifodalangan mexanizmlarning yaratilganligi;
- makroiqtisodiy barkarorlik vazifalariga bo’ysundirilgan davlat strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish va innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash maksadlariga mos kelavermasligi, ayrim xollarda esa unga zid kelishi;
- mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barkarorligi va rivojlanishi manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatgi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi.
Mamlakatning milliy maksadlarini amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion siyosat o’tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin:
- milliy xavfsizlikni ta’minlash;
- iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;
- sanoatni texnologik qayta jixozlash, jahon bozorida mamlakatimiz tovar va xizmatlari rakobatbardoshligini oshirish;
- tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit muammolarini xal qilish;
- aholining ijtimoiy muammolarini xal qilish, munosib turmush tarzini ta’minlash, soliqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;
- oziq-ovqat, homashyo, material va energiyaga bo’lgan milliy ehtiyojlarni kafolatli ta’minlash.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chikkan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:
- akademik va tarmoq, institutlari, universitetlar va firmalarnint ilmiy-tadqiqot bo’linmalarp ular davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda qo’llab quvvatlanuvchi fundamental ilmiy-tadqiqotlar va izlanish loyihalari uchun mas’ul bo’ladi. Sanab o’tilgan tashkilotlar hisobotlar, turli hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual maxsulot ishlab chikaradi xamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shuullanadi;
- texnik va sanoat-texnik tashkilotlar — ular innovatsion nou-xauga ega bo’lib, boshlanich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va ularni sinab ko’rish bilan shuullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va texnologik markazlarga ega bo’lishi kerak;
- ilmiy va muhandis texnik hodimlar, shuningdek, innovatsion faoliyatning joriy muammolarini echishda talab qilinuvchi malakali kadrlar uchun ta’lim va o’kitish tuzilmalari;
- tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda ularning sanoat sektori bilan o’zaro aloqalarpnp muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar;
- maxsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarkalishini o’rganish bilan shuullanuvchi konsalting tashkilotlari;
- ilmiy-texnik axborot xizmatlari — ular istikbolli loyihalar xakida ma’lumot to’plash, tayyorlash va tarqatish bilan shuullanadi;
- iste’molchilar va maxsulotni sotish masalalari bilan shuullanuvchi professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturalari.
Patentlash – O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar majmui.
“Patentlar, savdo belgilari va litsenziyalarni mohiyatini Kouz teoremasida keltirilgan qonuniyat bilan tushuntirish mumkin. Kouzning fikricha patentlash jarayoni faqat iqtisodiy samarani emas, balk atrof muhit tozaligi va xavfsizligi masalasini o’z ichiga olishi shart. Patent berayotganda patent egasiga atrof muhitni ifloslantirish bo’yicha ko’rsatmalar va soliq tizimi tomonidan alohida yondashuvni ham vazifa yoki burch sifatida berish mumkin”1.
Bunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlari uchun patent olishga vakolatlangan vazifasini bajaradi, talabnomachi huquqiy tavsifdan hujjatlar (dalolatnoma, berganlik hujjatlari va b.) ni rasmiylashtirishda yordam ko’rsatadi. talabnomani chet elga jo’natadi, chet el patent idorasi bilan (chel eldagi patent olishga patent idorasining ishonchli vakillar orqali) aloqani amalga oshiradi, Patent idorasi qarorlari, patent olishga vakolatlangan Patent idorasining vakillarining so’rovini va tarjimasini ta’minlaydi, bu qaror va so’rovlarga javoblar tayyorlashga, shuningdek mamlakatlar patent ma’muriy, appelyastiya va boshqa idoralarida mamlakat sanoat mulklari bo’yicha ishlar ko’rilishida yordamlashadi.
Patent mualliflik, ustuvorlik va patent amal qilish muddatidagi foydalanishga bo’lgan xuquqni tasdiqlaydi.
Kashfiyotlarni himoyalashning patent shakli litsenziyalar xalqaro bozorida milliy mahsulotning huquqiy himoyasini ta’minlaydi, texnik hujjatlar va yangi texnologiyalarning litsenziyaviy savdosini rivojlantirish imkonini beradi.
Milliy va mintaqaviy patentlar farqlanadi (misol uchun, Evropa patent tashkilotida ro’yxatdan o’tkazilgan).
Patentlar, innovatsiyaviy mahsulot bozoridagi vaziyatdan xabardor bo’lish lozim bo’lgan innovatsiyaviy menejer uchun, yangi ilmiy-texnika yutuklari to’g’risidagi axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |