AQSHda ham ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo‘lgan.
Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishish edi.
1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan ortiq ishchi ishtirok etdi.
Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi.
8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda ham keskin tus oldi.
Shaharning Senno maydonida bo‘lgan ommaviy miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab o‘q uzdi.
XIX asr oxiriga kelib, ijtimoiy harakatga rahbarlik 1881-yilda tuzilgan
„Qo‘shma Shtatlar va Kanada uyushgan tred-yunionlari va ishchi ittifoqi federatsiyasi“ga o‘tdi.
1886-yilda u Amerika Mehnat Federatsiyasi degan nom oldi.
1914-yilda uning a’zolari soni 2 mln. kishini tashkil etdi. AMF, asosan, yuqori malakali ishchilar manfaatini himoya qilardi.
1913-yil sentabrda kon ishchilari og‘ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashladilar.
Ular 8 soatlik ish kuni joriy etilishini va ish haqini oshirishni talab etdilar.
Qora tanlilar ahvoli
Fuqarolar urushidan so‘ng qora tanli qullar ozodlikka erishdilar. Biroq, ular tenglikka erisha olmadilar. Mamlakatda segregatsiya tartibi qaror topdi.
Hindular ahvoli
AQSHning tub yerli aholisi—hindular qattiq azob-uqubatlarga duchor etildi. Hindular o‘z haq-huquqlari uchun kuchlari yetguncha kurashdilar.
1880-yilgi oxirgi jangda yengilgan hindular alohida rezervatsiyalarga surib chiqarildi. Hindular masalasi ana shunday yo‘l bilan hal etildi.
T. Ruzvelt va V. Vilsonlar davrida ichki siyosat
1900-1914-yillar AQSH tarixiga „taraqqiyparvar davr“ nomi bilan kirgan. Bunga AQSH prezidentlarining monopoliyalarga qarshi kurash olib borganliklari sabab bo‘lgan.
Monopoliyalarga qarshi kurash tarafdorlari taraqqiyparvarlar deb ataldi.
Ularning safida 1901-yilda AQSH prezidenti lavozimini egallagan Teodor Ruzvelt ham bor edi. Teodor Ruzvelt
1912-yilgi prezident saylovlarida demokrat Vudro Vilson g‘alaba qozondi.
U Birinchi jahon urushi arafasida bojxona tariflari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilinishiga erishdi. Vudro Vilson
1914-yilda AQSH Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul qildi.
Qonun ish tashlash davrida trestlarga yetkazilgan zararni kasaba uyushmalaridan undirib olish tartibini bekor qildi.
AQSHning tashqi siyosati
1889-yilda AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi.
Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan bir aniq natijasi xalqaro „Amerika respublikalari syezdi“ assotsiatsiyasini tuzishdan iborat bo‘ldi.
AQSH ning G‘arbiy yarimshardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi.
1898-yilda Tinch okeanning eng markazida, Osiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim bo‘lgan dengiz yo‘llari kesishgan joydagi Gavayi orollari bosib olindi.
Gavayi orol
XIX asrning oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi.
Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining havasini keltirardi. Kuba oroli
1898-yil 10-dekabrda Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.
Unga ko‘ra, AQSH Puerto-Riko va Guam orollariga, Ispaniyaga 20 mln. dollar to‘lab Filippinga ham ega bo‘lib oldi.
1903-yil 3-noyabrda AQSH Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etdi va u yerda „qo‘g‘irchoq“ hukumat tuzdi.
Panama mustaqil respublika deb e’lon qilindi.
Panama kanali
AQSH Karib dengizi havzasida ham tajovuzkor siyosat olib bordi. 1903-yilda Kubaga majburan shartnoma qabul qildirdi.
AQSHning Meksikaga kiritgan kapitali 1911-yil oxirida 1,5 mlrd. dollarga yetdi.
Asosiy ishlab chiqarishning deyarli 70 foizi AQSH monopolistlarining qo‘liga o‘tdi. Asosiy ishlab chiqarishning deyarli 70 foizi AQSH monopolistlarining qo‘liga o‘tdi.
Panamerika ittifoqi
1910-yilda Buenos-Ayresda o‘tkazilgan IV Panamerika konferensiyasida Amerika Respublikalari ittifoqi tashkiloti „Panamerika ittifoqi“ deb nomlandi va AQSH manfaati uchun niqob bo‘ldi.
1912-yilda prezident Taft „dollar diplomatiyasi“ siyosatini e’lon qildi.
Bu siyosat, asosan, iqtisodi nochor bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan qo‘llandi. Uilyam Govard Taft
„Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar“ doktrinasi
1899-yilda AQSH davlat kotibi Xey Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Fransiya va Italiyaga ayni bir mazmunda nota yubordi. Xey jon Milton
Prezident V. Vilson tashqi siyosatda o‘zining yaqin o‘tmishdoshlari qatori AQSHning dunyoda eng qudratli ta’sirga ega bo‘lishi uchun kurashdi.