When I was king!



Download 41,96 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi41,96 Kb.
#845531
Bog'liq
O\'YIN BOSHLANDI.(1)


WHEN I WAS KING!

  1. Misrning Qohira shahrida arab davlatlari o‘rtasida o‘zaro ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirish va savdo hajmini oshirishni ko‘zda tutuvchi xalqaro shartnoma matnini qabul qilish bo‘yicha muzokaralarda arab davlatlarining Misrdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etadi. Shartnoma loyihasi tayyor bo‘lgandan so‘ng, Qohirada bo‘lib o‘tgan davlat va hukumat rahbarlari yig‘ilishida Iordaniyadan tashqari boshqa barcha davlatlar nomidan mazkur shartnomani davlat va hukumat rahbarlari imzolaydilar. Iordaniya nomidan esa shartnomani davlatning bosh diniy rahnamosi imzolaydi, Ma’lumki, Iordaniya monarxiya shaklidagi davlat bo’lib, qirol davlat rahbari hisoblanadi.

Shartnoma BMT Kotibiyatida ro‘yxatga olinib, yuridik kuchga kirganidan so‘ng, Liviya davlati Iordaniyaning shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari haqiqiy emas deb topilishini, bunga asos qilib xalqaro shartnomani tegishli vakolatga ega bo‘lmagan shaxs imzolaganini keltirib o‘tadi. Shuningdek, Liviya BMT Kotibiyatini bunday xatolik bilan shartnomani ro‘yxatga olganligi uchun qattiq tanqid qiladi. Liviyaning mazkur e’tirozlariga javoban Iordaniya mazkur shartnoma mamlakat qiroli tomonidan imzolanmasa ham, ushbu mamlakat uchun yuridik kuchga ega hisoblanishini ma’lum qiladi.

  1. savol (20%)

Davlat nomidan xalqaro shartnomani maxsus vakolatlarni taqdim etmasdan imzolash huquqiga ega shaxslar toifasiga kimlar kiradi?

  1. savol (20%)

Yuqoridagi vaziyatda Liviya davlatining xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish bo‘yicha bildirgan vajini xalqaro huquq normalariga asoslanib baholang.

  1. savol (20%)

Liviyaning e’tirozlariga javoban Iordaniya tomonidan bildirilgan munosabat xalqaro shartnoma ushbu mamlakat uchun yuridik kuchga ega bo‘lishligi uchun asos bo‘la oladimi?

  1. savol (20%)

BMT Kotibiyatining ushbu xalqaro shartnomani ro‘yxatga olmaslik bo‘yicha huquqiy asosi mavjudmi?

  1. savol (20%)

BMT Kotibiyatida ro‘yxatga olinmagan xalqaro shartnoma uni imzolagan taraflar uchun qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.



  1. Aruja davlati Bangola davlati bilan hukumatlararo o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Shartnoma mazkur davlatlarning tillarida, ya’ni bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan aruja va bangol tillarida tuzilgan edi. Shartnoma unda ko‘zda tutilgan qoidalarga ko‘ra, ya’ni ikkala mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilingandan va ratifikatsiya yorliqlari almashganidan so‘ng kuchga kiradi. Shartnomani amal qilish davrida Aruja davlati tomonidan o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmaslik holatlari ro‘y bera boshlaydi. Bunga javoban Bangola davlati Aruja davlati tomonidan bajarilmayotgan majburiyatlar yuzasidan zarar kelib chiqayotganligini va uni qoplash talabi bilan chiqadi. Bu hol ko‘p takrorlanavergach, Bangola davlati Aruja davlatining shartnoma shartlarini muntazam buzayotganligi yuzasidan BMT Xalqaro adolat sudiga murojaat qiladi.

Aruja davlati esa, o‘z vajlarida o‘rtada tuzilgan shartnoma boshidanoq haqiqiy bo‘lmagan deb topilishi lozimligi va shu asosda tomonlar majburiyatlardan ozod qilinishi lozimligini keltiradi. Buning sababi sifatida esa quyidagi asoslarni ilgari suradi:
Birinchidan, Bangola davlatining huquqiy rejimi demokratiya talablariga javob bermaydi va bu jihat davlatning shartnoma tuzish layoqatiga ega emasligiga olib keladi.
Ikkinchidan, xalqaro shartnoma aruja tilidagi matnida huquqiy atamalarni qo‘llash bo‘yicha xatolik aniqlangan bo‘lib, ushbu xatolik shartnoma normasini to‘g‘ri talqin qilish imkonini bermaydi.

  1. savol (30%)

1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga ko‘ra, xalqaro shartnomaning haqiqiy emasligi uchun qanday asoslar mavjud?

  1. savol (20%)

Shartnomani haqiqiy emasligi bo‘yicha Aruja davlati keltirgan asoslarni 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi talablaridan kelib chiqib tahlil qiling?

  1. savol (20%)

BMT Xalqaro adolat sudi mazkur ishni ko‘rib chiqishi uchun huquqiy asoslar mavjudmi?

  1. savol (30%)

Siz BMT Xalqaro adolat sudi sudsi sifatida mazkur ish bo‘yicha xalqaro huquqqa muvofiq qaror qabul qiling.



  1. Aruja davlatining xususiy baliq ovlash kemasi Bangola davlatining hududiy suvlariga kirdi. Bangola davlati xorijiy baliq ovlash kemalariga o‘z hududiy suvlarida qonun bilan davlatning ruxsatisiz baliq ovlashni taqiqlagan edi. Aruja davlatining xususiy baliq ovlash kemasi Bangola davlatining hududiy suvlaridan baliq ovlamasdan tezda o‘tib ketadi.

Shundan so‘ng, Aruja davlati kemasi Bangola davlati quruqlik hududidan 15 dengiz mili masofagacha bo‘lgan uzoqlikka borib, baliq ovlashni boshladi. Bangola davlati maxsus iqtisodiy zonalarda baliq ovlash miqdorini kuniga 150 kg deb ichki qonunlarida belgilangan edi. Aruja davlati bunday huquq Bangola davlatida yo‘qligini ta’kidlab, 200 kg yaqin baliq ovladi.

  1. savol (30%)

Xalqaro huquqda qirg‘oqbo‘yi davlatining maxsus iqtisodiy zonalarda qanday huquqlarga ega ekanligini tahlil qiling.

  1. savol (20%)

Aruja davlatining xususiy baliq ovlash kemalarining harakatlari qanday baholanadi? 3-savol (30%)
Bangola davlati o‘zining quruqlik hududidan 15 dengiz mili uzoqlikda ovlanadigan baliq miqdorini belgilash huquqiga egami?
4-savol (20%)
Agar Aruja davlati kemasi baliq ovlagan hudud quruqlikdan 210 dengiz mili uzoqlikda bo‘lsa, vaziyat qanday baholanishi kerak?



  1. Aruja davlati Bangola davlati Bahoriston shahrida bosh konsulligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishadi. Aruja davlati bosh konsullikning faoliyat yuritishi uchun binoga yer ajratishni va u yerda o‘z mablag‘lari hisobidan konsullik binosini qurishni so‘rab Bangola davlati mas’ul idoralariga murojaat qiladi. Rozilik berilgandan so‘ng, Aruja davlati tezda qurilish ishlarini boshlab yuboradi. Qurilish tugagunga qadar bosh konsullik o‘z faoliyatini vaqtincha yuritib turishi uchun esa Bangola davlati madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy ahamiyatga ega binoani ajratib turishadi.

Bosh konsullikning ish kuni bo‘lmagan shanba kuni konsullikka ajratilgan ushbu binoda yong‘in sodir bo‘ladi. Yong‘in vaqtida binoda na bosh konsulning o‘zi, na konsullikning boshqa xodimlari bo‘lmagan – ular shahar tashqarisida, mobil aloqa vositalari to‘lqinni tutishi qiyin bo‘lgan tog‘li hududda o‘z milliy bayramni nishonlayotgan bo‘lishgan. Bangola davlati rasmiylari Bosh konsul bilan telefon orqali bog‘lana olmadilar. Shundan so‘ng, Aruja davlatining Bangola davlatidagi diplomatik vakolatxona boshlig‘i – elchiga qo‘ng‘iroq qilishadi va unga vaziyatni tushuntirishadi hamda binoga kirish uchun ruxsat so‘rashadi. Elchi esa, konsullik binosiga kirish uchun faqat bosh konsulning roziligi kerakligini, unda esa binoga kirishga ruxsat berish vakolati yo‘qligini ma’lum qiladi. Binoning vayron bo‘lishini oldini olish maqsadida Bahoriston shahar yong‘inni o‘chirish xizmati bino ichidagi yong‘inni o‘chirishni boshlashga qaror qilishadi va bosh konsullik binosiga kirishadi.

  1. savol (20%)

Konsullik binosiga tegishli daxlsizlik favqulodda vaziyatlarda cheklanishi mumkinmi?

  1. savol (30%)

1963-yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga ko‘ra, konsullik binosiga kirish uchun kimlarning roziligini olish talab qilinadi.

  1. savol (20%)

Bangola davlati Bahoriston shahri yong‘inni o‘chirish xizmatining harakatlari konsullik immuniteti qoidalariga muvofiq hisoblanadimi?

  1. savol (30%)

Agarda ushbu holatda yong‘in Aruja davlatining Bangoladagi elchixonasining konsullik bo‘limida sodir bo‘lsa, muammoning yechimi qanday ko‘rinish olishi mumkin?



  1. Yer sayyorasida global isishni industrial rivojlanish davridagi o‘rtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi bo‘yicha 2°Sga saqlab turish hamda haroratning 1,5°Sgacha o‘sishini cheklashga erishishni maqsad qilgan Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha ko‘ptomonlama xalqaro shartnomada 25-ratifikatsiya yorlig‘i depozitariyga saqlash uchun topshirilishi bilan shartnomaning kuchga kirishi haqida qoida mavjud edi. Shartnoma imzolangandan so‘ng 6 oy o‘tgach shartnomani 20- chi davlat ratifikatsiya qildi.

Aruja davlati ratifikatsiya qilish yo‘li bilan mazkur xalqaro shartnoma bo‘yicha majburiyat oladi hamda ratifikatsiya yorliqlarini shartnoma depozitariysi hisoblangan BMT Bosh kotibiga saqlash uchun topshiradi. Xalqaro shartnomaning kuchga kirmaganligi hisobga olib Aruja davlati mazkur shartnomani ob’ekti va maqsadiga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshira boshlaydi. BMT Bosh kotibi esa Aruja davlati tomonidan xalqaro shartnomalarni vijdonan bajarish prinsipi buzilayotganligini ma’lum qiladi. Aruja davlati esa, shartnomalarni vijdonan bajarish prinsipi faqatgina shartnoma yuridik kuchga kirgandan keyin amal qilishini ma’lum qiladi. Shuningdek, Aruja davlati mazkur shartnomada ishtirok etish bo‘yicha mamlakat o‘z fikrini o‘zgartirganligini va unda ishtirok etmasligini depozitariyga ma’lum qiladi.

  1. savol (30%)

Xalqaro shartnomalar kuchga kirishidan oldin unga qo‘shilgan davlatlarning mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlari nimalardan iborat ekanligini tahlil qiling?

  1. savol (30%)

Yuridik kuchga kirmagan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani imzolagan, o‘zi uchun shartnomaning majburiyligini ma’lum qilgan davlat tomonidan shartnomaning ob’ekti va maqsadiga zid harakatlar amalga oshirilishining huquqiy oqibatlari nimadan iborat?

  1. savol (20%)

Xalqaro shartnoma depozitariysi bo‘lgan BMT Bosh kotibi yuridik kuchga kirmagan shartnoma ishtirokchisi tomonidan shartnomaning maqsadiga zid harakatlar sodir etilayotganda qanday vakolatlarga ega bo‘ladi?

  1. savol (20%)

Xalqaro shartnoma davlat tomonidan ratifikatsiya qilingandan so‘ng, u hali yuridik kuchga kirgunga qadar davlat shartnomada ishtirok etmasligini bayon qilib, undan chiqishi mumkinmi?



  1. Aruja va Bangola davlat xalqaro shartnoma tuzdi. Bir qancha vaqt o‘tgach, Aruja davlati ushbu shartnomani bajarishdan bosh tortdi, chunki tuzilgan xalqaro shartnomaning normalari uning ichki qonunchiligiga, shu jumladan mamlakat Konstitutsiyasining davlat rahbarining xalqaro shartnomalarni tuzish vakolatiga oid qoidalariga zid edi. Bangola davlati Aruja davlatining mazkur shartnomani bir tomonlama bajarmasligi 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga zid ekanligini ta’kidladi va BMT Xalqaro adolat sudiga Aruja davlati tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmayotganligi yuzasidan murojaat qiladi. BMT Xalqaro adolat sudi esa mazkur shartnoma BMT Ustavining 102-moddasiga ko‘ra, BMT Kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi uchun, ushbu shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan nizoni ko‘rib chiqmasligini ma’lum qiladi.

1-savol (20%)
Davlat xalqaro shartnomaning normalari milliy qonunchilik normalariga mos kelmasligiga asoslanib, xalqaro shartnomani bajarmasligi mumkinmi?
Agar Aruja davlatining rahbari, ya’ni Prezidenti davlatlararo xalqaro shartnomani imzolash bo‘yicha yagona vakolatli shaxs hisoblansa va yuqorida ta’kidlangan shartnoma mamlakat Bosh vaziri tomonidan imzolangan bo‘lsa, shartnomaning haqiqiy emasligi masalasi vujudga kelishi mumkinmi?
3-savol (30%)
Agar xalqaro shartnoma qoidalari Aruja davlatining tashqi savdo tariflarini belgilish, xususan import mahsulotlari uchun 20% qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) belgilashga oid milliy qonunchiligi normalariga zid bo‘lsa va faqat ushbu holatga asoslanib Aruja davlati xalqaro shartnomani bajarishdan bosh tortishi mumkinmi? 4-savol (20%)
BMT Xalqaro adolat sudining xatti-harakatlarini xalqaro huquq normalariga asoslanib tahlil qiling.



  1. Aruja davlati hududiy o‘zgarishlarga oid shartnomaga asosan o‘z hududining bir qismini Bangola davlatiga o‘tkazishi, ushbu hudud evaziga esa Bangola davlati Aruja davlatining 500 million dollarlik qarzidan voz kechishi lozim edi. Tomonlar mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarib bo‘lishgach, oradan 6 oy o‘tib mazkur hududda olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida foydali qazilmalarning katta zaxiralari topildi. Ushbu zaxiralarning topilishi uchun Bangola davlatiga tegishli sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari ma’lumotlari asos bo‘ldi. Aruja davlatiga ko‘ra, yangi qazilmalarni kashf etilishi natijasida hududning qiymati kamida 10 baravar oshgan. Aruja davlati Bangola davlatiga ushbu hudud uchun qo‘shimcha ravishda yana 1 mlrd dollar to‘lash va kelishuv shartlarini qayta ko‘rib chiqish yoki hududni o‘ziga qaytarib berish talabi bilan murojaat qildi. Aks holda, mazkur shartnomani 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 48-moddasiga asoslanib, ya’ni xatolik natijasida shartnoma tuzilgan deb hisoblab, uni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida BMT Xalqaro adolat sudiga murojaat qilishi mumkinligini qayd etdi.

Xalqaro huquqda davlatlar hududining o‘zgarishi qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?

  1. savol (20%)

Davlatlar qarzdan voz kechish shartlari asosida o‘z hududini ikkinchi davlatga o‘tkazishi mumkinmi?

  1. savol (30%)

Mazkur vaziyatda Aruja davlati xalqaro shartnomani bekor qilish uchun 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 62-moddasini (holatning tubdan o‘zgarishi) asos qilishi mumkinmi?

  1. savol (30%)

Aruja davlatining shartnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi bayonoti huquqiy asosga egami?



  1. 2001-yil sentabr oyida Afrikada joylashgan Bengazi va Soburi davlatlari o‘rtasida sodir bo‘lgan qurolli nizolar davomida Bengazi qurolli kuchlari tomonidan Soburi davlatida yashovchi tutsi millati vakillariga nisbatan bir qator jinoyatlar, ya’ni ushbu millat vakillarini o‘ldirish, qiynoqqa solish, yashash joyidan majburan ko‘chirish sodir etiladi. Ushbu jinoyat haqida jahon hamjamiyati 2002-yil sentabr oyida xabar topadi va uni keskin qoralaydi hamda aybdorlar Xalqaro jinoyat sudi tomonidan javobgarlikka tortilishini talab qila boshlashadi. Bengazi davlati Xalqaro jinoyat sudi Statutini ratifikatsiya qilmagan bo‘lsa, Soburi davlati esa unga qo‘shilgan va ratifikatsiya qilgan edi. Soburi davlati o‘z hududidagi jinoyatlarni sodir etgan Bengazi davlati fuqarolarini javobgarlikka tortish yuzasidan Xalqaro jinoyat sudi prokuroriga murojaat qiladi. Bengazi davlati XJS statutini ratifikatsiya qilmaganligi uchun sudning yurisdiksiyasi uning fuqarolariga nisbatan taalluqli emasligini ma’lum qiladi.

Siz XJS prokurori sifatida quyidagi masalalarni hal qilishingiz lozim: 1-savol (20%)
Mazkur vaziyatda qanday xalqaro jinoyatlar sodir etilgan? 2-savol (30%)
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) mazkur vaziyatda o‘z yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkinmi?
3-savol (20%)
Bengazi davlatining XJSning yurisdiksiyasi masalasidagi fikri asoslimi? 4-savol (30%)
XJS yurisdiksiyasining vaqt bo‘yicha amal qilishini tushuntiring.

  1. 1879 yilda Italiya va Efiopiya o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida xalqaro shartnoma tuziladi (Uchchial shartnomasi). Uchchial shartnomasining efiopiya tilidagi versiyasida belgilanishicha, Efiopiya qiroli “barcha mamlakatlar va hukumatlar bilan bo‘ladigan aloqalarda Italiya qiroli Hazrati Oliylarining xizmatlaridan foydalanishi mumkin” deb qayd etilgan edi. Italyan tilidagi versiyasida esa “foydalanishi mumkin” so‘zi o‘rnida “foydalanishga rozi” so‘zlaridan foydalaniladi. Mazkur shartnomaga asoslanib 1880 yilda Italiya Efiopiyani o‘zining protektorati (bo‘ysunuvchi mamlakati) deb e’lon qiladi. Bunga javoban esa Efiopiya qiroli norozilik bildiradi va 1883 yilda Uchchial shartnomasi bekor qilinganini e’lon qildi. Xalqaro shartnomani bekor qilish uchun asos sifatida esa kelishuv tuzilayotgan vaqtda Efiopiya tomonidan shartnoma matnida “Italiya qirolining xizmatlaridan foydalanishga roziligi” haqida shartlar mavjud bo‘lmaganligi e’tirof etiladi.

  1. savol (40%)

Xalqaro huquqqa muvofiq xalqaro shartnomalarni haqiqiy emasligi uchun qanday huquqiy asoslar mavjudligini tahlil qiling?

  1. savol (30%)

Mazkur holatda Uchchial shartnomasini bekor qilinishi uchun shartnomalarning haqiqiy emasligiga oid qaysi holat asos bo‘lgan deb hisoblaysiz, javobingizni asoslang?

  1. savol (30%)

Haqiqiy emas deb topilgan xalqaro shartnomalar qanday huquqiy oqibatlarni tug‘dirishi mumkin?

  1. 1990 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi BMT Nizomining 39-moddasiga muvofiq Iroqning harakatlarini «Iroq qurolli kuchlarining Quvaytga tajovuzi» deya baholadi va shu asosda «xalqaro tinchlik va xavfsizlik buzilishi mavjud» deb topdi. Keyinchalik BMT Xavfsizlik Kengashi vaziyatni «Iroqning Quvaytga harbiy hujumi va Quvaytning okkupatsiya etilishi», «Quvaytninng anneksiya etilishi» deya

baholadi.
BMT Xavfsizlik Kengashi BMT Nizomi 40-moddasini (vaziyatning oldini olishga yo‘naltirilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risida) ijro etishda izchil harakat qilib, Iroqdan o‘z qo‘shinlarini Quvayt hududidan olib chiqib ketishni talab qildi hamda tomonlarni o‘z kelishmovchiliklarini tartibga solib olish uchun muzokara olib borishga chaqirdi. Iroq tomonidan ushbu vaqtinchalik choralarning bajarilmaganini inobatga olib, BMT Nizomining 41-moddasida ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rish shart emas deb hisoblab, Xavfsizlik Kengashi Iroqni havo, dengiz yoki quruqlikdagi kuchlar orqali qamal qilish va unga qarshi xalqaro harbiy kontingent kuchlarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani Kengash yig‘ilishida ovozga qo‘ydi. Xavfsizlik Kengashida ovoz natijalariga ko‘ra, masalani yoqlab 15 ta a’zodan 11 tasi ovoz berdi, 4 ta a’zo davlat esa qarshi ovoz berdi. Yoqlab ovoz berganlar ichida Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolarning 4 tasi mavjud bo‘lib, 1 ta doimiy a’zo qarshi ovoz beradi.

  1. savol (20%)

Xalqaro xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashi BMT Ustaviga muvofiq qanday vakolatlarga ega?

  1. savol (30%)

BMT Xavfsizlik Kengashi xalqaro xavfsizlikka tahdid vujudga kelgan holatlarda Ustavning 41-moddasida ko‘zda tutilgan qurolli kuchlardan foydalanish bilan aloqador bo‘lmagan choralarni ko‘rmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri Ustavning 42- moddasiga asoslanib, harbiy kuchlardan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinmi?

  1. savol (30%)

Mazkur vaziyatda Xavfsizlik Kengashida ovoz berish tartiboti natijalari qanday qaror qabul qilishga olib keladi?

  1. savol (20%)

Agarda Quvayt Xavfsizlik Kengashining domiy bo‘lmagan a’zosi hisoblansa, mazkur jarayonda ovoz berish huquqiga egami?



  1. 1997-yil 31-oktyabrda Nyu-York politsiyasi xodimlari tomonidan diplomatik initsident amalga oshirildi, buning natijasida Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘zining xizmat avtomashinasini BMT binosiga olib borish uchun imkoniyatdan vaqtincha mahrum bo‘ldi. U o‘zining rasmiy missiyasini bajarish, ya’ni Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun borayotgan edi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi AQShning ishonchli vakiliga bu holat yuzasidan bayonot bildirib, Rossiya tomoni diplomatning xizmat avtomashinasiga AQSh politsiya xodimlari tomonidan bostirib kirilgani, haydovchidan mashina kalitini olib qo‘yilganligi, Moskva AQShning vakolatli rasmiy ma’murlarining harakatsizligidan va Rossiya vakillarini ta’qib qilinishiga ko‘z yumayotganligidan jiddiy xavotirdaligi bo‘yicha norozilik bildirgan. Shuningdek, Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan voqea 1961-yildagi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini ataylab qo‘pol ravishda buzgandek taassurot uyg‘otishi mumkinligi, AQSh Davlat departamenti esa o‘z tarafidan e’tiborga loyiq

hech narsa yuz bermayotgandek ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. 1-savol (20%)

  1. savol. AQSh ma’murlarining harakatlariga xalqaro-huquqiy baho bering? 2-savol (20%)

  2. savol. Bu holatda qabul qiluvchi davlatning (ushbu vaziyatda AQSh) mahalliy hokimiyat organlariga qanday majburiyatlar yuklangan?

  3. savol (20%)

  1. savol. BMTga a’zo davlatlar vakillari qanday immunitet va imtiyozlarga ega? 4-savol (20%)

  2. savol. 1961 yilgi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, 1946 yilgi BMTning imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakillarning imtiyoz va immunitetlari ro‘yxatini belgilovchi boshqa amaldagi xalqaro-huquqiy hujjatlarning o‘ziga xos qoidalaridan kelib chiqqan holda akkreditatsiya qilingan mamlakatda sodir bo‘lgan voqeaga qanday huquqiy baho bera olasiz?

  3. savol (20%)

5-savol. Ushbu vaziyatda biron bir tomonni xalqaro-huquqiy javobgarlikka tortish uchun asos bormi?



  1. 1998-yil 17-dekabr kuni tunda Iroqqa raketa zarbalari amalga oshirildi. 200ga yaqin Amerika va Britaniya samolyotlari Bog‘dod va uning atrofiga hujum qildilar. Amerika harbiy kemalaridan bir nechta qanotli raketalar uchirildi. Ko'plab ommaviy qirg’in qurollari ishlab chiqarilishida gumon qilingan obyektlar o'qqa tutildi. Iroqliklar BMT kuzatuvchilariga bunday obyektlar bilan tanishishga ruxsat bermadi. Bu esa muammoni hal qilishda gurolli kuch ishlatishning asosiy rasmiy sababi bo'ldi. Amerika tomoni “zarbadan maqsad Iroqni qo`shnilarini ommaviy qirg`in qurollari bilan tahdid qilish imkoniyatidan mahrum qilish” ekanini ta`kidladi. Angliya-Amerika zarbasi BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyasisiz amalga oshirildi. AQSh va Buyuk Britaniyaning harakatlarini Yaponiya, Germaniya,

Kanada, Ispaniya, Avstraliya va boshqalar qo'llab-quvvatladi. 1-savol (20%)

  1. savol. Qanday hollarda va qanday protsessual qoidalar asosida BMT Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi davlatlarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin?

  2. savol (20%)

  1. savol. BMT tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi davlatlarga nisbatan qanday shakllarda majburlov choralarini qo‘llashi mumkin va tegishli majburlov choralari kim tomonidan amalga oshirilishi kerak?

  2. savol (20%)

  1. savol. BMTga a’zo davlatlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolarni hal qilish uchun uning vakolatli organlarining iltimosiga ko‘ra majburlov choralaridan tashqari qanday choralar qo‘llanilishi mumkin?

  2. savol (20%)

  1. savol. BMT Xavfsizlik Kengashiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda unga qanday mas`uliyat yuklatilgan?

  2. savol (20%)

5-savol. BMT a`zolarida Xavfsizlik Kengashi qarorlarini bajarish bo`yicha qanday majburiyatlar mavjud?



  1. Belgiya va Niderlandiya Gollandiya-Belgiya chegarasi hududida joylashgan va Belgiyaning Berle-Duk jamoasi va Gollandiyaning Baerle-Nassau jamoasida ko'plab tarixiy anklavlarga ega bo'lgan ikkita hududning suvereniteti bo'yicha nizoni hal qilish talabi bilan Xalqaro sudga murojaat qilishdi. 1836–1841- yillarda ishlab chiqilgan jamoa memorandumiga ko'ra, bahsli hududlar Baerle- Nassau jamoasi hududida joylashgan edi. Ammo memorandum tavsifi va 1843-yilgi Chegara to`g`risidagi konvensiyaga ilova qilingan xaritada ushbu hududlar Berle- Duk jamoasiga tegishli ekanini ko`rsatar edi.

Gollandiyaliklar o'zlarining hududiy da'volarining qonuniyligini asoslab, quyidagi dalillarni keltirdilar:
1843-yilgi Chegara to`g`risidagi konvensiya jamoalarning memorandumi bilan belgilangan mavjud holatni tan oldi;
ushbu konvensiyada xatolikka yo'l qo'yilganligi sababli, ikkala hududni Belgiyaga berish to'g'risidagi qoidalar haqiqiy emas;
Niderlandiyaning bahsli hududlar bo'yicha suvereniteti o'rnatilgan va 1843- yildan buyon ushbu mamlakatning bu hududlarga nisbatan suveren huquqlarini tasdiqlovchi turli choralar bilan samarali amalga oshirilib kelinmoqda.
Taqdim etilgan dalillarni ko'rib chiqqach, Xalqaro sud 1959-yil 20-iyunda qaror qabul qildi va unda bahsli hududlar ustidan suverenitet Belgiyaga tegishli degan qarorga keldi.
1-savol (20%)

  1. savol. Xalqaro sud Belgiya foydasiga qaror chiqarganda xalqaro huquqning qaysi tamoyillari va normalariga amal qilgan?

  2. savol (30%)

  1. savol. Belgiya pozitsiyasini himoya qilish uchun qanday dalillarni keltirish mumkin?

  2. savol (30%)

  1. savol. Davlat chegaralarini belgilashning qanday turlari va usullarini bilasiz? 4-savol (20%)

  2. savol. Davlat chegarasini noto‘g‘ri aks ettirgan xaritaning memorandumda mavjudligi qanday xalqaro-huquqiy oqibatlarga olib keladi?




  1. 1962 yilda BMT Xalqaro Sudi Kambodja va Tailand o‘rtasidagi Preax- Vixear ibodatxonasi atrofidagi joylarga suverenitet belgilash bo‘yicha nizo ko‘rib chiqildi. Ushbu ibodatxona qisman buzilgan bo‘lib, Dangrek tog‘ tizmalarining birida qurilgan edi. Ikki davlat o‘rtasidagi chegara 1904 va 1908-yillarda xalqaro munosabatlarida Hindixitoy va Siam (Tailand) uchun javobgar bo‘lgan Fransiya tomonidan o‘rnatilgan edi. 1904-yildagi konvensiya qoidalariga ko‘ra, asosiy chegara franko-siam qo‘shma komissiyasi tomonidan o‘rnatilishi, Dangrekda, Preax-Vixear ibodatxonasi joylashgan joyda, chegara suvayirg‘ich chizig‘i bo‘yicha o‘tkazilish lozim edi.

Qo‘shma komissiya tomonidan chegaralar belgilandi, 1907-yil kuzda fransuz ofitserlari kartalarni ishlab chiqishdi. Ular orasida Dangrek kartasi ham mavjud bo‘lib, unga muvofiq Preax-Vixear ibodatxonasi Kambodja hududida joylashganligi ko‘rsatildi. 1934-1935 yillarda topografik tadqiqotlar olib borilishi natijasida suvayirg‘ich chiziqlari o‘rtasidagi chegaralar va chegara chiziqlari bo‘yicha tafovutlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Suv ayirg‘ich aslida Tailand hududida joylashgan edi. 1958-yilda Tailand hukumati ushbu masala bo‘yimcha Kambodja bilan muzokaralarini boshladi.
1-savol (40%)

  1. savol. Tailand va Kambodjaning Fransiya tomonidan o‘rnatilgan chegaralariga bo‘lgan mavqeiga xalqaro-huquqiy baho bering.

  2. savol (30%)

  1. savol. Topografik tadqiqotlarga asosan chegaralar qaytadan belgilanishi mumkinmi?

  2. savol (30%)

3-savol. Muddat o‘tganligini asos qilib Kombodja o‘z huquqlarini himoya qilishi mumkinmi?



  1. BMT Xalqaro Sudi A davlatining o‘ziga nisbatan X va U davlatlari tomonidan qo‘llanilayotgan “havo embargosi”ni (bilvosita BMT Xavfsizlik Kengashini) asossiz va unga qarshi boshqa og‘ir sanksiyalarni qo‘llaganliklari sababli shikoyatini qabul qildi. Sudning ushbu masalani ko‘rib chiqishi X va U davlatlari tomondan juda salbiy qabul qilindi: Ular tomonidan ushbu shikoyatni A davlatga qaytarish va da’voni ko‘rib chiqishdan bosh tortishni Suddan talab qilgan holda o‘z norozilik va talablar bilan Gaagaga bir qator murojat xatlarini jo‘natishdi. Mazkur masala negizida, U davlatining hududida uchib ketayotgan X davlati aviakompaniyasiga tegishli 270 kishilik avialayner portladi va barcha yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bilan halok bo‘lgan edi. Tergov natijasida aniqlandiki, mazkur halokat aybdorlari A davlatning ikkita fuqarosi bo‘lgan va ushbu fuqarolar A davlatning hukumat maxfiy xizmatchilari deb taxmin qilindi. X va U davlatlari ultimatum shaklida A davlatidan ushbu shaxslarni ektraditsiya qilishlarini talab qildilar, ammo A davlati ushbu talabni rad etib, jinoyat ishini biron bir neytral davlatda ko‘rib chiqishni taklif etadi. O’sha vaqtda tashkil etilgan halok bo‘lgan yo‘lovchilarni qarindoshlari uyushmasi ushbu taklifni ma’qul ko‘rishdi. Biroq, X va U davlatlari ushbu taklifni rad etib, balki BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan A davlatga nisbatan qurolli kuchlardan foydalanmagan holdagi sanksiyalar qo‘llanishi

to‘g‘risidagi qarorni qabul qilinishiga erishishdi.
Ushbu aviahalokat sodir bo‘lgan kundan toki to‘qqiz yil davomida A davlati ushbu mojarolarni hal qilish uchun BMT Xalqaro Sudida ko‘rib chiqilishiga erishdi.
A davlat o‘z murojaatida Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi bo‘yicha hamda noqonuniy aktlariga qarshi kurash bo‘yicha Monreal Konvensiyasini buzganligi to‘g‘risida unga qarshi ayblovlarni noo‘rin va butunlay asossiz deb hisoblaydi. A davlatining yagona istagi – bu ayblanuvchi shaxslarni sudi boshqa davlatga o‘tkazish lozim emas. X va U ekstraditsiyasini talab qilinayotgan terror harakatini sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar o‘z fuqarolik mamlakatida adolatli sud qilinishi lozim. A davlat shuni ta’kidladiki, “biz ular sud qilinishidan bosh tortmaymiz, lekin bu ish qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilishini istaymiz”.
1-savol (30%)

  1. savol. BMT Xalqaro sudiga X va U davlatlari tomonidan qo‘yilayotgan A davlatga nisbatan mazku davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy sanksiyalari bo‘yicha A davlatning shikoyatini qaytarib berishini talab qilishlari asoslimi?

  2. savol (30%)

  1. savol. A davlatning unga nisbatan qurolli kuchlarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni olib tashlash to‘g‘risidagi shikoyati asoslimi?

  2. savol (40%)

3-savol. A davlatning fuqarolari tomonidan fuqaro aviatsiyasi ob’ektlariga qarshi sodir etilgan harakatlar uchun A davlatni javobgarlikdan ozod qilish bo‘yicha mazkur davlatning Monreal konvensiyasiga havola qilishi asoslimi?



  1. A va B davlat o‘rtasidagi chegara XX asrning o‘rtalarida A davlat va S davlat o‘rtasidagi (B davlat sobiq S davlatning mustamlakasi bo’lgan) ikki tomonlama shartnomaning ma’lum moddalarida belgilab olingan edi. Usha vaqtda ushbu shartnoma 35 yildan keyin tugatilishi belgilangandi. Biroq, oradan 47 yil o‘tgach, A davlat allaqachon mustaqil bo‘lgan B davlat hududiga yaqinlashdi hamda XX asrning o‘rtalarida tuzilgan ikkitomonlama shartnomaga muvofiq B davlatning hududi sifatida belgilangan Azza yerlarini egallab oldi. Bundan norozi bo‘lgan B davlat A davlatdan XX asrning o‘rtalarida tuzilgan ikkitomonlama shartnomaga amal qilishi lozimligini talab qiladi. A davlat esa, shartnomaning muddati

allaqachon o‘tgani va u tugatilganini aytadi. Bundan tashqari, ikkitomonlama shartnoma tuzilgan paytda A davlat S davlat bilan solishtirganda tashqi aloqalarni olib borishda deyarli tajribaga ega bo‘lmagani, shu sababdan shartnoma taraflari teng bo‘lmaganliklari, bu esa shartnomani bekor qilishga asos bo‘lishini ta’kidlaydi. B davlat A davlat bilan kelisha olmagach, BMT Xalqaro Sudiga da’vo bilan chiqadi. 1-savol (30%)

  1. savol. Ushbu vaziyatda A davlatning Azza yerlariga kirib borishi uchun keltirgan sabablari asoslimi?

  2. savol (20%)

  1. savol. BMT Xalqaro Sudi ushbu ish bo‘yicha yurisdiksiyaga egami? 3-savol (20%)

  2. savol. Azza yerlarini qaysi davlatga tegishli deb topish lozim? 4-savol (30%)

  3. savol. Xalqaro huquqqa muvofiq, hududiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning qonuniy usullari nimalardan iborat?




  1. 1988-yil noyabr oyida AQSh davlat departamenti Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) (bu tashkilot BMTda kuzatuvchi maqomiga ega) rahbari Yosir Arofatga BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi sessiyasiga kelish uchun viza berishni rad etadi. Arofat AQShga safari davomida faqat BMT Bosh qarorgohigagina borishni rejalashtirgan edi. Tashrif vaqtida u Amerika xavfsizlik kuchlari va BMTning tegishli bo‘limlari tomonidan himoya qilib boriladi, deb taxmin qilingan. AQSh davlat departamenti Arofat “amerikaliklarga qarshi qaratilgan terroristik harakatlariga yordam beruvchi” shaxs sifatida mashhur ekanligini ma’lum qilib, FOT ijroiya qo‘mitasi a’zosi Italiyaga tegishli “Akille Lauro” kemasida amerika fuqarosini otib o‘ldirganligi bilan bog‘liq voqeani yodga oladi. Bosh Assambleya AQShning mazkur qaroriga salbiy fikr bildirib, Arofatni Falastin masalasi bo‘yicha tinglash uchun Jenevada maxsus sessiya o‘tkazishni belgilaydi.

1-savol (20%)

  1. savol. Davlatlar o‘z xavfsizligini ro‘kach qilib, o‘z hududlarida joylashgan xalqaro tashkilotlarga taklif etilgan shaxslarga o‘z hududlariga kirishni ta’qiqlashi mumkinmi?

  2. savol (30%)

  1. savol. AQSh davlat departamentining Yosir Arofatga nisbatan qilgan xatti- harakati xalqaro huquqqa muvofiqmi?

  2. savol (20%)

  1. savol. Mezbon davlat va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan Bosh Qarorgohlar to‘g‘risidagi shartnomalarning huquqiy tabiatiga baho bering.

  2. savol (30%)

4-savol. BMTning Nyu-York shahridagi shtab-kvartirasidan foydalanish bo‘ycha qanday xalqaro hujjatlar amal qiladi?



  1. Yevroosiyo mintaqasidagi davlatlar o‘rtasida lizing va faktoring munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma qabul qilindi. Uning ishtirokchilarining soni 54 nafar bo‘lib, xalqaro shartnomani depozitariysini tanlashda muammolar yuzaga keldi. Xususan, Qozog‘iston xalqaro shartnoma depozitariysi sifatida ko‘rsatilgan Lotin Amerikasi davlatini noto‘g‘ri tayinlanganligini, chunki xalqaro shartnoma depozitariysi faqatgina uning ishtirokchilaridan biri bo‘lishi kerakligini ilgari surdi. O’zbekiston ushbu hujjatni depozitariysi sifatida Xalqaro Valyuta Fondini tayinlanishini taklif qildi. Qozog‘iston bu taklifga ham qarshi chiqib, o‘z e’tirozini xalqaro tashkilot sifatida xalqaro shartnomalar depozitariysi bo‘lishga faqatgina BMT Kotibiyati vakolatli ekanligini keltirdi.

1-savol (30%)

  1. savol. Xalqaro shartnomalar depozitariysi qanday tayinlanadi va uning vazifalari nimalardan iborat?

  2. savol (30%)

  1. savol. Bir xalqaro shartnomaga bir necha depozitariy tayinlanishi mumkinmi? 3-savol (20%)

  2. savol. Qozog‘istonning e’tirozlari o‘rinlimi? 4-savol (20%)

  3. savol. O’zbekistonning taklifini amalga oshirish mumkinmi?


  1. Kuba davlati delegatsiyasi Nassau aeroportiga (Bagam orollari) kelib tushdi. Nassau shahridagi AQSh bojxona idoralari Kuba hukumati tomonidan berilgan diplomatik pasportlarning qonuniyligini tan olishdan bosh tortdi, bunga sabab sifatida AQSh va Kuba oʼrtasida diplomatik aloqalar yoʼqligini bildirdi. Kuba delegatsiyasining AQShga tashrif buyurishidan maqsad BMTning Bosh qarorgohi yigʼilishida ishtirok etishi edi. Kuba delegatlari pasportlarida AQShning Nassau shahridagi konsulligi tomonidan berilgan kirish vizasi bor edi.

1-savol (30%)

  1. savol. AQSh bojxona xizmatining harakatlari qonuniymi? 2-savol (20%)

  2. savol. Mazkur holatda BMTga aʼzo davlatlarning vakillari qanday immunitet va imtiyozlardan foydalanadilar?

  3. savol (20%)

  1. savol. Mazkur vaziyat qanday xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishini tushuntiring.

  2. savol (30%)

4-savol. BMT shtab-kvartirasi joylashgan AQSh bilan BMT o’rtasidagi bitim yuzasidan nizo kelib chiqsa, u qaysi xalqaro sudlov mexanizmlari vositasida hal qilinadi?



  1. BMT a’zolari o‘rtasida tuzilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani amal qilishida uning taraflaridan biri bo‘lgan Tunis davlatida shartnomada belgilangan qoidalarga nisbatan e’tiroz paydo bo‘ldi va uni talqin qilinishini (ya’ni, sharhlashni) so‘radi. Shartnomaning boshqa bir ishtirokchisi bo‘lgan AQSh Tunisning e’tirozi shartnoma qoidalariga nisbatan emas, balki uning kirish qismiga nisbatan ekanligini va bu shartnomani rasmiy talqin qilish uchun asos bo‘la olmasligini ta’kidladi.

Tunis davlati esa, o‘z o‘rnida, 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga ko‘ra, xalqaro shartnomani sharhlash uning butun matni bo‘yicha bo‘lishi mumkinligini va vijdonan amalga oshirilishi lozimligini hamda AQSh tomonidan bildirilgan e’tiroz huquqiy asosla emasligini ta’kidladi.
1-savol (20%)

  1. savol. Xalqaro shartnomalarni talqin qilishni kim amalga oshiradi? 2-savol (20%)

  2. savol. Xalqaro shartnomani talqin qilish qamrovi qanday? 3-savol (20%)

  3. savol. AQShning vajlarini xalqaro huquqqa muvofiq tahlil qiling? 4-savol (20%)

  4. savol. Tunisning bayonotiga 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga asoslanib baho bering.

  5. savol (20%)

5-savol. Xalqaro shartnomalarning talqin qilishda qo‘shimcha vositalar qaysilar hisoblanadi? Sen ha sen baxtli bo‘lishni xohlaysani, unda meni yonimga kel!




Download 41,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish