Tarz ma’noli leksemalarda antonimiya



Download 40,5 Kb.
Sana05.04.2017
Hajmi40,5 Kb.
#6142

Aim.uz

Tarz ma’noli leksemalarda antonimiya
Sistema leksemalari sememalari umumiy, birlashtiruvchi semalariga asosan alohida guruh tashkil qilish barobarida, o‘zlarining ayrim belgilariga ko‘ra farqlanishi haqida ham yuqorida aytib o‘tilgan edi. Leksemalar qatoridagi ana shu farqlilik ziddiyat, qarama-qarshilik darajasiga chiqqach, leksemalarning antonimlashuviga olib keladigan omildir.

Borliqdagi barcha narsa-predmet, voqea-hodisa bir-birini taqozo etuvchi tomonlar bilan birga, ayni vaqtda, bir-birini inkor etuvchi jihatlarga ham ega bo‘ladi. Bunday holatlarning asosida dialektikaning inkorni inkor va qarama-qarshiliklar birligi qonuni yotadi. Obyektiv borliqdagi qarama-qarshilik munosabati bilvosita lisonimizda ham aks etadi. Bu, ayniqsa, leksik sath birliklari orasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, til birliklarining o‘zaro zid munosabatdagi ma’nolari asosida guruhlanishiga antonimiya deyiladi. Antonimiya hodisasi ikki til birligi orasidagi munosabatga asoslanadi1. Shuningdek, har qanday leksema antonimlik munosabatiga kirishavermaydi, chunki bu munosabat biri ikkinchisining aksi bo‘lgan voqelikni ifodalaydigan til birliklari o‘rtasidagina mavjud bo‘ladi. Demak, antonimik munosabat asosida ma’no jihatidan qarama-qarshilik darajasiga yetgan leksemalar turadi. Tarz ma’noli leksemalar doirasida antonimik munosabatni yuzaga keltiruvchi leksemalarni quyidagicha qatorlarda keltirish mumkin:



arang bemalol;

sekin tez;

ahmoqona oqilona;

birga yolg‘iz;

qulay noqulay;

oshkor yashirin;

chalqanchasiga yuztuban;

bezovta xotirjam.

Antonimiyada ham sememalar munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligi bois semantik munosabat sifatida qaraladi. Antonimlarda sememalarning tabiatini semik tahlil metodikasi bilan o‘rgansak, quyidagi holat namoyon bo‘ladi: antonim deb belgilangan leksemalarning (sememalarning) ideografik semalar yig‘inida, odatda, bir sema zid mazmunli bo‘lib, boshqa sema(lar)esa aynan bo‘ladi2. Masalan, birga-alohida leksemalari o‘zaro antonim juftlikdir. Bu leksema sememalaridagi arxisema “tarz” bo‘lsa, “kimga, nimagadir qo‘shgan (qo‘shilgan) holda, kimga, nimagadir qo‘shmagan (qo‘shilmagan) holda” semalari o‘zaro zid belgisi bo‘lib, antonimik munosabatga asos bo‘lmoqda. Leksemalarning ana shu umumlashtiruvchi va farqlovchi semalari asosida birgani “harakat yoki faoliyatning kimga, nimagadir qo‘shgan (qo‘shilgan) holda yuzaga chiqishi” deb, alohidani esa “harakat yoki faoliyatning kimga, nimagadir qo‘shmagan (qo‘shilmagan) holda yuzaga chiqishi” deb tavsiflaymiz.

Antonimik munosabatdagi antonimlarni zid ma’noli birliklar deb emas, balki ma’nolaridagi ayrim zidlanishlariga ko‘ra antonimik juftlik hosil qiluvchi lug‘aviy birlik deb ta’riflash to‘g‘ri bo‘lar edi. Antonimlik hodisasi muayyan bir juftlik mavjud bo‘lgandagina sodir bo‘lishini ta’kidlab o‘tish lozim. Masalan, birga o‘z paradigmadoshlari doirasida antonim birlik maqomiga hech qachon ega bo‘lmaydi, qachonki, u sememasidagi farqlovchi semasini kuchaytirgan holda antonimik juftlik hosil qilsa demak, antonimik birlik mavqeida bo‘ladi. Ko‘rinadiki, antonimlik muayyan alohida qator ichida yakunlanadi. Shu ma’noda mazkur munosabatga guruh uzvlari o‘rtasidagi zidlanishning bir ko‘rinishi deb qarash mumkin.

Antonimlar sememasidagi differensial semalar qatorida ularni bitta paradigmaga birlashtiruvchi integral semalari ham teng qiymat kasb etadi. Zero, antonimik juftlik asosan bir turkum birliklari ishtirokida hosil qilinadi. Demak, antonimlar bir turga kiruvchi giponim leksemalardir.



Antonimik munosabatga kirishgan qatorning o‘ziga xos xususiyati umumiy ma’nolaridagi ayrim belgilarining zidlanishi, ya’ni ifoda, vazifa semalari bir xil bo‘lgan, biroq atash semalaridagi ma’lum bir belgilari asosidagi zidlanish ko‘rinishi antonimik qatorni yuzaga chiqaradi. Sinonimiyada esa atash, vazifa semalar aynanligi va ifoda semalarning farqliligi asosiy xususiyatdir. Masalan, loqayd, beparvo, beg‘am sinonimik qatorida atash, vazifa semalari birlashtiruvchi va ifoda semalari farqlovchi xususiyatga ega bo‘lsa, tez, sekin antonimik juftligida ifoda, vazifa semalari bir xil, atash semalari esa antonimik qatorni yuzaga keltiradi.



1 Tursunov U. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurt. filologiya fak. talabalari uchun darslik. – T.: O‘zbekiston,1992. – B. 120.

2 Tursunov U. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurt. filologiya fak. talabalari uchun darslik. – T.: O‘zbekiston,1992. – B. 126.


Aim.uz


Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish