I. Kirish. II. Asosiy qism. I. Bob. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilish va uning qonun ijodkorligi



Download 111 Kb.
bet1/4
Sana28.06.2022
Hajmi111 Kb.
#716062
  1   2   3   4
Bog'liq
Milliy davlat tizimining barpo etilishi Rajabboyeva Shahrizoda



Milliy davlat tizimining barpo qilinishi va boshqaruvda yangi, samarali usullarning qaror topishi.
Reja
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
I.Bob .O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilish va uning qonun ijodkorligi.
1.1.Parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari.
1.2.Qonun loyihasini tayyorlash va qabul qilish tamoyillari.
II.Bob.Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.
2.1.Vazirlar Mahkamasi va boshqaruv tizimidagi islohotlar.
2.2.Mahalliy davlat hokimiyatining , hokimlikning va sud hokimiyatining tashkil etilishi .
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va asoslanishi.

I.Bob .O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilish va uning qonun ijodkorligi.
1.1.Parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari.
1993- yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“, 1994- yil 22- sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada „O‘zbe￾kiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi. Negaki, birinchidan,sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo‘lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq￾ning o‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi￾yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo‘ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqa￾ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va „O‘zbekis￾ton Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida“ gi qonunga muvo￾fiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga:
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
• O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
• O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
• ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish;
• boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
• davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish,soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
• qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizi￾mini va vakolatlarini belgilash;
• xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tas￾diqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish;
• Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayin￾lash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
• vakolati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respubli￾kasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;
• Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash;
• Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respub￾likasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
Saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respubli￾kasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar.
Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati,faoliyat turi bo‘yicha hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘yil￾maydi. Shu bilan birga, „Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risida“giQonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o‘tgan 5 yil mobaynida O‘zbekiston hududida yasha￾magan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro‘yxatiga olinmaydilar.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken￾gashining 1994- yil sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- dekabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengash￾lariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi.1994- yil 14—15- noyabrda Òoshkentda Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini is￾loh qilish, saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur shart￾sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. Seminar￾kengashda Birlashgan Millatlar Òashkilotining O‘zbekistondagi

vakili Xolid Malik, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy,Тurkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, say￾lovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy sana — saylovlar oldidan O‘zbekistonda demokratik jamiyat bar￾po qilish yo‘lida oldinga bosilgan qadam bo‘ldi, deb baholadi.Saylovlarni qonun talablari asosida o‘tkazish uchun Respubli￾ka bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi.Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovga nomzodlar qo‘yishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga „Xalq demokratik partiyasi“ dan, „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan,hokimiyatning vakillik organlaridan jami 700 nomzod ro‘yxatga olindi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ovoz berishda ro‘yxatga olingan 11 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng,to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz olol￾magan saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi.Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro tashkilotlardan 68 nafar vakil kuzatuv￾chi sifatida qatnashdi. Shuningdek, „Reyter“, „Interfaks“agentliklari, „Bi-Bi-Si“ radiokompaniyasi, „Ostankino“ tele￾kompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar vakil ishtirok etdi.Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu ta￾riqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga bo‘lgan saylov￾lar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu demokratik yo‘l bilan parla￾mentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo‘ldi.1995- yil 23—24- fevral kunlari yangi saylangan Birinchi chaqiriq O‘zbe￾kiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. SessiyadaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi￾ning Raisi va to‘rt kishidan iborat Rais o‘rinbosarlari saylandi.E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Shodiyeva,A. Q. Qosimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili — Qora￾qalpog‘iston Juqorg‘i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais o‘rin￾bosarlari qilib saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi.Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta qo‘mitasi tashkil etildi:


• Byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo‘yicha.
• Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘yicha.
• Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha.
• Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha.
• Fan, ta’lim, madaniyat va sport bo‘yicha.
• Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha.
• Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat bo‘yicha.
• Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha.
• Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha.
• Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘yicha.
• Matbuot va axborot bo‘yicha.
• Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha.
O‘zbekiston parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini,69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiya￾sini, 47 deputatni uyushtirgan „Adolat“ sotsial-demokratik parti￾yasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat „Vatan taraqqiyoti“ parti￾yasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashdilar. Shu tariqa, Oliy Majlis faoliyatida ko‘ppartiyaviylik tamoyili qaror topdi.Sessiya qarori bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vakil huzurida fuqa￾rolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi
komissiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiya￾da „O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi, Oliy Majlis Raisi rahbarli￾gida „Oliy Majis Qo‘mitalari va Komissiyalari to‘g‘risidagi Ni￾zom“ qabul qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib,uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o‘rinbosarlari, qo‘mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi.

Oliy Majlis birinchi sessiyasida qabul qilingan qonunlar va qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imko￾nini berdi.



Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish