Bog'liq Ona tabiatni asrash har birimizning burchimizdir
Ona tabiatni asrash har birimizning burchimizdir.
Tabiat u naqadar go’zal va sokin. Shaharning ser shovqin kunlaridan qochib tabiat qo’yniga ketging kelayveradi. Ayniqsa tabiatning beg’ubor va jozibador har bir fasli o’zgacha tarovatli. U naqadar mehribon. Uning bag’ridan to’lqillanib oqayogan zilol suvi, g’arb pishayotgan mevasi, musaffo osmoni bularning barchasi ona tabiatning bir mo’jizasidir. Biz unga qanchalik mehribon bo’lsak, uning mehri shunchalik tovlanib borayveradi. Shunday ekan biz doim tabiatni asrash bu o’zimizni asrash bilan chambarchas bog’liq ekanligini his qilishimiz lozim.
Biz tabiatning qanchalik xavsizligini taminlasak u bizga o’z ne’matlarini ulashadi. Lekin bugungi kunda texnika rivojlangan sari tabiatning buzilishiga olib kelmoqda. Ya’ni katta katta neft zavodlaridan chiqayotgan gazlar va tutunlar tabiatning zaharlanishiga, ob-havoning buzilishiga olib kelmoqda. Bunday xolatlarni bugungi kunda juda ko’plab uchratish mumkin. Bundan tashqari o’simlik olamining kamayib ketishi, hayvonlarning qirilishi, suv toshqinlari, tog’larning yemirilishi, vulqonlarning otilishi bularning barchasi tabiatning buzulishi orqali ro’y berayotgan tabiat xodisalaridir. Bunday izchil vaziyatda bugungi kunda davlatimiz tabiatni muvofaza qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarf qilmoqdalar. O’zbekiston Resrublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan turi hamda kamayib borayotgan hayvonlarni hozirda ovlash taqiqlanadi. Tabiat muvobxozasini asrash har birimizning burchimiz xisoblanadi. Tabiat bilan insoniyat bir butun. Insoniyat tabiatning bir bo’lagi. Tabiat bu bizning onamiz. Biz uni xuddi onamiz kabi asrab avaylamog’imiz lozim . Bu har birimizning burchimiz va vazifamizdir. Yoshlarimizning ongiga bu narsalarni singdirish uchun ko’plab tadbirlar seminar treninglar nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan mumtazam tarzda o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu loyihalarda tabiat mavzusi bo’yicha qiziqarli o’yinlar, spektaklar va davra suhbatlari olib borilib, yoshlarga tabiatni asrash va muvoxazaa qilish to’g’risida bir qancha tushunchalar bo’lib o’tdi. mana shunday tadbirlardan yoshlarimiz o’zlariga keraklicha ma’lumotlarni bilib olib yurtimizning kelajagi uchun o’z hissalarini qo’shishga, tabiatni asrab uni yanada gullab yashnatishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.