10. 1980 yillarning o’rtalarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy
hayotdagi inqiroz. “Qayta qurish” va uning cheklanganligi. “Paxta ishi”,
“O’zbeklar ishi”. Ommaviy qatag’onlar. Farg’ona fojeasi
Sovet raxbariyatining 1980 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan ilgari surgan vazifasini bajarish
borasidagi dastlabki o’rin ishlari omad keltirmadi. Iqtisodiy tizimni qayta
qurish, uning moddiy bazasini qayta ko’rib chiqish, yangi texnologiyalarni
joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqgisodiyotni va ijtimoiy
sohani jadal rivojlantirish mo’ljallangan edi. Biroq “qayta qurish” siyosati ham
sotsializmga sun’iy ravishda qiyofa berganligini O’zbekiston Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning: “Inqiroz sabablari va omillarini to’liq tasavvur
etmagan, o’zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo’lmagan butun
iqtisodiy
siyosat
empirik
xarakterda
bo’lib,
avantyuradan
iborat
eksperimentlardan, har tomonga og’ishlardan boshqa narsa emasdi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o’tishning turlicha
yondashuvlargaasoslangan dasturlari loyihalarining ko’pligi islohotlarning aniq
maqsadi yo’qligidan, ularni ro’yobga chiqarish muddatlari- “besh yuz kun” deb
belgilab qo’yilishi esa zarur o’zgartirishlarning tub mohiyati va nihoyatda
murakkabligi to’laanglab yetilmagan-ligidan dalolat berar edi”
34
, ta’rifi uning
mohiyatini ochib beradi.Bu siyosatning amalga oshirilishi natijasida, respublika
iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab chiqarishning
samaradorligi pasayib ketdi. Shuningdek, aholining turmush darajasi ham
34
Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – Toshkent: O’zbekiston,
1996. – B. 280-281.
216
sezilarli ravishda pasaya boshladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarning ish haqi
O’zbekistonda umumittifoq bo’yicha 1975 yildagi 93,7%dan, 1987 yilda
81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste’mol fondi hajmi 66%dan 58%ga
kamaydi. 1988 yilda O’zbekistondagi 1267 ta yirik sanoat korxonasidan atigi
320 tasi (25,3%) to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash
sharoitida ishlardi
35
. Masalan, O’zbekiston xalq xo’jaligini jadallashtirish
umumdavlat dasturini ta’minlash rejasida 1990 yilga borib sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarishni 24-27%ga oshirishga erishish, tarmoqda
mehnat
unumdorligini 19%ga, qurilishda 14%ga ko’tarish nazarda tutilgan edi. Biroq
mehnat jamoalaridagi ayrim xodimlarning qo’lga kiritgan yuqori ishlab
chiqarish natijalari ham oqsash jarayonlarining ortib borishini yashira olmadi.
Puxta o’ylab ko’rilmagan qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar,
ma’muriy siquvning davom etishi, jadallashtirish kontseptsiyasidagi
kamchiliklar xalq xo’jaligiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi, qayta qurish
oqsay boshladi.
80-yillarning ikkinchi yarmi mobaynida ro’y bergan «qayta qurish»
islohotlari turkumi sub’ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajongaasoslanib,
ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko’rishlar va xato usullar bilan tashqi
tomondan ta’sirchan bo’lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan emas. balki
dastursiz amalga oshirildi. Iqtisodiy va ilmiy-madaniy salohiyatga ega bo’lgan
O’zbekiston ham qayta qurish oqibatida puxta o’ylab ko’rilmagan
volyuntaristik islohotlar oqimiga jalb qilindi.Qayta qurish «kontseptsiyasi»
avvalboshdanoq noilmiy bo’lib, u mag’lubiyatga mahkum edi. qayta qurish
borasidagi dastlabki tajribalarning ko’rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati
birinchi kundanoq «qayta qurish» mafkurasini anglab yetishda nihoyatda
soddalashgan nuqtai nazar bilan yondashdi. Qayta qurish «kontseptsiyasi»
«qardosh» ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va muammolarini
ilmiy taxlil qilishga, ularni bilishgaasoslanmagan edi. O’sha davrda sovet
sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan o’lkan imkoniyatlarga ega deb
hisoblandi, tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi. Sotsializmga
sun’iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud
yaramas illatlarini «tasodifiy hol», ular uchun «sotsialistik jamiyatdaasos
yo’q», shuning uchun ularni, ayniqsa, boshqaruv tizimidan olib tashlash kifoya
deyildi. Qayta qurish tajribasi faqat partiyaning ijtimoiy-siyosiy rahbarligini
mustahkamlashni, jamiyatni sotsialistik asosda tashkil etishni yanada
takomillashtirishni, uning faqat qismangina, shunchaki, «pardoz berish» tarzida
yangilanishini nazarda tutgan edi. Ziddiyatli «qayta qurish» siyosati oqibatida
respublika
iqtisodiyotida
tanglik
holati
chuqurlashib,
sanoat
ishlab
chiqarishning
samaradorligi
pasayib
ketdi.
Mehnat
unumdorligining
ko’rsatkichlari ham keskin yomonlashdi, fondlar hisobidan keladigan foyda
kamaydi.
35
// O’zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1988. - №11. – B. 22
217
Masalan, ishchilar va xizmatchilarning ish haqi O’zbekistonda
umumittifoq bo’yicha 1975 yildagi 93,7%dan 1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi,
aholi jon boshiga iste’mol fondi hajmi tegishli ravishda 66%dan 58%ga
kamaydi.
Natijada
xalqning
davlat
tomonidan
e’lon qilinayotgan
o’zgarishlariga ishonchi yo’qola bordi, uning qayta qurishga bo’lgan
munosabati o’zgara boshladi.
Ko’pgina mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmi pasaydi, moddiy va
moliyaviy nomutanosiblik ko’chaydi, iqtisodiy o’sish sur’atlari pasayib ketdi,
tovarlar tanqisligi tobora kengayib bordi. Masalan, 1989 yilda har ikki muhim
mahsulotdan biri bo’yicha topshiriq bajarilmadi, har uch mahsulotdan biri
bo’yicha ishlab chiqarish hajmi pasaydi. «A» guruhi tarmoqlari bo’yicha
mahsulot ishlab chiqarish rejadagidan 3 baravar kam bo’ldi. Mashinasozlik,
kimyo vaagrosanoat majmui korxonadari reja topshiriqlarini bajarishni
ta’minlay olmadilar.Mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish sohalarida ham sifat o’zgarishlari ko’zga tashlanmadi.
«Qayta qurish»ning so’nggi yillarida respublika ishchilari va
xizmatchilarining ijtimoiy rivojlanishida murakkab va ziddiyatli jarayonlar
sodir bo’ddi. Ularning miqdor jihatidan o’sishida sifat o’zgarishlari yuz
bermadi, bu ko’rsatkich aholining tabiiy o’sishidan orqada qoldi, bu hol ishchi
kuchining ancha ortiqcha bo’lib qolishiga olib keldi.
Shunday qilib, mustabid Sovet davlatida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy
ishlab chiqarish munosabatlari sanoat ishlab chiqarishining yuqori samarada
rivojlanishiga ob’ektiv ravishda to’siq bo’ldi. Markazning amriga bo’yso’ngan
respublika industriyasi mahalliy aholining tub manfaatlarini hisobga olishga
mo’ljallanmagan edi, shu sababdan uni sotsialistik asosda isloh qilishga o’rin
ish muqarrar ravishda barbod bo’ldi. Salbiy holatlarning ortib borishi natijasida
O’zbekiston qishloq xo’jaligining samaradorligi yildan-yilga pasayib bordi.
1989 yilning boshlarida qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti hatto o’rtacha yillik
darajaga ham bormadi, 3 milliard so’mlikdan ko’proq mahsulot berilmay qoldi.
g’alla, paxta, poliz ekinlari tayyorlash rejalari surunkasiga bajarilmay keldi.
Faqat 1986—1987 yillar mobaynida yetkazib berilmagan paxtaning miqdori
1.576 ming tonnadan ortiq edi. Asosiy dehqonchilik ekinlarining hosildorligi
barqaror pasayib bordi.
Paxta yakkahokimligi bilan bog’liq illatlar respublikaning qishloq
iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishda davom etdi. Chigit ekiladigan
maydonlar ko’p bo’lishiga (75%) qaramasdan, paxta ekiladigan yerlar doimiy
ravishda ko’paytirib borildi. Ayni vaqtda paxta yetishtirish reja topshiriklari
ham ko’paydi, bu O’zbekistonning imkoniyatlariga mutlaqo mos kelmas edi.
Mazkur muammoni qushib yozishlar, ko’zbo’yamachiliklar, paxtaterimi
davrida shaharliklar, talabalar, maktab o’quvchilarining mehnatidan surunkali
foydalanish evaziga hal qilishga intildilar. «Yalpi» paxta hosili, poliz va boshqa
qishloq xo’jalik mahsulotlari miqdori ortidan quvib, ko’pgina xo’jaliklar ularni
yetishtirish texnologiyasini buzdilar, ekinlarga oshirilgan miqdordaazotli
218
o’g’itlar solindi, ayniqsa, paxta zararkunandalariga qarshi kurashda, uning
bargini to’kishda zaharli kimyoviy modtsalardan me’yorsiz foydalanildi.
Natijadaatrof muhit zaharlandi, yerning tarkibi buzildi, insonlar sog’ligiga zarar
yetkazildi.
Paxtachilikda pestitsidlarni haddan tashqari ishlatish oqibatida bevosita
ko’zgatashlanib turuvchi ijtimoiy-ekologik ofat yuz berdi, ya’ni atrof muhit
(tuproq, suv manbalari, havo) yo’l qo’yib bo’lmas darajada ifloslandi. Ekologik
tanglikning ikkinchi sababi — vazirliklarning zararli kimyoviy korxonalarni
CHirchiq, Samarqand, Navoiyda, shuningdek, ko’proq ekologik tizim juda zaif
bo’lgan va aholi zich yashaydigan hududlarda joylashtirilishi bo’ldi: Farg’ona
vodiysi
ana
shunday
joylardan
bo’lib, bu yerda «Farg’onaazot»,
«Fergananefteorgsintez» birlashmalari, qo’qon kimyo zavodi, Yangi qo’qon
kimyo kombinati va boshqa korxonalar joylashtirilgan.
O’zbekiston KP MQning 1984 yil 23 iyun XVI plenumidan keyingi
yillarda sodir bo’lgan voqealar ishlab chiqarish samaradorligini pasayishi,
qishloq xo’jaligida vujudga kelgan og’ir vaziyat, mamlakat hayotidagi inqirozli
ko’rinishlarigaalohida e’tibor qaratilib, asosan buning sababchilari mahalliy
kadrlar deb topilib, O’zbekistonda boshlangan “tozalash” ishi mutlaqo xalqqa
qarshi qaratilgan tusdaavj oldirildi. Plenumda yuqori pog’onadagi sobiq
rahbarlarining xato va kamchiliklariga urg’u berib, ularni shunchaki tanqid
qilish bilan cheklandi. Haqiqiy tanqid va ta’qiblar mahalliy rahbar kadrlar
boshiga tushdi. Oqibatda bu davrda O’zbekistonda rahbar xodimlarga qarshi
boshlangan dastlabki ta’qib O’zbekiston KP MQning sobiq birinchi kotibi
Sh.R.Rashidovga qaratilib, uning faoliyati davomida qilingan yuksak ishlar,
islohotlar ham qo’shib qoralandi. “Sharof rashidovchilik” degan va
O’zbekistondagi korruptsiyaning ramzigaaylanti-rilgan siyosiy yorliq to’qib
chiqarildi
36
.Sh.Rashidovdan
keyin
rahbarlik
qilgan
I.Usmonxo’jaev
davridaasosan markaz ko’rsatmalari bajarildi. Sh.Rashidovning davrini, uning
atrofida turgan mahalliy rahbar kadrlarni, respublika sha’ni va mavqeini
qoralash KPSS MQda puxta ishlab chiqildi. Respublika uchun markazdan
uyushtirilgan “paxta ishi” “o’zbeklar ishi” uydirmalari go’yoki “poraxo’rlar”ga
qarshi qaratilgan bo’lib, qonunsizlik va ommaviy qatag’onlarning avjga
chiqishiga sabab bo’ldi vaminglab aybsiz mahalliy aholini og’ir tazyiqlarga
duchor etdi, jumladan, ko’plab rahbar va qishloq xo’jalik xodimlarining
hayotini girdobgaaylantirdi.
1984 yildan boshlab, sobiq Kompartiya rahbarlarining taklifiga binoan
O’zbekistonda mamlakatning turli mintaqalaridan “desantchilar” ya’ni KPSS
amaldorlari kela boshladilar. Yangi desantchilar O’zbekistonda tartib o’rnatish
uchun emas, balki ular ittifoqning respublikadagi tayanchi bo’lish va
mamlakatda “sovetlarcha” usulda tartib o’rnatishlari lozim edi. Markazdan
yuborilgan xodimlar O’zbekistondagi partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy
36
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. –
Toshkent: SHarq, 2000. – B. 546.
219
o’rinlarni egallab olib, qirg’in boshladilar. Respublikadagi vaziyatni o’rganib,
yo’q xato va kamchiliklarni bor qildilar. Ularning siyosiy o’yinlari natijasida
O’zbekiston tarixda ko’rilmagan ayovsiz tajribalar maydonigaaylantirildi.
Mahalliy rahbarlarni badnom etish, ta’qib ostiga olish, ularni Rossiya, Ukraina,
Belorussiyalardan kelgan sodiq kishilar bilan almashtirish bilan shug’ullandilar.
O’zbekiston KP MQ, Ministrlar Soveti, Oliy Sovet, Respublika prokuraturasi,
Ichki Ishlar Vazirligi shunday “desantchi” kadrlar qo’l ostiga o’tdi. 1984 yilda 5
ta, 1985 yilda 33 ta, 1986 yilda 86 ta, 1987 yilda 27 ta, 1988 yilda 2 ta, 1989
yilda 3 ta xodim O’zbekiston Ichki Ishlar vazirligiga yuborildi
37
.
Bundan tashqari, 1984-1989 yillar ichida turli bahona va sabablar bilan 10
mingdan ortiq kishi ishdan olib tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati tez
amalga oshdiki, hatto, bir idoraga bir yilda 3 ta yangi rahbar kelardi. Sun’iy
ravishda o’ylab topilgan “paxta ishi” mahalliy kadrlar salohiyatiga juda og’ir
zarba berdi. Natijada jamoa xo’jaligi raislari va sovet xo’jaligi rahbarlarining
60%i lavozimlaridan olib tashlandi, qishloq xo’jalik mutaxassislarining
taxminan 45%i, paxtachilik brigada boshliqlarining har uchinchisi vazifalaridan
bo’shatildi
38
. Bu ishlar kadr tanlashdagi yangi yo’l emas, balki, ularni tahqirlash,
obro’sizlantirish, yerli milliy kadrlar g’ururini paymol qilish siyosati edi
39
.
Jarayon go’yoki “poraxo’rlarga” qarshi qaratilgan bo’ldi. Faqatgina 1983 yildan
1989 yilgacha bo’lgan vaqtda O’zbekistondagi huquqni muhofaza qilish
organlari tomonidan qo’shib yozish, poraxo’rlik, o’g’riliklar haqidagi 800 dan
ortiq jinoiy ishlar tekshirilib, 5000 dan oshiq kishi jazoga hukm qilinganligi,
ulardan 600 nafari rahbar xodimlar, o’n nafari mehnat qahramonlari edi
40
.
O’zbekistonda bu yillarda butun jazoga tortilgan begunoh mas’ul va xo’jalik
xodimlari 25 ming kishiga yetdi
41
. Gdlyan-Ivanov rahbarligidagi jazo
otryadining ortida turgan kuchlar uzoq vaqt pinxoniy siyosat olib bordi.
Ligachev, Razumovskiy, Mogilьnichenko, Bessarobov, Smirnov, Ponomerov
kabi sovet ma’murlari bu ishlarning boshida bo’lishdi
42
. Bu guruhning “ishi”
boshidanoq qonunchilikka umuman zid holda, tergov qilinuvchilar va ularning
yaqinlariga nisbatan ochiqdan-ochiq zo’ravonlik qilish bilan ajralib turdi.
Bemorlar, ko’p bolali onalar, qariyalar ham ayab o’tirilmadi. Mahalliy rahbar
kadrlarning “vaqtincha” qamoqdasaqlanishlari yillab davom etdi. Nohaq
qamoqga olinganlarning ba’zilari og’ir tahqirlashlarga bardosh berolmay, o’z
jonlariga qasd qildilar. Kadrlarni obro’sizlantirish, ularning oila-a’zolari,
qarindosh-urug’lari,
tanish-bilishlarini
ham
ayovsiz
jazolash
siyosati
37
Azizxo’jaev A. Chin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003. – B. 47.
38
Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va
saboqlari(1865-1990 yy.) / D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: Sharq, 2000. – B. 308.
39
Yusupov E. Istiqlol shabadalari. – Toshkent: Fan, 1993. – B. 49.
40
Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va
saboqlari(1865-1990 yy.) / D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: Sharq, 2000. – B. 308.
41
Алимова Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы: протывоборство идей и
иделогии. – Ташкент: Узбекистан, 2002. – С. 75.
42
Jo’rabekov I. Yangi O’zbekiston- yangi qadamlar. – Toshkent: O’zbekiston, 1994. – B. 75, 80.
220
O’zbekistonda keng tus oldi. Necha minglab kishilar tazyiq, quvg’in va
qatag’onga duchor qilindi, qanchadan-qancha odamlar tergov izolyatorlarida
saqlab turildi. Ataylab o’ylab topilgan ko’pdan-ko’p, jinoiy ishlar qo’zg’atildi.
Ba’zi tergovlar dalillarni soxtalashtirib, begunohlarga nisbatan faqat ayblash
yo’lini tutdilar. Jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta’sir etish, majburlab bo’yinga
qo’yish va e’tirof etishlar ommaviy tus ola boshladi. Shu tariqa O’zbekistonga
kelganlar adolatni qaror toptirishgaemas, aksincha ko’proq begunoh mahalliy
kadrlarni qamatish natijasida yillik hisobotlarini boyitishga zo’r berdilar
43
.
Hamma respublikalardan farqli o’laroq O’zbekistonda boshqalarga o’rnak
bo’lishi uchun respublika kadrlarining “ta’zirini berib qo’yish”ga qaratilgan
harakat yuqori bo’lgan. Ya’ni tizimga sig’magan va hukmron tuzumni
yoqtirmagan aholi guruhlari antigumanistik choralar bilan yo’q qilish kabi
siyosat qurbonigaaylandilar
44
. Sovet tuzumining O’zbekistonda XX asrning
1916, 1930, 1950, 1980 yillarida qatag’on siyosatini avj oldirganining asosiy
sababi har avloddan chiqayotgan milliy g’ururli, malakali mahalliy kadrlar yo’q
qilinishi, sovet siyosatiga zid bo’lgan ta’sirlardan “tozalanishi” kerak edi.
SHuning uchun ham aynan yuqoridagi yillarda ming-minglab mustaqil, erkin
fikrga ega bo’lgan, xalqni istiqlolga chorlovchi vatanparvar milliy kadrlar sovet
siyosatining qurboniga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |