Company name Reja: - Atrof muhit va biotexnologiya
- Biotexnologiyaning rivojlanish tarixi.
- Biotexnologiyaning fan va ishlab chiqarish sohasidagi ahamiyati.
Atrof muhit insonga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy va ijtimoiy omillar majmuasidan iborat bo‘lganligi sababli insonning hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof muhit sifatiga bog‘liq. Atrof muhit – dastavval antroposentrik, demoekologik tushuncha bo‘lib, u insonning (aholining) hayot sharoitlari, muhiti to‘g‘risidagi tushinchani anglatadi. Tabiat insonning muhiti sifatida o‘rganilayotganida butun e’tibor insonning sog‘lom biologik va ijtimoiy hayoti imkoniyatini belgilaydigan tabiiy hodisalariga qaratiladi. Atrof muhit insonga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy omillarning integral majmuasini hosil qiladi. Shu tufayli barcha hollarda atrof muhitning sub’yektini inson (aholi) tashkil etadi. O’zining rivojlanishiga qisqa vaqt bo’lgan bo’lsada, biotexnologiya fani ko’plab olimlarning diqqatini o’ziga jalb qila oldi. Atrof muhit tushunchasi ijtimoiy, tabiiy va sun’iy ravishda yaratiladigan fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni, ya’ni insonning hayoti va faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillarni o‘z ichiga oladi. Atrof muhit kishilar orasidagi va ularning tabiat bilan bo‘lgan munosabatlarining murakkab majmuasini belgilaydi. Biotexnologiya va atrov muhit. Buning uchun biologik agentlar va hujayra komponentlaridan foydalaniladi. Biotexnologiya - bakteriya hujayra kulturasidan foydalanishni, achitqilar olishni, o’simlik yoki hayvon biosintezini ta’minlovchi mahsulotlar olishni yo’lga qo’ydi. Biotexnologiya o’zining o’rnak bo’la oladigan bilimi va bioximiyaviy usuli, texnik ximiya va genetikada o’zining imkoniyatlarini to’la ravishda namoyon qila oldi. Biotexnologiyani yaratishdan maqsad asosan global bo’lgan muammolarni hal ilishdan iborat edi. Masalan, inson ehtiyojlarini qondirishda turli gazlarni ishlab chiqarish, dori-darmon tayyorlash, inson salomatligi har bir yangilik o’ziga xos tarzda hal etilishini taqozo etadi. Biotexnologik jarayonlarning asosiy komponentlariga biologik agent, substrat, maqsadli mahsulot, apparatura va jarayonni boshqarish usullari kiradi. Bugungi kunga kelib, biotexnologiyaning jadal rivojlanishida ikkita asosiy sabab yuzaga kelmoqda. Bular, ma’lum mahsulotlar va energiyaga bo’lgan ehtiyojning oshishida ishlatilmay qolayotgan massalar va chiqindilarning to’planib qolishi hamda fundamental tadqiqotlarning yangi va samarali usullarining paydo bo’lishidir. Ma’lumki, tabiat komponentlarigina o‘zaro bog‘langan bo‘lmay, qo‘shni landshaftlar ham o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatib turadi. Binobarin, insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgargan landshaft qo‘shni landshaftlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham insonning xo‘jalik faoliyati ta’siri bilvosita ta’sir ko‘rsatilgan joydan atrofga qancha masofaga yoyiladi va u qanday oqibatlarga olib keladi. Biotexnologiya biologiya fani bilan bir qatorda mikrobiologiya, genetika, fizika-ximiya bilan hozirgi zamondagi ishlab chiqarishda yakdil kuchga aylanmoqda. Albatta bu muammolarni hal qilishda ilm-fan taraqqiyoti ham muhim o’rin egallaydi. Albert Sassonning ta’kidlashicha, biotexnologiyaning rivojlanishi o’zining kompleks muammolari evolyutsiya bilan bog‘liq holda biologik izlanishlarga qaratilgan. Adabiyotlar: - Abdullayev S.I. Atrof muhit haqida ta’limot. Qarshi, 2000.
- Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., 1991.
- Geografiya va tabiiy resurslardan foydalanish (ilmiy konferensiya materiallari). T., 2001.
- Zokirov Sh.S. Antropogen va amaliy landshaftshunoslik. T., 1998.
- Pafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T., 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: |