3-mavzu. Pragmalingvistika til sathlararo tizimda Rеja



Download 68,2 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2022
Hajmi68,2 Kb.
#512359
  1   2
Bog'liq
3-mavzu


3-mavzu. Pragmalingvistika til sathlararo tizimda
Rеja:

  1. Tilshunoslikning amaliy va antroposentrik yo‘nalishlari. Lingvokulturologiya, etnolingvistika, pragmalingvistika (lingvopragmatika).

  2. Ritorika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, lingvokognitologiya, ontolingvistika, kompyuter lingvistikasi. Tilning ichki shakli.

Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yеngilmas kuch. –Toshkеnt: Ma’naviyat,

  2. Angayеva S.P., Tiхеyеva Yu.S. Klyuch k obo‘еniyu (etnokulturniе i etnopsiхologichеskiе osobеnnosti kommunikatsii. –Ulan-Ude, 2007.

  3. Pochеptsov O.G. Osnovi pragmatichеskogo opisaniya prеdlojеniya. Kiyеv Vio‘a shkola. 1986.

  4. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – T., 2008.

  5. Safrov Sh., Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. –Samarqand, 2007.



Tayanch tushunchalar:
Tilshunoslikning amaliy va antroposentrik yo‘nalishlari. Lingvokulturologiya, etnolingvistika, pragmalingvistika (lingvopragmatika), ritorika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, lingvokognitologiya, ontolingvistika, kompyuter lingvistikasi.

Mustaqillik yillarida zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashuvi, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirishda muhim ishlar amalga oshirildi. Bu borada tilshunoslikning ham amaliy vazifalariga – nutq samaradorligi tadqiqiga e’tibor kuchaytirildi. Natijada fanda sosiolingvistika, etnososiolingvistika, lingvopragmatika, pragmalingvistika, pragmatika, psixolingvistika kabi nomlar bilan yuritiluvchi yangi tarmoqlari shakllandi. Bu yo‘nalishlarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi davr tilshunosligi nutqqa insoniy faoliyat – fikr almashish va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning ixchamligi, samaradorligi va ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning implikaturalari bo‘lgan ko‘chma va tag ma’nolarni, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so‘zlovchining maqsadi bo‘lgan ma’lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi.


Tilning voqyelanishda inson omili bilan bog’liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik va psixolingvistik yo‘nalishning o‘rganish manbaini tashkil etadi.
Ma’lumki, nutqiy muloqot o‘nlab – milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqyelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik sistemadir. Demak, insonning mental faoliyati bilan bog’liq ravishdagi hodisalarni tadqiq qiluvchi kulturologiya fanining muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatik tilshunoslik inson subyekti va obyektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq qiladi. Zero, nutqda subyektivlik va obyektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas, sistemaviylik yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy sistemalar bilan bog’liqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa obyektiv baho beriladi.
Lisonning nutqiy voqyelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati – nutq sharoiti, nutq uslubi) qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikasiya qiluvchi vositalarning ta’siri va ahamiyatiga baho, nutqning ta’sirchanlik va ijtimoiy qadr-qiymatiga ilmiy tavsif beriladi.
O‘zbek tilshunosligida antropotsentrik paradigma asosida bajarilgan tadqiqotlarning salmog‘i XXI asrning dastlabki yillariga to‘g‘ri keladi. Bu ishlar, asosan, quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: 1)sotsiolingvistika; 2) kognitiv tilshunoslik; 3) lingvistik pragmatika; 4)psixolingvistika; 5) antropotsentrik paradigmaning umumnazariy masalalari1.
Taniqli o‘zbek tilshunoslari: S.M.Mo‘minov, B.R.Mengliev, Sh.Safarov, D.S.Xudoyberganova, A.Mamatov, N.Mahmudov, E.Begmatov, A.Nurmonov, I.A.Azimova, M.X.Hakimov, A.Rahimovlarning bu boradagi amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy ishlari hamda maqolalari ma'lum.
Xususan, A.Rahimovning fikriga ko‘ra, “Tilshunoslik fani tarixidagi uchinchi makroparadigma antropotsentrik paradigma (kommunikativ yoki nominativ-pragmatik paradigma) deb hisoblanadi. Ushbu paradigma tilni quruq struktura sifatida emas, balki jonli muloqot va kommunikatsiyaga asoslangan ochiq sistema sifatida o‘rganuvchi, boshqa sistemalar – jamiyat, inson, madaniyat, ruhiyat kabilar bilan uzviy aloqadorlikda tahlil etuvchi, insonni til ichida yoki tilni inson ichida tahlil etishga yo‘naltirilgan qarashlar, g‘oyalar va ta'limotlar majmuidir”.
A.Rahimov til va ijtimoiy hayotning turli sohalari o‘rtasidagi aloqani yoritishda inson “oltin ko‘prik” vazifasini o‘taydi”, deb hisoblaydi. Tadqiqotchining fikricha, kognitiv, sotsiolingvistik, etnolingvistik, psixolingvistik, neyrolingvistik, pragmatik va lingvokulturologik paradigmalar antropotsentrik paradigma tarkibiga kiruvchi miniparadigmalar hisoblanadi2.
Til murakkab va ko‘p qirrali voqyelikdir. Buni Yu.S.Stepanov bir necha obrazlarda ifodalaydi: 1)til individning tili sifatida, 2)til tillar oilasining a'zosi sifatida, 3)til struktura sifatida, 4)til sistema sifatida, 5)til tip va xarakter sifatida, 6)til kompyuter sifatida, 7)til fikr kengligi va “ruhning uyi” sifatida.
Jumladan, kognitiv psixologiyaning mutaxassislari inson miyasining tuzilishi va psixikasi haqidagi ma'lumotlarni turli fanlarning o‘zaro integratsiyasi orqali takomillashtirish mumkinligini aniqlaganlar. Ularningcha, kognitiv psixologiya hamda sun'iy tafakkur o‘rtasida o‘zaro zich aloqa mavjud bo‘lib, “tafakkur – axborotni qayta ishlash vositasi sifatida”gi aksioma ham ular tomonidan shakllantirilgan3. Ammo, ma'lumotni qayta ishlash oqibatida, axborotning ma'naviy-ma'noviy, boshqacha aytganda, lingvomadaniy talqin etilishi hamda ongimizda qanday kognitiv shaklni kasb etishining mexanizmi tushuntirilib berilganicha yo‘q.
T.P. Zinchenko, Dj. Sperling, R. Atkinsonlar bu borada qisqa va uzoq muddatli xotiraning roliga urg‘u beradilar. Ya'ni, inson faoliyatidagi asosiy tayanch nuqta – inson tomonidan egallangan bilimlar majmui bo‘lsa (U. Naysser, A.A. Zalevskaya), bu borada kognitiv tilshunoslik ma'lumotlarning inson ongida ro‘y beradigan ichki reprezentatsiyasi (D.R. Anderson, U. Naysser, R.L. Solso ta'birida mental reprezentatsiya) va olamni talqin etish usullari bilan bog‘liq muammolarni birlamchi masalalar qatorida tekshiradi.
Unutmaslik kerakki, psixik tasavvurning eng oliy darajasi – bu o‘zida sotsium tomonidan qabul qilingan va individ tomonidan ijtimoiylashuv oqibatida o‘zlashtirilgan ideal namunalarga tayanuvchi kognitiv va ramziy jarayonlarni qamrovchi inson ongidir.
Ijtimoiylashuv oqibatida inson muayyan madaniyatga moslashadi, o‘zida ijtimoiy mohiyatga dahldor hayotiy tajribani, urf-odatlar, qadriyatlarni tarkib toptiradi. Bu jarayon aslida, ijtimoiylashuv va etnomadaniy ongning shakllanishida etnik tushunchalardan iborat o‘ziga xos tizimni o‘zlashtirish holatini isbotlaydi.
Shunday qilib, inson ma'naviy qadriyatlar olamining asosiy birligi – ramziy tasavvur va fundamental axloqiy-estetik qadriyatlarni tushunishni ta'minlovchi qadriyatli-ramziy intuitsiya hisoblanadi. Mana shu intuitsiya (ichki sezgi) tufayli tasavvur qilinayotgan ma'joz – obraz ideal ma'noning ishonchli tarzda ifoda etilishida vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Olimlar tomonidan tilning ma'noviy-qadriyatli ko‘lami negizida alohida olingan kulturologik kategoriyalar (qadriyatlar) joylashadi.
Lingvokulturologiya bulardan quyidagilarni e'tirof etadi:

  • hayotiy: hayot, sog‘lik, turmush tarzi, tabiiy muhit va b;

  • ijtimoiy: ijtimoiy holat, maqom, mehnatsevarlik, boylik, kasb-hunar, oila, iroda, jinslar tengligi va b.;

  • siyosiy: so‘z erkinligi, fuqaro erkinligi, qonuniylik, tinchlik va b.;

  • ma'naviy: ezgulik, farovonlik, do‘stlik, burch, sha'n, intizom, tartiblilik va b.;

  • diniy: e'tiqod, iymon va b.;

  • estetik: go‘zallik, ideal, uslub, uyg‘unlik.

Ifoda etilishiga ko‘ra, tildagi qadriyatlar umuminsoniy, ijtimoiy-sinfiy, guruhli, oilaviy, shaxsiy-individual xarakterli bo‘lishi mumkin.

Etnolingvistika kommunikatsiya jarayonidagi umumme'yoriy va madaniy-spetsifik (xususiy) holatlar haqidagi asosiy tasavvurlarni, muloqot ishtirokchilariga ularning nutqiy va kommunikativ xulqiga chetdan baho bera olish malakasini beradi, ularga muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklarni keltirib chiqarish ehtimoli bo‘lgan potensial ko‘lamlar haqida ishora qiladi, qiyosiy plandagi milliy o‘ziga xos lisoniy muammolarning yechimiga doir choralarni namoyish qiladi.


pragmalingvistika muloqotning etnolingvistik xususiyatlarini ochib bersa, psixolingvistika nutqni uzatish va qabul qilishning universal va etnomadaniy psixik mexanizmlarini yuzaga keltiradi hamda olam manzarasini kodlaydi va dekodlashtiradi. Bunda sotsiolingvistik tahlil elementlari lison egasining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi va tilning ma'no ko‘lamida milliy-madaniy komponentning yaratilishida xizmat qiladi. Bayon etilgan fikrlarga xulosa yasagan holda aytish mumkinki, bugungi kunda lingvokulturologiya:
Download 68,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish