“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi


partiyasi 
tashkil 
topdi. 
Partiyaning 
1998-yil 
28-dekabrdagi 
ta’sis 
konferentsiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlandi. Partiyaning 
“Fidokorlar” gazetasi nashr etilmoqda. 
5. 2003-yil ohirida O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. 
Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini ximoya qilishdan 
iborat. O’zLDPning “XXI asr” xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda. 
1995-yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi biln O’zbekiston “Xalq 
birligi” harakati tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda. 
“Xalq birligi” harakatining “Birlik” va “Edinstvo” xaftalik gazetasi nashr 
etilmoqda. 
O’zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq, 
respublika yoshlarining “Kamolat” jamg’armasi nodavlat xayriya-jamoat 
birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. 2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda 
bo’lgan yoshlar kuriltoyida o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat 
tashkilot- O’zbekiston Respublikasi “Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakati 
to’zildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. 
 


233 
4. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlar. 
Mustaqillik xalqimizgao’z taqdirini, taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash, 
milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil 
ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat 
boshlig’ini, xokimsiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo’l 
bilan erkin saylab qo’yilishini ta’minladi. 
O’zbeki stonda Oliy davlat vakillik organi-parlamentni shakllantirishda 
xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga 
tayanildi. 
O’zbekiston mustaqilligi e.’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda 
saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi Oliy Kengash faoliyat 
ko’rsatmoqda edi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi 
sifatida faoliyat ko’rsatdi. SHu yillar ichida Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 
500 dan ziyod qarorlarni qabul qildi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga 
asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab 
berildi. Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasida bir palatali 
parlament-Oliy Majlisni shakllantirishga kirishildi.
1993 yil 28 dekabrda bo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining X1U 
sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida”, 
1994 yil 22 sentyabrda bo’lib o’tgan XU1 sessiyada “O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi to’g’risida” qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida 
tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo’yiladi.
Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo’yicha 
ko’ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan 
iborat bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O’zbekiston 
respublikasining Oliy Majlisi to’g’risidagi” qonunga muvofiq Oliy Majlisning 
mutloq vakolatlari jumlasiga: 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirish 
va qo’shimchalar kiritish; 

O’zbekiston respublikasi qonunlarini qabul qilish va ularga o’zgartirish 
qo’shimchalar kiritish; 

O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy 
yo’nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 

Ma’muriy, hududiy tuzilish masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, 
O’zbekiston Respublikasi chegaralarini o’zgartirish; 

Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish; 

Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini idora etish, soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish; 

Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tizimini va 
vakolatlarini belgilash; 


234 

Xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikattsiya va denonsattsiya qilish; 

Oliy majlis va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy 
Saylov komissiyasini tuzish; 

Vakolati tugashi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylov kunini tayinlash; 

Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo’jalik sudlarini saylash; 

Vazirlar mahkamasi a’zolarini Bosh prokuror va uning o’rinbosarlarini 
tayinlash va lavozimidan ozod etish to’g’risidagi prezident farmonlarini 
tasdiqlash hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan 
boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. 
Saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan O’zbekiston respublikasining 
fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib 
chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti 
tili, dinga munosabati faoliyat turi bo’yicha hech qanday cheklashlarga yo’l 
qo’yilmaydi. Shu bilan birga “Oliy Majlisga saylovlar to’g’risidagi” Qonunda 
belgilanganidek, sudlangan, saylovga tayinlangan kundan o’tgan 5 yil 
mobaynida O’zbekiston hududida yashamagan, xarbiy ixtisosli, diniy xizmatchi 
fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro’yxatiga olinmaydi. 
Hokimiyat taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan kelib 
chiqib, hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor 
shaxslari, vazirlik idoralari rahbarlari va uning o’rinbosarlari, ijro etuvchi 
hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari, vazirlik idoralari raxbarlari va 
ularning o’rinbosarlari, ijro etuvchi organlarning mansabdor shaxslari Oliy 
majlis deputati bo’la olmaydilar. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil sentyabrda bo’lib 
o’tgan XU1 sessiyasi 1994 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va 
tuman kengashlariga saylovlar o’tkazishga qaror qabul qildi. Saylovlarni qonun 
tartiblari asosida o’tkazish uchun Respublika bo’yicha 250 okrug, 7195 ta 
uchastka saylov komissiyasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
deputatligiga XDP dan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan hokimiyatning vakillik 
organlaridan jami 700 nomzod ro’yxatga olindi. 1994 yil 25 dekabrda hamma 
joyda saylovlar qonun talablari muvofiq umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov 
huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tdi. Nomzodlardan birontasi 
yetarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 25 yanvar kunlari takroriy 
saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Bu demokratik yo’l bilan 
parlamentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi 
bo’ldi. 
O’zbekiston respublikasining mustaqil taraqqiyoti davrida respublika bir 
palatali parlamenti yangi jamiyat qurishning ishonchli huquqiy asoslarini 
yaratuvchi 446 tadan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va mingdan 
ortiq qarorlar qabul qildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy 
muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ishonchli omil sifatida 
faoliyat yuritdi. 


235 
Ikki palatali parlament haqida. Birinchi Prezident Islom Karimov 2000 yil 
25 may kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisining 
ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g’oyasini ilgari surdi. Bu 
demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos 
ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosida yanada takomillashtirishni 
nazarda tutgan g’oyadir. 
2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 
yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. 
Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo’lgan 
omil- yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi 
shakllanib yetilgani, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortganligini 
inobatga oldi va parlamentni ikki palata qilib tuzish zarur degan xulosaga keldi.
Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o’zidan, 
hokimiyat tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy davlatchilik institutlarini 
yanada mustahkamlash zaruriyatidan kelib chiqadi. Ma’lumki demokratik 
mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asrning so’ngi o’n 
yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy 
tendentsiyasiga aylandi. 
Ikk palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor: 

Populistik maqsadni, ayrim guruxlar manfaatini ko’zlovchi 
mukammal bo’lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. 

Mamlakat mintaqalarining manfaatlari to’laroq inobatga olinadi. 

Milliy davlatchilik institutlari tizimi o’rtasida parlamentning nufuzi 
ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o’rtasidagi munosabatlar 
mutanosiblashadi. 

Parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshilashga, 
xalqning xoxish irodasini to’laroq nomoyon bo’lishiga imkon beradi. 

Parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko’proq namoyon 
bo’ladi. 

Jamiyatni ideallashtirishni tezlashtiradi. 

Deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini 
shakllantirishga ko’proq imkoniyat beradi. 
Oliy majlis 2002 yil 27 yanvar kunikelgusi chaqiriqda ikki palatali 
parlamentni shakllantirish masalasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 
referendumini o’tkazish bo’yicha qaror qabul qildi. Referendum 2002 yil 27 
yanvar kuni demokratik asosda keng jamoatchilik va xorijiy davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruxlari 
kuzatuvchilar ishtirokida bo’lib o’tdi. Referendumda fuqarolarning 91,58 foizi 
ishtirok etdi. 
2002 yil 12-13dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy majlisning 10 sessiyasida 
xalqimizning xoxish irodasi bilan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
senati to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 


236 
palatasi to’g’risida” konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularnin amalga kiritish 
to’g’risida qarorlarni qabul qildi. 
Oliy majlis tarkibida ikki palata tuziladi. Yuqori palata- Senat, quyi palata- 
Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikki palataning vakolat muddati besh yil deb 
belgilangan. Quyi palataga saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida 
120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda 6 nafardan jpami 84 kishi 
saylandi. Senatning 16 nafari fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida 
hamda davlat va jamiyat uchun alohida xizmat q ilgan katta tajribaga ega 
bo’lgan obro’’li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi prezidenti 
tomonidan saylanadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish