Mavzu:
Jorj Oruell “1984” asari.
Jorj Oruell
(Ingliz Jorj Oruell, asl ismi
Erik Artur Bler, ingliz Erik
Artur Bler; 25 iyun 1903,
Motihari, Britaniya Hindistoni -
1950 yil 21 yanvar, London) -
ingliz yozuvchisi, jurnalist va
publitsist. Uning asarlari oddiy
yozish uslubi, totalitarizmni
tanqid qilish va demokratik
sotsializmni qo'llab-quvvatlashi
bilan ajralib turadi.
Oruellning eng mashhur asarlari qatoriga
"Hayvonlar fermasi" (1945) satirik romani
va 1984 (1948) distopik romani kiradi.
Oruellning "Uigan Pierga yo'l" (1937),
Angliya shimolidagi ishchilar sinfining
hayoti va "Kataloniya xotirasi" (1938),
Ispaniya fuqarolar urushi haqidagi
memuar, hujjatli filmlari uning siyosat
haqidagi ko'plab insholari bilan bir
qatorda qadrlanadi.
Asar haqida
«1984» (ingilizcha
Nineteen Eighty-Four)
ingliz yozuvchisi va
publitsisti Jorj Oruellning
antiutopiya janrida yozilgan
romani. 1949 yil nashr
etilgan. Roman 2018-yil
Karim Baxriyev tomonidan
oʻzbekchaga tarjima
qilingan
B
osh qahramon Uinston Smit tashqi partiyaning vakili. U
Londonda
istiqomat qilib, Haqiqat vazirligida ish
yuritadi. Partiyaning mafkura va gʻoyalariga munosobatan gumonlarini hech kimga oshkor etmaslikka
harakat qilsa ham, kundalik daftar sotib olib oʻz fikrlarini yozib boradi.
Koʻp oʻtmay u Juliyani uchratadi. Juliya ham partiyaning mafkuralariga ishonmaydi. Ular muntazam ravishda
uchrashib turadilar.
Kunlarning birida, Uinston antiqa narsalar doʻkoni sohibi mister Charringtonga duch keladi. Charrington
doʻkonining ikkinchi qavatida joylashgan xonani Uinstonga ijaraga beradi.
Bundan tashqari Uinston OʻBrayen bilan tanishadi. OʻBrayen Ichki Partiyaning baland martabali xodimi.
Uinstonning fikri boʻyicha u Goldsteyn tomonidan tashkil qilingan inqilobchilar guruhining aʼzosi. Shu bois
Uinston va Juliya OʻBrayenning huzuriga kelib, ularni Goldsteyn guruhiga qabul qilishlarini iltimos qiladilar.
Bunga javoban OʻBrayen ularga Goldsteyn muallifligi ostida yozilgan sohta kitobni beradi.
Bir necha kunlardan soʻng Uinston va Juliya hibsga olinadilar. Chunki mister Charrington va OʻBrayen fikr
politsiyasining vakillari edi.
Muhabbat vazirligida Uinston koʻp soʻroqlar natijasida, oʻz maslagidan qaytgan boʻlsada, Juliyaga boʻlgan
muhabbatidan voz kechmaslikka harakat qiladi. Ammo keyinchalik, "101 xona"da hatto Juliyaga ham qarshi
xoinlik qiladi.
Uinston ozodlikka erishganidan soʻng, kafeda Juliyani uchratadi. Juliya ham huddi Uinston kabi barcha
narsalardan voz kechgan.
.