“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


 Sud hokimiyati isloxatlari.Mahalliy davlat organlari, fuqorolarning



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

5. Sud hokimiyati isloxatlari.Mahalliy davlat organlari, fuqorolarning 
o’zini-o’zi boshqaruv organlari. 
Demokratik davlat qurilishida sud hokimiyati ni shakllantirish muhim 
ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati qonun chiqaruvchi 
va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiya va boshqa jamoat 
birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 1993 yil 2 sentyabrda"Sudlar 
to’g’risida"gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun sudlar faoliyatini tartibga 
solishga xizmat qiladi. Konstitutsiyaning 106-moddasiga muvofiq: "sud 
xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlarda, siyosiy
partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalardan mustaqil holda ish yuritadi". 
Sud tizimi 5 yil muddatga saylanadigan konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy 
xo’jalik sudlaridan, Qoraqolpog’iston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik 
sudidan, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi,
tuman, shahar va xo’jalik sudlaridan iborat. 
Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlarning 
faoliyatini konstitutsiyaga mos ekanligini nazorat qiladi. Oliy sud fuqorolik, 
jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini tartibga soladi. Xo’jalik sudlari esa, 
xo’jalik nizolarini ko’rib chiqadi. Sud’yalar mustaqildirlar va faqat qonunga 
bo’ysunadilar. 
Sud’yalar siyosiy partiyalar va harakatlarga a’zo bo’la olmaydilar. Oliy 
sud va Oliy xo’jalik raislari, uning a’zolari Oliy Majlisning deputati bo’la 
olmaydilar. Barcha ishlarda ochiq ko’riladi. 
O’zbekiston respublikasi sud hokimiyati 2000 yil 14 dekabrda qabul 
qilingan yangi tahrirdagi “Sudlar to’g’risidagi”, va 2001 yil 29 avgustda qabul 
qilingan “Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston 
respublikasining jinoyat, jinoyat protsessual kodekslari hamda ma’muriy 
javobgarlik to’g’risidagi kodeksga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi 
haqida”gi qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida 
qonuniylikkaamal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining 
sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining 
himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati 


237 
qonunning ustunligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi ta’minlash 
yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari 2012 yil 30-31 avgust kunlari 
bo’lib o’tgan O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisi senatining to’qqizinchi 
yalpi majlisida ma’qullangan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 
munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun-hujjatlariga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi” O’zbekiston respublikasi 
Qonuni mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyati rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalarni ijro 
etish yuzasidan O’zbekiston respublikasi oliy sudi tashabbusi bilan parlament 
muhokamasiga kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi ishni sudga qadar yuritish 
bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchini lavozimidan 
vaqtincha chetlashtirish, tarzidagi prtsessual majburlov choralarini qo’llashning 
yangi huquqiy mexanizmini yaratish, suddan jinoyat ishini qo’zg’atish 
huquqini chiqarib tashlash, sud tergovi vaqtida jinoyat sodir etilganligini 
ko’rsatuvchi holatlar aniqlanganda sud tomonidan qaror qabul qilishning 
huquqiy mexanizmini belgilash, sudda jinoyat ishi yuzasidan ayblov hulosasini 
o’qib eshittirish majburiyatini prokurorga yuklash, sudga hukmning faqat qaror 
qismini e’lon qilish huquqini berish yo’li bilan jinoyat ishlarini sudda ko’rish 
tartibini yanada soddalashtirishdan iborat. Umumiy ta’kidlaganda, Qonun bilan 
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual, Fuqarolik protsessual, 
Xo’jalik protsessual kodekslari, “Prokuratura”, “Sudlar to’g’risidagi” 
O’zbekiston respublikasi qonunlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar 
kiritildi. Bu o’zgartirish va qo’shimchalar odil sudlov sifatini yanada 
yaxshilash barobarida qonunbuzarlik, jinoiy qilmish uchun jazoning 
muqarrarligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish