“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Siyosiy isloxatlar.O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

3. Siyosiy isloxatlar.O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati 
asoslarining yaratilishi.Ko’ppartiyaviylik tizimigaasos solinishi. 
Demokratik, huquqiy davlat rivojlanishining mantig’i, ichki qonuniyatlari 
davlat xokimiyati organlari va boshqaruvining siyosiy partiyalar va jamiyat 
birlashmalari-kasaba uyushmalari, faxriylar, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari, 
ijtimoiy va ijodiy jamg’armalar, fuqorolarning boshqa ko’ngilli birlashmalari
bilan har tomonlama yaqin aloqalari va hamkorligini taqozo etadi. 


231 
Boshqa so’z bilan aytganda, haqiqiy demokratiya fuqorolarning Prezident 
va xokimiyatning vakillik organlariga saylovlarda qatnashishidangina iborat 
bo’lmay, balki ularning mamlakatda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy
jarayonlarning borishiga, davlat va jamiyatning barcha ishlari boshqaruviga
bevosta, shuningdek jamiyat birlashmalarining faoliyatida ishtirok etish 
orqali har kuni ta’sir o’tkazishini ham bildiradi. 
O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan 
o’tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, 
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari. Ijodiy uyushmalar ommaviy 
harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalar sifatida 
e’tirof etiladi. 
Demokratiya va bozor isloxotlarining chuqurlashuvi bilan fuqarolarning 
ijtimoiy tashabbuskorligi, fuqarolik jamiyati qayta tiklanmoqda va tobora 
kattaahamiyat kasb etmoqda. 
"Fuqarolik jamiyati" va "Jamiyat" tushunchalari aynan bir narsa emas. 
Jamiyat-bu kishilar umumiyligi, davlatning butun belgilarini ham o’z ichiga 
oladigan birligi. Fuqarolik jamiyati bu jamiyatning bir qismi. Xokimiyatning 
davlat organliri va boshqaruvdan tashqari qismi. 
Fuqarolik jamiyati davlatning vujudga kelishi bilan yuzaga keladi va 
shakllanadi.Mavqei, uning demokratik darajasiga muvofiq belgilanadi. 
Fuqarolik jamiyati va davlatning o’zaro aloqalari ob’ektiv muqarrar. 
Davlat hokimiyat tizimi va faoliyatida demokratik tamoyillar va me’yorlar 
qanchalik to’la chuqur mujassam bo’lsa, fuqarolik jamiyatining faoliyati ham 
shunchalik keng, uning davlat bilan aloqalari xilma xil bo’ladi. Agar davlat, 
yaqin o’tmishda bo’lganidek, fuqarolik jamiyat manfaatlaridan o’zilib qolsa, 
unda u muqarrar ravishda inqirozga uchraydi, o’zining tabiiy-tarixiy, ijtimoiy 
vazifasidan mahrum bo’ladi. 
Davlatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi 
fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta’siri va taraqqiyot darajasi 
bilan belgilanadi. 
Mustaqillikning o’tgan 26 yil mobaynida O’zbekistonda davlat va jamiyat 
qurilishi va ijtimoiy siyosiy taraqqiyot tajribalari shuni ko’rsatadiki, mamlakat 
demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida maqsadga
qarab ishonch bilan olga siljimoqda. Ularning tobora chuqurlashib borayotgan 
va samarali hamkorligi mamlakatda siyosiy barqarorlik, fuqorolar osoyishtaligi 
va millatlararo totuvlikni ta’minlamoqda. 
Mamlakat mustaqil davlat maqomiga ega bo’lganidan keyin istiqlol 
talablariga mos ravishda kadrlar siyosati ishlab chiqildi. Mamlakatda eng 
avvalo mahalliy boshqaruv organlari kadrlarini davr talabiga mos darajada 
mustahkamlashga kirishildi. 1994 yil 4 yanvarda O’zbekiston Respublikasi 
Oliy kengashining 9-sessiyasida "O’zbekiston Respublikasi-ning mahalliy 
xokimiyat idoralarining qayta tashkil etish to’g’risida" qonun qabul qilindi. 
Oliy kengash shu xususda qabul qilgan qarorida "Iqtisodiyotni bozor 


232 
munosabatlariga o’tkazish sharoitiga ijroya xokimiyatini mustahkamlash 
zarurligi munosabati bilan: 
1. O’zbekiston Respublikasining viloyatlari, tumanlari va shaharlarida 
vakillik xokimiyatiga hamda ijroya boshqaruv xokimiyatiga boshchilik 
qiladigan xokimlar lavozimi ta’sis etilsin. 
2.Belgilab qo’yilsinki-viloyatlarning xokimlari O’zbekiston Respublika-
sining prezidentiga va xalq deputatlari tegishli kengashlariga xisob beradilar.
Prezidentning joylaridagi rasmiy vakillari tashkil etiladi. Ular prezident 
tomonidan tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar. 
Qonun talablari asosida joylarda shahar va tuman xokimlarini tanlash, 
tayinlash, ishini amalga oshirish uchun tashkilotchilik ishlari amalga oshiriladi. 
Hozirgi vaqtda Respublikada beshta siyosiy partiya faoliyat olib 
bormoqda 
1.O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda 
bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi 
va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsining “O’zbekiston ovozi”, “Golos 
O’zbekistana” gazetasi va “Muloqat” jurnali nashr etilmoqda. 
2. 1995-yil 18-fevralda O’zbekiston “Adolat” sottsialdemokratik partiyasi 
to’zildi. Partiyaning Toshkentda bo’lgan 1-ta’sis quriltoyida uning Dasturi va 
Nizomi qabul qilindi.“Adolat” nomli ijtimoiy-siyosiy xaftalik gazetasi nashr 
qilinmoqda. 
3. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri “Milliy 
tiklanish” demokratik partiyasi. U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan 
ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 
“Milliy tiklanish” xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda. 
4. 1998-yil 28-dekabrda O’zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik 
Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish