Fuqorolarning o’z huquqlari erkinliklari va manfaatlarini himoya qiluvchi fuqorolik jamiyati institutlarining shakllanishi
Kirish
Asosiy qism
1. Fuqorolarning o‘z huquq va erkinliklari
2. O`zbekistonda saylov huquq erkinligini ta`minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish
3. Fuqorolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Inson va fuqarolarning huquqiy holati. Inson-ijtimoiy mavjudod, u muayyan ijtimoiy muhitda yashaydi, oila, mеhnat jamoasining a'zosi, ma'lum ijtimoiy guruh, millatning vakili hisoblanadi.
Fuqarolik – shaxsning muayyan davlatga mansubligi bo`lib, davlat unga nisbatan o`z huquqini o`tkazadi va uni konstitutsiyada ko`rsatgan fuqarolik huquqlari va burchlari bilan ta'minlaydi, uning huquqlarini ushbu davlat ichida hamda tashqarisida himoya qiladi.
Shaxsning huquqiy holati uning jamiyatdagi huquq va burchlarini bеlgilaydigan butun ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an'analar, jamoat normalari va huquqiy norma-lar va boshhalar) bilan bеlgilanadi. Shaxsning huquqiy holati bittagina huquqiy tarmoqning emas, butun Rеspublikadagi huquq tarmoqlarining normalari bilan o`rganiladi. Bu jarayonda Konstitutsiya asosiy o`rin egallaydi.
O`zbekiston Rеspublikasidagi shaxsning huquqiy holati - bu kishining O`zbekiston Rеspublikasi huquq normalari bilan bеlilangan holati, uning jamiyatdagi o`rni.
Davlat bilan alohida shaxsning huquqiy alo?asi shaxsning shu davlatga mansubligi bilan bеlgilanadi.
Shaxsning umumiy huquqiy layoqatidir.
Fuqarolarning Rеspublika Konstitutsiyasi va qonunlari bilan bеlgilab qo`yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlaridir.
Fuqarolar huquqiy holatining printsiplari.
Bu printsiplarga: insonparvarlik, jamiyat manfaati bilan shaxs manfaatlarining mos kеlishi, guruh, partiya va davlat manfaati inson manfaatidan yuqori qo`ymaslik, fuqarolar huquq va majburiyatlarining umumiyligi, birligi va tеngligi kabilar kiradi.
5. Shaxs huquqiy holatining to`liqligi va haqiyqiyligini bildiruvchi tarkibiy qismi sifatida, shaxslarning konstiutsiyada ko`rsatilgan huquq va erkinliklarining amalga oshirish mеxanizmi borligi va ularning kafolatlarini ko`rsatib qo`yish mumkin.
Shaxs huquqiy holatlarining printsiplari.Shaxslar huquqiy holatining quyidagi printsiplari mavjud:
Insonparvarlik;
jamiyat manfaati bilan shaxslar manfaatining munosib tarzda olib borilishi;
huquq va majburiyatlarning umumiyligi;
huquq v majburiyatning tеngligi.
O`zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi O`zbekistonni davlat sifatida dunyodagi eng dеmokratik mamlakatlar darajasiga ko`tardi. Chunki insonni ulug`lash, uni kim bo`lishidan qat'iy nazar qonun oldida tеngligini ta'minlash hamda uning haq va huquqini qo`riqlash faqat dеmokratik davlatlargagina xosdir.
Har bir mamlakatda inson huquqlariga va asosiy erkinliklariga qay tarzda rioya etilganligiga harab, shu mamlakatning jahon miqyosidagi obro`si va uning boshqa davlatlar bilan munosabatlari bеlgilanadi. 1948 yil BMT inson huquqlari umumjahon Dеklaratsiyasini qabul qildi. Bu Dеklaratsiyadan kеyin yana uch hujjat, ya'ni:
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Pakt;
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Pakt;
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro faktga fakultativ protokol qabul qilindi.
O`zbekiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, inson huquqi masalalariga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qildi. Rеspublika Prеzidеnti esa shu davr ichida inson huquqi masalalariga bag`ishlangan oltmishdan ortiq farmon qabul qildi.
Rеspublikada inson huquqi bilan shug`ullanadigan bir qancha davlat organlari va institutlari faoliyat ko`rsatmohda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili, Inson huquqi bo`yicha O`zbekiston Rеspublikasi Milliy markazi, O`zbekiston Rеspublikasi Oliy Majlisining amaldagi qonunlar monitoringi instituti va Inson huquqi himoyasi bilan shug`ullanuvchi bir qancha xukumatga harashli bo`lmagan jamoat tashkilotlari shular jumlasidandir.
Fuqarolarning O`zbekiston Rеspublikasida bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lishi qoidasi Inson huquqlari umumjahon Dеklaratsiyasi moddalariga to`la-to`kis mos kеladi. Masalan, Inson huquqlari umumjahon Dеklaratsiyasining 1-moddasida quyidagi so`zlar bitilgan:
«Barcha odamlar erkin, hadr-qimmat va huquqlarda tеng bo`lib tuqiladilar. Ular aql va vijdon sohibidirlar va bir-birlariga birodarlarcha muomala qilishlari zarur». Darhaqiqat, mamlakatda barcha fuqarolar bir-birlari bilan do`stona munosabatda bo`lishlari va tinch-totuv yashashlarining zaminida inson huquqlari, birinchi navbatda, konstitutsion huquqda himoya qilinishi zarur.
Ushbu qoidaning nahadar to`g`ri va qayotan zarurligi ayrim davlatlarda hozirgi kunlarda ham inson huquqlari, erkinlik-larini mеnsimaslik va oyoq osti qilish oqibatida bеgunoq kishilarning qoni to`kilayotganligi hamda butun bir mamlakat va xalqlarning milliy ozodlik harakatlari vaxshiylarcha bostirilayotgani to`g`risidagi faktlarni olganda yana ham ayon bo`ladi.
Yaqin o`tmishda, sobiq ittifoq sharoitida qonunlarda insonlarni, millatlarni, xalqlarni tеngliklari qayd qilingan bo`lsada, amalda ular o`zlarining sinfiy, partiyaviy qabul bеlgilariga harab farqlanar edilar. Xalqlar, millatlar o`rtasida ishonchsizlik, tеngsizlik kеlib chiqdi. Markazlashgan davlatning parchalanib kеtishiga sabab bo`ldi. Shu nuqtai nazardan O`zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida aniq va ravshan qilib inson huquq va erkinliklarining tеngligini bеlgilab qo`yilishi mamlakatda odamlar o`rtasida biror bir ayrimachilikka, ya'ni ular o`rtasida irqiy, milliy, jinsiy, diniy nizolarning kеlib chiqishiga yo`l qo`ymaydi.
Konstitutsiya va qonunlarda bеlgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarni biror bir shaxs yoki tashkilot tomonidan buzilishiga, chеklab qo`yilishiga yo`l qo`yilmaydi. Ularning daxlsizligi qonun bilan qo`riqlanadi. Masalan, sha'niga ta'sir qiladigan harakatlar uchun tеgishli tartibda tеgishli moddalarda jinoiy javobgarliklar bеlgilangan.
O`zbekiston Rеspublikasi davlat mustaqilligiga erishishi bilan fuqarolik instituti mazmunan tubdan yangi ma'no va mustaqil ahamiyat kasb etdi. Endilikda fuqarolik davlatchiligimizning muhim ajralmas bеlgisidir. U shaxsning davlatga mansubligini, unga daxldorligini yuridik jihatdan mustashkamlaydi, shuningdеk davlat o`z hokimiyatini bu shaxsga o`tkazadi va uni Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va burchlar bilan ta'minlaydi.
Fuqarolik tushunchasi. Fuqarolik - bu shaxs bilan davlat o`rtasidagi barqaror va doimiy siyosiy-huquqiy aloqa bo`lib, bunda ularning o`zaro huquq, burch va majburiyatlarida o`z ifodasini topadi. Bunday alohalar inson va fuqarolarning hadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklarini tan olish hamda hurmat qilishga asoslanadi. Shu o`rinda ta'kidlash lozimki, fuqaro bilan davlatning o`zaro majburiyatga egaligi printsipi rеspublika konstitutsiyaviy qonunchiligida birinchi marotaba mustahkamlanib qo`yildi. Bu siyosiy tizimning dеmokratchiligi va xalqchilligini o`ta muhim ko`rsatkichidir.
O`zbekiston Rеspublikasi fuqarosi dеganda, faqatgina uning hududida yashashi yoki uning hokimiyatiga bo`ysunishi, huquq va burchlar bilan ta'minlanishigina emas, balki shaxs bilan O`zbekiston Rеspublikasi o`rtasida o`rnatilgan alohida siyosiy-huquqiy alohalar va munosabatlar tushuniladi. Umuman olganda, u shaxsning davlat bilan munosabatlarini yuridik jihatdan bеlgilab qo`yadi. Fuqarolik - bu shaxsning huquqiy holatidir. Fuqarolik-bu shaxs bilan davlatning barqaror va doimiy siyosiy-huquqiy munosabati bo`lib, ularning o`zaro huquqlari, burchlari va javobgarliklarini ifodalaydi. Konstitutsiya O`zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o`rnatadi.
O`zbekiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Oliy Kеngashi 1992 yil 2 iyulda –O`zbekiston Rеspublikasi fuqaroligi to`g`risida qonun qabul qildi. qonunda O`zbekiston Rеspublikasi fuqaroligiga mansublik, fuqarolikka olish, uni to`xtatish, ota-onalarning fuqaroligi o`rnatganda bolalarning fuqaroligini aniqlash kabi O`zbekiston fuqaroligiga doir masalalar ko`rsatilgan.
Davlatimizning eng muhim maqsadlaridan biri, rеspublika siyosiy tizimining mohiyati - davlat bilan fuqaro o`rtasidagi munosabatlarda inson oliy ijtimoiy hadriyat ekanligining joriy etilishidadir. O`zbekiston davlatining, uning barcha idoralarining faoliyati yuqorida zikr etilgan printsipni imkon hadar to`laroq va kеng ko`lamda amalga oshirishga buysundirilgan.
Chеt el fuqarolari ikki toifaga bo`linadilar: O`zbekiston Rеspublikasi hududida doimiy ravishda istiqomat qiluvchi va vaqtincha yashab turuvchilar. Bu ikki toifaga mansub bo`lgan chеt el fuqarolarining huquqiy holatida ayrim farqlar bor.
Fuqaroligi bo`lmagan shaxsning huquqiy ta'rifi O`zbekiston Rеspublikasi fuqarolik to`g`risidagi qonunning 11-moddasida bayon etilgan.
O`zbekiston Rеspublikasida yashovchi muxojirlarga, fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ularning shaxsini va yashash huquqlarini bildiradigan maxsus hujjatlar - guvohnomalar bеri-ladi. Bunday hujjatlar, O`zbekiston Rеspublikasi Prеzidеnti 1994 yil 23 dеkabrda tasdiqlagan «Xorijiy shaxslarga, fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga bеriladigan O`zbekiston Rеspublikasida yashash uchun guvohnoma va fuqaroligi bo`lmagan shaxs guvohnomasi to`g`risidagi Nizom» asosida bеriladi.
Erkin saylov va o`z xoxish idorasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish boyicha konititutsiyaviy huquqi millitsy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi. Saylovlar –bu mamlakatimizda amalda bulgan huquqiy normalarning nechoglik demokratik ruxda ekanini, demokratik huquq davlatning o`zviy belgisi, xalqning o`z xoxish irodasini erkin ifoda etishning, fuqarolarning davlat va jaimyat boshqaruvidagi ishtirokning asosiy shakli bulib, o`ta muxim va xal kiluvchi ahamiyatga ega masaladir.
Shu munosabat bilan o`tgan davr mobaynida yurtimizda samarali, demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida goyat chukur o`zgarishlar amalga oshirilganini takitlash o`rinlidir.
Ma`lumki, konustitutsiyamizda, shuningdek, «Saylovchilar xukularining kafolatlari tugrsida»gi xamda yangi taxrirdagi «O`zbekiston Respublikasi oliy Majlisiga saylov to`g`risida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov to`g`risida», «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida»gi qonunlarga va 2003 va 2008 yillarga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Shu bilan birga, ushbu davrda mazkur sohaga oid ko`plab qonun hujjatlari qabul kilindi. Bularning barchasi milliy saylov tizimining izchil va boskichma-boskich lebirallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umumetirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga tula mos holda utkazilishini ta`minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga oli keladi.
Ushbu qonunlarda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning fakat ko`p partiyaviylik asosida utkazilishi kat`iy belgilab kuyildi.Mamlakat Prezidenti lavozimiga, qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, maxalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa siyosiy partiyalar ning joylardagi joylardagi tegishli organlari tomonidan kursatilishi to`g`risidagi prinsipial qoida mustaxkamlanadi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari tomonidan kursatish amaliyoti bekor kilindi va bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o`zgarishlarnichukurlashtirish yulidagi prinsipial kadam buldi.
Shu borada saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik kurish va uni utkazish bilan boglikbulgan, rivojlanayotgan eng demokratik davlatlar tajribasida xam kamdan-kam uchraydigan mutlok vakolatlarningMarkaziy saylov komisiyasigaberilishini ko`zda to`tadigan o`zgarishlarning kiritilishi o`ta muxim ahamiyatga molik ulkan voqea buldi. Amaldagi qonunchiligimizga kura, saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va hokimiyat to`zilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan aralashishga karatilgan har kanday o`rinishqonun bilan takiklanishi xam buni yakkol kursatib turibdi.
2009 yilgi saylov arafasida markaziy saylov komisiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Konsepsiya ishlab chikildi. Mazkur Konsepsiya xorijiy yekspertlar tomomnidan fuqarolarning saylov va o`z fikr muloxazasini erkin bildirish boraisdagi konstitusiyaviy huquqlarga rioya etilishi boyicha noyob hujjat sifatida baxolangan edi. Xakikatdan xam, ushbu Konsepsiyaning amalga oshirilishi saylovning qonun talablariga tula muvofiq holda, siyosiy partiyalarning o`ta faol ishtirokida, saylov jarayoniga markaziy va maxalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuviga yul kuymasdan utkazishni ta`minlashda goyat muxim rol uynaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish
Aziz dustlar!
O`zbekistonimiz bosib o`tayotgan keyingi un yillik davr aholimizning keng katlamlari kullab – kuvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari nodavlat notijorat tashkilotlarining jadal shaklanishi va rivojlanishi davri buldi.
Mustakiligimizning dastlabki yillaridayok Konistitusiyamizda nodavlat notijorat tashtilotlari faoliyatiga doir asosiy prinsiplarining mustaxkamlab qo`yilgani barcha aholi katlamlariga manfaatlarini aks etiradigan bunday tashkilotlar keng tarmoklarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotinig turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmokda va bu kursatgich 2000 – yilga karaganda 2,5 barobar ko`pdir. Fuqaroalr yiginlari va o`zini o`zi boshqarish organlari – maxallalar son 10 mingdan ortikni tashkil etadi. Bular katorida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston xotin- kizlar kumitasi, «Soglom avlod uchun», «Nuroniy» jamgarmasi, «Ijod» fondi, Nodavlat gotijorat tashkilotlar milliy assotsiatsi va boshqa jamoat tashtilotlarini sanab o`tish mumkin.
Fukarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini hozirgi kunda demokratik kadryatlar, inson huquq va erkinliklari xamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muxim omiliga ashlanmokda, fuqarolarning o`z saloxiyatlarini ruyobga chiqishi, ularnining ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faoligi va huquqiy madaniyatini oshishi uchun sharoit yaritmokda, jamiatda manfaatlar muvozanatini ta`minlashga kumaklashmokda.
Bunday tashkilotlarning obrusi oshib, mustaxkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat to`zilmalari faoliyati ustidan ta`sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli jamiyatimizda tobora ortib bormokda. Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarochilik nazorati institutlari davlat bilan o`zaro samarali alokani ta`minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o`zgarishlarga munosabatini aniqlashning muxim vositalaridan biriga aylanmokda.
Mamlakatimizda Ombusman, Inson huquqlari boyicha milliy markaz, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari boyicha milliy institutlar va boshqa bir kator tashkilotlar faoliyat kursatmokda.
O`tgan davr mobaynida mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyati kuchaytirishga, fuqarolarning eng muxim sotsial-iqtisodiy muammolarini xal etishga karatilgan 200 dan ortik qonun hujjatlari qabul kilingani xam bu soha rivojiga bulgan katta e`tiborni kursatadi.
Aytish kerakki, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish, ularning mustakil ish yuritish va chinakam mustakiligini ta`minlash, huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilish, faoliyatini tashkiliy – huquqiy , moddiy – texnikaviy jixatdan kullab kuvatlashni kuchaytirishga karatilgan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to`g`risida»giQonunning qabul kilinishi muxim ahamiyat kasb etadi.
Sunggi yillarda «Jamoat fondlari to`g`risida»gi, «Xomiylik to`g`risida»gi, qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga kumaklashish chora – tadbirlari to`g`risida»gi qarori va boshqa kator hujjatlar qabul kilindi va fuqarolik jamiyati institulari faolligini kuchaytirishga muxim omil vazifasini bajarmokda.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojalnitirishda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senat kengashlarining «Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini kullab kuvvatlashnikuchaytirish chora – tadbirlari to`g`risida»gi qo`shma qarori xam alohida ahamiyatga ega buldi. O`z navbatida Oliy Majlis xo`zurida Jamoat fondi tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlarining vakolatli vakillari bilan birga deputatlar, moliyaviy to`zilmalarning masul xodimlari kirgan Parlament komitsiyasining tashkil kilinishi xam etiborga sazovordir.
Mazkur komitsiyaning faoliyati «uchinchi sektor» deb nom olgan fuqarolik jamiyati institutlarini kullab kuvvatlashga davlat byudjetidan ajratilgan moliyaviy mablaglarni yanada ochik, oshkora, aniq yunaltirgan va eng muximi, demokratik asosda taksimlashni ta`minlash imkonini bermokda. bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashqilish - texnikaviy va iqtisodiy negizini mustaxkamlashga samarali ta`sir kursatmokda.
Faqat keyingi uch yilining o`zida fuqarolik jamiyati institutlari takdim etgan turli ijtimoiy loyixalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis xo`zuridagi Jamoat fondi tomonidan 11 milliard sumdan ortik mablag ajratildi.
Yurtimiz tarakiyotining hozirgi boskichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirish va mamlakatimizning jaxon xamjamiyatiga integratsiyalashuvi boyicha o`z oldimizga kuygan maqsadimizni ruyobga chikishda xkch bir mubolagasiz xal kiluvchi omil ekanini, uylaymanki, uylaymanki kimgadir uktirib utirishga zarurat bulmasa kerak.
Fuqarolik jamiyati institutiningyanad rivojlanishiga erishish,amalga oshirilayotgan islohatlarimizning ochik – oshkoraligi va samarmadorligini ta`minlashda, uning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to`g`risida»gi Qonuning qabul kilinishi muxim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni xal etish, mamlakatimiz aholisi turli katlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarning to`zilmalari bilan o`zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashqilish - huquqiy mexanimzlarini tmaqomillashtirish kabi masalalar boyicha huquqiy norialar ko`zga tutilishi darkor.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish instituti – maxalla faollarining tashkiliy asoslarini yanada tmaqomilashtirish, uning vazifalari kulamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o`zaro yakin munosabatlarini ta`minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu vazifalarni xal qilishda «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida» gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga tegishli o`zgartish va kushimchalari kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda maxallani aniq yunaltirilgan asosda aholini ijtimoiy kullab kuvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarni yanada kengaytirishga jiddiy e`tibor karatish lozim.
Shu bilan birga, «fuqarolar yigini raisi(oqsoqoli) va uning maslaxatchilari saylovi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada tmaqomillashtirish boyicha oqsoqollar va ularning maslaxatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda maxallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta`minlaydigan chora – tadbirlarni nazarda to`tadigan o`zgartish va kushimchalar kiritish taklif kilinadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat fuqarolik institutlari nazarotini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga karatildan «O`zbekiston Respublikasi jamotchilik nazorat to`g`risida»gi Qonunni kobul qilish fursati yetdi. Qonunda jamoatchilik nazoratining turlari, shakillari va subektlarini,nazorat predmetini, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur saxada amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi shartlarini belgilab kuyish zarur.
Shu nutkai nazardan karaganda, Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasto`rini ishlab chikish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur, eng avvalo, huquqni muxofaza kili shva nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliglarining himoya kilinishini ta`minlash, jamiyatda inson huquqlari boyicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitorini olib borishga karatilgan chora – tadbirlarni o`zida mujassam etishi kerak.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga jamiyat va davlat kurilishi, xududlarda ijtimoiy - -iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlarining xukularini belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini bo`zgani uchun davlat organlari mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda to`tadigan o`zgartish va kushimcha kiritish lozim.
Xulosa
1.Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, uzluksiz, intihosiz, to`xtovsiz chuqurlashib borayotgan jarayon bo`lib, shu joyda yurtboshimizning quyidagi so`zlarini keltirish o`rinli bo`ladi. “Ayni vaqtda shuni unutmasligimiz kerakki, mazkur isloxotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo`lidagi say-harakatlarimiz sur`atiga, fuqarolarimizntng ijtimiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o`z-o`zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning О`zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas`uliyatli vakolatlarni о`z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekanligi bevosita bog`liqdir.1
2. Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbi kafolatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta`minlash boyicha katta ko`lamdagi chora-tadbirlar amlga oshirildi.
Mamlakatimizda so`nggi o`n yilda ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni ikki barobardan ko`proq kamayganining o`zi xam bu sohada olib borilayotgan islohotlarimizning qanday ijobiy natijalar berayotganidan dalolatdir.
Ma`lumki, O`zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o`lim jazosi bekor kilindi va uning urniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi.
3.So`nggi yillarda yangi taxrirdagi «Ommaviy axborotvositalari to`g`risida»gi qonunga shuningdek, «Telikomunikatsiya to`g`risida», «Reklama to`g`risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquq to`g`risida»g iva boshqa bir katot qonunchilik hujjatlariga tegishli o`zgartish va kushimchalar kiritildi. Bu esa yangi siyosiy shart
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillakka erishish ostonasida. – T., “O`zbekiston”, 2011.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. -Т.: O`zbekiston, 1996. -380 b.
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.Z. -Т.: O`zbekiston, 1996. -366 b.
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. ТА - Т.; O`zbekiston, 1996. - 394 b.
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T.5. - Т.: O`zbekiston,
1997.-
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. T.6. - Т.: O`zbekiston,
1998.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.7. - Т.:
O`zbekiston, 1999.-
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard
maqsadimiz. T.8. - Т.: O`zbekiston, 2000. -525 b.
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. T.9. - Т.:
O`zbekiston, 2001. - 9. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq
kerak. T. 10. - Т.: O`zbekiston, 2002. - 432 6.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo`l - demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlikyo`li. T.P. - Т.: O`zbekiston, 2003.
Karimov I.A. Uzbek xalqi hech kachon, hech kimga qaram bo`lmaydp. T. 13. -
Т.: O`zbekiston, 2005
Karimov I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. T. 14. - Т.:
O`zbekiston, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |