Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o’rganish shaklida amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:
- dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
- yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng Byudjet Kodeksining 171-moddasida ko’rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir6:
1. Hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
- yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
2. Nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:
- kompleks nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish;
- mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish;
- muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga olgan tekshirish.
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. Hisob palatasi quyidagilarni amalga oshiradi:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarini shakllantirish jarayonlarini, ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga rioya etilishini tizimli o’rganish;
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarini shakllantirish jarayonlarini, ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga rioya etilishini tizimli o’rganish;
- byudjet tizimi byudjetlarining daromadlarini shakllantirish va mablag’lari sarflanishini umumiy, moddalar bo’yicha, tarmoqlar hamda hududlar kesimida nazorat qilish va tekshirish;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag’larining qonuniy shakllantirilganligini, maqsadli hamda samarali sarflanganligini nazorat qilish va tekshirish;