MAVZU: INSON HUQUQLARI TUSHUNCHASI VA INSON HUQUQLARI TAMINLANISHINING HUQUQIY ASOSLARI
REJA:
1.INSON HUQUQLARI TUSHUNCHAS.
2INSON HUQUQLARI TAMINLANISHINING HUQUQIY ASOSLARI
3.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Kirish
O‘zbekistonda inson va fuqaroning huquqlari va erkinliklariga rioya qilish to‘g‘risida taqdim etilayotgan hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning faoliyatini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tayyorlangan.
O‘tgan davr O‘zbekistonning o‘z demokratik taraqqiyot yo‘liga sodiqligini, fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga harakat qilayotganligini tasdiqlovchi davlat rahbarining “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qoidalarini amalga oshirishga bag‘ishlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi parlament Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining Qo‘shma qarorihamda mamlakat hukumatining “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi to‘g‘risida”gi Qarori jamiyat hayotining barcha tomonlarini modernizatsiya qilish va yangilash, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishida islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida Ombudsman institutiga fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish imkoniyatini berdi.
Parlament ombudsmani fuqarolik jamiyati instituti bo‘lgani holda zimmasiga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarni amalga oshirish, shuningdek aholi ishonchini qozonish maqsadida inson huquqlarining barcha kategoriyalarini yanada to‘liqroq ta’minlash bo‘yicha milliy va xorijiy hamkorlari bilan faol hamkorlik qildi. Ushbu faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti doimiy ravishda mamlakat rahbariyati tomonidan siyosiy madad, O‘zbekiston parlamenti va hukumati tomonidan har tomonlama ko‘mak olib turdi.
Shu bilan bir vaqtda o‘z faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar sharoitida fuqarolar manfaatlariga rioya qilish va ularni ta’minlash yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan hamkorlik olib borishning yo‘llari va mexanizmlarini qidirish jarayoni to‘xtab qolgani yo‘q.
Ombudsmanning hisobotiga inson huquqlari sohasida milliy qonunchilikni takomillashtirish va uning bajarilishini monitoring qilish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, axborot-ma’rifiy ishlar va xalqaro hamkorlik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida aniqlangan muammolar va ularni hal etish yo‘llarini o‘rganish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha kalendar yilda olib borilgan faoliyat natijalari kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini jamiyatning turli kategoriyalari va qatlamlari bilan uchrashuvlar va o‘tkazilgan tadbirlarni milliy va xorijiy hamkorlarning materiallarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida qayd etilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish orqali amalga oshirilayotgan inson huquqlari sohasidagi ahvolni monitoring qilish Ombudsman faoliyatining asosiy va sinab ko‘rilgan vositasi bo‘lib qolmoqda.
Mazkur hisobotga inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyatining barcha jihatlarini o‘n uch yillik davr mobaynida orttirilgan tajriba va ombudsmanlarning jahon amaliyotida qabul qilingan standartlar asosida batafsil ko‘rib chiqish imkonini beruvchi statistik ma’lumotlar ham qo‘shilgan.
I. Inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish va ularga rioya etilishi monitoringi faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008-yil 1-maydagi “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatda demokratik institutlarni rivojlantirishga kuchli omil baxsh etdi. Mazkur Farmon mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan katta e’tiborning amaliy tasdig‘i bo‘lib xizmat qildi, shuningdek inson huquqlari bo‘yicha milliy muassasalar ishining huquqiy kafolatlarini kuchaytirdi, inson huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnik sharoitlarni yaratdi.
Fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish va uni xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolar murojaatlarini, monitoring tadqiqotlari natijalarini o‘rganish va tahlil qilish asosida Inson huquqlari bo‘yicha vakil qonunlarning amaliy samaradorligini baholaydi, inson huquqlari buzilishlarini va ularning sabablarini tadqiq qiladi, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni aniqlaydi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning ularning fuqarolar huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishi bo‘yicha ekspert baholanishini amalga oshiradi.
Inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ombudsman faoliyati fuqarolar shikoyatlari va murojaatlarini tahlil qilish; qonun hujjatlari nomukammalligi sababli muntazam ravishda sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash; amaldagi qonun hujjatlarini monitoring qilish, ulardagi bo‘shliqlarni aniqlash, ushbu qonun hujjatlarini qo‘llash bilan bog‘liq holda inson huquqlari buzilishi sabablarini tahlil qilish; parlamentda ko‘rib chiqish uchun kiritilgan qonun loyihalarini ekspertiza qilish; qonunchilikdagi aniqlangan nomukammallik holatlari bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga murojaat qilish; Inson huquqlari bo‘yicha vakilning ma’ruzalarida qonun hujjatlarida takomiliga yetmagan holatlar to‘g‘risida axborot taqdim etish; inson huquqlariga oid ahvolni yaxshilashga qaratilgan qonun loyihalarini tayyorlash va ularni parlamentga ko‘rib chiqish uchun kiritish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibida faoliyat yuritish; inson huquqlariga doir xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash asosida amalga oshirildi.
Hisobot davrida Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 22 ta qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Qonunlar loyihalari bo‘yicha ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va me’yorlariga muvofiq holga keltirishga, qonun hujjatlaridagi ziddiyatlarni bartaraf etishga, ulardagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan takliflar bilan xulosalar taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan faoliyati ma’lum darajada Vakilning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari bilan o‘zaro hamkorligiga bog‘liqdir.
Hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakil parlamentning quyidagi qo‘mitalari bilan faol hamkorlik qildi:
Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi (10 ta qonun loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi (2 ta qonun loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (2 ta qonun loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi (1 ta qonun loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalar kiritildi);
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi (1 ta qonun loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalar kiritildi).
Qayd etish lozimki, Ombudsmanning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorligi, nafaqat inson huquqlarining turli kategoriyalarini qamrab oluvchi qonun loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish yo‘li bilan, balki inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi yakunlari bo‘yicha axborot almashish va inson huquqlari sohasida birgalikda uchrashuvlar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlarini tashkil etish hamda o‘tkazish, tadbirlarda ishtirok etish orqali ham amalga oshirildi. Misol uchun, Inson huquqlari bo‘yicha vakil Kotibiyatining xodimlari tashkilotchilari Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi bo‘lgan konferensiyalar, seminarlar ishlarida faol ishtirok etdilar.
2008-yilda Ombudsman o‘z sa’y-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratdi. Parlamentning yuqori palatasi bilan hamkorlik inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosi bo‘yicha monitoringlar o‘tkazishda, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha ahvol to‘g‘risida axborotlar almashish orqali inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi nazorat faoliyatini takomillashtirishga qaratildi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yil 28-avgustdagi 530-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining o‘n yetti yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Qarori bilan Senat amnistiya bo‘yicha jazodan ozod qilinuvchi shaxslarga nisbatan ishlar va materiallarni sudda ko‘rib chiqish tartib-taomilini o‘rnatuvchi amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qo‘llash tartibini belgilab berdi. Bunda amnistiya to‘g‘risidagi hujjatni qo‘llashda jamoatchilik nazorati hamda tartib-taomilning oshkoraligini amalga oshirishda senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili mintaqaviy vakillarining ham faol ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi tavsiyalarini bajarish maqsadida 2008-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda BMTning Qiynoqlarga solishga hamda muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiyasi qoidalari bajarilishining borishi, shuningdek mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalarida inson huquqlari ta’minlanishining holati muhokama qilindi. Barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari ishtirokidagi parlament qo‘mitasi majlisida BMTning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Konvetsiyasini bajarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan amaliy hamkorlikni o‘rnatdi. Sudlarda qabul qilinayotgan hal qiluv qarorlarining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq kelishi bo‘yicha Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish Ombudsman faoliyatining amaliy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Vakil “Bir qancha jinoyat sodir etilgandagi qilmishlarni tavsiflash masalalari to‘g‘risida”gi, “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi, “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etdi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq Vakil shikoyatlarni ko‘rib chiqishda, shuningdek o‘z tashabbusi bilan tekshiruvlar o‘tkazishda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar bo‘yicha tekshiruvda ko‘maklashishni so‘rab tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga murojaat qilishi mumkin. Shu munosabat bilan Vakil tomonidan Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili iltimosnomasi bo‘yicha sudning hukmiga, ajrimi (qarori)ga protest kiritish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘z vakolati doirasida tekshirish hamda masalani qonuniy hal etish uchun suddan har qanday jinoyat ishini talab qilib olishi mumkin, degan qoidani kiritish taklif etildi. Mazkur qoidaning kiritilishi Inson huquqlari bo‘yicha vakilga odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha sudlar faoliyatiga aralashmasdan, qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi, ajrimi (qarori)ga nisbatan protest kiritish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga iltimosnoma bilan chiqish imkonini berar edi.
Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va me’yorlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining sudlarda qo‘llanishi sud organlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holat fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqini to‘laroq ta’minlash imkoniyatini yaratishini hisobga olib, Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumlarining “Sudlar tomonidan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va me’yorlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining qo‘llanishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ekspertizadan o‘tkazildi. Ombudsmanning taklif va mulohazalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ekspertizasini tayinlash, u bo‘yicha ish yuritish, shuningdek ekspertiza xulosasini baholashda kelib chiqadigan sud amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori loyihasi ko‘rib chiqildi. Ombudsmanning taklifida ekspertiza o‘tkazishni topshirish mumkin bo‘lmagan shaxslarning ro‘yxatini ko‘rsatish, ekspertizaga taqdim etilgan materiallar va hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish bo‘yicha ekspert vazifalarini belgilab qo‘yish; bilaturib yolg‘on xulosa berganlik yoki uzrsiz sabablar bo‘yicha xulosa berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlikni belgilab qo‘yish, ekspert xulosasida o‘z aksini topishi kerak bo‘lgan savollar ro‘yxatining belgilab qo‘yilishi va boshqa shu kabi qoidalar bor edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni inson huquqlari bo‘yicha milliy muassasalarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturining 1.2 bandi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi PF-3994-raqamli Farmoniga 1-ilova) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga milliy qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritishni ko‘zda tutadi. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlandi. Qonun loyihasi vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari bilan kelishilgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Amaldagi qonun hujjatlarini Ombudsman to‘g‘risidagi qonunga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishchi guruhlarida, siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislarida muhokamadan o‘tdi. 2008-yil noyabrida qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va ma’qullash uchun Senatga yuborildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakilning vazifalaridan biri inson huquqlari sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining ish tajribasi, xorijiy mamlakatlar ombudsmanlari faoliyatining amaliyoti qonun hujjatlaridagi mavjud nuqsonlarni aniqlashga imkon berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-sentabrdagi 219-sonli “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar kompleksi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish bo‘yicha Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida mahbuslar huquqlariga rioya etishni ta’minlash maqsadida Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarining ba’zi normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish taklif etildi. Ichki ishlar vazirining 2001-yil 8-maydagi 118-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 8-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish bo‘yicha muassasalarning ichki tartibi qoidalarini shikoyatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), u bilan teng ravishda, uning vakili jazoni o‘tash muassasasiga maxsus ruxsatnomasiz kira olish huquqiga egaligi to‘g‘risidagi qoida bilan to‘ldirish taklif etildi.
Inson huquqlarini samarali amaliy ta’minlab berishga inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish va himoya qilishni amalga oshirishning tizimli monitoringi xizmat qiladi. U qabul qilingan qonunlarni amalga oshirish bo‘yicha parlament nazoratini, amaldagi qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq kelishini monitoring qilishni o‘ziga qamrab oladi. Monitoring natijalari davlat organlariga o‘z ishlarini muvofiqlashtirish hamda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha tezkor va asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakil va uning mintaqaviy vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida fermyerlar huquqlarini ta’minlash monitoringi davom ettirildi. Monitoringning asosiy maqsadi fermyerlar huquqlariga rioya qilinishi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari bajarilishining borishi to‘g‘risidagi ahvolni o‘rganish, fermerlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda fermyerlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturining 1.2. bandi qoidalarini bajarish maqsadida, Inson huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga rioya qilinishi monitoringini boshladi. Monitoring o‘tkazishda ishtirok etish uchun Ombudsman, adliya, ichki ishlar, prokuratura organlari, advokatura, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Ijtimoiy fikr” markazi vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi. 2009-yilda mazkur monitoringni mamlakatning boshqa mintaqalarida ham davom ettirish ko‘zda tutilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan 2009-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ruhiy kasallikka chalingan shaxslar huquqlariga rioya etilishining monitoringini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2008-yil 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganligining o‘n yetti yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosi bo‘yicha Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan mintaqaviy vakillarga oshkoralik va adolat tamoyillarini ta’minlab berish maqsadida amnistiya hujjatini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar ishlarida ishtirok etish topshirilgan edi. Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona va boshqa viloyatlar bo‘yicha mintaqaviy vakillari senatorlar, mahalliy vakillik organlari deputatlaridan iborat ishchi guruhlar ishlarida ishtirok etishdi. Xususan, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili sudlar tomonidan 9-sonli tergov hibsxonasidan 10 nafardan ortiq shaxsga nisbatan amnistiya to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda ishtirok etdi. Ombudsmanning Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakili 1-sonli tergov hibsxonasiga hamda Zangiotadagi tarbiya koloniyasiga tashrif buyurib, tegishli guruhlar ishida ishtirok etdi. Shu bilan birga, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ushbu ishga to‘liq darajada jalb etilmadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-911-sonli Qarori bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining 2008-yil 23-iyuldagi majlisi natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan ishchi guruhi tuzildi hamda Ombudsmanning instituti 2008-2009-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar Rejasi tasdiqlandi, shunga muvofiq ravishda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan tegishli ishchi guruhlari tuzildi va tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Mintaqaviy vakillarga qilingan ishlar to‘g‘risida doimiy ravishda axborot berib turish, shuningdek tahliliy ishchi guruhi va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo hududiy komissiyalar faoliyatiga faol ko‘maklashish topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmonining 7-bandiga muvofiq Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Adliya vazirligida, Bosh prokuraturada, Ichki ishlar vazirligida tashkil etilgan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bo‘limlar faoliyati o‘rganilib, tanqidiy baholandi. Tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarida Ombudsmanning Kotibiyati hodimlari va mintaqaviy vakillari bevosita ishtirok etdilar.
II. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash sohasidagi faoliyat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilishning boshqa huquqiy vositalaridan foydalanib bo‘lgandan keyingi shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishga da’vat etilgan, inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari organi hisoblanadi. Ombudsman davlat organi va fuqaro o‘rtasidagi nizolarni hal etish yo‘llari to‘g‘risidagi o‘z tavsiyalarini kiritish yo‘li bilan insonning buzilgan huquqlarini tiklashga yordam berishi shart.
O‘zbekiston fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining shikoyatlarini hal etish, shuningdek ularning buzilgan huquqlarini tiklashga yordam berish bo‘yicha Ombudsman faoliyati davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarning turli davlat organlariga murojaat qilishga bo‘lgan o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda Ombudsmanga yo‘llayotgan shikoyatlari yildan-yilga ko‘payib bormoqda, buni statistika ma’lumotlari ham tasdiqlamoqda.
T/r
|
Kelib tushgan murojaatlar
|
2008-yil
|
2007-yil
|
2006-yil
|
2005-yil
|
1.
|
Ombudsmanning markaziy ofisiga,
shundan:
|
5676
|
5372
|
4753
|
5138
|
|
mamlakat mintaqalaridan
|
5383
|
5324
|
4642
|
5070
|
|
chet ellik fuqarolardan
|
207
|
42
|
45
|
29
|
|
jazoni ijro etish muassasalaridan
|
69
|
19
|
66
|
39
|
|
manzilsiz jo‘natilganlari
|
11
|
17
|
|
|
|
Internet bo‘yicha
|
6
|
|
|
|
2.
|
takroran
|
2370
|
1250
|
878
|
1004
|
3.
|
“Ishonch-telefoni” orqali
|
770
|
715
|
647
|
300
|
4.
|
Ombudsman mintaqaviy vakillariga
|
1146
|
1244
|
1377
|
1291
|
|
Jami
|
9962
|
8611
|
7655
|
7733
|
Ombudsmanning markaziy ofisiga ko‘proq murojaatlar hamon Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan kelib tushmoqda.
Mintaqalar
|
2008-yil
|
2007-yil
|
2006-yil
|
2005-yil
|
Toshkent shahri
|
1357
|
1371
|
1163
|
1470
|
Surxondaryo viloyati
|
659
|
624
|
606
|
574
|
Qashqadaryo viloyati
|
618
|
585
|
533
|
466
|
Toshkent viloyati
|
530
|
511
|
414
|
480
|
Samarqand viloyati
|
446
|
477
|
415
|
390
|
Farg‘ona viloyati
|
305
|
291
|
230
|
257
|
Andijon viloyati
|
238
|
305
|
220
|
262
|
Jizzax viloyati
|
210
|
208
|
221
|
187
|
Buxoro viloyati
|
200
|
175
|
137
|
174
|
Navoiy viloyati
|
198
|
196
|
168
|
175
|
Xorazm viloyati
|
180
|
172
|
138
|
137
|
Namangan viloyati
|
170
|
179
|
155
|
221
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
154
|
99
|
116
|
132
|
Sirdaryo viloyati
|
118
|
131
|
126
|
106
|
Jami
|
5383
|
5324
|
4642
|
5070
|
Hisobot davrida chet ellik fuqarolar va turli davlatlarning ombudsmanlaridan aholining turli qatlamlari vakillarining buzilgan huquqlarini tiklash masalalari bo‘yicha kelayotgan murojaatlarning soni sezilarli darajada o‘sdi.
Manzil
|
2008-yil
|
2007-yil
|
2006-yil
|
2005-yil
|
Rossiya
|
107
|
|
27
|
18
|
Ukraina
|
40
|
|
3
|
5
|
Qozog‘iston
|
11
|
|
2
|
1
|
Germaniya
|
10
|
|
|
|
Moldova
|
9
|
|
1
|
|
Belarus
|
8
|
|
|
|
AQSh
|
7
|
|
1
|
|
Qirg‘iziston
|
6
|
|
8
|
4
|
Armaniston
|
3
|
|
|
|
Ozarbayjon
|
2
|
|
|
|
Latviya
|
2
|
|
|
|
Tojikiston
|
1
|
|
1
|
1
|
Shvetsiya
|
1
|
|
|
|
Koreya Respublikasi
|
|
|
1
|
|
Eron
|
|
|
1
|
|
Jami:
|
207
|
42
|
45
|
29
|
O‘tgan yilga taqqoslaganda, ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslardan uch baravar ko‘p shikoyat va arizalar kelib tushdi. Ya’ni, agar 2006-yilda Ombudsmanga 66 ta shikoyat jo‘natilgan bo‘lsa, 2007-yilda 19 ta, 2008-yilda esa 69 ta shikoyat jo‘natildi. Hisobot yilida kelib tushgan barcha murojaatlardan 29 tasi nazoratga olindi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan kelib tushgan murojaatlar
|
2008-yil
|
2007-yil
|
2006-yil
|
2005-yil
|
Jami
|
69
|
19
|
66
|
39
|
Nazoratga olingani
|
29
|
4
|
20
|
23
|
Ombudsman Kotibiyatida fuqarolarni qabul qilish tasdiqlangan jadvalga muvofiq, Vakil, Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari, Kotibiyat hodimlari hamda Ombudsman ekspertlari tomonidan amalga oshirildi.
Yil davomida Inson huquqlari bo‘yicha vakilning 12 ta shaxsiy qabuli o‘tkazilib, ularda 246 nafar fuqaro qabul qilindi. 46 ta murojaat nazoratga olindi va hal etish uchun tegishli idoralarga jo‘natildi, qolgan fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil Kotibiyatida 992 nafar kishi qabul qilindi.
2008-yilda inson huquqlarining ayrim kategoriyalari bo‘yicha shikoyatlar soni ancha kamayganiga qaramasdan, Ombudsman nomiga kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni ko‘paygan. Ombudsman nomiga kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan yilga taqqoslaganda shikoyatlarning mavzulari deyarli o‘zgarmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan 2008-yil davomida 7 ta xulosa tayyorlandi, ulardan 5 tasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 2 tasi esa Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Hisobot yilida odil sudlovga bo‘lgan huquqni ta’minlash, tadbirkorlar va fermyerlar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq murojaatlar soni o‘sdi, davlat hokimiyati va joylardagi boshqaruv organlari aniq mansabdor shaxslarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyatlar ko‘proq tusha boshladi.
Vakilga kelib tushayotgan murojaatlar soni yildan-yilga o‘sib borishini ushbu institut aholining barcha kategoriyalari uchun ochiq ekanligi, fuqarolar duch kelayotgan obyektiv qiyinchiliklar va ularning o‘z huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan intilishlari bilan izohlash mumkin. Ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha amaldagi qonunchilik normalari tushuntirildi va tavsiyalar berildi.
Hisobot davrida Ombudsmanga kelgan 264 ta shikoyat bo‘yicha murojaat qiluvchilarga ularning buzilgan huquqlarini himoya qilishning huquqiy vositalaridan foydalanish shakllari va usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, 770 nafar fuqaro “Ishonch telefoni”xizmatlaridan foydalandi.
Shu bilan birga, 776 nafar murojaat qiluvchi, ularning murojaatlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kelmasligi sababli, asoslantirilgan rad javobini olishdi.
Hisobot davrida inson huquqlarining turli kategoriyalari bo‘yicha fuqaro huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni o‘z ichiga olgan 1891 ta shikoyat Ombudsman tomonidan nazoratga olindi.
2008-yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolarning 1146 ta murojaati ko‘rib chiqildi, aksariyat hollarda fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi, arz qiluvchilarga o‘z huquqlarini himoya qilish usullari va vositalari tushuntirildi. Bundan tashqari, shikoyatlarni hal etish, nazorat funksiyalarini amalga oshirish, inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha obyektiv axborotlarni olish va fuqarolarning aniq shikoyatlari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga 306 ta topshiriqlar berildi.
203 ta murojaat ularda bayon etilgan dalillarni o‘rganish va fuqarolar huquqlari buzilishiga doir aniqlangan faktlar bo‘yicha yuridik xulosalar berish uchun Ekspert kengashi a’zolariga topshirildi.
Vakilning mansabdor shaxslar va tashkilotlarga yuborayotgan so‘rovnomalari shikoyatlarni ko‘rib chiqishda muhim axborot manbai hisoblanadi. Misol uchun, Ombudsman tomonidan nazoratga olingan 1891 ta murojaatda bayon qilingan dalillarni tekshirish paytida hisobot davrida 205 ta turli davlat organlari va tashkilotlarga 2289 ta so‘rovnomalar yuborildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular ko‘pincha bir necha vazirlik yoki idoralardan bir vaqtda axborot yig‘ishni talab etadi. Shuning uchun ham so‘rovnomalar soni murojaatlar sonidan oshib ketadi.
O‘tgan yil fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha Vakilning davlat hokimiyati va boshqaruvining turli organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar bilan hamkorligi samarali va foydali ekanligini tasdiqlovchi ko‘plab misollarni berdi.
Ombudsmanning nazorat tartibidagi so‘rovlariga kelib tushgan javoblarni umumlashtirish va tahlil qilish shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolarning 302 ta shikoyatida keltirilgan faktlar va dalillar asosli deb e’tirof etildi va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Qayd etish lozimki, Ombudsmanning prokuratura organlari bilan o‘zaro hamkorligi tufayli hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan Bosh prokuratura hamda uning hududiy organlariga 709 ta nazoratdagi murojaatlar jo‘natildi, ulardan 91 tasi ijobiy hal etildi.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha vakil nazoratiga olingan 352 ta murojaat ko‘rib chiqildi va ulardan 84 tasi ijobiy hal etildi.
Ombudsmanning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimini amalga oshirish doirasida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda nazoratga olingan 133 ta murojaat ko‘rib chiqildi va ulardan 18 tasi ijobiy hal etildi.
Keyingi paytlarda hal etilishi bevosita mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiruvchi va markaziy organlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvini talab etmaydigan, aholining turli va eng muhim muammolari bo‘yicha respublikaning barcha mintaqalaridan kelib tushayotgan arizalar va shikoyatlarning oqimi ko‘paydi.
Yana shuni ham qayd etish lozimki, ayrim shikoyatlar ularda ko‘rib chiqishga qabul qilish uchun olishga yetarli asoslarga ega bo‘lmaganligi sababli, Vakil ularni zaruriy tavsiyalar bilan vakolatli organlarga yuboradi.
Kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari ishida fuqarolar arizalari va shikoyatlarini har tomonlama xolisona va o‘z vaqtida tekshirish talablarining buzilish hollari uchramoqda, sansalorlik, fuqarolarning asosli murojaatlariga nisbatan e’tiborsizlik, rasmiyatchilik – to‘ralarcha munosabatda bo‘lish hollari bartaraf etilmayapti. Muayyan shikoyatlar bo‘yicha maxsus tashkil etilgan komissiyalar xatlarning mualliflari bilan uchrashmayotgani, muammoni yuzaki va bir tomonlama o‘rganishi hollari kuzatilmoqda.
Xatlar mualliflari ularning dastlabki murojaatlariga javoblar bo‘lmaganligini, murojaatda ko‘tarilgan masalalarga to‘liq bo‘lmagan yoki mazmunan bo‘lmagan javoblar berilganligini, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ba’zi rahbarlari qabuliga kirishning imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatishmoqda.
Ushbu kamchiliklarning barchasi fuqarolarning adolatli ta’nalariga sabab bo‘lmoqda, ularni Ombudsmanga, davlatning boshqa organlariga takroriy murojaat qilishga majbur etmoqda.
Ombudsmanga kelib tushgan takroriy murojaatlar
|
2008-yil
|
2007-yil
|
2006-yil
|
Jami
|
2370
|
1250
|
878
|
Shu bilan birga, muammolar tegishli vakolatli organlar tomonidan hal etilishi natijasiz qolayotgani uchun 2008-yilda fuqarolar ba’zi shikoyatlar bo‘yicha Ombudsmanga ikki, uch va undan ko‘p marotaba murojaat qilganlar.
Hisobot yilida kelib tushgan takroriy murojaatlarning umumiy sonidan 207 tasi hal etilishi uchun Ombudsman tomonidan tegishli instansiyalarga jo‘natildi, shuningdek shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida axborot berish to‘g‘risida 1979 ta qo‘shimcha so‘rovlar qilindi, 184 tasi oldingi murojaatlarga qo‘shib qo‘yildi.
Takroriy murojaat
qilishdi
|
2008-yilda
|
Nazorat bilan so‘rovnomalar jo‘natildi
|
Jami,
ulardan:
|
2370
|
1979
|
bir marta
|
2137
|
1803
|
ikki marta
|
146
|
105
|
uch va undan ko‘p marta
|
87
|
71
|
2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushgan murojaatlarni tizimli tahlil qilish, inson huquqlari va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar quyidagi sharoitlarda samarali bo‘lishini ko‘rsatmoqda:
parlament nazarotining barcha shakllarini, shu jumladan inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish mexanizmini huquqiy tartibga solish sohasida, davlat apparati mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash faoliyatida, shuningdek sudlov ishlarini yuritishda nazoratni kuchaytirish;
davlat organlari, shuningdek sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini huquqiy ta’minlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish;
fuqarolar murojaatlari va Ombudsman to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning talabchanligi va mas’uliyatini oshirish;
murojaat qiluvchilar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni tezkor va malakali hal etish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish;
fuqarolarning huquqiy savodxonligi sohasida davlat organlari va jamoatchilik sektori faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash, jamiyat barcha qatlamlarining huquqiy ta’limini har tomonlama qamrab oluvchi tizimni rivojlantirish.
III. Inson huquqlari sohasidagi axborot-ma’rifiy faoliyat
Inson huquqlari sohasidagi ta’lim huquqiy davlat qurishda muhim vosita hisoblanadi, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini tegishli darajada amalga oshirishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy ta’lim inson va fuqaroning huquqiy madaniyatini shakllantirishning, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishning zaruriy sharti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PF-3994-sonli Farmonida mazkur sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan: mamlakatdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida “Inson huquqlari” maxsus kursini kiritish; IIV va prokuratura organlarida shaxsiy tarkibning, ayniqsa, yosh mutaxassislarning tarbiyaviy, xizmat-harbiy tayyorgarligi amaliyotiga inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha tizimli ravishda treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni kiritish; yuridik ta’lim muassasalarining, sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini, shuningdek barcha darajada davlat muassasalarida mansabdor shaxslarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlariga inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarni o‘rganish bo‘yicha majburiy fanni kiritish; jurnalist xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga maxsus o‘quv dasturlarini kiritish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, xususan Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi talablari asosida inson huquqlarini himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki bo‘yicha milliy va xalqaro tajribani o‘rganish.
Ombudsman instituti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga axborot-ma’rifiy xususiyatdagi tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish, inson huquqlari bo‘yicha adabiyotlarni nashr qilish va tarqatish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish yo‘llari bilan amalga oshiriladigan aholi hamda mansabdor shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari ham kiradi.
Davlat rahbarining Farmonini bajarish hamda inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili ta’lim, tashkiliy va axborot xususiyatiga ega bo‘lgan tadbirlar o‘tkazdi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash doirasida Ombudsman instituti tomonidan 4 ta xalqaro konferensiya, mamlakatning barcha mintaqalarida 20 ta konferensiya, seminar hamda davra suhbatlari o‘tkazildi, markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmog‘ida inson huquqlari bo‘yicha materiallar e’lon qilindi. Hisobot yili davomida Ombudsman instituti tomonidan inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning huquqiy asoslarini tushuntirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarida 100 dan ortiq uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazildi.
2008-yil 10-11-yanvar kunlari “Inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash va ularni himoya qilish sohasida Ombudsmanning davlat organlari va nohukumat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari” mavzusida yakuniy konferensiya o‘tkazildi va unda 2 yil mobaynida mamlakatning barcha mintaqalarida o‘tkazilgan sayyor konferensiyalarning natijalari muhokama qilindi. Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan o‘lim jazosini bekor qilish va “xabeas korpus” instituti joriy etilishi to‘g‘risidagi yangi qonunlarning qoidalarini tushuntirish maqsadida Ombudsman tomonidan EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan birgalikda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Urganch, Andijon, Toshkent, Navoiy, Qarshi, Jizzax shaharlarida “Ombudsmanning sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi” mavzusida turkum seminarlar o‘tkazildi. Munozaralar davomida seminarlar ishtirokchilari Ombudsmanning sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar hamda “Dunyo ombudsmanlari” to‘plamining taqdimoti o‘tkazildi.
Hisobot yili davomida Ombudsman yangi institutlar: uzoq muddatli va umrbod ozodlikdan mahrum qilish, “xabeas korpus” joriy etilishini hisobga olgan holda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalariga katta e’tibor qaratdi. Ushbu maqsadlarda K. Adenauer nomidagi jamg‘arma vakolatxonasi bilan birgalikda “Sud-huquq sohasida islohotlarni amalga oshirish doirasida “habeas corpus” mexanizmini qo‘llash bo‘yicha Ombudsmanning sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi” (Toshkent, Buxoro, Namangan, Nukus, Termiz shaharlarida) va “Mahkumlar huquqlarini nazorat qilish va ularga rioya etilishi sohasida jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish” mavzusida seminar-konferensiyalar o‘tkazildi, konferensiyalar davomida “Zaщita prav cheloveka v Uzbekistane” kitobi tarqatildi. Mazkur seminarlarni o‘tkazish mobaynida jazoni ijro etish muassasalarida uchrashuvlar tashkil etildi, hokimliklar va qishloq xo‘jaligi xodimlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash doirasida 2008-yilning aprelida Ispaniya Xalq himoyachisi Enrike Mugika Gersog boshchiligidagi Ispaniya Qirolligi Ombudsmani delegatsiyasi ishtirokida “Fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman faoliyati: Ispaniya va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya ishtirokchilariga “xabeas korpus” tartib-taomilida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan ispan Ombudsmanining tajribasi qiziqarli bo‘ldi.
2008-yilning 3-iyunida “Fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari faoliyati: Fransiya va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konfrensiya ishida Fransiya Mediatori Jan-Pol Delevua ishtirok etdi va u inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish sohasidagi fransuz tajribasi to‘g‘risida so‘zlab berdi.
2008-yilning iyul oyida EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan birgalikda “Ombudsman instituti faoliyatini takomillashtirish masalalari: xalqaro standartlar” mavzusida Vengriyaning Fuqarolik huquqlari bo‘yicha Parlament Vakili Mate Sabo ishtirokida mintaqaviy vakillar, Ombudsmanning ekspert va ishchi guruhlari a’zolari uchun Yozgi maktab o‘tkazildi.
2008-yilning 20-21-noyabr kunlari Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan birgalikda sog‘liqni saqlash muassasalari, tibbiyot o‘quv yurtlari rahbarlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tibbiy jamoatchilik vakillari ishtirokida “Sog‘liqni muhofaza qilish va inson huquqlari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. JSSTining eksperti E. Naygren-Kruk bemorlar huquqlarini himoya qilishning xorijiy tajribasi to‘g‘risida ma’ruza qildi. Konferensiya ishtirokchilari bemorlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha qonunchilik bazasi va mexanizmlarini takomillashtirish, ushbu yo‘nalishda muvofiqlashtirishni kuchaytirish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish lozimligini qayd etdilar. 2009-yil mobaynida mamlakatning barcha mintaqalarida xuddi shunday tadbirlar turkumini o‘tkazishga kelishib olindi.
Ombudsman instituti parlamentning qo‘mitalari, vazirliklar va idoralar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, o‘quv yurtlari tomonidan tashkil etilgan va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan 60 dan ortiq konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarida ishtirok etdi.
Fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman faoliyati to‘g‘risida aholini yanada kengroq xabardor qilish maqsadida K. Adenauer nomidagi jamg‘arma vakolatxonasi ko‘magida “Inson huquqlari himoyasida” mavzusidagi videorolik o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni matni va Ombudsmanning 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr qilindi. Ushbu nashrlar davlat organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, o‘quv yurtlari o‘rtasida tarqatildi.
Aholining huquqiy madaniyatini oshirishda, fuqarolarning huquqiy axborotlardan foydalanishini ta’minlashda, davlat-huquq va sud tizimini takomillashtirishdagi dolzarb muammolarni muhokama qilishda xuquqiy tusdagi davriy nashrlar muhim rol o‘ynamoqda. Hisobot yili mobaynida Ombudsman instituti “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan maxsus sonlarini tayyorlashda ishtirok etdi. Jurnalda Ombudsman faoliyati, uning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi to‘g‘risidagi maqolalar, 2007-yilga doir hisobot chop etildi.
EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatorining qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) veb-saytining yangilangan varianti tayyorlandi.
2008-yilning 10-dekabrida Ombudsman Kotibiyati xodimlari va uning mintaqaviy vakillari Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 60 yilligiga bag‘ishlangan umummilliy darslarni o‘tkazishda, xususan O‘zbekiston Milliy universitetida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, Toshkent davlat yuridik institutida, Andijon davlat tibbiyot institutida, Jizzax davlat pedagogika institutida, Qarshi davlat muhandislik-iqtisodiyot institutida, Farg‘ona davlat politexnika institutida, Toshkent davlat agrar universitetida, Guliston davlat pedagogika universitetida, TATUning Samarqand filialida, litseylarda va kollejlarda, maktablarda, ta’lim markazlaridagi darslarda ishtirok etdilar.
2008-yilda Ombudsman taklifi bilan hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan bitimlar doirasida Adliya vazirligining O‘quv markazida “Inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmi” nomli, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa magistrantlar uchun “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar” nomli maxsus kurslar joriy etildi. Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarida, Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish Respublika Markazida, O‘zbekiston Milliy universitetida, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining O‘quv markazida, Toshkent shahrining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida doimiy ravishda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ombudsman Kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tinglovchilari, Toshkent Davlat yuridik instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konchilik kolleji talabalari uchun inson huquqlari bo‘yicha “Master klass”lar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat tibbiyot institutida universitet ombudsmanlari tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalarini tushuntirish bo‘yicha ishlar faollashtirildi. Jumladan, 2008-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Milliy universitetida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Oliy o‘quv yurtlari talabalarining malakaviy bitiruv va magistrlik ishlari yildan-yilga ko‘proq Ombudsman institutining ishlashi va faoliyati masalalariga bag‘ishlanmoqda. Ombudsman Kotibiyatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutining talabalari o‘quv amaliyotini o‘tadilar. Bundan tashqari, inson huquqlariga rioya etish va himoya qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ombudsman instituti tomonidan 1 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertatsiyasiga taqrizlar berildi.
“Dunyo ombudsmanlari” to‘plamining ikkinchi nashri chop etishga tayyorlandi, unga xorijiy va O‘zbekiston ombudsmanlarining faoliyati to‘g‘risidagi materiallar, shuningdek respublikamiz va chet el olimlari hamda inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislarning maqolalari kiritildi. Mazkur to‘plamni o‘quv va ilmiy muassasalar, kutubxonalar, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, Inson huquqlari bo‘yicha vakilning milliy va xorijiy hamkorlariga, shuningdek aholi bilan uchrashuvlarda va jazoni ijro etish tizimidagi muassasalarga borilganda tarqatish rejalashtirilmoqda.
2008-yilda Ombudsmanning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi yanada rivojlandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy tadbirlar to‘g‘risida hikoya qiluvchi yangiliklarni chop etish yo‘li bilan jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan ishlar doimiy ravishda olib borildi.
O‘tgan davr mobaynida Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati to‘g‘risida 200 dan ortiq materiallar chop etildi hamda respublika, viloyat va tumanlar darajasidagi gazetalar, radio va televideniyada, jumladan “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Pravda Vostoka”, “Uzbekistan today”, “Toshkent oqshomi”, “Vecherniy Tashkent”, “Novosti Uzbekistana”, “Inson va qonun”, “Huquq”, “Postda”, “Na postu” gazetalarida, mintaqaviy va mahalliy matbuotda; “Demokratlashtirish va inson huquqlari”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Axborotnomasi”, “Huquq va burch”, “Fuqarolik jamiyati”, “Advokat” jurnallarida, “O‘zA”, “Jahon”, “O‘zreport” axborot agentliklari saytlarida; “Axborot”, “Davr”, “Tahlilnoma”, “Poytaxt”, “Parlament soati”, “Hudud” dasturlarida, mahalliy telekompaniyalarda, shuningdek radioda intervyular berildi.
IV. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik
2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati O‘zbekistondagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilishga, xorijiy mamlakatlar ombudsmanlari hamda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Hisobot yilida Ombudsman tomonidan 20 dan ortiq rasmiy delegatsiya, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xalqaro nohukumat va huquqni himoya qilish tashkilotlari vakillari qabul qilindi. Yil davomida Yevroparlament, AQSh Davlat departamenti va Kongressi, Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi, Germaniya Bundestagi delegatsiyalari, shuningdek Ispaniya, Fransiya, Vengriya ombudsmanlari, Germaniya, Fransiya, Xitoyning O‘zbekistondagi elchilari, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i qabul qilindi. Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari va xorijiy mamlakatlarning nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Ombudsman tomonidan “Xyuman Rayts Votch”, K. Adenauer nomidagi jamg‘arma (GFR), Yangi demokratiyalar instituti (AQSh) delegatsiyalari bilan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etildi.
Xalqaro ombudsman instituti, Yevropa ombudsman instituti faoliyatida ishtirok etish doirasida Inson huquqlari bo‘yicha vakil axborotlar almashishni amalga oshirdi, o‘z faoliyati to‘g‘risida materiallar e’lon qildi, rahbar organlarni saylashda va inson huquqlari masalalari bo‘yicha tadbirlarda hamda ombudsmanlar faoliyatida ishtirok etildi.
Osiyo mamlakatlari ombudsmanlari va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikka muhim ahamiyat berib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Osiyo Ombudsmanlari Assotsiatsiyasiga (OOA) to‘la huquqli a’zo bo‘lish to‘g‘risida bayonot jo‘natdi. Mazkur bayonot 2008-yilning 24-25-aprelida OOAning Direktorlar Kengashida ko‘rib chiqildi va ushbu masalani 2009-yildagi Bosh Assambleyaning navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning OOAga a’zoligi uning Osiyo ombudsmanlari institutlari orasida xalqaro obro‘sini oshirishga va ular bilan ko‘p tomonlama darajada aloqalarni faollashtirishga, xalqaro hamkorlik sohasida ombudsmanning huquqni himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalarini samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Hisobot yilida Ombudsman 2008-yil 4-5-noyabrda Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qo‘mitasining yettinchi majlisida ishtirok etdi. Kun tartibidagi boshqa masalalar bilan bir qatorda demokratik institutlarning shakllanishi va inson huquqlariga rioya etilishi masalasi ham kiritilgan bo‘lib, ushbu masala bo‘yicha keng fikr almashish bilan birga Ombudsman tomonidan axborot ham taqdim etildi. Ombudsman, shuningdek Qo‘mita a’zolarining YIga a’zo-davlatlarning ombudsmanlari bilan kengayib borayotgan aloqalari to‘g‘risida ham xabardor qildi.
Ombudsman vakili 2008-yil 4-5-iyunda Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Kichik qo‘mitasining beshinchi majlisida ishtirok etdi. Kichik qo‘mita majlisi davomida va O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasidagi brifingda Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati to‘g‘risida, shu jumladan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etildi.
Hisobot yilida xorijiy mamlakatlarning ombudsmanlari va inson huquqlari bo‘yicha institutlari bilan hamkorlik masalalari O‘zbekiston Ombudsmani faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan edi.
Yil davomida O‘zbekistonga Ispaniya, Fransiya, Vengriya Ombudsmanlarining tashriflari amalga oshirildi.
2008-yilning aprelida Ispaniya Xalq himoyachisi Enrike Mugika Gersog boshchiligidagi Ombudsmani delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatida, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Adliya vazirliklarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
2008-yilning iyunida Fransiya Mediatori Jan-Pol Delevua boshchiligida Fransiya Ombudsmani delegatsiyasining tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif paytida O‘zbekiston va Fransiya ombudsmanlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi. Fransiya Mediatori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan qabul qilindi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatida, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Adliya vazirliklarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, shuningdek ayollar koloniyasiga borildi.
2008-yilning iyulida EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori loyihasi doirasida Vengriya Parlamentining Fuqarolik huquqlari bo‘yicha vakili Mate Saboning tashrifi bo‘lib o‘tdi. Parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatida, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, Vengriya Ombudsmani Inson huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakillari uchun uyushtirilgan Yozgi maktab ishida ishtirok etdi.
Bolgariya Respublikasi Ombudsmani taklifiga binoan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Sofiya shahrida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Inson huquqlari – nafaqat qonuniylik asosi, balki adolat hamdir” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi. Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston va Bolgariya ombudsmanlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash kampaniyasi doirasida O‘zbekiston parlamenti Ombudsmani va uning vakillari o‘z ma’ruzalari va chiqishlari bilan quyidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi:
2008-yil 13 — 15-aprelda, Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili ta’sis etilganligining 10 yilligiga bag‘ishlangan Kiyev shahridagi “Inson huquqlari va erkinliklariga zamonaviy qarshiliklar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida;
2008-yil 15-mayda, Polsha Fuqarolar huquqlari vakili ta’sis etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan Varshava shahridagi xalqaro konferensiya ishida;
2008-yil 18-19-iyunda, Boku shahridagi “Globallashgan dunyoda inson huquqlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida;
2008-yil 29-sentabr — 3-oktabrda, Varshava shahridagi insoniylik mezonlari bo‘yicha EXHTning Yillik kengashi ishida;
2008-yil 22 — 24-oktabrda, Nayrobi shahridagi “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va odil sudlov” mavzusidagi 9-xalqaro konferensiya ishida;
2008-yil 4-5-dekabrda, Krakov shahridagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro sessiya ishida.
2008-yil dekabrida Ombudsman O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Ishchi guruhining 3-sessiyasi ishida ishtirok etdi. Sessiya davomida Universal davriy tahlil doirasida O‘zbekistonning milliy ma’ruzasi ko‘rib chiqildi. Delegatsiya BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyati haqida hisobot taqdim etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashning yubiley sessiyasi ishida ham ishtirok etdi.
O‘tgan yilda Ombudsmanning BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi bilan, BMTning maxsus tartib-taomillari va shartnomaviy organlari, BMTRD, JSST vakolatxonalari, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan yaqindan hamkorlik aloqalari davom ettirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga binoan Ombudsman inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi. 2008-yilda Ombudsman instituti tomonidan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarining bajarilishi bo‘yicha Uchinchi davriy ma’ruza hamda Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarining bajarilishi bo‘yicha To‘rtinchi ma’ruzani tayyorlash uchun materiallar taqdim etildi.
Ombudsman vakili BMT shartnomaviy organlari tavsiyalarining bajarilishi monitoringini amalga oshirishga qaratilgan Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhi ishida ishtirok etdi.
2008-yilda parlament Ombudsmani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini chet ellarda himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasiga murojaatlar yo‘lladi, shuningdek xorijiy hamkasblar bilan tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni ro‘yobga chiqara borib, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Ombudsmanlariga, Rossiya Federatsiyasining mintaqaviy ombudsmanlariga murojaat etdi.
Hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakilga chet el fuqarolaridan 207 ta murojaat hamda buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklashga ko‘maklashish masalalari yuzasidan xorijiy hamkasblardan, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan, Moskva, Penza, Saratov, Sverdlovsk viloyatlari, Oltoy o‘lkasidagi inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy vakillaridan, Armaniston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan, Qirg‘iziston Respublikasi Ombudsmanidan so‘rovnomalar tushdi.
O‘zbekiston Ombudsmanining muvaffaqiyatli hamkorligi va amaliy yordamiga doir misollar xorijiy mamlakatlar Ombudsmanlarining hisobotlari va materillarida o‘z aksini topmoqda, chunonchi Ispaniya Xalq himoyachisi, Fransiya Mediatori, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Ozarboyjon Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining yillik hisobotlarida, byulletenlarida O‘zbekiston parlament ombudsmani bilan hamkorlik to‘g‘risidagi axborotlar joy oldi.
Mana uchinchi yildirki, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatorining “O‘zbekiston Respublikasi Ombudsman institutini rivojlantirishga yanada ko‘maklashish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Ombudsman mintaqaviy vakillari va ekspert guruhlari a’zolari uchun seminarlar, trening o‘tkazildi, “Dunyo ombudsmanlari” kitobining ikkinchi nashri uchun materiallar yig‘ish ishlari amalga oshirilmoqda, Ombudsmanning veb-sayti yangilanmoqda, o‘quv safarlari amalga oshirildi va inson huquqlari bo‘yicha qator xalqaro konferensiyalar ishida ishtirok etildi.
Fransiya Mediatori bilan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Ombudsmani delegatsiyasining Fransiyaga javob tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida Milliy majlis va Senatda, Adliya vazirligida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Fransiya Mediatori bilan uchrashuv chog‘ida tuzilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, bundan buyongi tajriba almashishlar to‘g‘risida kelishib olindi, shuningdek jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurildi.
Hisobot yilida Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakolatxonasi bilan konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish, xorijiy ekspertlarni taklif etish bo‘yicha hamkorlik davom ettirildi.
O‘zbekiston Ombudsmanining faoliyati to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni zudlik bilan xabardor qilish maqsadida axborotlar va materiallarni axborot agentliklari, huquqni himoya qiluvchi institutlar saytlariga, xorijiy mamlakatlar ombudsmanlarining yangiliklar lentalariga joylashtirish davom ettirildi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 2008-yildagi davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarga uyg‘un ravishda yo‘lga qo‘yilgan faoliyati davlat hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari, shuningdek xalqaro va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikda amalga oshirildi, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini faol olg‘a siljitishga, demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yo‘naltirildi.
Mubolag‘asiz xulosa qilish mumkinki, 2008-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) uchun inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishga doir davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha amaliy vazifalarni bajarishda hal qiluvchi yil bo‘ldi.
O‘z faoliyati tamoyillariga, inson huquqlari sohasidagi ustuvorliklar va xalqaro standartlarga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 2009-yil uchun birinchi darajali vazifalar sifatida quyidagilarni belgilab oldi:
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning haqiqiy demokratik organi sifatida dunyoda Ombudsman instituti ta’sis etilganligining 200 yilligi nishonlanishi bilan bog‘liq holda milliy va xalqaro hamkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish;
2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinganligini hisobga olgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirishga va uning O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va rivojlantirish sohasida davlat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatida samarali qo‘llanilishiga bundan buyon ham har tomonlama ko‘maklashish;
jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining barcha kategoriyadagi huquqlarini yanada to‘liqroq ta’minlash uchun Inson huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy tuzilmalari, ixtisoslashgan ombudsmanlarning huquqiy maqomini mustahkamlash va samarali faoliyat olib borishini ta’minlash.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 3-son, 88-modda)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi:
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 2010-yil 12-noyabr. - Т.: 0 ‘zbekiston, 2011.
- 5 6 b.
2. Саидов А.Х. Права человека. Учебник-хрестоматия.-Т.: ЖИДУ,
2001.
3. Saidov А.Х. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. - Т.: “Konsauditinform-Nashr”, 2006.
4. Саидов А.Х. Международное право прав человека. - М.: 2002.
5. Саидов А., Бакаева Ф. Конституция Республики Узбекистан и
права человека: от норм к реализации. - Т.: Национальный центр РУз
по правам человека, 2010.
6. Права человека. Учебник для вузов. /Под. ред. Лукашева. - М.:
НОРМА-ИНФРА, 1999.
7. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va 0 ‘zbekistonda inson
huquqlarini himoya qilish milliy tizimi. Mualliflar jamoasi: A.X. Saidov,
F. Bakayeva, K. Arslanova va boshq. M as’ul muharrir A.X. Saidov. - Т.:
0 ‘zbekiston, 2010.
8. Общая теория прав человека. - М.: НОРМА, 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |