1-mavzu: surxondaryo tarixi maxsus kursining maqsad va vazifalari r e j a



Download 58,46 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2022
Hajmi58,46 Kb.
#603669
  1   2
Bog'liq
1-мавзу (1)


1-MAVZU: SURXONDARYO TARIXI MAXSUS KURSINING MAQSAD VA VAZIFALARI


R e j a:
1. Kirish. Surxondaryo tarixini o‘rganishning maqsadi va asosiy vazifalari.
2. Surxondaryo tarixining asosiy bosqichlari.


Tayanch so‘zlar:
Surxondaryo tarixini o‘rganishdan maqsad va vazifalar, Surxondaryo tarixinining asosiy bosqichlari, Teshiktosh va Mochay g‘orlari, Baqtriya hududlari.


Xalqimiz bosib o‘tgan ko‘p ming yillik tarixni xolisona tarzda milliy istiqlol g‘oyalari asosida yoritish tarixshunoslik fanining bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri sanaladi. O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixida Surxon vohasining ham alohida o‘rni mavjud. Shuningdek, Surxon vohasi tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladigan qadim maskandir. O‘tmish tariximiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan arxeologik yodgorliklarning ham aksariyat qismi shu vohada joylashgan, qolaversa, voha hududi insoniyatning eng qadim ajdodlari makon tutgan zamin hamdir. O‘zbek davlatchiligining ilk o‘zaklari ham Baqtriya hududlari bilan chambarchas bog‘liqlik kasb etadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Surxon vohasining Zarautsoy, Teshiktosh g‘orlari, Bobotog‘ va Boysuntog‘ qoyalaridagi rasmlar bu zamin jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri ekanligiga guvoh beradi. Baqtriya, Kushon kabi ko‘hna davlatlar tarixi, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Zartepa qal’asi singari noyob yodgorliklar bu yеrda qadim zamonlarda ham yuksak taraqqiyot mavjud bo‘lganligini isbotlaydi”.
Surxon vohasi yurtimiz hududiga janubdan bosqinchilar hamlasida qalqon vazifasini o‘tagan. Shu bilan birga yuksak falsafiy-axloqiy aqidalarga asoslangan zardushtiylik dini negizlarining yuzaga kela boshlagan ma’naviy, ruhiy qadriyatlari shakllanishida ham vohaning munosib hissasi bor. Jahon fotixlaridan biri sanalgan Iskandar Zulqarnayn aholining jasorati va mardligini ko’rib ijobiy baxolaydi. Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholiklari davrida voha axlining mahalliy madaniyati qadim ellin madaniyati bilan omuxtalanib, hatto unga ta’sir o‘tkazgan qudratli Kushonlar saltanatining ravnaqi ham bevosita ana shu tabarruk zamin bilan chambarchas bog‘liq.
Voha ahli o‘rta asrlar sharoitida ham mamlakatimiz tarixida, qolaversa, Sharq xalqlari tarixida muhim rol o‘ynadi. O‘rta asrlar mobaynida mintaqada shakllangan barcha davlatlar taraqqiyotida ana shu qadim maskanning munosib o‘rni mavjud. O‘rta asrlar davrida vohada yashagan ko‘plab allomalar diniy va dunyoviy bilimlar taraqqiyotiga o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shganlar.
Insoniyat ma’naviy xazinasini boyitgan islom dinida ham zamin ilm ahlining o‘rni juda katta.
Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida ham Surxon vohasida joylashgan Boysun, Denov va Sherobod bekliklari muhim o‘rin tutgan.
Mustabid Sovet tuzumi yillarida voha hududi ham kurashlar maydoniga aylandi. Hisobsiz qirg‘inlar, qatag‘onlarga qaramasdan voha ahli taraqqiyot sari intilib yashadi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida voha ahlining sabr matonati yana bir bor sinovdan o‘tdi. Urushdan keyingi tinch qurilish va tiklanish davrida sovet tuzumining zo‘ravonlik va byurokratik boshqaruv tizimi ham voha ahlining bunyodkorlik salohiyatiga ta’sir o‘tkaza olmadi. Vatanimizning mustaqillikka erishuvi Surxon vohasini ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar davrini boshlab berdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning maqsadi – Surxondaryo tarixining o‘ziga xos jihatlarini yoritish, voha tarixiga oid ma’lumotlarning tarix fani va ta’limdagi ilmiy metodik ahamiyatini ochib berishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb bilamiz:
- voha tarixi haqida tushunchalar berish;
-o‘zbekiston tarixi va voha tarixi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni ochib berish;
- vohaning tadqiqotlar tarixini qisqacha yoritish;
-hozirgi kundagi voha tarixi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar masalasini o‘rganish;
-Surxondaryo tarixi fanini o‘qitishda o‘ziga xos jihatlarini ochish.
Umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas bir bo‘lagi sanalmish O‘zbekiston tarixini o‘rganishda Surxon vohasi muhim o‘rin tutadi.
Surxondaryo o‘zining qadimiy osori-antiqalari, nodir qo‘lyozmalari va dunyoga mashxur allomalari bilan haqli suratda jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri. O‘zining boy tarixi va ochiq osmon ostidagi arxeologik va me’moriy yodgorliklari bilan dunyo olimlari e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Xususan, ibtidoiy davr makonlari Teshiktosh va Mochay g‘orlari, ilk sug‘orma dehqonchilik madaniy markazlari sanalgan Sopolitepa va Jarqo‘ton bunga yorqin misoldir. Shunday ekan voha tarixini o‘rganish har bir yurtparvar inson uchun ham farz, ham qarzdir.
Surxondaryo tarixi fani oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, yoshlarga milliy va umuminsoniy, g‘oyaviy-siyosiy va ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirishda voha tarixining o‘ziga xos o‘rnini ochib berish;
Ikkinchidan, jahon madaniy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutgan buyuk Termiziylar haqida to‘laqonli ma’lumotlarni o‘rgatish;
Uchinchidan, butun bir tarix davomida iqtisodiy hayotning turli jabhalaridagi o‘ziga xos o‘rin va manbalarga asoslangan holda o‘rgatish;
To‘rtinchidan, o‘zbek davlatchiligi tarixida vohaning tutgan o‘rniga xolisona baho berish;
Beshinchidan, asrlar davomida Sharq davlatlari bilan olib borilgan savdo aloqalarida tutgan o‘rnini ko‘rsatish;
Oltinchidan, o‘z yurti tarixi bilan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish;
Xalqimiz bosib o‘tgan ko‘p ming yillik tarixni xolisona tarzda milliy istiqlol g‘oyalari asosida yoritish tarixshunoslik fanining bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
O‘tmish ildizi baquvvat millatni mahv etib bo‘lmaydi, o‘tmish tarixidan bahramand xalqni qul qilish ham mushkul masaladir. Shu sababli xam mustabid targ‘ibotlar va jabr-zulmga asoslangan sobiq Sovet imperiyasi davrida xalqimizning bebaho qadim tarixi zulmat pardasi ortiga olinsada, uning qa’riga singdirilmadi. Yurtimizdan yеtishib chiqqan allomalar, ulamo va fuzalolar quvg‘inlikda qatl etildi, tariximiz buzib ko‘rsatildi, milliy qahramonlarimizning nomlari badnom qilindi. Biroq hech bir zulm abadiy bo‘lmaganidek, mustabid tuzum inqirozi bilan xalqimiz tiklanayotgan qadriyatlarning biri sifatida haqqoniy tarixini tiklash va undan ruhiy quvvat olishdek ulug‘ baxtga sazovor bo‘ldi.
O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Surxon vohasi tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq sanaladi.
Birinchi, Surxon vohasi tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladigan qadim maskandir. O‘tmish tariximiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan arxeologik yodgorliklarning ham aksariyat qismi shu vohada joylashgan, qolaversa, voha hududi insoniyatning eng qadim ajdodlari makon tutgan zamin hamdir. Voha hududida joylashgan Zarautsoy tasvirlari ibtidoiy odamlar tafakkur va tasavvuri asosida yaratilgan bo‘lsa, o‘z ahamiyati jihatidan Sopollitepa obidasi o‘troq tarzda turmush kechirgan ajdodlarimizning bebaho ilk manzilgohlari sanaladi. Jarqo‘tonda shakllangan dastlabki shaharsozlik madaniyati mamlakatimizda urbanizatsiyaviy rivojlanish yuzaga kelgan jarayonlarning debochasidir.
Ikkinchi, O‘zbek davlatchiligining ilk o‘zaklari ham shu zaminda qaror topgan qadim Baqtriya hududlari bilan chambarchas bog‘liqlik kasb etadi.
Mamlakatimiz hududiga janubdan bosqinchilar hamla qilgan davrlarda ham voha axli qalqon bo‘lgan. Yuksak falsafiy axloqiy aqidalarga asoslangan zardushtiylik dini negizida yuzaga kela boshlagan ma’naviy, ruhiy qadriyatlari shakllanishida ham vohaning munosib hissasi bor.
Uchinchi, voha ahli o‘rta asrlar sharoitida ham mamlakatimiz tarixida, qolaversa, Sharq xalqlari tarixida muhim rol o‘ynadi. O‘rta asrlar mobaynida mintaqada shakllangan barcha davlatlar taraqqiyotida ana shu qadim maskanning munosib o‘rni mavjud.
Buyuk sohibqiron Amir Temur xazratlari ham davlatchilik ramzi sanalgan tug‘ va nog‘orani piri Sayyid Baraka qo‘lidan Termiz yaqinidagi “Biyo” qishlog‘ida qabul qilib olganligi bu hudud nihoyatda siyosiy markazlardan biri bo‘lganligini tasdiqlaydi. O‘rta asrlar davrida vohada yashagan ko‘plab allomalar diniy va dunyoviy bilimlar taraqqiyotiga o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shganlar.
Tasavvuf taraqqiyotining yirik vakillari Al-Hakim at-Termiziy, Xoja Alouddin Attor va So‘fi Ollayor hazratlari ham ana shu zamin farzandlaridir. To‘rtinchi, Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida amirlikning sharqiy bekliklari sanalgan Boysun, Denov va Sherobod bekliklari muhim o‘rin tutgan.
O‘rta Osiyoda hukmronlik qilish uchun Buyuk Britaniya bilan siyosiy maydonda raqobatlashgan chor Rossiyasi ma’murlari ham Termiz shahrining muhim strategik makon ekanligini juda yaxshi anglagan va shu sababli shaharda o‘zlarining tayanch xarbiy istehkomlarini barpo etgan. Beshinchi, zo‘ravonlikka asoslangan Sovet jamiyati yillarida esa voha hududi kurashlar maydoniga aylandi. Soxta va’dalar, aldov va zulm asosiga qurilgan mustabid tuzumga qarshi kurash olib borishda vohadan yеtishib chiqqan milliy qahramonlar alohida mardlik namunalarini ko‘rsatdilar. Hisobsiz qirg‘inlar, va qatag‘onlarga qaramasdan voha axli iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun fidokorona mehnat qildi. Ikkinchi jahon urushining ayanchli musibatlari ham voha axlini chetlab o‘tmadi. Suronli yillarning mashaqqatlari va yo‘qotishlari viloyat aholisining qaddini buka olmadi. Urushdan keyingi tinch qurilish va tiklanish davrida sovet tuzumida qaror topgan rasmiyatchilik, zo‘ravonlik va byurokratiya voha mehnat axlining bunyodkorlik salohiyatiga putur еtkaza olmadi.
Oltinchi, Respublikamizning mustaqillikka erishuvi viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar davrini boyitib berdi. Natijada viloyat sanoati, qishloq xo‘jaligi, umuman, butun infratuzilma ilg‘or va zamonaviy yangiliklar bilan omuxtalashdi. Mulkchilikning yangi qirralari qaror topdi, taraqqiyotning yangi bosqichlari boshlandi bu yurtda.



Download 58,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish