Hayot faoliyati fanining huquqiy asoslari Reja: Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Download 40,41 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi40,41 Kb.
#603278
Bog'liq
Hayot faoliyati QUNDUZ AVEZOVA

Hayot faoliyati fanining huquqiy asoslari

Reja:

1. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.

2. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari.

3. FVDT ning asosiy vazifalari, kuch va vositalari, ish rejimlari.

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra sayyoramizning 45 % aholisi, deyarli 3 mlrd inson jamiyatni moddiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlovchi dunyodagi ish kuchini tashkil etar ekan. O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish milliy obzori (kuzatish natijalari) 2016 yil sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizda mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshdagi aholi soni 19,6 mln.ni tashkil etib, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln nafardir. Ishlayotgan erkaklar 43 % yoki 8,7 mln, ayollar esa 47 % yoki 9,5 mln nafarni tashkil etmoqda.
  • Iqtisodiyot sohalarida 14 196,3 ming kishi faoliyat yuritib, ulardan: sanoatda – 13,2% qishloq xo‘jaligida –29,1 % qurilish sohasida – 8,3% savdo-sotiq va umumiy ovqatlanish sohalarida – 8,9% transport va aloqa – 4,8% sog‘liqni saqlash va sport – 7,2% xalq ta’limi, fan va madaniyat – 13,5% uy-joy kommunal xo‘jaligida– 3,1% ni tashkil etmoqda.
  • Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi kunda mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan oqibati engil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarga chalinishni oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni kuchaytirishga qaratmoqda.
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ikkinchi bo‘limida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari alohida belgilab qo‘yilgan.
  • Xususan, 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”, 38-moddada esa “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”, deb qayd etilgan.
  • Shu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika tadbirlarini qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan.
  • Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir. Tizimning faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida 20 ga yaqin asoslovchi va 227 tadan ziyod xodimlarning mehnatini muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan.
  • Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar. Bugungi kunda 297 ming 561 nafar xodimlarga muntazam ravishda ushbu imtiyoz va kafolatlar belgilanib borilmoqda.
  • O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 2016 yilning 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanib, 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ma’qulladi.
  • 2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda imzolandi. 2016 yil 23 dekabrdan amalga kiritildi.
  • Yangi tahrirdagi Qonun 36 ta moddadan iborat bo‘lib, uning normalari Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan normalar chiqarildi.
  • Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida uning amal qilish sohasi ko‘rsatib berilgan. Ya’ni, ushbu Qonun:
  • korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda ob’ektlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida ishga yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarga;
  • ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga;
  • tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga;
  • muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga;
  • sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga hamda ish beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
  • 4-moddada Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar keltirilgan:
  • jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar va boshqa vositalar;
  • zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
  • ish o‘rni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lish joyi;
  • ishlab chiqarish faoliyati — mahsulot ishlab chiqarish, xom ashyoni qayta ishlash, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
  • kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi;
  • mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chog‘idagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig‘indisi;
  • mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
  • mehnatda mayib bo‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi;
  • noqulay ishlab chiqarish omillari — zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi;
  • xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
  • shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar.
  • Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash;
  • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash;
  • mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
  • xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
  • fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;
  • xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Download 40,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish