“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Islom Karimovning O’zbekistonning Birinchi Prezidenti etib saylanishi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

3.Islom Karimovning O’zbekistonning Birinchi Prezidenti etib saylanishi. 
O’zbekiston mustaqillik tomon yo’l tutar ekan 1989 yilni yoz oylari va 
1990 yilni bahorida O’zbekiston hayotida uning rahbarligida burilish davri 
bo’ldi. Xuddi shu paytlarda o’zbek halqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot 
yo’llari ishlab chiqildi. Xususan, teng huquqli Mustaqil O’zbekistonning inson 
manfaatini himoya qilish ustivor vazifa deb maqsad qo’ygan demokratik yo’lda 
rivojlanishi bosh strategik yo’nalish deb belgilandi. Ana shu yo’lning boshida, 
1989 yilni iyunidan O’zbekistonning rahbari, 1990 yilni martidan O’zbekiston 
Respubikasining Prezidenti sifatida Islom Abdug’anievich Karimov turdi.
Sovetlarning kuchi tugayotgan va alamini kimdan olishini bilmay turgan 
bir paytda Kommunistik mafkura va amaliyotning hayotga zid tomonlarini ikir-
chikirigacha tushunib yetgan va dadil oshkora qila biladigan jasoratli dovyurak 
I.Karimov o’sha chirib borayotgan tizim uchun “ittifoqchi respublikalarda eng 
xavfli” shaxsga aylandi. 
Asrlarga teng qisqa vaqtda O’zbekistonda erishilgan yutuqlar, xususan, 
mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy, 
milliy qadriyatlarmizning tiklanishi, jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, 
mustaqil O’zbekiston respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o’rnining 
ortib borishini butun halqimiz, jahon jamoatchiligi Islom Karimov nomi bilan 
bog’laydi. 
O’zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan mislsiz yutuqlarni haqli 
ravishda Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bog’laydi.
Islom Karimov mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy 
o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosidir:
O’zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot 
dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan atoqli 
davlat arbobidir;
demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la javob beradigan 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga 
tatbiq etishning tashkilotchisidir;
markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo’g’inlarini isloh qilish, davlat, 
jamiyat va inson munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-
ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi;


225 
xalqning o’ziga xos xususiyatlari hamda ilg’or jahon tajribalarini 
mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu 
rivojlanish yo’li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, o’tish 
davrida davlatning bosh islohotchi ekanligi, islohotlarni bosqichma-bosqich 
amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya kabi mashhur besh tamoyilni o’z ichiga 
oldi va u dunyoda "O’zbek modeli" deb e’tirof etildi;
O’zbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini 
himoya qilishga qodir Qurolli kuchlar, CHegara va Ichki qo’shinlarni 
zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga boshchilik qildi;
KPSS Markaziy Komiteti boshchiligidagi kuchlar O’zbekistonda 
adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda o’zbek xalqining nomini nohaq 
tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqimizning or-nomusini, milliy 
g’ururini tiklashda fidoyilik namunasini ko’rsatdi;
xalqimiz ma’naviy qadriyatlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda 
bo’lish, asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimizni, urf-odatlarimizni, 
bebaho tarixiy merosimizni hayotga qaytarishni davlatimizning ustuvor 
yo’nalishlari darajasiga ko’tardi;
xalqaro maydonda O’zbekistonning obro’-e’tiborini yuksaltirish, o’zbek 
nomini butun dunyoga tarannum etishga ulkan hissa qo’shdi;
odamlarning tafakkurini o’zgartirish, ularning ongida yangi milliy g’oya, 
milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik 
qildi;
yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar o’rtasida totuvlik 
va hamjihatlikni qaror toptirish, uni saqlash hamda mustahkamlashga beqiyos 
hissa qo’shdi;
mohiyat-e’tiboriga ko’ra, mutlaqo yangi ta’lim-tarbiya tizimi – Kadrlar 
tayyorlashning milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishda bevosita 
yetakchilik qildi;
mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat 
va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish tizimi sifatida 
uni har tomonlama qo’llab-quvvatlash tashabbuskori bo’ldi;
Muxtasar qilib aytganda, Islom Karimov O’zbekiston davlati va 
davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini 
yaratdi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi, 
yurtimizning yorug’ istiqboli yo’lida ko’pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni 
ulug’ maqsadlar sari boshlab bordi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish