“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


-1970 yillarda O’zbekistondagi iqtisodiy hayot. “Paxta



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
9. 1950-1970 yillarda O’zbekistondagi iqtisodiy hayot. “Paxta 
yakkahokimligi”. 
1950-70 yillar O’zbekiston tarixi o’ta murakkab davrlardan biri bo’lib, bir 
tarafdan, O’zbek xalqining fidokorona mehnati sabab respublika iqtisodiyoti 
anchagina 
rivojlandi, 
ikkinchi 
tarafdan, 
totalitar 
tuzum, 
ma’muriy 
buyruqbozlikning kuchayishi natijasida iqtisodiy ma’naviy xayotda bir qator 
muammolar, nohush holatlar to’planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni 
keltirib chiqardi.
O’zbekistonni sanoatlashtirish VKP (b) ning XVIII s’ezdi va O’zKP (b) 
MQning IX plenumidan keyin katta kuch bilan kengayib ketdi. Xalq 
xo’jaligining o’sib borayotgan ehtiyojlari, mamlakat iqtisodiyotida SSSRning 
asosiy xom ashyo bazasi bo’lgan O’zbekiston respublikasida og’ir sanoatni tez 
sur’atlar bilan rivojlantirishni, mamlakatning ulkan tabiiy boyliklaridan 
foydalanishni qattiq talab qildi
13
. 1946-1950 yillar maboynida respublikamizda 
150 ta yirik sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Sanoatning yangi 
tarmoqlari qora va rangli metallurgiya, stanoksozlik vujudga keldi. Ikkita yirik 
“Chirchiqselmash” va “O’zbekselmash” mashinasozlik zavodalari qurilib 
ishga tushirildi. 1950 yilda 1946 yilga nisbatan mashinasozlik 19 barobar o’sdi, 
tabiiy gaz olish 3 barobar o’sdi, elektroenergiya 480 mln.dan 2.665 mln.kvt 
soatga yetdi, yengil va to’qimalik sanoati 128.7 foizga ko’paydi. Besh yil 
ichida respublika jami sanoat mahsuloti 183 foizga ortdi. Qo’qon shahar 
zavodining Ukrainaga ko’chirilishi munosobati bilan shakar va spirt ishlab 
chiqarish bajarilmagan edi. Ximiya, uy-joy qurilishi sohalari bo’yicha ham 
kapitalni o’zlashtirish bo’yicha belgilangan rejalar bajarilmadi. Biroq bu besh 
yillikda ittifoq miqyosidagi korxonalarning mahsulti 4.8 barobar ko’paygan 
holda, respublika boshqaruvida bo’lgan mahalliy sanoat atigi 8 % ga o’sdi 
holos. 1951-1955 yillarga mo’ljallangan birinchi besh yillikda yalpi sanoat 
mahsuloti ishlab chiqarishini 54 foizga, yalpi qishloq xo’jalik mahsulotini 50 % 
o’stirish, po’lat ishlab chiqarish 80 foizga, prokat ishlab chiqarish 70 foizga 
ko’paytirish mo’ljallandi. Xalq xo’jaligiga sarf qilingan mablag’ oldingi besh 
yillikdagiga nisbatan ikki barobardan ko’proq bo’ldi. Samarqand superfasfat 
zavodi, Oltin topgan qo’rg’oshin-qalay kombinati, Toshkent chini zavodi, 
CHirchiq shisha zavodi, Quyibo’zsuv, 2 ta Namangan GESlari, Andijon 
GRESlari ishga tushirildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 1950 yildagi 2,682 
mln.kvt.soatdan 1955 yilda 3,880 mln.kvt.s ga yetdi. Qo’mir qazib olish 70 
foizga, mashinasozlik ikki barobar, mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish 81 
foizga, to’qimachilik sanoati 15 foizga o’sdi. 50 yillarning ohirlarida 1300 dan 
ortiq fabrika va zavodlarni birlashtirgan sanoatning 70 tarmog’i mavjud edi. 
13
Qizil O’zbekiston. 1949 yil, 25 fevral. 


209 
Biroq beshinchi besh yillik rejaning bajarilish yakunlarini tahlil qiladigan 
bo’lsa bu davrda sanoat mahsulotining yillik o’sish darajasi keskin kamayib 
bordi. Oldingi muammolarning birontasi ham hal qilinmadi.
1.Energetika sohasi boshqa tarmoqlarining rivojlanishidan orqada 
qolmoqda edi.
2.Yildan yilga kapital qurilishi bo’yicha rejalar bajarilmay qolaverdi.
3.Neft konlarini qidirib topish ishlarining qisqarishi tufayli neftni qazib 
olish pasaydi.
4.Engil sanoatning 25 foiz korxonalar mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 
ko’rsatkichlarni bajarmadilar.
5.Mehnat unumdorligining o’sish darajasi pasayib bordi. Rejalar asosan 
xalq xo’jaligini jadal rivojlantirish hisobiga bajarildi. Besh yil ichida xalq 
xo’jaligiga kapital mablag’ sarflash 2.3 barobar ko’payishiga qaramay, yalpi 
sanoat mahsuloti zo’rg’a 1.6 barobar mehnat unumdorligi esa 1.2 barobarga 
o’sdi. Bu dalillardan ko’rinib turibdiki kapital mablag’larni sarflash kutilgan 
samaradorlikni bermadi.
6.Respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish notekis edi. 
Masalan 1955 yilda yalpi sanoat mahsulot ishlab chiqarishda Toshkent 
viloyatining hissasi 39.8 foiz bo’lgani holda Surxandaryo viloyati hissasi esa 
1.7 foizga to’g’ri keldi.
1958-1965 yillarda yana 142 sanoat korxonalari qurildi
14
. 1965 yilda 
O’zbekiston milliy daromadining 35,3% i sanoat ishlab chiqarish ulushiga 
to’g’ri kelgan bo’lsa, 1970 yilda 40% dan oshdi. O’rtacha yillik o’sish sur’atlari 
elektr energetikada 11,4%, rangli metallurgiyada 14%, neftni qayta ishlash 
sanoatida 13,2%, gaz sanoatida 19,8%, ximiya sanoatida 1,5% bo’ldi
15
. 1985 
yilga kelib respublika 1549 ta sanoat korxonalariga ega bo’ldi va ishlab 
chiqarishning yalpi daromadi 1960 yilga nisbatan 5 baravarga o’sdi
16
. Katta 
zahiraga ega bo’lgan ko’mir, neftь, gaz kabi boyliklar ishga solindi va qudratli 
yoqilg’i sanoati barpo etildi. 1965 yilda gaz qazib olish 8 baravar ko’payib, 
1970 yilda 32 mlrd kub. metrdan oshdi. O’zbekistonning gaz sanoati tarmoqlari 
O’rta Osiyodan tashqari Rossiya Federatsiyasining eng katta sanoat 
markazlarini doimiy ta’minlab turgan. Sovet boshqaruvi yillarida O’zbekiston 
konlaridan yiliga o’rtacha 20 mlrd. kubometrgacha tabiiy gazning olib ketilishi 
oqibatida gaz zahiralari ancha kamaydi
17

O’zbekistonda 60 yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. 
Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg’ona vodiysi daryo o’zanlarida 
sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin tarkibli 
14
Sovet O’zbekistoni. 1965 yil, 20 oktyabrь. 
15
Sovet O’zbekistoni ishchilar sinfi tarixi. – Toshkent: Fan, 1974. – B.308. 
16
Народное хозяйство Ўзбекской ССР в 1985 году. стат. ежегодник. – Ташкент: Узбекистан, 
1986. – С.13, 46. 
17
Donoqulov X. Mustabid tuzum davrida O’zbekistonda neft-gaz sanoati// Jamiyat va boshqaruv. – 
Toshkent, 2003. - №1. – B. 59. 


210 
kvarts tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 oltin 
koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog’ boyitish kombinati, 
Marjonbuloq kombinati qurildi.”O’zbek oltin” birlashmasi tuzilgach uning 
tarkibida Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda Oltin saralash fabrikasi 
ishga tushirildi. 
Sovet hokimiyati yillarida bunyod bo’lgan sanoat markazlari, xususan, 
Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Zarafshon, Muborak kabi 
shaharlardaasosan boshqa millat vakillari, ya’ni mamlakatning turli 
mintaqalaridan ko’chirib va ko’chib kelgan ishchi kadrlar joylashdi. Shu tariqa 
respublikadagi sanoat shaharlar ham ko’p millatli bo’lib bordi. O’zbekistonning 
industrial davlatga aylantirilishi uning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda 
muhim hissa qo’shsa-da, avvalgidek xom ashyo yetkazib beradigan respublika 
bo’lib qolaverdi. Qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat 
tarmoqlari keng rivojlanishiga to’sqinlik qilinib, respublika sanoati bir 
tomonlama ixtisoslashti-rildi
18
. Umumiy ta’kidlaganda, sanoat ishlab chiqarish 
umumiy hajmining 60%i xom ashyo va yarim fabrikatlarga to’g’ri keldi
19

Mahalliy rahbariyat tarafidan kadrlarni milliylashtirishga katta harakatlar 
qilinsada, markaz avvalgidek respublika sanoat ishchi guruhlarini ittifoq 
tuzumining ijtimoiy tayanchi sifatida ruslashtirishi, respublikalararo ko’p yillik 
sun’iy migratsiya natijasida sanoat ishlab chiqarishi ko’proq joylashgan yirik 
shaharlarda mahalliy aholini siqib chiqarish va bu joylardagi barcha yirik sanoat 
muassasalari ittifoqning tassarrufida bo’lgani uchun ko’chirib kelinganlar 
joylashtirildi. Barcha besh yilliklar davrida respublikada ko’p millatli kadrlarini 
yetishtirish, o’lkaning boy tabiiy resurslarini jadal o’zlashtirish jarayonlari bilan 
birgalikda bordi
20
. O’zbekistonda ittifoq markazining manfaatlarini ko’zlab 
ko’p millatli shaharlarning, yangi zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarining 
barpo etilishi va rivojlanishi, markazdan kadrlarning yildan-yilga ko’plab 
jo’natilishi oqibatida bu yerdaaholi o’rtasida mehnat taqsimoti jiddiy ravishda 
o’zgardi. Ayniqsa 1960-1980 yillarda O’zbekistonga ittifoqning markaziy 
mintaqalaridan odamlarni ko’chirib keltirish keng miqyosda davom etdi. Tub 
yerli millatga mansub ishchilar soni respublikadagi sanoat ishchilari umumiy 
miqdorining ko’payishidan ancha orqada qoldi. 1979 yilgi butunittifoq aholi 
ro’yxatlariga ko’ra O’zbekiston xalq xo’jalik tarmoqlarida ishlovchilarning o’z 
millati umumiy soniga nisbatan to’g’ri keladigan salmog’i o’zbeklar orasida 
37,2%, qozoqlar orasida 36,6%, qoraqalpoqlar orasida 51,1% da edi
21

O’zbekiston tub millatlarining mehnat bilan shug’ullanish darajasi 
respublikadagi o’rtacha ko’rsatkichdan ham pastroq bo’lgan. Bu hududda 
18
Bobojonova D. O’zbekistonda milliy ishchi kadrlar tayyorlash tajribasidan // O’zbekistonda ijtimoiy 
fanlar. – Toshkent, 1997. - №3-4. – B.35. 
19
Sanoat ishchilari milliy kadrlarining shakllanishi // O’zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1990. - 
№6. –B. 91. 
20
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi, 58-fond, 23-ro’yxat, 112-ish, 6-varaq. 
21
O’zbekistonning demografik rivojlanishi va ish bilan ta’minlanish problemalari //O’zbekiston 
kommunisti. – Toshkent, 1985. - №3. – B. 45 . 


211 
sanoat tarmoqlari uchun mahalliy rahbar, ishchi, muhandis va qishloq xo’jalik 
kadrlarini tayyorlash bilan birga ularning sonini muntazam ravishda ko’paytirib 
borishgaalohida masala sifatida qaralishi zarur bo’lgan. Biroq mutaxassis 
kadrlarni tayyorlashda respublikaning o’ziga xos ijtimoiy-milliy va demografik 
hususiyatlari inobatga olinmadi. Bir va besh yillik rejalarda ham yuqori organlar 
faqat mehnat unumdorligining o’sishi, belgilangan reja qanday bo’lmasin 
bajarilishi, qo’l mehnatini mexanizmlar bilan almashtirish, ish haqi fondi va 
ishchi, mehnatkashlarning soni bo’yicha ko’rsatkichlar tasdiqlangan
22
. Ammo 
mehnat resurslarining sifati, ya’ni kadrlarning ma’lumot darajasi, malakasi, 
ijtimoiy holati, oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislarning ishchi va 
xizmatchilar umumiy soniga nisbatan salmog’i va boshqa ko’rsatkichlarga 
yetarli e’tibor berilmadi. 
O’zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi o’rinni egallaydi. 
1950-1980 yillarda yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni 
o’zlashtirish, sug’orish inshoatlarini qurish ishlari avj oldirildi. Bu ishlar 
Respublika qishloq xo’jaligida paxta monokulьtura sifatida rivojlantirildi. 
Respublikada 30 tsentnerchilik harakatida minglab paxtakorlar qatnashdilar. Bu 
harakatda Zamira Mutalova,Mehriniso Ubaydullaeva kabilar mehnatda katta 
jasorat ko’rsatdilar. Paxtachilik 1947 yilda 1940 y darajasiga yetib, 1950 yilda 
davlatga 2.116 ming tonna paxta sotildi. Hosildorlik gektaridan 14.7 
tsentnerdan (1940y) 21.1 tsentnerga (1950 y) yetdi. Shu bilan birga paxta 
yakka hokimligi, paxtachilik mexenizatsiyalashtirish va ximiyalashtirish 
harakati ko’chaydi. 1948 yilda paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgach, 
g’o’za bargini to’kishda butifos va merkaptopos qo’llanila boshladi.
Chorvachilik sohasida bajarib bo’lmaydigan noaniq rejalar qabul qilingan 
ediki, natijada bu vazifalar bajarilmadi. Ipakchilik sohasida esa 1940 yildagi 
685.4 tonna o’rniga 1950 yilda tonna pilla davlatga sotilib, katta yutuqqa 
erishildi.
1954 yilning fevralida sobiq hukmron firqa markazkomining va Sobiq 
ittifoq hukumati “O’zbekiston SSRda 1954-1958 yillarda paxtachilikni yanada 
rivojlantirish to’g’risida” qaror qabul qilinib, unda suv xo’jaligini yaxshilash, 
paxta yetishtirishni mexanizatsiyalashtirish, kadrlar tayyorlashga katta e’tibor 
berildi. 1958 yilda MTSlar qayta qurilib, ko’plab mashina va traktorlar 
kolxozlarga sotildi. 1953-1955 yillarda 130 ming gektar yangi yerlar 
o’zlashtirildi. Traktorlarning soni qishloq xo’jaligida 33.5 mingdan (1951 yil) 
46.8 mingtaga (1955 y) yetib, 40 foizga ko’paydi. MTSlardagi paxta terish 
mashinalarining soni 3.3 mingdan 15.1 mingga yetdi. 1950 yilda 1,1 mln gektar 
yerga g’o’za ekilgan bo’lsa, 1985 yilda qariyib 2 mln. gektar yerga g’o’za 
ekildi. Paxta xom ashyosi shu yillarda 2,3 mln tonnadan, 5,4 mln tonnaga yetdi. 
1985 yilda respublika paxta maydonlari barcha ekin maydonlarining uchdan 
ikki qismini egallardi. 1963 yilga kelib, O’zbekistonda 1400 kolxoz va 182 
22
Toshmurodov T. Kadrlarni tayyorlash va ulardan samarali foydalanish. – Toshkent: O’zbekiston, 
1985. – B. 24. 


212 
savxoz faoliyat ko’rsatayotgan edi. Qarshi, Sherobod, Amu Buxoro magistral 
kanallari qurilib ishga tushirildi.Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash sohasida 
ham ma’lum ishlar qilindi. 1964 yilda kolxoz va sovxozlarga 64 ming traktor 
16.4 ming paxta terish mashinalari, 59.6 ming kultivatorlar sotildi. Yetti 
yillikda mexanizator kadrlarga e’tibor ko’rsatilib 96 ming traktorchi 
tayyorlandi. SHu yillarda Tursunoy Oxunova, Javod Qo’chiev, M.Umrzoqov 
kabi mexanizatorlarning nomi mashhur edi.
Rahbariyat tomonidan 1956 yilda qabul qilingan O’zbekistonda 300 ming 
gektar qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish to’g’risidagi qarori paxta 
yetishtirishni keskin ko’paytirishni nazarda tutdi. Natijada Mirzacho’l, Qarshi, 
Jizzax, Surxon-Sherobod vohasi, Markaziy Farg’ona hamda Amudaryoning 
quyi havzasidagi cho’llarni o’zlashtirish ishlari avj oldirildi va to’qqizinchi besh 
yillikning o’zida 510 ming gektar yangi yerlar foydalanishga topshirildi
23

Mirzacho’lda qariyb 300 ming gektarga yaqin yer o’zlashtirilib, 60 mingga 
yaqin yangi aholi xo’jaliklari, sovxozlari bunyod etilgan. Jizzax cho’lida 50 
ming gektarga yaqin yer o’zlashtirilib, yangi paxtachilik kolxoz va sovxozlari 
tashkil etildi
24
. Yangi yerlarni o’zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning 
xo’jalik binoalari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga olib 
borildi. 1956-1965 yillarda Mirzacho’lda 84 ming gektarer o’zlashtirildi. 16 ta 
paxtachilikga ixtisoslashgan, 1ta bog’dorchilik sovxozlari tashkil etildi.1957 
yilYangier, 1961 yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1953-1963 yillarda 
Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4ming gektar yer o’zlashtirildi, 16 ta yangi 
kolxoz,2 ta sovxoz vujudga keldi. Jizzax cho’lida 670 ming gektardan ko’proq 
yangi yerlar o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan yerlarda Mirzacho’l (1967), Do’stlik 
(1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. SHunday 
qilib O’zbekiston hududida 1946-1965 yillar qariyb 600 ming gektar yangi 
sug’oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966-1985 yillarda 1,6 mln. 
Gektar yangi yerlar o’zlashtirilib foydalanishga topshirildi. Ammo 
o’zlashtirilgan yerlarga yangi ko’chirilgan asosiy aholi mahalliy millat vakillari 
bo’lib, aholi xo’jaliklarini joylashtirish, ularni uy-joy bilan ta’minlash ishlari 
qoniqarsiz ahvolda bo’ldi. Respublikaning yangi o’zlash-tirilgan bir qancha 
tumanlariga ko’chirib keltirilgan xo’jaliklarga nisbatan ijtimoiy yordam 
qog’ozlarda bitilgan chora-tadbirlarni qamrab ololmasdi. Oqibatda bir qator 
viloyatlar aholisining yashash sharoiti umuman zamon talabiga javob bermagan 
va iqtisodiy jihatdan orqada qolishiga sabab bo’lgan. 
Respublika xalq ta’limida urushdan keyin bir qator jiddiy muammolarni 
yengib o’tishga to’g’ri keldi. 50 yillardan maktab qurilishi, 7 yillik umumiy 
majburiy ta’lim amalga oshirildi. Biroq ta’limning mazmuni orqada qolganligi, 
maktab o’quvchilarining bilim darajasi pastligi sabab jiddiy islohotlar o’tkazish 
zarur edi. 1959 yildan boshlab 10 yillik o’rta maktablar 11 yillikka aylantirildi. 
23
Rashidov SH. Adabiy-tanqidiy maqolalar, xotiralar, kamolat. 4-jild. – Toshkent: G’afur G’ulom, 1982. – 
B. 15. 
24
O’zbekiston Respublikasi MDA, 314-fond, 1-ro’yxat, 26-ish, 421-varaq. 


213 
Maktablar uchun yangi o’quv rejalari, dasturlari va darsliklar yaratildi. 1962 
yildan umumiy majburiy 8 yillik ta’limga o’tildi. Barcha yetti yillik maktablar 8 
yillik maktablarga aylantirildi. 1958-1965 yillarda 1000 yaqin shunday 
maktablar ochildi. Unda o’qiydigan yoshlar 1965 yilda 134,5 ming kishini 
tashkil etdi. O’rta umumta’lim maktablari 1970 yildan boshlab mahalliy 
sharoitlardan kelib chiqqan holda alohida boshlang’ich (1-3 sinflar), 8 yillik (1-
8sinflar), o’rta (1-10) maktablarga aylantirildi. Shunga qaramay jiddiy 
muammolar, maktab sinf xonalar soni oshmasin, bolalar sonining tabiiy 
o’sishidan orqada qolaverdi. Maktab binolarining yetishmasligi, moddiy texnik 
jihatdan zaifligi surunkali davom etdi. Maktablarda ta’lim tarbiya kommunistik 
mafkuraga bo’ysundirilgan, KPSS reja va dasturlari doirasiga, qolipiga solib 
qo’yilgan, ta’lim-tarbiya milliy xususiyatlar, tarixiy ma’naviy qadriyatlarni 
inobatga olmasdi.
Respublikada oliy va o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlar 
vazifasi ham kommunistik mafkura tartibi asosida amalga oshirildi. 1959 yilda 
respublikada oliy mutaxassis kadrlar tayyorlab beradigan 31 ta oliy o’quv 
yurtlari bo’lsa, 1985 yilga kelib 42 oliy o’quv yurti, 240 texnikum, 590 
professional-texnika o’quv yurtlarida xalq xo’jaligi uchun oliy va o’rtamaxsus 
kadrlar tayyorlanardi
25
. Hunar-texnika bilim yurtlari sanoatga ishlash uchun 
kelgan ishchilarning 20%i, qishloq xo’jaligida ishlash uchun kelayotganlarning 
40%ini tayyorlardi
26
. Bilim yurtlariga qabul qilinganlarning 45%i (Toshkent 
shahrida) boshqa millat vakillari bo’lib, o’quvchilar umumiy sonida sanoat va 
qurilish ishchi mutaxassislari bo’yicha mahalliy millat vakillari 17%ni 
egalladi
27
.
Markaziy Statistika boshqarmasining 1960 yil 1 yanvargacha bo’lgan 
axborotida 
O’zbekistondaaholining 
ma’lumot 
darajasi 
ko’rsatkichlari 
quyidagicha bo’lgan: tugallangan oliy-105 ming, tugallanmagan oliy-66 ming, 
o’rta maxsus ma’lumot-180 ming, umumiy o’rta (to’liq o’rta) ma’lumot-377 
ming, to’liqsiz o’rta ma’lumot-1273 ming bo’lib, oliy va o’rta maxsus 
ma’lumotga ega kishilar umumiy 351 ming, to’liq o’rta maktabni, ya’ni yetti 
yillikni tamomlab chiqqanlar 1630 ming kishi edi
28
. 1980 yillarga kelib oliy va 
o’rta maxsus ma’lumotlilar xalq xo’jaligida 1080,9 ming kishiga yetdi
29
.Shu 
yillar ichida O’zbekistonda barcha ishchi va xizmatchilar, qishloq xo’jaligida 
ishlovchilarning o’sish miqdorining o’zgarishi quyidagicha bo’lgan: 1940 yilda-
2174,0 ming kishi bo’lsa, 1965 yilda-3055,0, 1970 yilda-3670,0, 1975 yilda-
25
Производительные силы Узбекистана и перспективы их дальнейшего развития. – Тасшент:Фан, 
1986. – С.58. 
26
Партия турмуши. – Тошкент, 1973. - №11. – Б. 7. 
27
Таксанов А. Социальная политика и рабочий класс. – Ташкент: Узбекистан, 1991. – С. 94. 
28
Қизил Ўзбекистон. 1960 йил, 2 августь. 
29
Народное хозяйство Узбекской ССР за 60 лет, статистический сборник. – Ташкент: 
Узбекистан,1984. – С. 228-229. 


214 
4397,7, 1980 yilda-5166,9 ming kishini tashkil etgan
30
. Biroq bular miqdor 
ko’rsatkichlardagi ayrim siljishlar bo’lib, masalaning asosiy jihati o’quv 
yurtlarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida 
ko’plab muammolar mavjud edi. Sovet hukumati “Sotsializmning afzalligi”ni 
ko’rsatish 
maqsadidaasosiy 
e’tibor 
oliy 
ma’lumotli 
mutaxassislar 
tayyorlashning son jihatiga e’tibor berib, oqibatda tayyorlanayotgan 
mutaxassislarning jahon talablaridan jiddiy ortda qolishiga, xalq xo’jaligiga 
malakasiz kadrlar tayyorlanishiga, ulardan ishlab chiqarishda samarasiz 
foydalanilishiga olib keldi. Sovet tuzumi oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi 
orqali ommaviy kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlashni “yalpi miqdor”, 
mablag’larni taqsimlash vaqtida “qoldiq” qoida bo’yicha ishlashni davom 
ettirdi
31
. Bu kamchiliklar kadrlar siyosatiga salbiy ta’sirini o’tkazmay 
qo’ymasdi. Mavjud mablag’lar hisobiga xalq xo’jaligi uchun ko’proq 
mutaxassis tayyorlab berish o’qishning kechki va sirtqi bo’limlarida ko’zda 
tutildi. Sirtqi ta’lim tizimi O’zbekistondaasosan urushdan keyingi yillarda 
rivojlana boshladi. 1965 yilda oliy o’quv yurtlarining sirtqi bo’limlariga 18 
ming kishi qabul qilindi. Biroq 1970-1971 o’quv yilida faqat 13 ming kishi 
o’qishni bitirib chiqdi, ya’ni o’qishga qabul qilinganlarning uchdan ikki qismi 
to’liq tamomladi
32
. Keyingi yillarda oliy o’quv yurtlarining sirtqi 
bo’limlarigatinglovchilarni qabul qilish birmuncha qisqardi, ammo 1980 
yillarga kelib yana miqdori orta boshladi. “Bo’lajak jamiyatning idealini 
o’qitishni yosh avlodning unumli mehnati bilan qo’shib olib bormasdan 
tasavvur qilib bo’lmaydi”
33
, - deb ta’riflangan sovet tuzumi g’oyasi yoshlarni 
o’qitish bilan bir vaqtda mamlakatning iqtisodiy bazasini yanada to’ldirish 
uchun ular doimiy ishga ham jalb etildi. Ta’limning bu ko’rinishi bir vaqtda 
ham o’qiyotgan, ham xalq xo’jalik tarmoqlarida ishlayotgan kishilarni muttasil 
o’qishga jalb etish imkonini bersa, ikkinchi tarafdan kechki va sirtqi bo’limlarni 
tamomlab chiqayotgan mutaxassislar nazariy tayyorgarligining yetarli darajada 
bo’lmasligi kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash ishiga salbiy ta’sir o’tkazardi. 
Kadrlar siyosatidagi bu kabi buzilishlar, xato va kamchiliklar yil sayin ortib 
borib, respublikaning taraqqiyotiga sezilarli darajada to’siq bo’ldi. 
O’zbekistonda teatr va musiqa san’ati birmuncha o’sdi. Bu yillarda “Toxir 
va Zuxra”, “Farxod va Sрirin”, “Alpomish”, “Ravshan va Zulxumor”, “Navoiy 
Astrobodda”, “Muqimiy” kabi milliy tarixiy asarlar saxna yuzini ko’rdi, lekin 
ular partiyaviylik va sinfiylikka moslashtirildi. Sрu bilan bir qatorda “Oltin 
devor”, “Toshbolta oshiq”, “Kelinlar qo’zg’oloni” va boshqa saxna asarlari 
xallq e’tiboriga sazovar bo’ldi. O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan 
30
Муллaджанов И.Р. Демографическое развитие Узбекистана. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – 
С. 245. 
31
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – 
Toshkent: SHarq, 2000. – B. 533. 
32
Suyunov S.H. Fan-texnika taraqqiyoti va kadrlar tayyorlash. – Toshkent: O’zbekiston, 1987. – B. 
39. 
33
O’zbekiston Respublikasi MDA, 2454-fond, 6-ro’yxat, 287-ish, 380-varaq. 


215 
M.Uyg’ur, Ye.Bobojon, A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, aktyorlardan, A.Xidoyatov, 
O.Xo’jaev, A.Bakirov, S.Eshonto’raeva, Sh.Burxonov, Z.Muhammadjanov, 
G’.A’zamov, Yo.Ahmedov, P.Saidqosimov va boshqa san’atkorlar salmoqli 
xissa qo’shdilar. Xalqimiz o’zbek san’atini baland ko’targan Yu.Rajabiy, 
H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova 
nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda. 60-70 yillar o’zbek kino san’atiga 
yosh talantli rejissyorlar aktyorlar, Sh.Abbosov, A.Xamroev, R.Botirov, 
H.Axmarov kabilar kirib keldi. Sh.Abbosovning “Mahallada duv-duv gap” 
(1961), “Sen yetim emassan”(1963), “Toshkent-non shahri” (1970), “Abu 
Rayxon Beruniy” (1974) kabi filmlari mashhur bo’ldi. Shunday qilib, 
respublika madaniy-ma’naviy hayotida 1946-1990 yillarda muayan yutuqlarga 
erishildi. Xalq maorifi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tarmog’i ancha rivojlandi. 
Aholining umumiy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxassislar, ijodiy ziyolilar 
darajasi sezilarli kengaydi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa 
asarlari yaratildi biroq bularning barchasi mafkuraviy tuzum qolipidan 
chiqmagan holda amalga oshirildi. O’zbek xalqi nafaqat o’z milliy qadriyatlari, 
an’anlari va tilidan, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlardan tobora 
begonalashtirilib borildi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish