196
"Xalq komissari Sorokin qanoti ostidagi millatchilar o’zbek o’quvchilarini
o’zbek tilini darsliklardan o’rganish imkoniyatidan mahrum qildilar. Xalq
komissari esa kotibalardan tashkil topgan o’tib bo’lmas to’siq orqasiga,
kabinetiga o’tirib olib, tashqarida nima bulayotganidan bexabar". Bu davrda
matbuotda bunday ayblarning yozilishining o’zi insonni sud va tergovsiz otib
tashlash uchun kifoya edi.
Yuqorida nomi zikr etilgan K.Sorokin 1936 yil iyul oyida respublika xalq
ma’orifi komissari qilib tayinlangan edi. U 15 oygina xalq komissari bo’lib
ishladi. 1937 yilning 29 sentyabrida uni xibsga olishdi. so’ngra uning rafiqasiga
ham xibsga olish to’g’risidagi orderni ko’rsatishdi. Biroq uni (Gulso’m
Abduraxmanova) o’sha vaqtda xomilador ekanligi qutqarib koldi. Uni
qamoqdan chiqarib, yashab turgan uyini tezda bo’shatib qo’yishni talab qilishdi.
U ikki yosh go’dagi bilan qaynonasining kichik bir uyiga ko’chib o’tdi.U
Stalinga, Voroshilovga, Beriyaga maktublar yozdi. Lekin "Eringiz xat yozishish
huquqlaridan mahrum etilgan holda 10
yilga xukm qilingan degan
mazmundagi javoblar Beriya imzosi bilan kelardi. Keyinchalik qamoq muddati
xatlar bo’yicha ikki baravar ko’paytirildi. Eri xibsga olingandan uch oy keyin
otib tashlanganligidan bexabar Gulsim opa har oyda erining turmada kun
kechirishi uchun NKVD kassasiga oltmish so’mdan pul to’lab turdi. U bu yillar
hatto, "doxiy" tezda adolatni tiklaydi, deb kutdi. Xatto, o’zining 1938 yil
yanvarda tug’ilgan qiziga Stalinning qizi sharafiga
Svetlana deb nom ham
qo’ygan edi.("Pravda Vostoka" gazetasi, 1937 yil, 15 sentyabr.)
Stalincha mustabid hokimiyati dastidan milliy jumhuriyatlar mustaqilligi,
suverenligi barbod etilibgina kolmay, shu bilan birgalikda ularning fuqarolari
ichki e’tiqodi, asrlar osha davom etib
kelgan milliy qadriyatlari, urf-odatlari,
rasm-rusmlari, diniy e’tiqodlari ham toptaldi. Dinni, ruhoniylar va dindorlarni
ta’kib qilish xalqning ma’naviy madaniyatiga nihoyat darajada zarar yetkazdi.
Ma’muriy islohot tartiboti urnatilishi bilan dinga ilmiy, milliy nuqtai nazardan
yondoshish inkor etila boshladi. "Sotsializmda dinga o’rin yo’q, o’nga din
begona" degan qoida ustun bo’lib koldi.
Na masjidlar, na cherkovlar, na
dindorlar shu qadar ta’kiblarni hech kachon boshidan kechirmagan edilar.
Respublika ruhoniylarining asosiy qismi 30-yillarda kontsentratsion
lagerlarga junatildi. Masjidlar bekitib qo’yildi. Ularning aksariyati otxonalar,
omborxonalarga
aylantirildi.Bu
qilingan
ishlar,
shubhasiz,
millionlab
kishilarning
shaxsiyatiga, milliy g’ururi, his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatmay
qolmadi. Xatto shunday holatlarga ham duch kelindiki, jumhuriyatimizdagi
ko’plab xonadonlarda vaqti- vaqti bilan o’tkazib turiladigan tintuv paytidaarab
yozuvida bosilgan biror kitob topilguday bo’lsa, uning nomi,
mazmunini
surishtirib ham o’tirmasdan, o’sha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur shaxs
degan la’nat tamg’asi bosilib, uni qamoq yoki surgun jazosiga maxkum etilardi.
Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi Beguvul qishlog’ida ilmli, yaxshi
fazilatlari bilan elda hurmat kozongan, aellarni o’qitib, savodli qilgan mu’tabar
onaxon Bibijon Ismoilovani 80 yoshida diniy kitob o’qishda ayblab, qamoqqa
197
olishgan va momo qamoqda og’ir ahvolda vafot etgan. Holbuki, uyiga o’sha
qo’zg’unlar bostirib kirgan kechada Bibijon momo o’zining hamisha o’qib
yuradigan sevimli
Do'stlaringiz bilan baham: