Asadbek
58. O’rta Osiyodagi Namozgo’x tipidagi masjidlar me’morchiligi (Buxoro misolida).
59. O’rta Osiyoda mahalla masjidlarining me’morchiligi.
60. Buxorodagi “Poi-kalon” ansambli arxitekturasi.
61. Buxoro yaqinidagi Bahouddin NaqshbandiyXonaqosi arxitekturasi.
62. XVII asr O’rta Osiyo me’morchiligining xususiyatlari. (qisqacha - asosiy xususiyatlar (dekor, inshootlar), asosiy yodgorliklarning nomlari).
63. XVII asrda Samarqanddagi Registon ansambli me’morchiligi.
Jvoblar
58.
Buxoro namozgohi
Buxorodagi me’moriy yodgorlik-Nomozgoh. Qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o‘rnida XII asrda (1119-yilda) barpo etilgan. Masjid pishiq g’ishtdan oddiy qilib qurilgan, atrofi baland devor bilan o’ralgan. 16-asrdagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi to’g’ri to’rtburchak bo’lib, 3 asosiy xonadan iborat. O’rtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalonyo’lakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qur’ondan ko’chirilgan oyatlar bitilgan. Buxoro namozgohi me’morligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o’z ifodasini topgan.
Namozgoh masjidi (XII, XIV, XVI asrlar). Buxoroning janub tomonida, shahar tashqarisidadir. Bunday masjidlar hayit kunlari shahar masjidlari namoz o`quvchilarni sig`dira olmaganligidan shaxar tashqarisiga qurilgan. Namozgoh masjidi ana shunday masjidlardan hisoblanadi. Namozgohning peshayvon, galereya shaklida gumbazli binosi bo`lgan (XVI asr), unga nafis qoplama bezakli pevdtoq qurilgan. G`arb tomondan binoning monumental qismi mehrobli qadimiy devorga taqalgan. Masjid nozik o`yma gulli sopol g`ishtlar va mayda g`isht parchalar bilan bezatilgan. Hozirgi namozgoh masjidi o`rnida bir vaqtlar ajoyib bog` va hayvonotxona bo`lgan. Bu er SHamsiobod deb atalgan. Bu joyni tarixchi Narshaxiy o`z asarida to`la tasvirlab o`tgan
61.
Bahouddin Naqishband majmuasi
Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri Orifon qishlog’ida joylashgan. XIV-XVI asrda qurilgan. Masjid, madrasa, hovuz, minora, quduqdan iborat ziyoratgoh majmuasi.
60
Poi kalon ansambli Buxoroda joylashgan bo’lib , u uchta me;moriy obidadan iborat . Ansambil Masjidi kalon va Mir arab madrasalari bir oqda qarama qarshi joylashganligi tufayli qosh turidagi ansambil hisoblanadi/
— Minorai kalon (1127) yoki Katta Buxoro minorasi. Qoraxoniylardan Arslonxon hukmronlik qilgan davrda qurilgan. Bu minora shahardagi eng baland inshootdir. Uning balandligi 46,5 metr, uning qurilgan vaqtini (1127 yil) ko`rsatadigan yozuv korpusning o`rta belidagi koshinlardan birida qisman saqlanib qolgan. Minora baland, dumaloq ustunsimon bo`lib, tepasida ravoqli «fonusiy» tomi bor. Uning ichida 104 pillapoyali aylanma zinasi bor. Minoraning yuqori tomoni bir oz ingichkaroq bo`lib, tsilindr shaklli gumbazida 16 ta darcha bor. Minoradan azon aytilgan. Minorada dushman paydo bo`lishini kuzatadigan maxsus punkt ham bo`lgan. Minoraning qorovulxonasi xali ham bor, uning sirti jimjimador qilib terilgan pishiq g`isht bilan qoplangan. Buxoro shahrining tashqi ko`rinishida bu minora badiiy jixatdan katta ahamiyatga ega. Gumbazning zangori belbog`i XVI asrda ishlangan koshinlardan iborat. Naqsh bilan yozilgan eeki qismi XII asrda yasalgan och moviy tusdagi koshinlardan iborat bo`lib, Buxoro muzeyining Sitorai — Mohi xosa filialida saqlanmoqda. Minora korpusining pastki qismi ta`mirlandi. U o`nburchak shaklida bo`lib, ustiga minora qurilgan.
Masjidi kalon (Katta masjid) — juma namozi o`qiladigan bu masjid 1514 yilda qurilgan bo`lib, kattaligi jihatdan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o`rinda turadi. U XII asrdagi eski masjid o`rniga qurilgan. Masjid XV asrda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida (1514 yilda) bitgan. Masjid to`g`ri to`rtburchak shaklida hovlisi bo`lgan ochiq masjidlar turkumiga kiradi. Masjidi kalonning ettita eshigi bor. Asosiy sharqiy eshigi oldida va ichida keng ayvonlar bor. Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127X78). Hovli galereyasi 288 qubba bilan qoplangan, ularni 200 ta ustun ko`tarib turadi. Bu ham noyob me`morchilik yodgorliklaridan biridir
. Mir Arab madrasasi — shaharning markaziy qismida ikkita gumbaz atrofidagi imoratlardan ajralib turadi (1530 yil). Ulardan biri — SHimoliy gumbaz tiklanib, unga yarim moviy koshin bilan qoplangan bezak berilgan, Janubiy gumbaz esa bezatilmay qolib ketgan. Madrasaga hashamatli baland peshtoqdan kiriladi. Madrasadagi binolar xuddi Ulug`bek madrasasidek joylashtirilgan. Faqat darsxona o`rnida go`rxona bor. Bu erda yamanlik shayx Abdulla (Mir Arab) va uning qarindoshlari dafn qilingan. YOdgorlik shuning uchun ham Mir Arab nomi bilan atalgan. Madrasa hovlisining chor atrofini ikki qavatli hujralar o`rab turadi. Hujralar qatorini to`rtta peshtoq ajratib turibdi. Bir vaqtlar peshtoqlar juda baland bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |