192
mehnat lagerlariga jo’natildi. Yirik jamoat arboblaridan Mannon Abdullaev
(Ramz), Nosir Saidov, Mahmud Xodiev (Botu), Xosil Vasilov, Sobir
Qodirovlar o’lim jazosiga xukm etildilar, keyinchalik bu xukum o’zoq muddatli
qamoq jazosi bilan almashtirildi.
1930 yili Davlat banki apparatida tozalash o’tkazilib, bir qancha rahbar
xodimlar qamoqqa olindi. Respublika Oliy sudining sobiq raisi Sa’dulla
Qosimovning ishi bilan bog’liq «qosimovchilik» degan, ishlar to’qib chiqarildi.
Sud ishlarining hammasi asosan ilg’or siyosiy arboblarni yo’q qilishga
qaratilgan edi. Bularning hammasida Stalinning xo’jalik muommalarini
ma’muriy choralar bilan yechishga moyilligi va cheksizxokimlik qilishga
intilish mudxish rolni o’ynadi. 20-yillar ohirlarida boshqa respublikalarda
bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham xususiy kapitalni va nepmanlar, boylar
xo’jaliklarining qoldiqlarini juda qisqa muddat ichida tugatish yo’li qo’llab
quvvatlandi. Mana shu nepmanlar, boylarning hammasi sotsialistik qurilishning
eng ashaddiy dushmanlari deb e’lon qilindi.
1930 yil fevralidan boshlab O’zbekistonda quloq xo’jaliklarni tugatish
kompaniyasi boshlandi. Bu kompaniya, xuddi boshqa respublikalardagidek,
qonunlar va inson huquqlarini qo’pol ravishda bo’zish hollari bilan birgalikda
davom etib bordi. Birgina Mirzachultumani (Toshkent okrugi)da 75 ta xo’jalik
quloq qishloq sifatida tugatildi. Ko’pgina rayonlarda quloq xo’jaliklarigina
emas, balki o’rta hol va hatto kambag’al xo’jaliklar ham musodara qilindi.
Natijada O’zbekistonda birgina 1930 yili 2648 ta quloq va boylar xo’jaliklari
deb atalgan xo’jaliklar tugatildi. 1930-1933 yillari tugatilgan xo’jaliklar soni 5,5
mingtaga yetdi, ularning ko’pchiligi ittifoqning boshqa rayonlariga, asosan
Ukraina va Sibirga ko’chirilib yuborildi. Ko’chirilganlarning ko’pchiligi nobud
bo’lib ketdi.
Sobiq ittifoqda qatag’onlikning keng miqyosida boshlanishi VKP(b) XVII
se’zdi (1934y) va unda ko’rilgan tashkiliy masalalar bilan bog’liqdir. S’ezd
yakunida partiya markaziy qo’mitasiga kotiblar saylovi o’tkazildi. Nomzodlar
orasidan S.M.Kirov ko’p ovozni eg’alladi. Stalin ustalik bilan bosh kotib
(sarkotib) saylovini o’tkazdirmadi. Chunki S.M.Kirov sarkotiblik lavozimini
eg’allashi mumkin edi. Shu sababli Stalin to umrining ohirigacha hukumat raisi
va partiya markaziy qo’mitasi kotibi (sarkotib deb atalmasa ham u partiyaning
bosh rahbari sifatida faoliyatini davom ettirdi) lavozimlarida turdi.
Do'stlaringiz bilan baham: