uning salbiy oqibatlari.
O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishini o’tkazish tashabbusi eng avval
mazkur mintaqaning xalqlari va partiya davlat organlaridan chiqqani yo’q.
Vaziyat shunday bo’ldiki, hatto V.I. Lenin xayotligidayoq Turkistonning
ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlarigaasosan iqtisodiy va
madaniy jihatdan, u ham bo’lsa Rossiya sharqiy chekkalarining kapitalizmi
chetlab sotsializmiga o’tishdagi o’ziga xos belgilari xisobga olingan holda
qaralardi.
1924 yilga kelib, O’rta Osiyo yoxud Turkistonda mavjud bo’lgan uchta
davlat birlashmasi: Turkiston (TASSR), Buxoro xalq respublikasi (BXR) va
Xorazm xalq respublikasi (XXR)ni qayta tuzish, ya’ni qaytadan milliy davlat
chegaralanishi o’tkazishga tayyorgarlik avj olib ketdi.
Amalda Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachilik siyosati
yillarida orziqib qutgan ozodlik, tenglik, birodarlik, mustaqilliq to’g’risida
orzu-umidlari puch bo’lib chiqdi.
Turkiston sho’ro hokimiyatining xom ashyo manbai bo’lib qolaverdi.
Demak, «Zo’raki inqilob» xalq talabini, amalda qondirmadi. Chorizmning
reaktsion milliy siyosati yangicha ko’rinishda bolьshevikcha niqob, markscha-
lenincha kommunistik mafkura ostida davom ettirildi. Eng asosiysi, Turkiston
xalqlari xokimiyat boshqaruviga yaqinlashtirmadi. 1920 yilda Turkistondan
Rusiyaga 6730 vagon paxta, 1000 vagon jun, 111 ming juft poyafzal, 100 ming
ko’rpa-to’shak, 202 ming bosh kiyim, 324 ming ko’ylak, 11,5 ming kalta
po’stin, 6,4 ming egar, ko’plab miqdorda meva-sabzovot, vino, baliq va boshqa
mahsulotlar olib ketildi. Shu- yilning faqat fevral-avgust oylarida Turkiston
temir yo’llarida 10000 vagonga yaqin turli harbiy va xalq ho’jaligi ahamiyatiga
molik yuklar tashib ketildi. Sho’ro hukumatining birinchi kunlaridanoq
mahalliy xalq, ilg’or ziyolilar Turkiston boyliklari o’ziga xizmat qilish,
o’lkamizning mustaqil bo’lishi uchun kurashdi.
Murakkab sharoitda mahalliy milliy kuchlarning Turkistondagi xokimiyat
idoralaridaasosan yerli aholi bo’lishi uchun kurashishdan boshqa chorasi
qolmadi. Bu albatta Turor Risqulov rahbarligidagi milliy ziyolilar boshchilik
qildilar.
178
Jumladan, milliy kuchlar 1920 yil 17 yanvarda bo’lib o’tgan Turkiston
komfirqasi O’lka Qo’mitasi, Musulmonlar byurosi va Turkkomissiyaning (u
1919 yilda to’zilib, Eliava raisligida Turkistonga yuborilgan edi) qo’shma
majlisida o’lkamiz xududida mustaqil «Turk Respublikasi» va «Turkiston
Kompartiyasi»ni to’zishni talab qilib chiqdilar. Shuningdek ular Turkiston
muxtor jumhuriyati. Konstitutsiyani qayta ko’rib chiqishni, mahalliy aholidan
maxsus musulmon armiyasi to’zishni, rus qo’shinlarini o’lkadan olib chiqib
ketishni ham taklif qildilar.
Bu masala Turkiston Kompartiyasining V o’lka konferentsiyasida hamda
musulmon kommunistlarining III o’lka konferentsiyasida ham muhokama
qilindi. O’z navbatida hali mustaqil yashab turgan Buxoro amirligi va Xiva
xonligi ham Turkistondagi sho’ro muxtor hokimiyatini tan olmadi.
Bunday vaziyatda Turkistonda sho’ro hokimiyatini mustahkamlash uchun
yuborilgan Turkkomissiya a’zolari orasida ham ikkilanish paydo bo’ldi.
Masalan, Eliava va Kuybishev Turkiston milliy kuchlari taklifini zarur chora
deb tushundi. F.Goloshchekin esa ikkillandi. Faqat Ya.E.Rudzutak, keyinchalik
esa M.V.Frunze milliy kuchlar taklifiga qat’iyan qarshi chiqdilar.
Ko’p o’tmay, 1920 yil 24 fevralda bo’lib o’tgan Turkkomissiya yig’ilishi
M. V. Frunzening faol aralashuvi bilan mahalliy xalqlarning Turk
Respublikasi va Turkiston kompartiyasi tuzish to’g’risidagi takliflarini rad etdi.
Komissiya Turkistonni idora qilishning sho’ro to’zumiga moslashtirilgan
loyixasini ishlab chiqdi.
8
martda RKP(b) Markazqo’mi
Turkkomissiyaning Turkistonni
boshqarish to’g’risida ishlab chiqqan loyihasini ma’qulladi. Natijada Turkiston
kompartiyasi viloyat partiya tashkiloti huquqi bilan Rossiya komfirqasi
tarkibiga kiradigan bo’ldi. Turkiston muxtor sho’ro Respublikasi esa shu
nomda RSFSR tarkibida qoladigan bo’ldi.
Turkkomissiyaning bunday siyosatidan norozi bo’lgan mahalliy xalq va
milliy-vatanparvar kuchlar 1920 yil may oyida Turor Risqulov, Nizomiddin
Xo’jaev va Bek-Ivanovlardan iborat «Turk delegatsiyasi»ni Moskva,
bolsheviklar rahbariyati xuzuriga yuborildi. Ko’rinib turibdiki, Turkiston
xalqlari bu rahbarga katta umid bog’lagan edi. Bunga sabab Lenin boshliq
sho’ro hukumati sobiq chor Rusiyasi tarkibidagi Polьsha va Finlandiya
mustaqilligini tan olgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini e’lon
qilgan ruslarning ukrainlar, gurjilar va boshqa xalqlar bilan tengligini bir necha
bor ta’kidlagan edi.
Biroq, Lenin va firqa Markazqo’mi Turkiston xalqlarining yuqoridagi
takliflarini, boshqacha qilib aytganda Turkiston mustaqilligini to’la rad etdi.
Ular afsonaviy boy o’lka bo’lgan Turkistondan ajralib qolishdan ko’rqib, uni
bir necha bo’lakka bo’lib yurishga qaror qildilar. Shaxsan Lenin 1920 yil 13
iyunda firqa Markazqo’mi va Sho’ro hukumatining Turkistondagi vakolati
organi hisoblangan Turkkomissiyaga quyidagi ko’rsatmani beradi:
179
1. Turkistonning O’zbekiston, Qirg’iziston va Turkmanistonga bo’lingan
xaritasi to’zib chiqilsin;
2. Bu uch qismni qo’shib yuborish yoki ajratish shartlari batafsilroq
aniqlab chiqilsin.
Uning bu ko’rsatmasi firqa Markazqo’mi Siyosiy byurosi, shuningdek
Turkkomissiya faoliyati uchun asos bo’ldi. 29 iyunda firqa Markazqo’mi
Siyosiy byurosi «RKP(6) ning Turkistondagi asosiy vazifalari to’g’risida»
maxsus qaror qabul qilib, bu yerdagi mavjud tashkiliy-xududiy va ma’muriy
to’zilmalar o’zgartirilmasdan saqlab qolinishini ma’lum qildi.
Markazning bunday xatti-harakatidan norozi bo’lgan milliy-demokratik,
vatanparvar
kuchlar
bu
qarorga
qo’shilmasliklari hamda Turkiston
Kompartiyasi O’lka Qo’mitasi va Turkiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasi
tarkibidai chiqishlarini bildirdilar.
Shuni ham aytish kerakki, bu vaqtga kelib Turkistonda vaziyat o’zgargan,
Buxoro amiri Sayid Olimxon, Xiva xoni Said Abdullaxon va Junayidxonlar
taxtdan ag’darilgan, yangi Xorazm va Buxoro xalq Sho’ro Jumhuriyatlari
tashkil
topgan
edi.
8
O’z-o’zidan ravshanki, Polvonniyoz Yusupov
boshchiligidagi Xorazm, F.Xo’jaev rahbarligidagi Buxoro xalq hukumatlari
ham erkin, ozod, mustaqil yo’ldan borishga intiladilar. Ammo, RSFSR bilan
to’zilgan shartnomalar, Turkiston ASSR bilan bo’lgan o’zaro munosabatlar
ularning ham oyoq-qo’lini bog’lab qo’ygan edi.
Bunday vaziyatdan foydalangan Turkkomissiya Turkiston Kompartiyasi
O’lka Qo’mitasini tarqatib yubordi va Turkiston Kompartiyasining sho’ro
to’zumi tarafdorlari bo’lgan To’raqulov, Otaboev, Qosimxo’jaev, Ibrohimov,
O’staboev, Hakimov va boshqalardan iborat Muvaqqat Markazqo’mini to’zdi.
Ko’rinib turibdiki, Markaziy Sho’ro xukumati Turkiston, Buxoro va
Xorazmni sira qo’ldan chiqargisi yo’q edi. Chunki u bu yerlardan katta boylik,
ko’p vaarzon mahsulot olardi. Masalan, markaz birgina Buxorodan 1923 yilda
400 ming, 1925 yilda 885 ming pud paxta yoki 1921 yilda 100 ming, 1922
yilda esa 1 mln. dona qorako’l teri oldi. Mana shuning uchun Rossiya
komfirqasi RKP (b) Makazqo’mi Siyosiy Byurosi «Buxoro masalasiga doir»
degan maxsus qaror qabul qilib (1923 y.), bu yerda Sho’ro hokimiyatini
mustahkamlash uchun kurashni qizitib yubordi. Xivada ham ahvol aynan
shunday edi.
Natijada maqsadlarining amalga oshuviga ko’zi yetmagan Buxoro va
Xorazm hukumatlarining vatanparvar rahbarlari hukumatlar tarkibidan
chiqdilar. Xususan Buxoroda harbiy nozir Abdulxay Oripov, Turkistondan
surgun qilingan vatanparvarlar Qushbegaev, Munavvarqori Abdurashid-xonov,
Buxoro Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi Usmonxo’jaev va boshqalar mas’ul
lavozimlaridan voz kechib ozodlik uchun kurashayotgan milliy vatanparvar
kuchlar tomoniga o’tdilar. Ana shunday sharoitda Markaziy hukumat
8
Xivada 1920 y. 2 fevralda Buxoroda esa 1920 y. 2 sentyabrda sho’ro tuzumi o’rnatilgan.
180
vaziyatdan chiqishning birdan-bir yo’li Turkistonni bo’lib yuborish, deb
hisobladi va buni amalga oshirishga kirishdi.
Bu davrda Turkiston, Buxoro va Xorazmda garchi tili, dini, qadriyatlari,
xatto urf-odatlari o’xshash bo’lgan turkiy xalqlar asosiy ko’pchilikni tashkil
etsa-da, ular har uchchala jumhuriyatda ham aholi tarkibiga ko’ra ko’p millatli
edi.
Masalan, Markaziy Osiyodagi jami o’zbeklarning 66,5 foizi Turkistonda,
22,2% Buxoroda, 11,3% Xorazmda yashar edi. Yoki o’zbeklar Turkiston
MSHSR aholisining 51,4% ni BXRda 50,1, XXRda 61,1 foizni tashkil etardi.
Bu millatlar bir-biri bilan inoq bo’lib, qadim-qadimdan birga yashab kelar,
ya’ni qon-qardosh bo’lib ketgan edilar.
Sho’ro hukumati va RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy Byurosi Turkiston
xalqlarining mana shunday mustahkam birligiga atayin rahna solishga o’rindi
va o’z manfaati yo’lida zo’r berib mahalliy millatlarga milliy respublikalar
to’zish g’oyasini singdirdi. Bu quruq bir maqsad bo’lmasdan o’zoqni ko’zlab,
amalga oshirilayotgan aniq reja edi.Bu masala yuqorida, ya’ni Markazda
Turkiston xalqlari aralashuvisiz obdon puxta o’rganildi va 1924 yilga kelib,
bevosita
kun
tartibiga
qo’yildi. Markaziy hukumat va RKP(b)
Markazqo’mining doimiy tashviqoti va ta’siri ostida Turkiston, Buxoro va
Xorazmning sho’ro organlari va partiya tashkilotlari O’rta Osiyoda yangi
milliy SHo’ro respublikalarini «tashkil etish taklifi» bilan chiqdilar.
Darhol RKP(b) Markazqo’mining Tashkilot byurosi to’zildi va masalani
muhokama qilib, o’rganib chiqish Ya.E.Rudzudakka topshirildi. O’z navbatida
RKP(b) Markazqo’mi O’rta Osiyo byurosi maxsus komissiya to’zdi.
Ya.E.Rudzudak rahbarligida ishlagan bu komissiya 1924 yil 11 mayda
o’lkamiz hududida SSSR tarkibiga kiruvchi yangi «mustaqil» O’zbekiston va
TurkmanistonXSRni, O’zbekiston tarkibida Tojikiston, RSFSR tarkibida
Qoraqirg’iz muxtor viloyatlarini tuzishni va Turkistonning qozoqlar
tumanlarini Qozog’iston SSR tarkibiga berishni zarur deb topdi. Komissiya
xulosasi bilan tanishib chiqqan, RKP(b) Markazqo’mi O’rta Osiyo byurosi
o’zining 2 iyuldagi yig’ilishida bu takliflarni asosan ma’qulladi va uni RKP(b)
Markazqo’mi muhakamasiga havola qildi.
Ayni shu paytda Xorazm XSR
9
rahbarlaridan Odinaev ichki ishlar noziri -
Abdusalomov, Xorazm XSRning Toshkentdagi elchisi Yoqubov, Xorazm
Davlat Reja Qo’mitasi raisi - SHulimov milliy chegaralanishga qarshi chiqdilar
va RKP(b) Markazqo’mi nomiga norozilik maktubini yo’lladilar. Ular Xorazm
Jumhuriyatini o’z xohishicha qoldirishni, Turkistonning Amudaryo viloyatini
Xorazm XSR tarkibiga berishni so’radilar. Ammo bu talablar ham
oldingilaridek rad etildi.
9
1923 yilda Buxoro va Xorazm xalq Jumhuriyatlari Sho’ro Sotsialistik Jumhuriyatlariga aylantirilgan
edi.
181
1924 yil 12 iyunda RKP(b) Markazqo’mining Siyosiy Byurosi Turkiston,
Buxoro va Xorazm hududida milliy chegaralanish o’tkazish masalasini ko’rib
chiqdi va ma’qulladi. Unda quyidagilar ko’zda tutildi:
1. Turkiston, Buxoro va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan
«mustaqil» Turkmaniston XSRni tuzish.
2. Turkiston va Buxoroning o’zbeklar yashaydigan qismidan «mustaqil»
O’zbekiston SSRni to’zish.
3. Turkmanlar yashaydigan hududlarni ajratib olib, Xorazm Jumhuriyatini
mavjud holatida qoldirish.
4. O’zbekiston Jumhuriyati tarkibida Tojikiston muxtor viloyatini to’zish.
5. Rossiya Federatsiyasi tarkibida Qirg’izistoi muxtor viloyatini to’zish.
6. Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlarini Qozog’iston SSR
bilan birlashtirish.
Mazkur qarorda Xorazmda tashviqot ishlarini ko’chaytirish ham
ko’rsatildi. Natijada 1924 yil 26 iyulda Xorazm Kompartiyasi o’z qaroridan
qaytib, milliy chegaralanish o’tkazishni ma’qulladi.
Shundan so’ng, Markaziy hududiy komissiya tuzildi va u yangi bo’lajak
respublikalar va viloyatlar chegaralarini aniqlashga kirishdi.
Markaziy hududiy komissiya o’z xulosalarida ilgari rejalashtiril-gan
Tojikiston muxtor viloyati o’rniga O’zbekiston tarkibida Tojikiston muxtor
jumhuriyatini, shuningdek Qoraqalpog’iston muxtor viloyatlarini tuzish zarur,
degan fikrni bildirdi
10
. Nihoyat, bu ishlar 1924 yilning sentyabriga kelib o’z
nihoyasiga yetdi. Turkiston MSJ MIQning favqulodda sessiyasi, Butun Buxoro
va Butun Xorazm SHo’rolarining IV qurultoylari O’rta Osiyoda milliy
chegaralanish o’tkazishni maqulladilar.
1924 yil 9 va 11 oktyabrda bo’lib o’tgan RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy
Byurosi yig’ilishida bu masala uzil-kesil hal qilindi.
27 oktyabrda esa SSSR sovetlarining 11 sessiyasi O’rta Osiyoda milliy
chegaralanish to’g’risidagi qarorni tasdiqladi.
SHunday qilib, o’lkamiz hududini parchalab yuborish nihoyasiga
yetkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm jumhuriyatlari o’rnida
O’zbekiston va Turkmaniston sho’ro sotsialistik jumhuriyatlari, Tojikiston
muxtor sho’ro sotsialistik jumxuriyati, Qirg’iziston va Qoraqalpog’iston
muxtor viloyatlari tashkil etildi. Turkistonning qozoqlar yashaydigan qismi
Qozog’iston muxtor sotsialistik jumhuriyati tarkibiga kiritildi,
2. Nihoyat markazning xohish-irodasi amalga oshdi. Yagona Turkiston
xalqlari milliy xonadonlarga bo’lib yuborildi. Ular milliy davlatlarga
birlashdilar. Jumladan, O’zbekiston sho’ro sotsialistik respublikasi tashkil
etildi. Bu voqeaga katta siyosiy tus berildi. O’zbekiston SSRni tashkil etish
tantanalarida sho’ro davlati arbobi M.I.Kalinin ishtirok etdi. Albatga u
ko’zlagan maqsadlarning amalga oshganidan xursand edi. Buni uning
10
Qoraqolpoq muxtor viloyati 1924-1932 yillarda Qozog’iston MSHSR tarkibida, so’ng 1936
yilgacha muxtor jumhuriyat maqomida RSFSR tarkibida bo’ldi.
182
Moskvaga qaytib borgach, o’zini kutib oluvchilar oldidaaytgan quyidagi
so’zlaridan bilish mumkin. «O’rtoqlar! Bog’u-bo’stonga o’ralgan, noz-
ne’matga to’lgan O’zbekistondan, partiyamiz sizlar uchun, butun rus xalqi
uchun oliy joylar tayyorlandi. Birinchi sizlarni shu bilan tabriklayman
11
».
Milliy chegaralanishdan so’ng, O’zbekiston hududiga quyidagi yerlar
kiritildi:
a) sobiq Turkiston Jumhuriyatidan Samarqand viloyati Jizzax,
Kattaqo’rgon va Xo’jand uezdlarining 41 volosti, Sirdaryo viloyati, Toshkent
va Mirzacho’l uezdlarining 24 volosti, Farg’ona viloyati Andijon, Qo’qon,
Namangan va Farg’ona uezdlarining 70 volosti va 7 qishloq okrugi;
b) sobiq Buxoro jumhuriyatidan Boysun, Buxoro, G’o’zor, Qarshi,
Karmana, Kurota, Shaxrisabz, Sherobod va qisman Sariosiyo viloyatlari;
v) sobiq Xorazm jumhuriyatidan 23 sho’ro (tuman)si kiritildi.
Bulardan tashqari, sobiq Turkiston MSHSR Samarqand viloyati
Samarqand va Xo’jand uezdlari 12 volosti, Farg’ona viloyati Pomir tumani,
Buxoro jumhuriyatining sharqiy Buxoro, deb atalgan Garm, Hisor, Kulob,
Qo’rg’ontepa. Dushanbe va qisman Sariosiyo viloyatlarini o’z ichiga olgan
Tojikiston Muxtor Jumhuriyati ham O’zbekiston XSR tarkibiga kiritildi.
12
O’zbekiston SSR tashkil topgan paytda, uning hududi 312 ming 394
kv.km. bo’lib, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etardi.
Jumhuriyatimiz aholisi o’z milliy tarkibiga ko’ra, (Tojikistondan tashqari)
quyidagicha edi: o’zbeklar - 74,2, tojiklar (1926 yil ma’lumoti bo’yicha) - 7,4,
ruslar - 5,5, qozoqlar - 2,4, qirg’izlar - 2,04 foiz va hokazo.
Samarqand shahri O’zbekiston Respublikasining poytaxti deb e’lon
qilindi. 1930 yilga kelib, poytaxt Toshkent shahriga ko’chirildi, Respublika
hukumat idoralarini tashkil etish jarayonida hokimiyat Fayzulla Xo’jaev
boshliq Inqilobiy Qo’mita va V.I.Ivanov hamdaAkmal Ikromovlar rahbarligida
O’zbekiston Komfirqasi Tashkiliy Byurosi qo’liga berildi.
1925 yil 8 fevralda Buxoroda O’zbekiston Komfirqasining 1 qurultoyi
ochilib, O’zbekiston Kompartiyasi tuzilganligi rasman e’lon qilindi.
Qurultoyda V.I.Ivanov vaA.Ikromov Markazqumning ma’sul kotiblari
qilib saylandilar.
Oradan ko’p o’tmay, 13-17 fevral kunlari O’zbekiston SHo’rolarining
ham 1 - ta’sis qurultoyi bo’lib, unda «O’zbekiston sho’ro sotsialistik
respublikasi tashkil etish to’g’risida Bayonot» qabul qilindi. Bayonotda
O’zbekistonning Ittifoq tarkibiga kirganligi e’lon qilindi.
O’zbekiston sho’rolarining birinchi qurultoyi jumhuriyatda davlat
hokimiyatining rahbar organi – O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasini
saylandi. Yo’ldosh Oxunboboev uning raisi, Sultonxo’ja Qosimxo’jaev,
11
O’zbegim. - Toshkent, 1992 y., 221-bet.
12
Tojikiston MSHSR 1929 yilda mustaqil ShSRga aylantirilib, bevosita SSSR tarkibiga kirgunga
qadar O’zbekiston ShSR tarkibida bo’ldi.
183
Narsulla Maxso’m Lutfullaev va Jahon Obidovalar uning o’rinbosarlari qilib
saylandilar.
Shuningdek, Sho’rolar quriltoyi inqilobiy Qo’mita faoliyatini ma’qullab,
Fayzulla Xo’jaev raisligidagi jumhuriyat hukumati -O’zbekiston SSR Xalq
Komissarlari Kengashini ham tasdiqladi.
O’zbekiston SSR tashkil etilishi munosabati bilan uning hududi qaytadan
tuman va viloyatlarga bo’lindi, Jumhuriyat xududida Toshkent, Samarqand,
Farg’ona, Zarafshon, Surxandaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyat va okruglari,
ko’plab tumanlar, qishloq, Ovul Kengashlari tashkil qilindi.
Yuqorida aytganimizdek, Tojikiston MSHSR 1929 yilga kelib,
O’zbekiston SHSR tarkibidan chiqdi va mustaqil ittifoqdosh respublikabo’ldi.
1936 yilda Qoraqolpog’iston muxtor viloyati muxtor jumxuriyatgaaylandi va
O’zbekiston tarkibiga kiritildi. Yangi viloyatlar tashkil qilindi.
O’zbekistonning 30-yillardagi butun kuch imkoniyatlari hukmron
Do'stlaringiz bilan baham: |