“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Partiya XVII s’ezdidan keyin ko’p o’tmasdan S.M.Kirov o’ldirildi. Bu



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi


Partiya XVII s’ezdidan keyin ko’p o’tmasdan S.M.Kirov o’ldirildi. Bu 
voqea partiya va mamlakatda keng qamrovli Qatag’onlikni boshlab berdi. Bu 
harakatlar nomiga-Kirov dushmanlariga qarshi kurash nikobida bo’lsada, aslida 
s’ezdda Kirovga ko’p ovoz berib, Stalinga uncha ishonmagan kommunistlardan 
o’ch olishdan iborat edi. 
Partiya XVII s’ezdida qatnashgan 1956 delegatdan 1108 tasi, s’ezd 
saylagan 139 ta markazkum a’zolari va a’zolikga nomzodlardan 98 tasi, ya’ni 
70 foizi qatag’on qilindi. 


193 
Stalin s’ezddagi saylovlardan saboq chiqarib, o’zidan har tomonlama 
kuchli, ongli faollarni yo’q qilishga kirishdi. Sobiq ittifoqdagi qatog’onlik 1937-
1938-yillarda o’zining eng yuqori cho’qqisiga ko’tarildi. Partiya va davlat 
rahbarlaridan Zinovev, Kamenev, Buxorin, Rikov, Pyatakov, Tomskiy kabilar 
ustidan sun’iy ayblar to’qildi. Mamlakatda «Zinovevchi», «Kamenevchi», 
«Buharinchi», «Pyatakovchi», «Tomskiychi»lar qidirildi. Bir necha minglab 
kishilar ana shu yorliqlar bilan qatl ettirildi va lagerlarga jo’nattirildi. 
O’zbekistonda yangi Qatag’onlik partiya va Davlat oldida katta -katta 
xizmatlar qilgan atoqli arboblarni qamoqqa olishdan boshlandi. Siyosiy 
boshqarma organlari (OGPU) F.Xo’jaev
1
, A.Ikromov, D.Manjara, S. Segizboev, 
A.Karimova va boshqalar xususida sovetlarga qarshi qo’poruvchilik ishlarini 
to’qib chiqardilar. Bular nazariy baxs va munozaralarda o’z pozitsiyalarini 
mahkam turib himoya qiladigan hurmatli va e’tiborli xalq
 ye
takchilari edi. Ular 
shaxsga sig’inishning yakka partiya zo’ravonligi ildiz otib ketishining xavfli 
ekanligini ochiq ravshan tushinar edilar. Ular joylarda katta xukm o’tkaza 
oladigan bo’lishlariga qaramay qatag’onlarning zo’rayib borishini to’xtatib 
qolmadilar. O’zbekistonda keng ko’lamli agentura ko’zatuvlari va ommaviy 
ravishda qamoqqa olish ishlari tashkil etildi. 1937 yilning avgust sentyabr 
oylarida bir necha ming kishilar respublika ichki ishlar xalq komissarligi 
(NKVD)ning ichki qamoqxonalariga tushib koldi. Ularning orasida
O’

kompartiya markaziy komitasi kotiblari S.Boltaev, I.Xudayqulov, A.TSexev, 
markazko’m 
bo’lim boshliqlari M.SHermuhammedov, M.Usmanov, 
K.Berchin, O’ZLKSM markazkumi kotiblari I.Ortiqov, T.Riskulov, F.Tarasov, 
Respublika xalq komissarlari A.Islamov, M.Tursunxo’jaev, viloyat partiya 
qo’mitasi kotiblari D.Rizaev, K.Boltaev, N.Isroilov, Yu.Irismetov va boshqalar 
bor edi. 1938 yil bahoriga kelib viloyatlar, shaxarlar, partiya qo’mitalari 
kotiblarining 60% dan ko’prog’i, shu yilning ikkinchi yarmida esa viloyatlar, 
shaharlar, rayonlar partiya qo’mitalarining 114 nafar kotiblar qatag’on qilindi.
1934 yildan 1938 yilgacha boshqa respublikalar kabi O’zbekistonda 40 
mingdan ziyod kishi jaz og’a tortilgan edi. Shulardan 730 tasi xalq dushmani 
degan tuxmat bilan otib tashlandi.
1
O’zbekiston jamiyati hamma tabaqalarga keng yoyilgan xibsga olish 
to’lqini ostida qoldi. O’zbekiston NKVD sining ichki turmasi va boshqa 
joylardagi qamoqxonalarda maxbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga maxkum 
etilar edi. Eng kuchli va mardonavor kishilar ham ahvoli ilojsizligi ko’rib va
o’z yaqinlarining taqdirlaridan xavotir olib qilmagan jinoyatlarini tan olishga 
majbur bo’lar edilar. 
1
F. Xo’jaev O’zbekiston Respublikasi xukumati raisi lavozimida ishlagan. U 1937 yilda xibsga 
olinib, otishga xukm etilgan. Uning onasi, xotini va qizini ham lagerga jo’natdilar. 1954 yilda «aybsiz 
aybdorlar» ozod etilgach, birgina qizi qaytib keldi. Oldin onasi, keyin xotini lagerda vafot etgan edi.
1
«Jahon adabiyoti» , 1998 y. yanvar, 39-bet. 


194 
Maxbuslarning ko’plari o’z-o’zini o’ldirishni birdan bir chora deb 
bilardilar. 30-yillarning ohirida O’zbekiston hammaning ko’ngliga tushgan 
daxshat, xoinlik, zo’rlik va bedodlik sharoitiga tushib qoldi. 
(Xalqimizning 
guli 
bo’lgan ziyolilarimizning, yetakchilarimizning 
qatag’on qilinishida o’z yurtdoshlarimizning ayrim vakillarini qo’rquvdan 
xoinlik, sotqinlik qilganliklaridan, amal kursilariga o’tirish maqsadida bir 
birlarini sotganlaridan, o’sha davr qatag’onlik mafkurasi ta’sirida ko’zlari ko’r 
bo’lib qolgan ayrim millatdoshlarimizning qabih ishlaridan ham ko’z 
yummasligimiz kerak). 
Shu tariqa insoniylik va demokratiya printsiplarini toptab, oyoq osti 
qiladigan, har qanday o’zgacha fikr yuritishni kuch bilan bo’g’adigan, ommaviy 
o’zboshimchalik va zo’rlik o’tkazib, Vatanga sodiq necha o’n minglab 
kishilarni qirib tashlagan totolitar targ’ibot qaror topib bordi. 
"Sotsializm qurilishi" deb atalgan yillarda yangi jamiyat kishisining to’la 
qonli obrazini yaratish bobida xormay tolmay kurash olib borgan o’zbek 
ziyolilarining katta bir guruhi hech qanday asossiz sabablar, uydirma tuxmatlar 
va bo’xtonlar orqasida shubha ostiga olinib, umumiy ta’qib va quvg’inga 
giriftor bo’ldilar. Ajoyib fan zaxmatkashlari, qobiliyatli ijod soxiblari, 
madaniyat jon qo’yarlari stalincha qatag’onlikning aybsiz aybdorlari, begunox 
qurbonlari bo’ldilarki, buni xech narsa bilan oqlab bo’lmaydi. Bunday mislsiz 
ayanchli qismatga, jismoniy yo’q qilinishga maxkum etilgan siymolar orasida 
A. Qodiriy, A.Fitrat, A.CHo’lpon, K. Aliev, SH.Sulaymon, U.Nosir,
2
O.Xoshim, M.Sufizoda, A.Yokubov, Miyon Bo’zrik, Solihov singari o’zbek
xalqining ma’naviy mulkiga bebaho hissa qo’shgan o’nlab uning ajoyib 
o’g’lonlari borligi bizni chuqur qayg’u va iztirobga soladi. O’z xalqining 
kuylagani, uning davri, tashvishi, xasrati va muammolarini o’ylagani uchun bu 
o’ta is’tedod soxiblarining yo’q qilinganligi, ularning yorqin ijodi so’ndirilgani-
totalitar to’zum xunrezligi va beboshligining qonuniy natijasidir. 
Totalitar tuzum, shaxsga sig’inish va stalincha qatag’onlik siyosati
O’zbekiston xalq ta’limi rivojiga ham salbiy ta’sir etdi. Ta’lim tarbiya o’ta 
siyosatlashtirildi. Milliy madaniy me’rosni o’rganish, milliy tarbiya usullaridan 
foydalanish taqiqlandi. Maktabda "bolshevikcha tarbiyalarni" o’rnatish uchun 
olib borilgan kurash yosh avlod tarbiyasiga putur yetkazdi, natijada bolalarga 
kattalarning hohish irodasini va talablarini itoatgo’ylik bilan bajaruvchilar deb 
qaraladigan bo’ldi. Bo’layotgan ishlardan xalqni chalg’itish, xalqda "doxiy" ga
muhabbatni yanada oshirish uchun g’alaba raportlari, ulkan yutuqlar, buyuk 
natijalar kerak edi. Bu g’alabalar "dohiy" obrazining yanada yaqinroq bo’lishi 
2
U.Nosir 1937 yilda o’zbek adabiyoti va san’ati dekadasi munosabati bilan Moskvaga borgan edi. 
Dekada ishtirokchilari Stalin bilan uchrashdilar. Ular Toshkentga qaytayotib, poezdga chiqadilar. 
U.Nosir o’z kupesidagi xamrohlariga Stalin bilan uchrashuv ta’surotlarini so’zlab, “Oddiy odam 
ekanku, meni bir og’aynim bor, uni kerosin sotadigan tog’asi ham bor. Stalin shu tog’asiga o’hshar 
ekan” degan so’zni aytadi. Mana shu so’zlar uni Toshkentga kelgach, qamoqqa olinib, qamoq lageriga 
jo’natilishiga va og’ir qiynoqlar tufayli betob bo’lib, vafot etishiga sabab bo’ladi.


195 
uchun nima qilib bo’lsa ham qo’lga kiritilishi lozim edi. Biron natijaga 
erishilmasa, buning uchun javob berish kerak edi. Shu sababli Stalin 
mamlakatning istalgan joyida hohlagan kishini qatag’on qilish uchun nazariy 
asos bo’la oladigan fikrlarni bashorat qila olar edi. "Pravda vostoka" 
gazetasining 1940 yil 30 iyun sonida e’lon qilingan "xalq ma’orifining yuksak 
marralari sari" nomli maqolada: "Partiya va shaxsan o’rtoq Stalin kun sayin 
bolalarga, maktabga bo’lgan haqiqiy muhabbat va g’amxo’rlik namunalarini
ko’rsatmoqdalar. Stalinning qo’lida pioner qizcha bilan tushgan tasviri bizda 
Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish