199
fidokorona mehnati mustabid davlat mashinasining tazyiqi, erksiz harakat
tarzida emas, balki ongli, asl vatanparvarlikning manbai bo’lgan Vatanga
muxabbat tuyg’usining yuksak darajadagi ko’rinishi bo’ldi. Urushning
dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonning barcha moddiy va ma’naviy
kuchlari, resurslari front uchun safarbar qilina boshlandi. Umumiy
harbiy safarbarlik e’lon kilindi.O’zbekiston xukumati milliy harbiy
qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 1941 yil 13 noyabrdan 1942 yil
martigacha 14 ta milliy harbiy qo’shilma, jumladan, 9 ta o’qchi brigada, 5 ta
otliq askarlar diviziyasi to’zilib frontga jo’natildi. Umuman, urushboshlarida
6,5 million kishidan iborat bo’lgan O’zbekiston aholisining 1.433.230
tasi urushgasafarbar etilgan. Ularning ko’pchiligi mardlik namunalarini
ko’rsatib, jangovar orden va medallar bilan takdirlandi. Chunki ota-onalar,
O’zbekiston xalqi o’z o’g’lonlarini frontga jo’natar ekanlar, ularga
bosqinchilarga qarshi sharaf bilan kurashish, o’tmishda
bosqinchilarga qarshi
kurashlarda g’olib chiqqan qaxramonlarning jangovar jasoratlaridan namuna
olishni, mard, botir askar bo’lib, dushmanlar ustidan g’alabaqozonishlarini
tilab qolgandilar.
Harbiy vaziyat front orqasini mustahkamlash yuzasidan shoshilinch
chora-tadbirlar ko’rishni talab qildi. Xalq xujaligini qayta ko’rib, harbiy
izgatushirish umumiy dasto’rning tarkibiy qismi bo’ldi. O’zbekiston
iqtisodiyoti ham harbiy vaziyatdan kelib chiqib, zudlik bilan front
manfaatlariga bo’ysundirildi. Respublika sanoat korxonalari urush
boshlanishi
bilanoq qaytaqurilib, mudofaaga zarur maxsulotlar ishlab
chiqarishga o’tkazild. Katta yoshdagilar uchun ish kuni olti kunlik ish
xaftasida 11 soatgachao’zaytirildi. Aslida ish kuni 12-14 soatga cho’zilardi.
Ta’tilga chiqish bekor qilindi. Bu hol ishchi-xizmatchilar sonini
ko’paytirmasdan turib ishlab chiqarish quvvatlari Hajmini taxminan 1.3ga
oshirish imkonini berdi. Ishchi kuchining yetishmasligi natijasida idora
xizmatchilari, uy bekalari, o’quvchilar ishlab chiqarishga jalb etildi. 1941 yil
dekabrda harbiy korxonalarning barcha xodimlari safarbar, deb e’lon qilindi
va mazkur korxonalarga biriktirib qo’yildi. Kadrlar, xom ashyo, ishlab
chiqarish vositalari tanqisligiga qaramasdan 1941
yil dekabrdayoq
respublikadagi 30ga yaqin korxona mudofaa uchun mahsulot bera boshladi.
Korxonalardafront brigadalari nomini olgan brigadalar to’zila boshladi,
dastlab oktyabrda «Tashselmash» zavodida tashkil etilgan bo’lsa, 1942
yil boshlarida ularning soni 1,5 mingga yetgan. 1942 yil o’rtalariga
kelib xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga o’tkazish
O’zbekistonda asosan ohiriga yetkazildi. Urushning og’ir yillarida o’zbek
xalqining asosiy ma’naviy-ahloqiy xususiyatlari, uning insonparvarligi
yorqin namoyon bo’ldi, ya’ni yurtboshimiz aytganlaridek “tarixning
o’yiniham, omonsizjangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham
xalqimizning insoniylik tabiatiga dog’ tushiraolmadi».
Do'stlaringiz bilan baham: