Bu mahsulotlar zararli emas, ammo ular ovqat hazm qilish tizimi yaxshi rivojlanib ulgurmagan bolalarga ta’qiqlanadi. Mazkur yeguliklar bolajonlarda qorin dam bo’lishiga olib keladi, natijada qorin sohasi qattiq og’rishni boshlaydi. Shuning uchun bu mahsulotlarni 1-1,5 yoshga to’lmagan bolajonlarga bermang. Bundan tashqari jo’xori allergiyaga ham sabab bo’lishi mumkin.
Kakao va qahva
Aksariyat holatlarda kakao ichimligi bolalar uchun zararsiz bo’lishi mumkin. Ammo ushbu mahsulot tarkibida kofein ham bor, bu esa bola tanasidagi og’ir alomatlar, asabiylik, uyqusizlik, yurak urishining tezlashishi kabi muammolarga sabab bo’ladi. Aynan shu kabi kamchiliklar qahva ichimligi sababli ham yuzaga kelishi mumkin.
Baliq hamda dengiz mahsulotlari tarkibida ko’plab ozuqaviy moddalar, bolajonlar uchun foydali qo’shimchalar bor ekanligi rad etib bo’lmaydi. Ammo shu mahsulotlar 4-5 yoshgacha berib bo’lmaydi. Sababi ularning aksariyat qismini ishlab chiqaruvchilar ayrim paytlarda boshqa sanalar bilan sotuvga chiqarib yuborishadi.
Shu bilan birga ba’zi dengiz mahsulotlari tarkibidagi simob bolajonlarni tanasini yaxshigina qiynab ham qoyadi. Shu sababli dengiz mahsulotlarini tanlash paytda tarkibida simob bo’lmagan losos yoki qisqichbaqalar tanlang. Shunda ham bolalarga hom baliqni berish mumkin emas,
Aksariyat ota-onalar sigir sutini yog‘li mahsulot sifatida e’tirof etadilar-da, yog‘sizlantirilgan, bodom yoki soya sutini foydaliroq sanab, aynan uni bolalarga beradilar. Bundan tashqari ayrim ota-onalar bolada laktozaga nisbatan allergiya bo‘lishidan qo‘rqib yurishadi.
Olimlarning aytishlaricha, sut va sut mahsulotlari iste’molidan voz kechish bolalar salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi. Yog‘sizlantirilgan su iste’mol qiluvchi bolalarda D vitamini miqdori sigit sutini iste’mol qilgan kichkintoylarga nisbatan ikkikarra kamroq bo‘larkan. Bundan tashqari ko‘p hollarda ularning bo‘ylari ham yaxshi o‘smaydi.
Avvalo zefir bolalarda bo‘g‘ilishni keltirib chiqargani uchun ham zararli sanaladi. Bu kichik o‘lchamli zefirlarga ham birday tegishli! Agar bolakay taomlanish paytida kuladigan bo‘lsa tamom - eriyotgan zefir nafas olish yo‘llariga tushib qoladi.
Zefirning ikkinchi zararli jihati uning tarkibidagi shakar miqdori bilan bog‘liq. Shu sababli do‘konlarda sotiluvchi zefirlardan voz keching-da,u ni uy sharoitida o‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlab bering. Bu kabi jarayon paytida unig tarkibidagi shakarni nazorat qilish va shirinlikni tabiiy mahsulotlar yordamida pishirishingiz mumkin bo‘ladi
Yong’oqlar va qo’ziqorinlar
Yong’oqlar bolalarda allergiya keltirib chiqarishi ham mumkin. Kichkintoyda allergiya bo‘lmagan holatda ham bu kabi mahsulot uning bo‘g‘ilib qolishiga olib keladi. Shu sababli mutaxassislar 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yong'oqlarni butun holicha bermaslikni ko‘p bor uqtiradilar. Mazkur yoshdan kichik bo‘lgan bolajonlarga yong‘oqlarni maydalangan holatda yoki pyurelar ichiga qo‘shib berishingiz mumkin.
Kolbasa, xot-dog, naggets
Ushbu mahsulotlar nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham xavfli sanaladi. Organizmi hali nimjon bo‘lgan bolalar esa undan yanada ko‘proq zarar ko‘rishlari mumkin. Gap shundaki, mazkur mahsulotlar tarkibida ko‘plab konservantlar, misol uchun nitratlar mavjud.
Ular inson salomatligi uchun katta xavf tug‘diradi. Olimlarning aytishlaricha, konservantlarni haddan tashqari ko‘p miqdorda iste’mol qilish saraton kasalligi rivojlanishiga ham olib keladi. Shu sababli bunday yeguliklarni tovuq va kurka go‘shti bilan almashtirgan ma’qul.
Konservalangan mevalar
Aslida konservalangan mevalarning yangi mevalardan zararliroq ekanligi haqiqatga yaqin emas. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, konservalangan va muzlatilgan mevalar hamyangi mevalar kabi ozuqaviy xususiyatlarga ega. Ammo ularning bir qator kamchiliklari ham bor.
Ko‘p hollarda bu kabi konservalarni shirin sirop bilan to‘ldirishadi, uning tarkibidagi shakar miqdori esa kishini hayratga solib qo‘yadi. Aynan shu kabi mahsulotlarni bolalarga umuman bermaslik kerak. Tabiiy sharbat ichidagi mevalarni esa ularga berish mumkin.