Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
31
library.ziyonet.uz/
Kuniyati Abu Amrdur va bagdodligdur. Mashonixning buzurglaridindur. Junayd q. s.
anga musharraf boʻlur ermish. Ja’far Xuldiy debdurki, necha kun Hammod
Qurashiyni koʻrmaydur erdim, uyiga bordim ani koʻrgali. Ul yoʻq erdi, ul yoʻqsizlik
zaruratidin ayolining burupchakni olib, bozorgʻa eltgan ermishkim, sotib yegulik
kelturgan. Kelturganni ashob qoshida qoʻydi. Birav oʻttiz oltun kelturub anga berdi,
ul olmadi. Ayoli uy ichidin un biyik qilib, ul oʻtgan ishni izhor qildi va aning bu vajh
olmaganidin gila qildi. Ja’far Xuldiy debdurki, mei bu voqeani Junayd q. s.gʻa ayttim.
Junayd andin soʻrdi, ersa ul ayttikim, ul koloni dallolgʻa berdimkim, sotqay. Bir un
eshit-timki, sen bu ishni bizing uchun qilding, sanga javod yetkusidur. Bu vajhkim, ul
kishi kelturub erdi, olmadim. Junayd dedi: yaxshi qildingki, olmading. Shayx ul-
islom debdurki, boqingki, podosh birla garra boʻlmagʻaysiz.
78.
A
BULHUSAYN
N
URIY Q
.
T
.
S
.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad.
Al-Bagʻoviygʻa ma’rufdur. Bagʻdodiyul-asldur. Sariy Saqatiy va Muhammad Ali
Qassob va Ahmad b. Abulhavoriy bila suhbat tutubdur va Zunnun Misriy q. s. ni
koʻrubdur va Junayd q. s. aqronidindur va andin tezvaqtroq, debdurlar. Nuriy doim
tasbeh evurur erdi. Andin soʻrdilarkim, [Allohni zikr qilasanmi?]
(1)
. Dedilar: bu
tasbeh bila tilarsenki, Allohu taolo sening yodingda boʻlgʻay? Dedi: Bu tasbeh bila
tilarmenki, Haqdin gʻofil boʻlgʻaymen. Va ham aning soʻzidurkim, [ubudiyat
(bandalik)ning sofligi seni magʻrur qilmasinki, unda rububiyat (rabboniylik)ni
unutish bordir)
(2)
. Andin soʻrdilarki, Tengrining ne bila taniding? Dedi: Tengri bila!
Dedilarki, Bas, aql nedur? Dedi: Aql ojizdur, yoʻl koʻrsatmas, magar ojizgʻa. Va ul
debdurkim, [Haq kimdan oʻzini yashirsa, har qanday ishonchli dalil va xabar uni
hidoyat qilolmaydi]
(3)
. Va ham ul debdurkim, [bir kun nurga boqdim va undan aslo
koʻzimni uzmadim, hatto shu nurga aylandim]
(4)
.
79.
S
AYYID UT
-
TOIFA
J
UNAYD
B
AG
ʻ
DODIY Q
.
S
.
Ikkinchi tabaqadindur va kuniyati Abulqosimdur va laqabi Qavoririy va Zajjoj va
Xazzoz. Qavoririy va Zajjoj andin debdurlarki, otasi shisha sotar ermish va Xazzoz
aning uchunki, xazz san’atin bilur emish. Asli Nihovanddindur. Tavalludu mansha’i
Bagʻdoddindur. Abu Savr mazhabida boʻlur ermishki, Imom Shofe’iy q. s.ning
ulugʻroq shogirdidur va ba’zi debdurlarki, Sufyon Savriy mazhabida ermish.
Sariy Saqatiy va Horis Muhosibiy va Muhammad Ali Qassob bila suhbat tutubdur va
alarning shogirdidur va qavmning aimmasi va sodotidindur. Barcha nisbatni anga
durust qilurlar Xarroz va Ruvaym va Nuriy va Shibliy va gʻayruhum. Abul Abbos
Ato debdurkim, [shu ilmda bizning imomimnz, tayanchimiz va peshvomiz
Junayddur]
(1)
. Xalifai Bagʻdod Ruvaymgʻa ayttiki, ey beadab! Ul dediki, yarim kun
Junayd bila suhbat tutubmen, nechuk meni beadab degaylar, ya’ni har kishikim yarim
kun Junayd bila suhbat tutmish, boʻlgʻay, ondin tarki adab kelmagʻay. Xususankim,
ortuqroq. Junayd debdurki, Sariy manga doim aytur erdikim, majlis tut va elga soʻz
ayt! Men nafsimni muttaham qilur erdim mungakim, bu ishga istihqoqim yoʻqdur, to
ulkim bir juma kechasi Hazrat Risolat s. a. v.ni voqeada koʻrdum. Ul Hazrat amr
qildilarki, [«Insonlar bilan soʻzlash»]
(2)
. Sahar erta Sariy eshignga bordim va eshik
qoqtim. Dediki, men degan soʻzga inonmading, to senga amr qildilar. Bas, tong erta
Do'stlaringiz bilan baham: |