Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
28
library.ziyonet.uz/
Koʻzungni asraki, har neki Xudoyi taolo pisand qilmagʻay, anga bokmagʻay va
tilingni asraki, bir nima demagayki, Xudoyi taologa aniig xilofi koʻnglungda zohir
boʻlgʻay va koʻnglungni asraki, hech musulmonning hiqdi va gʻilli anda boʻlmagay,
havongni asraki, hech noshoyistqa moyil boʻlmagay. Vaqtnki, senda bu toʻrt xislat
boʻlmagʻay, kul boishnggʻa sovurki, badbaxt bulding.
66.
S
AHL B
.
A
BDULLOH
T
USTARIY Q
.
S
.
Ikkinchi tabaqadindur, bu qavmning kubarosidin» va bu tonfaning ulamosidin. Imom
Rabboniyki, iqtidogʻa shoistadur. Kuniyati Abu Muhammad. Ahvolda qaviy va
soʻzda za’if debdurdar. Zunnun q. s.ning shogirdidur. Oʻz tagʻoyisi Muhammad
Savvor bila suhbat tutubdur. Va Junayd q. s.ning aqronidindur va andin burunroq
ta’rix ikki yuz sakson uchda muharram oyida olamdin oʻtubdur, sakson yoshda. Ul
debdurki, [bu ishning boshi shunday ilmdurki, uni idrok qilib boʻlmaydi, oxiri ham
ilmdurki, tamom boʻlmaydi]1. Va ham aning suzidurkim, [modomiki, faqirlikdan
qoʻrqasan, sen munofiqsan]2. Va ul dsbdurki, darvesheki, aning koʻnglidin elning
ilgidin nima olmoqning chuchukligi ketmamish boʻlgʻay, andin faloh kelmagay. Va
ham ul debdur, ul oyat tafsiridaki, [albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar. qilishga
buyuradi]
(3)
. Adl uldurki, luqmada rafiqning insofin bergaysen va ehson ulki,
luqmada avvaliroq koʻrgaysen. Va ham ul debdurkim, shayton uyuqlagʻandinki och
boʻlgʻay, qochar.
67.
A
BBOS B
.
H
AMZA
N
ISOBURIY Q
,
S
.
Bu toifaning ulugʻlaridindur. Kuniyati Abulfazl. Zunnun q. s. bila suhbat tutubdur.
Ikki yuz sakson sakkizda Rabe’ ul-avval oyida dunyodin oʻtubdur, Junayd q. s.din
burun. Aning jaddi Abu Hafiz debdurkim, ul Zunnun q. s.din naql qilibdurkim, [talab
qilgan narsalarining nimaligini bilishganda edi, ularga sarf qilganlari behudaligini
anglashardi]
(1)
. Ham ul naql qilibdurki, [sen bilan xursandchilik qilib, qanday
sevinmayki; menga islomni rizqu-roʻz qilgan payting sen meni ham eslagan eding]
(2)
.
Yana bir rivoyatda [meni tavhid ahlidin qilgay paytingda]
(3)
kelibdur.
68.
A
BBOS B
.
Y
USUF
S
HAKLIY Q
.
S
.
Aning kuniyati dagʻi Abulfazldur. Bagʻdodligʻdur. Ul debdurkim, har kishining
mashgʻullugʻi Haq subhonahu va taolo bilandur. Andin soʻrmamoq kerak.
She’r:
[Qalbimni dunyo va uning lazzatidan ozod qildim.
Sen va qalbim br-biridan ajralmaydi.
Koʻzlarnmni aslo uyqu eltmaydi, faqat
Seni qorachiqlarim ichida topganimda yumiladi].
69.
A
BBOS B
.
A
HMAD
S
HOIR
R
UMIY Q
.
S
.
Aning ham kuniyati Abulfazldur, Shom mashoyixining yagonasidur. Abulmuzaffar
Kirmonshohiyning shogirdidur. Shayx ul-islom debdurki, men bir kishi koʻrubmenki,
ani koʻrubdur va ul kishi Shayx Abulqosim. Bu Salama Abivardiydur.
70.
A
BU
H
AMZA
X
UROSONIY Q
.
T
.
S
.
Do'stlaringiz bilan baham: |