Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
27
library.ziyonet.uz/
61.
M
UHAMMAD B
.
M
ANSUR
T
USIY Q
.
S
.
Ul Bagʻdodda ermish, sufiy va muhaddis. Usmon b. Said Dorimiyning va Abulabbos
Masruqning va Haddodning va Abu Said Xarrozning va Junayd q. a.ning ustodi
ermish. Abu Said Xarroz q. s. debdurki, Muhammad Mansurdin faqr haqiqatin
soʻrdilar. Dediki, [har qanday yoʻqchilikda – xomushlik, har qanday toʻqchilikda
saxiylik]1. Va ham Muhammad Mansur bir yerda soʻz aytadur erdi, bu toifa soʻzidin.
Hamonoki, soʻz malomatiya zikrigʻa yetti, birav ayttikim, malomatiya soʻzi bizing
shonimiz emas, biz bu soʻzning kimi boʻlurbiz? Muhammad Mansur javob berdikim,
[solihlar esga olinganda, Allohning rahmati nozil boʻladi]2. Filhol yogʻin tutti va
goʻyoki bulut yoʻq erdi.
62.
A
LI
A
KKIY R
.
T
.
CH
Ham bu toifadindur. Makkada muhojir erdi. Yaxshi soʻzlari va muomalasi bor. Shayx
ul-islom andin soʻzlar naql qilibdur.
63.
H
OTAM
A
SAMM Q
.
S
.
Avvalgʻi tabaqadindur, kuniyati Abu Abdurahmon. Xuroson mashoyixining
qudamosidindur. Shaqiq Balixiy bila suhbat tutubdur va Ahmad Xuzravayhning
ustodidur. Ta’rix ikki yuz yettida Balx navohiysida olamdin oʻtti. Derlarki, asamm
emas erdi va bir amre voqe’ boʻldiki, ani Asamm dedilar. Mashoyix kitobin oʻqugʻan
ul kayfiyatni ma’lum qilur. Ul debdurki, [Agar xudoyingga osiy boʻlmoqchi boʻlsang,
u seni koʻrmaydigan joyda osiy boʻl, ya’ni Allohga osiy boʻlmaki, har yerda u senn
koʻradi]1. Va ham ul debdurki, har kim bu yoʻlgʻa kirar, toʻrt oʻlumni oʻziga tutmak
kerak: Mavti abyaz – va ul qorin ochligʻidur .va mavti asvad va ul xalq izosigʻa sabr
qilmaqdur va mavti ahmar – va ul nafs muxolafatidur va mavti axzar – va ul xirqagʻa
yurunlar tikmakdur, Andin soʻrdilarki, qaydin nima yersen? Dedikim, [er va osmon
xazinalari Allohnikidir. Lekin munofiqlar (buni) anglamaslar]2.
64.
A
HMAD B
.
A
BULHAVORIY Q
.
S
.
Anvalgʻi tabaqadindur va Damashq ahlidin. Kuniyati Abulhasan. Va Abu Sulaymon
Doroniy va Abdudloh Nibojiy va ul zamonning koʻp mashoyixi bila suhbat tutub erdi.
Va Muhammad b. Abulhavoriy aning qardoshi, zuhdu taqvoda aning bila tenglpk
qidur erdi. Va oʻgli Abdulloh dagʻi ul zamonning zuhhodidin erdi va otasi Maymun
mutavarri’lar va oriflardin. Va alarning xonvodasi zudxu taqvo xonvodasi erdi. Va
Junayd q. s. aning bobida dobdurkim, [Ahmad b. Abulhavorni Shomning tabarruk
kishilaridan]1. Ul debdurki, dunyo mazbalayedur, itlar majmai. Va itdin oʻksuk ul
kishiki, andin yiroq bormas, nechunki it hojatinki mazbaladin olur ketar va ani sevar
kishi hech hol bila andin ayrilmas.
65.
A
BU
A
BDULLOH
X
UBAYQ
S
OBIK
A
NTOKIY Q
.
S
.
Avvalgi tabaqadindur na kuniyati Abu Muhammad
Sufiyaning zuxhodidindur: Asli Kufiydir, ammo Antokiyada muqim boʻlur erdi. Va
tasavvufda Sufyon Savriy tariqida erdikim, aning shogirdlari bila suxbat tutibdur. Ul
debdurki, toʻrt nimadurki, andin guriz noʻqdur: koʻz va til va koʻngul va havo.
Do'stlaringiz bilan baham: |