Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
25
library.ziyonet.uz/
ashobgʻa dediki, muluk adabin oʻrganibsiz? Agar oʻrganmansiz. koʻrung, oʻrganing!
Zoxir yuzidin adab asramak Tengrining doʻstlarigʻa, botin yuzidin adab asramakdur
Tengrigʻa. Abu Hafs debdurki, har kim, har vaqtda af’olu ahvolin kitob va sunnat
mezoki bila vazn qilib, rost qilmagʻay ul kishini er demasbiz. Va ham ul debdurki,
[futuvvat– insof va adolat qilish, lekin ularni talab-qilmaslik]2. Va dunyodin oʻtganini
ta’rix ikki yuz oltmish toʻrtda, ba’zi oltmish yettida debdurlar.
53.
A
BU
M
UHAMMAD
H
ADDOD Q
.
T
.
R
.
Abu Hafsning muridlaridindur. Abu Hafs anga buyurdikim, temurchilik qil va hosil
qilgʻaningni darveshlarga maxfiy ulash va andin tasarruf qilma: va oʻz yemaging
uchun savol qil! Necha vaqt andoq qildi Xaloyiq aning ta’niga til uzattilarki, hirs
koʻrungki, bovujud kasbi savol ham qilur. Chun oqibat ma’lum qildilarki, holi ne
nav’ emish, el qoishda anga qabul paydo boʻldi. Abu Hafs dedikim, chun holingdin el
voqif boʻldilar, emdi savol sanga harom boʻldi kasb qilgʻandin oʻq qut qil.
54.
Z
OLIM B
.
M
UHAMMAD Q
.
S
.
Mashoyix buzurglaridin erdi. Oti Abdulloh, otigʻa tagʻayyur berib Zolim qoʻydi. Der
erdiki, mendin hargiz bir pisandida bandaligʻ qilmamish boʻlgʻay, bas zolim
boʻlgʻanman, ya’ni oʻzumga. Va ul Abu Ja’far Haddodning shogirdidur. Oʻl
debdurkim, har kim tilasaki, bu yoʻl anga ochilgʻay, uch ishga mudovamat qilsun:
Haq yodi bila orom tutmak va xalqdin qochmak va oz nima yemak.
55.
A
BU
M
UZOHIM
S
HEROZIY Q
.
R
.
Fors mashoyixidindur. Junayd va Shibliy bila munozara qilibdur. Chun ma’rifatda
soʻz aytsa erdi, mashoyix andin qoʻrqarlar erdi. Buzurgvor, sohibi hadis erdi. Abu
Hafs ziyoratigʻa bordi. Abu Hafsgʻa bir necha diram yetib erdi. Ashob dedilarki, bu
diramlarni beralikim, mustaroxlarni aritsunlar. Shayx dedikim, muni oʻzumiz qilibbiz,
yana birovga aritmagʻin buyurmak ne? Ya’ni oʻzumiz aritmak kerak va yetgan
futuhni darveshlar ishiga sarf qilmak kerak. Ishqa mashgʻul erdilarkim, birov yetib
Shayxqa dedikim, oʻzungni yuv va xirqa kiyki, Shayx Abu Muzohim Forisdin
yetishti. Shayx dediki, agar ham ul Abu Muzohimdurki, men koʻrubmen, boʻla olurki,
meni ushmundoq-oʻq koʻrgay. Shayx Abu Muzohim yetishti, bu holni koʻrgach,
salom berdi va yalongʻachlanib muvofaqatigʻa alar kirgan yerga oʻzin solib, ishga
mashgʻul boʻldi. Abulhusayn Qushchi Soʻfiy r. a. debdurkim, [Kimki oʻzining
nazarida xor koʻrinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki, oʻziga
ulugʻ koʻrinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib koʻrsatadi]1. Abu
Bakr Varroq q. s. debdurki, bu ish birovning ishidurkim, Tengri taolo uchun
mazbalalarni jop bila supurmish boʻlgʻay.
56.
A
BDULLOH
M
AHDIY
B
OVARDIY Q
.
S
.
Bu toifaning buzurglaridindur. Abu Hafs Haddod q. s. ustodidur. Abu Hafs avval
Bovardqa bordi va bu Abdulloh burun temurchi erdi, munung qoshida shogirdlik qilur
erdi. Va Abdullohning olam ishin tark qilib, bu ishga kirmagiga sabab bu erdikim, bir
kun temurchilik qilur erdi va temurni koʻrada qizdirib erdi. Nobiynoye utub borur
erdi, eshittiki, bu oyatni oʻqurkim, [oʻsha kunda Haq – sobit (yolgʻiz) Rahmon uchun
bulur]
(1)
. Qizigʻan temur ilgidin tushti va hol anga mutagʻayyir boʻlub, bexud ilig
Do'stlaringiz bilan baham: |