Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
29 
library.ziyonet.uz/ 
 
Uchunchi tabaqadindur. Va debdurlarki, nishoburlugʻ erkondur. Iroq mashoyixi bila 
suhbat tutubdur va Junayd q. s. aqronidindur va Abu Turob Naxshabiy bila ham 
suhbat tutubdur. ,Va Abu Said Xarroz q. s. ning rafiqi erkondur va zamon 
mashoyixining javonmardlaridin ermish. Va ikki yuz toʻqsonda dunyodin oʻtti. 
Junayd va Nuriydin burun va Abu Said Xarroz va Abu Hamza Bagʻdodiydin soʻngra. 
Bir kun Ray mas-jidida poytobaye tiladi, birav aning oldigʻa dabiqa soldi. Bir 
poytobaligʻin yirtub, oyogʻiga chirmadi va ortugʻin tashladi. Birav dediki, ajoyib ish 
qilding, bu nafis jinsni sotsang erdi, necha poytobaligʻ hosil erdi. Dedikim, men 
mazhabda xiyonat qilmasmen. Shayx ul-islom debdurki, tasavvuf bila tasarruf jam’ 
boʻlmaslar, dunyoni darigʻ tutmak va anga qiymat qoʻymak – erni tasavvufdin, qilni 
xamirdin chiqargʻandek chiqarur. Dunyo bir kesakdur va ul kesakdin bizning 
nasibamiz bir gard. 
71.
 
A
BU 
H
AMZA 
B
AG
ʻ
DODIY Q
.
 S

Uchunchi tabaqadindur, oti Muhammad b. Ibrohimdur. Sariy Saqatiy va Bishr Hofiy 
bila suhbat tutubdur va alarning aqronidindur. Abu Turob Naxshabiy bila safarda 
rafiqlik qilibdur. Abu Bakr Kattoniy va Xayr Nassoj va gʻayrhumo andin hadis 
rivoyat qilurlar. Ikki yuz sakson toʻqquzda dunyodin oʻtti. Junayd va Abu Hamza 
Xurosoniydin burunroq va Abu Said Xarrozdin soʻngraroq. Ul debdurkim, [agar gʻaf-
lat boʻlmaganda edi, siddiqlar Alloh zikri nash’asidin halok boʻlur erdilar!
(1)
. Va ham 
ul debdurkim, [faqyrlarni doʻst tutish ogʻir, unga siddiqlardan boshqalar chiday 
olmaydilar]
(2)

 
Bir qatla Tarsusda anga azim qabul voqe boʻldi, xaloyiq aning sari yuz qoʻydilar. 
Soʻz asnosida bir soʻz dedi va avom ul soʻzning ma’nosigʻa yetmay, ani hulul va 
zindiqgʻa nisbat berdilar va mardud qildilar. ulogʻlarni talab, ul yerdin ixroj ettilar. 
Chun Tarsusdan chiqti, bu baytni oʻqudiki, 
 
She’r: 
[Qalbimda sen uchun begonalardan asrab, avaylagan joy bor, 
Shuning uchun koʻyingda duch kelgan mashaqqatlarmenga oson 
kechadi]
(3)

72.
 
H
AMZA B
.
 
A
BDULLOH 
A
LAVIY Q
.
 S

Kuniyati Abulqosimdur. [Bir necha yil tavakkul bilan sahrolarga safar qildi. 
Aytadilarki, muqimlik paytida ham yerga yonboshlamadi. Safarlarida oʻzi bilan mesh 
olib yurmasdi va zikrdan qolmasdi]. Ul Abulxayr Taynotiyning shogirdi erdi. 
Bodiyani och qorin bila qat’ qilur erdi. Ul debdurkim, qorin toʻqlugʻi ma’lum 
doxilidur. Ham aning soʻzidurkim, sufiy bodiyada ani asramoq kerakqi, vatanda 
asrarki, sufiygʻa safar hazardur. 
73.
 
A
BU 
S
AID 
X
ARROZ Q
.
 T
.
 S

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Iso va laqabi Xarroz. Va Bagʻdodiyyul-asldur. 
Bu toyifaning muxabbatidin Misrga bordi va Makkada mujovir erdi. Qavmning 
aimmasi va mashoyixiing ajillasidindur. Muhammad b. Mansur Tusiy shogirdidur. 
Zunnun Mis-riy va Abu Ubayd Busriy va Sarin Saqatiy va Bishr-Hofiy bila suhbat 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish