9. Zunnun Misriy q t. s



Download 22,61 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi22,61 Kb.
#840836
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat


9. Zunnun Misriy q.t.s.
…Shayx ul-islom q.s. debdurki, hayrat ikkidur: biri om hayrati va ul ilhodu zalolat hayratidur va yana biri xos hayratidur va ul hayrat ayondadur va topmoqdur va ham oning so’zidur: avval uzulmak va qo’shulmoq va oxir ne uzulmak va qo’shulmoq. Zunnun Mag’ribga bordi, azizedin kim mutaqaddimin mashoyixdin erdi, bir mas’ala so’rg’ali. Ul dedikim, ne uchun kelibsen? Agar kelibsenki, avvalin va oxirin ilmin o’rgangaysen, munung yuzi yo’qturkim, bu barchni ul biluru bas va agar kelibsenkim, oni tilagaysen. Avval gomkim, bu sori ko’tarding, ul anda hozir erdi. Shayx ul-islom q.s. debdurkim, ul o’z tilaguchisining yo’ldoshidur. Oning ilkin tutub, o’z talabida yugurtur. Zunnun q.s. dedikim, uch safar qildim va uch ilm kelturdum. Avvalqi safarda ilme keturdumkim, xos qabul qildi va om ham qabul qildi. Ikkinchi safarda ilme keturdumkim, xos qabul qildi va om qabul qilmadi. Va uchunchi safarda ilme keturdumkim, ne xos qabul qildi va ne om [qochoq, quvg’in va yolg’iz bo’lib qoldim].
Shayx ul-islom q.s. dedikim, avval tavba ilmi erdikim, oni xosu om qabul qildilar. Ikkinchi, tavakkul va muomalat va muhabbat ilmi edikim, xos qabul qildilar va om yo’q. Uchunchi, haqiqat ilmidurkim elning ilmu aqli toqatidin tashqari erdi. Xaloyiq anglamadilar va inkorg’a ko’ptilar. Ul vaqtg’acha kim, ta’rix ikki yuz qirq beshda Zunnun q.s. olamdin o’tti. Janozasin elturda benihoyat yashil qushlar jinozasig’a soya qilib erdilar. Andoqkim, borg’on xaloyiq alarning ko’lakasida erdi. Andin so’ngra Zunnung’a xalq ko’nglida qabul voqe’ bo’ldi. So’ngqi kun aning qabri boshida bitilgon toptilarkim, [Zunnun Allohning suyukli bandasi va shavqi tufayli Alloh yo’lida jonini fido qilguvchidur]. Va ul bir xat erdikim, odamilar xatig’a o’xshamas erdi. Va oni har necha yusalar yana bitilgan ko’runur erdi. Shayx ul-islom dedikim, ul so’ngg’i safar qadam bila emas erdiki, oni qadam bila bormaslar va himam bila borurlar va oning janozasig’a ko’laka solg’on qushlardek. Qushlar muddatdin so’ngra Shofeiy r.a. shogirdi Mu’azziniyning jinozasig’a ko’rdilarkim, soya soldilar, vallohu taolo a’lam.
Ilhodu – dinsizlik, xudoga ishonmaslik.
Mutaqaddimin – qadimlar, dunyodan o’tgan azizlar.
Mas’ala – masala, bahs mavzusi.
Gom – qadam; qasd, niyat, intilish; oyoq
Muomalat – muomala; savdo-sotiq.
Tavakkul – suyanish, ishonish, biror odamga (aksariyat hollarda Xudoga) ishonib bir ishni boshlash.
Shayx ul-islom (q.s.) debdiki, hayrat 2 xil bo’ladi: biri avom hayrati va u dinsizlik, zalolat hayratidir. Yana biri xos hayratidir va u hayrat a’yondadir va topmoqdir va uning so’zidir: avval uzilmoq va qo’shilmoq тva oxir na uzilmoq va na qo’shilmoq.
Zunnun aziz avliyolardan bir masalani so’rash uchun Mag’ribga bordi. U: “Nima uchun kelding?”– dedi . –Agar kelibsanki, avval va oxir ilmini o’rganasan, buning yuzi yo’q, bu burchni u biladi, agar kelibsanki, uni tilaysan.Bu narsa senda oldin niyat edi, shu darajaga ko’tarding, u shu yerda hozir edi. Shayx ul-islom q.s:. “U o’z tilaguchisining yo’ldoshidir”,– deydi. Uning qo’lini tutib, u buyurgan yo’lda yur.
Zunnun q.s: “Uch safar qildim va uch ilm keltirdim. ,Avvalgi safarda ilm keltirdim, xos qabul qildi va avom ham qabul qildi. Ikkinchi safarda ilm keltirdim, xos qabul qildi va avom qabul qilmadi. Va uchinchi safarda ilm keltirdim, na xos qabul qildi va na avom qabul qildi. Oxirda yolg’iz bo’lib qoldim”, – dedi.
Shayx ul-islom q.s. dedi: “Birinchisi tavba ilmi edi, uni xos-u avom qabul qildilar. Ikkinchi, ishonish, muomala va muhabbat ilmi edi, xos qabul qildilar va avom yo’q. Uchinchi, haqiqat ilmi, elning ilm-u aqli toqatidan tashqari edi”. Xaloyiq anglamadilar va inkor qilishga o’tdilar. Zunnun q.s. hjriy 245da olamdan o’tdi. Janozasini eltayotganda juda ko’p yashil qushlar soya qilib bordi. Shu darajada qushlar ko’p ediki, janozaga brogan xalq qushlarning soyasida edi. Shundan keyin xalq ko’nglida Zunnunga ishonch, e’tiqod paydo bo’ldi. So’nggi kun uning qabri boshidan: “Zunnun Allohning suyukli bandasi va shavqi tufayli Alloh yo’lida jonini fido qilgan kishidir” ,–.deb yozilganini ko’rdilar. U yana shunday bir yozuvda yozilgan ediki, inson yoza oladigan xat emas edi. Xalq bu yozuvni qancha yuvsalar ham, yana qayta ko’rinar, yo’qolmas edi. Shayx ul-islom: “U so’nggi safar qadam bilan emas edi, unga qadam bilan bormaydilar, chin ixlos bilan boradilar, xuddi uning janozasiga soya qilib borgan qushlardek. Yana qushlarni shunday sola solib borishini ancha vaqtdan so’ng Shofeiy r.a. shogirdi Mu’azziniyning janozasida ko’rdilar, vallohu taolo a’lam.
Download 22,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish