Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
24
library.ziyonet.uz/
oʻksumagʻay. Ta’rix ahli debdurlarkim, Yahyo Mu’oz Balxqa bordi va anda iqomat
qildi, muddatdin soʻngra Nishoburgʻa keldi va anda dunyodin oʻtti, ikki yuz ellik
sakkizda.
49.
X
ALAF B
.
A
LI Q
.
T
.
R
.
Ul Basradin erdi, Yahyo Mu’oz q. s. bila suhbat tutub erdi. Ul dediki, bir kun Yahyo
Mu’oz suhbatida erdim. Birovga vajd voqe’ boʻldi. Birov Shayxdin soʻrdikim, bu
kishiga ne voqe’ boʻldi? Shayx dedikim, Tengri soʻzin eshitti, vahdoniyat koʻngligʻa
kashf boʻldi va insoniyat sifati mahv boʻldi.
50.
B
OYAZID
B
ISTOMIY Q
.
T
.
A
.
Avvalgʻi tabaqadindur. Oti Tayfur b. Iso, Ahmad Xuzravayh va Abu Hafs va Yahyo
Mu’oz va Shaqiq Balxiyni koʻrub erdi. Ul Roy ashobidin erdi ammo anga bir valoyat
eshigi ochildikim, anda mazhab padiydor boʻlmadi. Boyazid q. s. namoz qilsa erdi,
koʻksining. soʻntaklaridin qa’qa’a chiqar erdi tengri taolo qoʻrqunchidin va shariat
ta’zimidin. Boyazid naz’ vaqtida dedikim, [Allohim, seni faqat gʻofillik bilan esladim
va senga faqat sustkashlik bilan xizmat qildim]1.
Bu soʻzni dedi va bordi. Boyazid q. s.ning shogirdi Abu Muso dedikim, Boyazid
dediki, Alloh taoloni tush koʻrdum, soʻrdumki, bor Xudoyo, yoʻl senga ne nav’dur?
Dedikim, oʻzungdinkim oʻttung, menga yetting! Olamdin oʻtgandin soʻng tush
koʻrdilar, holin soʻrdilar, dedikim, mendin soʻrdilarki, ey qari, ne kelturubsen?
Dedim, darvesh podshoh eshigiga kelsa, andin soʻrmagʻaylarki, ne kelturubsen?
Soʻrgʻaylarki, ne kerak? Ta’rix ikki yuz oltmish birda olamdin oʻtdi. Derlarki,
Nishoburda Iroqiya degan ajuzaye erdi. Eshiklarga yurub, savol qilur erdi. Oʻtgandin
soʻngra soʻrdilarki, holing nedur? Ul dedikim, mendin soʻrdilarkim, ne kelturubsan.
Dedim, oh, barcha umrumni bu eshikka havola qilur erdimkim, tengri bergay. Emdi
mandin soʻradurlarki, ne kelturubsen? Javob keldikim, chin aytur. Anga evrushmang.
51.
A
BU
A
LI
S
INDIY Q
.
T
.
S
.
Shayx Roʻzbehon Baqliy q. s. «Shathiyot» sharhida debdurkim, ul Boyazidning
ustodlaridindur. Boyazid q. s. debdurkim, men Abu Alidin fano ilmini tavhidda
oʻrganur erdim. Ul mendin «Al-hamdu» va «Qul-hu-volloh»ni.
52.
A
BU
H
AFS
H
ADDOD Q
.
S
.
Avvalgʻi tabaqadindur.
Oti Amr b. Salama. Nishoburning kentlaridindur. Abu Usmon Hiriyning ustodi. Olam
yagonasi erkandur. Shoh Shujo’ Kirmoniy anga nisbat durust qilur. [Mashoyixlardan
ba’zisi aytibdurki, Junaydga hikmat, Shoh Shujo’ Kirmoniyga vujud, Abu Hafsga
axloq va Abu Yazidga haymon berildi]1.
Abu Hafs Ahmad Xuzravayh bila Boyazidning rafiqi erdi va Abdulloh Mahdiy
Bovardiyning shogirdidur. Ul debdurkpm, zohir-husn adabi, botin-husn adabining
unvonidur. Hajga borurda Bagʻdodga yetishti. Junand ,q. s. istiqbol qildi. Abu Hafs q.
s. musin erdi, muridlari bosh ustida koʻlaga qilib, ayogʻ Ustigʻa turub erdilar. Junayd
Do'stlaringiz bilan baham: |