Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
20
library.ziyonet.uz/
Agar qish kelsa, sen boshpana, yoz kelsa soyabonsen]1.
31.
I
BROHIM
S
AYYOD
B
AG
ʻ
DODIY R
.
T
.
Kuniyati Abu Ishoqdur. Ma’ruf Karxiy bila suhbat tutubdur. Ma’ruf q. s. anga
degandurki, faqirni lozim tut va qoʻrqma bu jihatdin. Aning mazhabi tajridu inqito’
erkandur. Junayd q. s. debdurki, ul bir kun Sariy Saqatiy qoshigʻa keldi, bir pora hasirni
oʻziga izor qilib erdi. Sariy ashobidin biriga dedikim, oʻn diramgʻa aning uchun bozordin
bir jubba olgʻay. Dagʻi dedikim, Ey Abu Ishoq, kelgilki, menda oʻn diram bor erdikim,
sening uchun bu jubbani sotqin olildi. Ibrohim dedikim, faqr ahli bila oʻlturursen va oʻn
diram zaxira qilursen va ani kiymadi.
32.
I
BROHIM
A
JURIY
S
AG
ʻ
IR R
.
T
.
Aning dagʻi kuniyati Abu Ishoqdur. Jaririy va Abu Ahmad Magʻoziliy dedilarkim,
yahudiy aning qoshigʻa keldi va dedikim, agar manga bir nima koʻrsatsangkim, andin
Islom dini sharafin oʻz millatimgʻa bilsam, musulmon boʻlayin. Ibrohim dedikim, chin
aytasen? Ul dedi: chin aytadurmen. Dedi: ridongni menga ber! Aning ridosin oʻz
ridosigʻa chirmab doshliq oʻtgʻa tashladi va aning keynicha doshqa kirib, olib chiqdi.
Aning ridosigʻa oʻtdin osib tegmaydur erdi va yahudiyning ridosi aning ichinda kuyub
erdi. Yahud bu ishni koʻrgach, musulmon boʻldi.
33.
I
BROHIM
A
JURIY
K
ABIR R
.
T
.
Junayd q. s. dedikim, Abdun Zajjojdin eshittimkim, Ibrohim dedikim, bayt:[Aziz va ulugʻ
boʻlgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilishing, quyosh nuri tushadigan barcha
narsadan yaxshiroqdir]1.
34.
F
ATH B
.
A
LI
M
AVSILIY Q
.
R
.
Mavsil mutaqaddim va buzurg mashoyixidindur. Bishri Hofiy q. s. aning nozirlaridindur.
Bishri Hofiydin yetti yil burunroq ikki yuz yigirmada dunyodin oʻtubdur. Bu nav’kim,
Qurbon bayramida koʻrdikim, xaloyiq qurbonlar qiladurlar. Dedi: Ilohiy, bilursenki,
oncha nimam yoʻqdurki, sening uchun qurbon qalgʻaymen, jonimni sanga qurbon qilayin,
deb barmogʻin boʻgʻzigʻa tortti va yiqildi. Chun boshigʻa keldilar, oxir boʻlub erdi va
boʻgʻzida yashil xat. Bir kun Bishri Hofiy uyiga bordi va dedikim, yegulik boʻlsa keltur!
Yegulik kelturdilar, onchaki matlubi edi, yedi, qolganini chirmab koʻtardi. Birov koʻrub
dedikim, Fathni derlarki, mutavakkillarning imomidur, onak zalla bogʻladi. Bishr q. s.
dedikim, ul sizga oʻrgatadurkim, tavakkul durust boʻlgʻondin soʻngra hech ziyoni
yoʻqdur. Shayx ul-islom q. s. debdurkim, tajrid durust boʻlsa, mulki Sulaymon ma’lum
emas va tajrid durust boʻlmagʻon boʻlsa, yengning ilikdin ortuqligʻi ma’lumdur.
35.
F
ATH B
.
S
HAXRAF
M
ARVAZIY Q
.
S
.
Kuniyati Abu Nasrdur. Qapton kiyar erdi, sipohiylardek. Ahmad Hanbal debdurki,
Xurosondin Fathdek chiqmadi. Oʻn uch yil Bagʻdodda erdi. Bagʻdoddin qut yemadi,
Antokiyadin aning uchun keltururlar erdi. Naz’ holatida oʻz-oʻzi bila soʻz der erdi. Quloq
soldilar, bu soʻzni der erdikim, [Allohim, (senga nisbatan) zavqu shavqim nihoyatda
kuchaydi, meni tezroq oʻzingga yetkazgil!]1. Ani yuvurda yashil xat bila ba’zi uzvida
«bitilgan koʻrdilarkim, [«Fath olloh uchun»]
(2)
. Shayx ul-islom q. s. dedikim, Ibrohim
Do'stlaringiz bilan baham: |