Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
17
library.ziyonet.uz/
Avvalgʻi tabaqadindur va Sariy Saqatiyning ustozidur va Dovud Toyi q. s. bila suhbat
tutgandur. Va Dovud yuz yetmish beshda oʻtubdur va Ma’ruf q. s. ikki yuzda. Ul
debdurki, sufiy munda mehmondir. Mehmon taqozosi mezbongʻa jafodur. Mehmonki,
adabliq boʻlgʻay, muntazir boʻlgʻay, yoʻqki mutaqoziy. Birov andin vasiyat talab qildi. Ul
dedikim, [ehtiyot boʻl Allohu taolo seni miskin suratidin boshqa suratda koʻrmasin1].
Shayx ul-islom dedikim, Ma’ruf bir kun xoharzodasigʻa dedikim, chun anga hojating
boʻlsa, mendin ont ber! Mustafo s. a. v. duoda ayttikim, [ey bor xudoyo, senga iltijo qilib
soʻrovchilar haqqi, senga ragʻbat qiluvchilar haqqi va sen tomon tashlaydigan
qadamlarim haqqi hurmati (sendan) soʻrayman2], mening bu gʻamlarim haqqi sening
sari. [Ma’rufdin muhabbat haqida soʻrashganda, aytdi: Muhabbat – xalq oʻrgatadigan
narsa emas, balki u Haqning in’omi va fazlidir3]. Aning qabri Bagʻdoddadur va xaloyiq
qiblai duosidurki, derlar – anda duo mustajob boʻlur.
23.
A
BU
S
ULAYMON
D
ORONIY Q
.
R
.
Avvalgi tabaqadindur. Oti Abdurahmondur. Shom mashoyixidin. Doron degan yerdinki,
Damashqning kentlaridindur, qabri ham anda-oʻqdur. Ahmad b. Abulhavoriyning
ustodidur, Rayhonat ush-Shom. Va ta’rix ikki yuz oʻn beshda oʻtubdur. Andin
soʻrdilarkim, ma’rifati haqiqiy nedur? Dedi uldurki, ikki dunyoda murod birdin oʻzga
boʻlmagʻay. Va ham ul debdurki, bir kitobda oʻqubmenki, Haq s. t. debdurki, [tun kirishi
bilan meni unutib, uyquga ketgan kishining menga muhabbat da’vo qilishi yolgʻondir]1
Va ham ul debdurki, vaqtiki, Iroqda erdim, obid erdim va Shomda orifmen. Bu toifadin
ba’zi debdurlarki, Shomda aning uchun orif erdiki, Iroqda obid erdi, agar anda obidroq
boʻlsa, munda orifroq boʻlgʻay erdi. Va ham Abu Sulaymon debdurki, [koʻpincha haqiqat
(kashfu asror) qalbimda qirq kunlab uloqib yuradi. Ularni faqat ikki guvoh: oyat va hadis
asosidagina qalbimdan joy olishiga ruxsat beraman]2. Va ham ul debdurki, [qalb
matlubni topolmay gʻamgin boʻlganida, ruh uni topganidan shod boʻladi]3. Ahmad b.
Abulhavoriy debdurki, Abu Sulaymongʻa dedimkim, xilvatda namoz qildim, andin lazzat
toptim. Soʻrdikim, lazzatingning sababi ne erdi? Dedim, meni hech (kim) koʻrmadi.
Dediki, [qalbingda xalq yodi oʻtgan payt sen, albatta, zaifsen]4. Ham ul debdurkim, [Har
bir narsaning zangi boʻladi, qalb nurining zangi esa, toʻyib ovqatlanishdir]5.
Ham ul debdurkim, [kimki, hamma narsadan uzilib, Allohga bogʻliqligini bildirmoqchi
boʻlsa, Allohdan boshqa narsalarni yelkasidan uloqtirib tashlashi vojibdir]6. Ham ul
debdurkim, [Bandani tezroq Haqqa yetkaruvchi narsa muhosabadir]
(7)
.
24.
D
OVUD B
.
A
HMAD
D
ORONIY R
.
T
.
Abu Sulaymon Doroniyning qardoshidur. Qardoshi bila suhbat tutub edi. Ahmad b.
Abulhavoriy debdurkim, Dovuddin soʻrdumki: ne dersan ul koʻngulnikim, anga yaxshi
un asar qilgʻay? Dedi: ul koʻngul za’fu ranjurligʻidin boʻlgʻay, anga iloj qilmoq kerak.
25.
I
BROHIM
A
DHAM Q
.
T
.
R
.
Avvalgʻi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoq va oti va nasabi Ibrohim Adham binni
Sulaymon, binni Mansur al-Balxiy. Mulukdin erkani xud mashhurdur. yigitlikda tavba
tavfiqi topti.
Bir kun ovgʻa boradur erdi. Hotife nido qildiki, ey Ibrohim, sani bu ish uchun
yaratmaydurlar. Bu soʻzdin anga ogohligʻ yuzlandi va mulk tarkin qilib, bu toifa tariqin
Do'stlaringiz bilan baham: |