Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
33
library.ziyonet.uz/
sifatlarini bilgan holda, uni yakka-yagona deb bilmoq)
(4)
. Va ul ikki yuz toʻqson
oltida dunyodin oʻtti va ba’zi toʻqson yettida va ba’zi toʻqson birda debdurlar va ba’zi
Bagʻdodda va ba’zi Makkada debdurlar.
83.
S
HOH
S
HUJO
’
K
IRMONIY Q
.
T
.
S
.
Ikkinchi tabaqadindur, muluk avlodidindur. Abu Hafsning rafiqlaridin. Abu Turob
Naxshabiy va Abu Abdulloh Ziro’ Busryay va Abu Ubayd Busriy bila suhbat
tutubdur. Va Abu Usmoi Hiriyning ustodidur.. Va ul qabtan bila yurur erdi, andoqki
ba’zi mashoyix xirqa bila va ba’z gliyim bila va ba’zi taylason bila. Va Shoh Abu
Hafsdin soʻngra ikki yuz yetmishda dunyodin oʻtibdur va uch yuzda ham bitibdurdar.
Shoh bir kitob bitibdur. Yahyo Mu’oz Roziy gʻino fazlin faqrga qilib bitigan
kitobning raddiga. Hazrat Maxdumn Nuran «Nafahot ul-uis»da bu mahalda Shoh
jonibidin bu iav’ hukm qilib bitibdurlarki, Shoh Yahyo Mu’oz gʻino fazlin faqrga
qilib bitigan kitob raddi-ga kitob bitibdur, andoqki voqe’dur. Shayx ul-islom q. s.
debdurki, faqr fazlidin sanga ushbu kofiydurkim, Paygʻambar s. a. v. darveshlikni
tavongarlikka va faqrni gʻinogʻa ixtiyor qildi va Haq subhonahu va taolo ul Hazratdin
bu ishni pisand etti va anga bu davlatni ham karomat qildi. Abu Hafs Shohni toʻn bila
koʻrib soʻrdikim, bo qabo? Shoh javob berdikim, [aboda istaganimizni qaboda
topdik]
(1)
. Shoh qirq yil bir vaqt talabiga uyumadi. Bir kun koʻzi uyquga bordi. Haq
subhonahu va taoloni tush koʻrdi, uygʻongach bu baytni dedikim,
bayt:
[Ey koʻzimning sururi, seni tushimda koʻrdim,
Usha lahzadan bern unqunn yaxshi koʻraman]
(2)
.
Andin soʻngra doim uiqu tilar erdi, yo oni uyquda koʻrarlar erdi, yo yotmoq
tahiyasida. Bir kun Shoh bir majlisda oʻlturub erdi. Bir darvesh qoʻpub, ikki botmon
oʻtmak savol qildi. Hech kim bermas erdi. Shoh dedikim, boʻlgʻaykn, ellik hajimni
ikki botmon nonga sotqun olib, bu darveshga bergay. Bir faqi.ch hozir erdi, dedi: Ey
shayx, shariatga istihfof qilding.
Shoh dedi: Hargiz oʻzimdin hisob olmadim, a’molimdin ne hisob olgʻaymen? Va
Shoh soʻzidurkim, [kimki nafsini shahvatdan, koʻzini haromlarga boqishdan saqlasa,
botinini doimiy muroqaba bilan ta’mir qilsa va zohirini sunnat bilan bezasa, uning
farosati xato qilmaydi]
(3)
.
84.
A
BU
U
SMON
H
IRIY Q
.
T
.
S
.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Sa’d bin Ismoil Hiriy Nshoburiy. Asli Raydindur. Shoh
Shujo’ning shogirdi. Abu Hafs va, Yahyo Mu’oz bila suhbat tutubdur. Zamonining
imom va yagonasi erdi. Sakkiz yuz toʻqson sakkizda Rabiul avval oyida dunyodin
oʻtibdur. Qabri Nishoburdadur. Andin soʻrdilarkim, javonmard kimdur? Dedi: ulkim,
oʻzin koʻrmagan. Va ham ul debdurki, [shavq muhabbatning alomatlaridan biridur]
(1)
.
Va ani Imom va Muqtadoyi rabboniy debdurlar. Va rabboniy oni derlarkim,
muridlarga oz ilm bila parvarish bergay va tarbiyat qilgʻaykim, to ulugʻ ilmda quvvat
topqaylar. Va ul bu nav’ erdi. Va ul debdurki, [Alloh amrini bajarishda sustlik qilish,
oʻsha amrning. ma’rifatini yaxshi bilmaslikdandir]
(2)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |