Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
41
library.ziyonet.uz/
Basraning zuhhodidindur. Uz zamonining buzurgi ermish. Bir kun bemor erdi;
Kunaslikda yotib erdi. Dedilarki, neuchun koʻlagaya borib yotmaysen? Dedikim,
tilarmenki, soyagʻa borgʻaymen, ammo qoʻrqarmanki, degaylar, bir qadam nafs komi
uchun bording!
110.
A
LI B
.
S
AHL
A
ZHAR
I
SFAHONIY R
.
T
.
Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhasandur. Isfahon mashoyixining
qudamosndindur. Yusuf Bannoning shogirdi va Junayd q. s.ning aqronidin ermish va
arolarida makotibatu risolat bor ermish va Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur.
[U qattiq riyozat chekardi. Farovon nozu ne’matga ega boʻlsada, yigirma kunlab
yeyish-ichishdan tiyilardi. Kunlarni uxlamasdan, iztirob bilan oʻtkazardi]
(1)
Ul
debdurki, ]aslo ehtilom boʻlmadim. Faqat tushimda bir ayolni voliysi va ikki guvoh
huzurida nikohlab olganimdan keyin ehtilom boʻldim]
(2)
.
Bir qatla Umar b. Usmon Makkiyga Makkada oʻttuz ming diram burj boʻldi.
Isfahongʻa Ali Sahl qoshigʻa keldikim, shoyad anga bu burj adosida madade qilgʻoy.
Ali Sahlga ma’lum boʻlub erdi. Ul vajhni saranjom qilib, Makkaga Umarning
burjlugʻigʻa yubordi va oni ziyofat qilib uzotti. Ul Makkaga borurda hamisha
koʻnglida ul burjluq tafriqasi erdi. Makkaga yetgach, burjni oʻtolgan topti va koʻngli
tindi. Shayx ul-islom debdurki, Ali Sahl ul ishni uzrxohlik va shukr-guzorligʻ yuki
biymidin qildiki, hech ozodamard oni torta olmas. Ul debdurki, bizning qoshimizda
ravo emaski, bu toifani darvesh degoylarkim, bular xaloyiqning tavongarlaridurlar.
Shayx ul-islom debdurki, haq subhonahu va taolokim, toʻnning yaxshirogʻin
agʻniyogʻa beribdur, toʻnning farrini darveshlargʻa beribdur va pokiza taom agar
agʻniyogʻa beribdur, taomning lazzatin bulargʻa beribdur. Ali b. Sahldin soʻrdilarki,
balo kunin yod bilurmusen? Dedi: nechuk yoʻq. Ul xud goʻyo tuno-kun erdi. Shayx
ul-islom debdurki, soʻfigʻa bu soʻzda nuqsdur. Tuno-kun, tongla ne boʻlgʻay? Ul
kunga hanuz kecha kelmaydur. Soʻfi hanuz ul kundadr
111.
M
UHAMMAD B
.
Y
USUF
B
ANNO Q
.
S
.
Kuniyati Abu Abdullohdur. Derlarki, ul uch yuz shayxdin hadis kitobat qilib erdi.
Chun xilvatu inqito’ irodati onga gʻolib boʻldi. Makka azimati bila. chiqdi va
bodiyani tajrid bila qat’ qildi. Debdurlarki, ul kunduz bannoligʻ kasbigʻa mashgʻul
erdi. Ulcha hosil qilsa erdi, kecha ondin muhaqqariy bahra olur erdi. Uzgasin
fuqarogʻa tasadduq qilur erdi. Bovujudi kasb ishtigʻoli har kun Qur’onni bir xatm
qilur erdi. Xufton namozin qilgʻandin soʻngra oʻtoqgʻa borur erdi va koʻp aytur
erdikim, xudoyo, manga oʻz oshnoli-gingni va ma’rifatingni nasib qil! Yo bu toqqa
amr qilki, yuqori chiqyb, maning boshimgʻa yemrulsunki, saning shinosoligʻing va
ma’rifatingdin ayru manga tiriklik kerakmas! Junayd q. s. aning fazlu kamoligʻa qoyil
ermish. Shayx Ali Sahl Isfahoniygʻa yuborgai risolatda bitib erdikim, [shayxing Abu
Abdullohdan soʻragin, kim sendan gʻolibdur?]
(1)
. Chun shayx Ali Sahl Isfahoniy
andin savol qildi. Ul dedikim, javobyda bitikim, [Alloh oʻz ishida gʻolibdur]
(2)
.
112.
M
UHAMMAD B
.
F
OZA R
.
T
.
KuniyatiAbu Ja’fardur. Muhammad b. Yusuf Bannoning shogirdlaridindur. [Ibodatda
buyuk mujtahid. va infoq-ehson qilishda saxiy edi]
(1)
. Har kun Qur’onni uch xatm
qilmoq virdi erdi. Anga otadin koʻp meros qoldi. Yillar Muhammad b. Yusufning,
Do'stlaringiz bilan baham: |