Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayoti



Download 1,85 Mb.
Sana01.02.2023
Hajmi1,85 Mb.
#906623
Bog'liq
fan texnika tmi 1.pptx

Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayoti

“Bayt ul-hikma”.


IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda
sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi.

Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi.


IX asrda bu shaharda “Bayt ul-hikma” tashkil etilgan edi.

“Bayt ul-hikma”da katta kutubxona, Bag‘dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi.

Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asr ilm-u faniga katta hissa qo‘shadilar.

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy.


Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(783–850) Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi.

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783–850) Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi.

Ahmad al-Farg‘oniy.


Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy (797–865).
U Farg‘ona vodiysining Quva shahrida tavallud topgani uchun Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan.

Ahmad al-Farg‘oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi.


Ahmad al-Farg‘oniy haykali
1998-yil oktabrda alloma Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.

Madaniy va ma’naviy uyg‘onish.


1997-yil 11-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi.
2006-yil kuzida Respublikamizda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”ning 1000 yilligi nishonlandi.

Abu Nasr Farobiy (873–950) Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug‘ilgan.


Abu Nasr Farobiy.
U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bag‘dodda bilim olgan

U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr ilm-fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi.


Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida
ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr ilm-fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi.

Abu Ali ibn Sino.


Abu Ali ibn Sino
980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida
dunyoga keldi.

Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan.


Uning 5 jildli
“Al-qonun fit-tib” (“Tib qonunlari”) nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari yozilgan.

Uning “Al-qonun fit-tib” asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.

Abu Rayhon Beruniy.


Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Xorazmning Kat shahrida tug‘ilib, Urganchda ta’lim olgan.

Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi.


Beruniy Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda
yangi usul – matematik usulni ishlab chiqdi.
U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan.
U birinchi bo‘lib Yer shari globusini yaratgan.

Savol va topshiriqlar:

1. “Bayt ul-hikma” qaysi shaharda tashkil etilgan? “Bayt ulhikma” haqida O‘zbekiston milliy ensiklopediyasidan qo‘shimcha ma’lumotlar topib daftaringizga yozib oling.

2. Ayting-chi, nima uchun IX–XII asrlarda yurtimizda ilm-fan yuksak taraqqiy etdi?

3. Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniyning matematika fanida tutgan o‘rni nimalardan iborat?

4. “Ma’mun akademiyasi” qaysi yillardafaoliyat yuritgan? “Ma’mun akademiyasi” haqida O‘zbekiston milliy ensiklopediyasidan qo‘shimcha ma’lumotlar topib daftaringizga yozib oling.


Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish