TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TASVIRIY SAN’AT VA AMALIY BEZAK SAN’ATI” 101-GURUH MAGISTIRANTI XOLMATOVA FERUZANING “Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil.” MAVZUSIDAGI Mustaqil ishi. TOSHKENT-2022
Reja:
2.Ilmiy dalillar va unung turlari.
4.Tajriba dalillarini qayta ishlash metodikasi.
3.Tajriba dalillari, uning turlari.
1.Dalillar. Ilmiy dalillar.
Tayanch so’zlar:
Dalil. Dalil turlari. Ilmiy dalil. Ilmiy dalil turlari. Tajriba dalil. Tajriba dalil turlari.
- Dalil bu - fakt ma’nosida ishlatiladi. Biz bu mavzuni yoritar ekanmiz, fakt so‘zini dalil deb qabul qilamiz.
- Dalil bu - haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasi.
Dalil bu - voqelik haqidagi ob’yektiv holda olingan va isbotlangan, o‘zgarmaydigan haqiqiy bilimdir. Tevarak atrofdagi barcha narsa va hodisalarning mavjudligi, barqarorligi, hodisalarga munosabati kabi jarayonlar dalillarga suyangan holda tahlil qilinadi, mushohada qilinadi. Shunday narsa va hodisalar borki, ular dalil va isbotni talab qilmaydi.
Dalilning asosan ikkita xususiyati bor:
1.Hayotiy bo‘lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar, aloqadorliklar, o‘zgarishlar, jarayonlarni o‘zida ifoda etadi.
2.Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to‘laqonliligini, inkor etib bo‘lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Ilmiy ijodda esa dalil zaruriy talabdir. Fanning ajralmas qismidir. Chunki fan yangi, haqiqiy bilimlarni berish uchun dalillarga suyanadi. Har bir ijod namunasi falsafaning kategoriyasi bo‘lmish – sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa butun hamda qismlar orqali, ya’ni ularning metodologik xususiyatlaridan foydalanib, o‘z xulosalarini chiqaradi.
Bu xulosalar dalil tushunchasi orqali amalga oshirilganda ijodda mustahkam o‘rin oladi. Ijod natijasi haqiqatga aylanadi.Dalil falsafiy kategoriyadir. Demak, u universal xarakterga ega bo‘lib, barcha narsa va hodisalarga taalluqlidir. U haqiqatni to‘ldiruvchidir. Ba’zi olimlar dalilni haqiqat sinonimidir, deb tushuntiradilar.
Dalil turlari.
8. Tajriba dalil.
7.Ilmiy dalil
6. Qo‘shimcha dalillar
5. Taxminiy dalil
4. To‘liq bo‘lmagan dalil;
3. To‘liq dalil
2. Yolg‘on dalil
1. Haqiqiy dalil
Dalil turlari voqelikdagi narsa va hodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalarni o‘zida aks ettiradi. Umumiy dalil bo‘lishi mumkin emas. Dalil – konkret-aniqdir. Masalan, 1. Haqiqiy dalilda - ob’yekt to‘g‘risida to‘la tavsif mujassamdir. Bu tavsif haqiqatga zid kelmasdan, balki qonun va qonuniyatlar asosida vujudga kelgan.
2. Yolg‘on dalil - esa buning aksi bo‘lib, qonunlar va qonuniyatga mos emasdir. U faqat insonning tafakkurida aks etadi, xolos. Yolg‘on dalillar shubhali bo‘lib, ularni bir necha bor tekshirish, aniqlash talab etiladi. Yolg‘on dalillar inson tomonidan nojo‘ya ish va faoliyatlarda ko‘proq foydalaniladi. Ammo, yolg‘on dalillardan ham voz kechib bo‘lmaydi. Undan foydali tomonlarini olib, hayotga tatbiq etish lozim. Masalan, shunday voqea va narsalar bo‘ladiki, u to‘g‘risida (vaziyatga qarab) yolg‘on dalil aytishga to‘g‘ri keladi, ya’ni ikkala qarama-qarshi tomonlarni moslashtirish, kelishtirish uchun vaqtincha yolg‘on dalildan foydalanish mumkin.
4. To‘liq bo‘lmagan dalillar - to‘g‘risida so‘z yuritganda, izlanuvchi o‘z fikrining ilmiyligini isbotlash uchun qo‘shimcha dalillar topishga harakat qiladi.
6. Qo‘shimcha dalillar - esa to‘liq bo‘lmagan dalilni to‘liq dalil bo‘lgunicha ko‘maklashadi. Qo‘shimcha dalillar ilmiy ijodda katta ahamiyatga egadir. Ilmiy ijodda shunday dalillar borki, ularni qayta isbotlashga to‘g‘ri keladi. Chunki davr
o‘tishi bilan har qanday dalil qayta isbotlanishini talab etadi. Bu holat ayniqsa, ilmiy kashfiyotlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Isbotlangan dalillar ammaliyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi.
7. Ilmiy ijod ilmiy dalillar negizida ish yuritadi, faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy ijodda dalillarga erishish og‘ir va mashaqqatli mehnatni talab etadi. Vaqt va sabrlilikni istaydi. Dalillarni qo‘lga kiritish bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Ikkala jarayon ham zaruriy holatdir. Bevosita dalillarni qo‘lga kiritishda narsa va hodisaning o‘z holati, taraqqiyoti, rivojlanishi kifoya qiladi. Bilvosita dalillarni qo‘lga kiritish ma’lum shart-sharoitlar, qo‘shimcha ashyolar, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollarni talab etadi. Izlanuvchi ijodkor bunga ruhiy va amaliy jihatdan tayyor turishi kerak. Demak, dalillarni qo‘lga kiritish sub’yektiv va ob’yektiv shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Dalil insonning bilim doirasini kengaytiradi. Bilim insonning ajralmas qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |