www.ziyouz.com
кутубхонаси
16
hammasini o‘ylaydi. Lekin ajal bular bilan hisoblashib o‘tirmaydi, inson qanday yashadi, orzu-
xayollarida qanday yuksaldi, qanday tushlar ko‘rdi, kim bo‘ldi, aqli nimalarga yetdi, qanchalik yetdi —
ajalning bu narsalar bilan ishi yo‘q. Nega shunaqa? Nima uchun dunyo bunday qurilgan? Mayli, Suv
parisi xayol, tush ham bo‘lsin, biroq koshki mana shu g‘aroyib tushdan narigi dunyodayam sira
ayrilmasa...
Har qalay, nima bo‘lsa ham, O‘rxon Suv parisiga qanchalik ishonsa, dengiz uni tinglayotganiga
ham shunchalik qat’iy ishonardi. Dengizga chiqsa bo‘ldi: yozilib-yayrab dam olar, emin-erkin
fikrlardi. U o‘zining xayollariga g‘arq bo‘lganicha, «Suv parisi bilan xuddi shu yerda suzayotgan
emasmidik?» — deya o‘z-o‘zidan so‘rardi.
Shunday paytlarda u munshtugiga qaytadan tamaki to‘lg‘izar, tutunini buruqsatib, huzur qilar edi:
«Qaerda o‘sarkin bu g‘aroyib ko‘kat, — ajablanardi u. — O‘zi achchiq bo‘lsayam ko‘ngilga taskin
beradi... Savdogarlar aytishgan edi, Manchjuriyada o‘sadi, deb. O‘sha yerdan olib kelisharkan
tamakini. Juda uzoq bo‘lsa kerak bu Manchjuriya deganlari, ha, juda uzoq bu yer. Bizning odamlardan
birontasi ham hech qachon uyoqlarga bormagan... Nahotki o‘sha yerlarda tamaki o‘rmondagi maysa
singari o‘sib yotsa. Yopiray! Nimalar bo‘lmaydi deysiz bu dunyoda...»
* * *
Kun peshindan o‘tdi. Shu asnoda u goh birdan ufqning allaqaeridan kelib qolgan bulutlar orasiga
kirib ketardi. Go‘yo xuddi o‘sha yoqda havoning avzoyi buzilganga o‘xshar edi. Quyosh bulut orasida
yashiringan ana shunday paytda dengizning to‘satdan rangi o‘chib qorayib, borliq ko‘ngilni
g‘ashlantiradigan zulmatga cho‘madi. Goho esa quyosh bulutlar orasidan chiqib, yana bahorgiday
saxovat bilan nur sochadi, ana shu paytda dengizda lak-lak jonli shu’lalar suzilib ko‘zni qamashtiradi,
odamning dili yana ravshan tortadi.
Kirisk dengizga xiyla o‘rganib, xatto bir oz zerika boshlagan bo‘lishiga qaramay, dengiz
yuzasining mahobatidan, poyonsizligidan hamon hayratda edi. Har kancha suzishsa ham suvning oxiri
ko‘rinmaydi. Dengiz har qancha katta bo‘lsa ham bola qirg‘oqda yurganida undan bunchalik
ajablanmasdi.
Kattalar esa xech nimadan ajablanishmaydi. Ular hamma narsaga odatlanib kolishgandi. Emrayin
bilan Milxun hamon ilgarigiday, eshkaklarni suvga unchalik chuqur botirmay, ravon eshib borishardi.
Ular tinim bilmas, nafas rostlab olish uchun ham biror zum O‘rxonni yordamga chaqirishmas,
«Qeyinroq, qaytishda, qayiq yukka to‘lganida yordamlashasiz, hozir esa qayiqni boshqarib
boravering», deyishardi. Kekirdagi bo‘rtib chiqqan, uzun-bo‘yin qari O‘rxon esa qayiq tumshug‘ida,
o‘ljasini poylayotgan burgutday enkayganicha o‘tirardi. Ko‘pincha sukut saqlar, nimalarnidir o‘ylar
edi.
Qayiq esa avvalgiday to‘lqinlarga to‘sh urib, yengil suzib borardi. To‘lqinlarning qarshiligi ham
avvalgiday bir maromda edi. Shamol ham avvalgiday suv yuzalab esardi. Ular shu zaylda suzishardi...
— Atkichx! Atkichx! Ana orol! Kichiksiyna! — shodlanib qichqirdi birdan Kirisk bobosining
yengidan tortib.
— Qani orol? — ishonmay so‘radi O‘rxon kaftini peshonasiga qo‘yib, olislarga qararkan.
Eshkakchilar ham ajablanib, bola ko‘rsatgan tomonga qarashdi.
— Orol uyoqda bo‘lmasligi kerak, — g‘udrandi chol, chunki bola ular kutmagan, butunlay boshqa
tomonni ko‘rsatayotgandi.
Bola yanglishmagandi, o‘sha tomonda, olis-olislarda chindan ham dengizda qotib qolgan g‘adir-
budur qo‘ng‘ir-balchiqsimon yuza qimir etmay ko‘rinib turardi. U xuddi suv o‘rtasida turtib chiqqan
xarsangga o‘xshardi O‘rxon o‘sha yoqqa uzoq boqib turdi-da:
— Yo‘q, u orol emas, — dedi nihoyat qat’iy ishonch bilan. — Kichik siynaga yetish uchun hali
to‘g‘riga, kunbotarga qarab suzish kerak. Seni aytayotganing esa butunlay boshqa tomonda. Orol ham
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |