Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

14

bir lahza havoda muallaq osilib qolardi. Shunday paytda u to‘satdan dengizga tushib qolgan haqiqiy 



xipcha bel ayolday aniq ko‘zga tashlanardi. 

O‘rxon Suv parisi yoniga suzib borar, so‘ng ikkalasi ummon sari yo‘l olishardi. 

Endi ular birga suzishar, bir-birlariga tegib-tegmay, tobora shiddat bilan oldinga intilishardi! U 

xuddi mana shunday lahzalar nasib kilar degan umidda sarhushlik, sog‘inch azobida qovrilar edi. 

Mana, nihoyat ular bir-birlarining visoliga noil bo‘lishdi. Ular aql bovar qilmas kuch va shiddat 

bilan tungi okeanning tub-tubidan chiquvchi ajoyib-g‘aroyib shu’la bilan jimirlayotgan ufqning 

tayinsiz hududi tomon intilishardi. Ular qarshilaridan tinim bilmay ko‘pirib kelayotgan o‘rkach-

o‘rkach to‘lqinlarni gavdalari bilan yorib, goh balandga, goh pastga parvoz qilishdan cheksiz lazzat 

olib o‘qday uchishardi. Ularning yonginasidagi oy esa shoshilayotgan to‘lqinlar tizmasidan ortda 

qolmay ko‘zgu shu’lasi yanglig‘ bir yerda turmasdan ikkalasining izidan mudom kuzatib borardi. Shu 

lahzalarda yolg‘iz oy bilan yolg‘iz ular — u bilan Suv parisi va cheksiz ummon kengligi hokim edi 

borliqqa. Olamda faqat ularu faqat ummon bor edi! Mana shu lahzalarda ularning baxtiyorligi

shodonligi arshi a’loga yetmoqda edi. Bu erk lazzati, visol tantanasi lazzati edi... 

Ular shiddat bilan tinim bilmay suzishar, olamda faqat o‘zlariga atalgan olis maskanga tezroq yetib 

borish, u manzilga tezroq yetib, qovushish ehtirosida sarkash suzishar, nihoyat, chaqinday birgina 

lahzada hayotning ibtidosiyu intihosining butun lazzatiyu butun alam-achchig‘ini totish nasib etadigan 

manzilga tezroq yetishish orzusida tinimsiz talpinishardi. 

Shu asnoda ular tilaklariga tezroq yetishish orzusida jon-jahdlari bilan tinim bilmay, to‘xtovsiz 

suzib borishardi. 

Ular qanchalik tez suzishsa, bir-birovlariga yaqinlashish tuyg‘usi shunchalik alangalanib borardi. U 

charchash nimaligini bilmay, jonholatda suzar, urchish manziliga intilib, butun kuch-quvvatini, eng 

oxirgi, eng mayda tomchisigacha sarflaydigan losos balig‘iday holdan toyguncha suzar edi. U ishq 

yo‘lida o‘limdan ham tap tortmay suzar edi. Sirli Suv parisi esa to‘lqinlar uzra kamalak nurlari 

yanglig‘ suv zarralari buluti orasida silliq badani marvaridday tovlanib, O‘rxonni hayratga solgancha 

shiddat bilan olg‘a intilardi. Suv zarralarining zangori va oppoq quyuni orasidagi Suv parisining 

benihoya go‘zalligidan uning nafasi bo‘g‘ziga tiqilardi. 

Ular sira so‘zlashmas, faqat cheksiz ummonda bir-birlarining suv ko‘piklari va zarralari ichida 

ko‘rinmay ketgan chehralaridan baxramand bo‘lish ishtiyoqida sabru toqatlari tugab, istaklari tobora 

alangalanib, taqdir ularga ravo ko‘rgan makon va zamonga kachon yetarkanmiz, deya tinimsiz 

suzishardi... 

Ammo ular o‘sha makonga, o‘sha zamonga sira yetolmas edilar. U yerga yetib borishning vaqt-

soati yo‘qqa o‘xshardi... 

Ko‘pincha O‘rxonning tushlari nihoyasiga yetmas, to‘satdan uzilib kolar, bir zumda tumanday 

tarqab ketardi. Shunday paytlarda u garangsib, taajjubda kolardi. Bundan u chinakamiga xafa bo‘lar, 

nimagadir koniqmaganidan, nimaningdir oxiriga yetolmaganidan uzok vaqt ko‘ngli g‘ash bo‘lib 

yurardi. Goho oradan ko‘p vaqtlar o‘tgan bo‘lsa ham o‘sha voqeani yana bir boshdan eslar, bularning 

hammasi nimani anglatishini jiddiy o‘ylab qolar, har qalay, bularning hammasida allaqanday ma’no 

borligini payqar, tushida ko‘rganlariga chin dildan ishonardi, bu narsalar aslida oddiy tush emasligini 

his etar edi. Negaki, odatdagi tushlar ba’zan eslansa ham keyin butunlay unutilib ketardi. Bunday 

o‘ylar hakida u boshini kotirib o‘tirmasdi, chunki tushga nimalar kirmaydi deysiz. Suv parisini esa 

O‘rxon hech qachon unutolmas, uni hayotida ilgari uchratgan va hozir ham olamda bor mavjudot deb 

o‘ylardi. Shuning uchun ham qariya har gal tushida Suv parisi bilan uchrashib, kutilmaganda ayrilib 

qolganidan chinakamiga xafa bo‘lardi. Bu uchrashuv va ayriliqlarni u chindan ham yuz bergan 

voqealar deb bilardi. 

Ayniqsa, tushi noxush nihoyalanganda u qattiq iztirob chekardi. U ana shu paytda tushining sirli 

nihoyasiga hech qanday izoh topolmay chukur g‘am-anduh, qayg‘u-hasratga cho‘mardi. 

Tushida ular orzudagi manzilga yetay-etay deb kolishar, olisda qandaydir sohil ko‘zga tashlanar 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish