Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

10

— Bilmadim. Qornimda bo‘lsa kerak. Ana shu qornimdagi ko‘zim yumuq tursayam ko‘raveradi. 



— Qornida ko‘zi bor ekan! — kulib yubordi hamma. 

Aytganicha bor, — dedi uning gapini ma’kullab O‘rxon bobo. — Odamda shunaqa ko‘z ham 

bo‘ladi. Ammo u qorindamas, boshda bo‘ladi. 

— Mening ko‘zim qornimda, — o‘zinikini ma’qullab turib oldi Kirisk, garchi bunday ko‘z qorinda 

emas, balki boshda bo‘lishiga ishonayotgan bo‘lsa ham. 

Oradan sal o‘tib, chol yana Kiriskni sinovdan o‘tkaza boshladi, bolaning dengiz tomonlarini yaxshi 

bilishiga ishonch hosil qilgach, xotirjam bo‘lib o‘zicha g‘udurladi: 

— Yaxshi, qorningdagi ko‘zlaring chakki emas ekan. 

Maqtovdan ko‘ngli o‘sgan Kirisk o‘ziga-o‘zi savollar berib, ularga o‘zi javob topishga harakat 

qildi. Dengiz bir oz tinchlanib turgan paytda bu jumboqlarni yechish uncha qiyin emasdi. Kirisk qaerda 

bo‘lmasin, qaerda turmasin, sadoqatli va ulug‘vor Olapar qoyasini o‘ylagan vaqtda u har gal xotiridan 

o‘chmay, beixtiyor ko‘z o‘ngida paydo bo‘lar va bolani o‘ziga chorlayotganday qaysi tarafdaligini 

eslatib turardi. Hatto yonbag‘irlaridagi to‘qayzorlar, yuqoridagi qoyalaru poyidagi qashqa korlargacha, 

hamisha tinim bilmay to‘lqin urib okkan tik jarliklarigacha go‘yo butun borlig‘i bilan xayoliga kelib 

turadi. Bola Olapar qoyasini ko‘z oldiga keltirar ekan, uning atrofidagi boshqa tepaliklarni ham 

o‘ylamasligi mumkin emas edi. Shuningdek, u beixtiyor o‘z uyini ham o‘ylay boshladi. Ko‘z oldiga 

qirg‘oqdagi tepaliklar orasidan kichik vodiy keldi, u yerdagi o‘rmon chetida, anhor bo‘yida joylashgan 

manzildagi kesilgan yog‘och uyumlari, kapponlar, itlar, tovuqlar, baliq qoqlanadigan ilgaklar, 

mo‘ridan chiqayotgan tutunlar, odamlarning g‘ala-g‘ovuri, oyisi va singlisi Psulk paydo bo‘ladi. Bola 

ularning shu damda nima qilishayotganini ham ravshan tasavvur etardi. Oyisi, albatta Kiriskni, otasini, 

dengiz oviga chiqqanlarning hammasini ko‘nglidan o‘tkazyapti. Ha, hozir ham shubhasiz ular haqida 

o‘ylayapti. O‘ylayapti-yu, «Yovuz ruhlar fikrlarimni, qo‘rqayotganimni bilib olishmasin», deb 

hadiksiraydi. Kiriskni yana kim ham o‘ylardi, ehtimol Muzluk o‘ylasa kerak. Shu damlarda Muzluk 

ularning uyiga, go‘yo Psulk bilan o‘ynagani kelgan bo‘ladi. Agar u bilmasdan dengizga, ovga 

ketganlar to‘g‘risida gapirib qolsa, oyisi, «Sen nimalar deb vaysayapsan, ularni o‘rmonga o‘tin tergani 

ketganidan bexabarmisan», deb koyib berishi turgan gap. Qizaloq birdan xato qilganligini bilib, uyalib 

jim bo‘lib qoladi. Kirisk: «U meni o‘ylasa qanday yaxshi bo‘lardi», deb orzu qilar, ammo o‘zi uni deb 

qizning ta’na-dashnom eshitishini aslo istamasdi. 

Qayiq esa hamon avvalgiday, to‘lqinlarga sekin to‘sh urib, yengil suzib borardi. Atrofda kuchsiz 

to‘lqinlar quyosh nurida mavjlanib, dengiz yuzi ko‘piklanib yotardi. Nivxlar choshgohgacha, hech 

bo‘lmasa, kunbotishgacha birinchi orolga, eng yaqini, Kichik siynaga yetib olishni, ishlari o‘ngidan 

kelsa, ovni boshlab yuborishni mo‘ljallagan edilar. So‘ng iloji bo‘lsa qorong‘i tushmasidan orollardan 

ikkinchisiga — O‘rta siynaga yetib borib, tunab qolishmoqchiydi: u yerda qayiqni qo‘yish uchun qulay 

joy bor edi. Ertasiga ertalab yana dengizga otlanishardi. Shu kunning o‘zida ovlari baroridan kelib, 

uchta nerpani saranjomlashsa, hayallamay, tongdayoq orqaga qaytishlari mumkin edi. Nima 

bo‘lsayam, kunning birinchi yarmida, quyosh ikki terak bo‘yi ko‘tarilgan paytdan kechikmay yo‘lga 

chiqishsa tuzuk bo‘ladi. Dengizdan qanchalik tez qaytilsa, shunchalik yaxshi bo‘lishini hamma biladi. 

O‘rxon bobo shularni nazarda tutib, hamma ishlarning hisob-kitobini olib qo‘ygan edi. Uning 

yordamchilari Emrayin bilan Milxun ham Uch siyna orollariga birinchi borishlari emasdi. O‘zlari ham 

ishning ko‘zini bilishadi. Eng muhimi — havoning avzoyi yaxshi bo‘lsa, shuningdek, hayvonlarni 

vaqtida topishsa bo‘lgani. Qolgani ovchilarning o‘ziga, har birining abjirligiga bog‘liq. 

O‘rxon bobo dengiz safariga faqat tirikchilik uchungina chiqmasdi. To‘g‘ri, tirikchilik — 

tirikchilik, dengiz ne’matlarisiz yashab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, dengiz cholni har doim 

ohanraboday o‘ziga tortar, poyonsizligi O‘rxon boboning dilidagi muqaddas, ezgu o‘ylariga erk 

berardi. Ha, cholning dilida sir saqlaydigan, ezgu o‘ylari bor edi. Quruqlikda ko‘p narsalarni o‘ylashga 

fursat topilmaydi, mayda-chuyda kundalik tashvishlar vaqtni oladi. Dengizda bu narsalarni o‘ylash 

mumkin, dengizdagina O‘rxon boboni buyuk o‘ylaridan hech kim chalg‘itolmasdi. Bu yerda u o‘zini 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish